30.08.2001 yildagi 267-II-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 30.08.2001 yildagi 267-II-son
Date of entry into force
20.09.2001
Hujjat 22.10.2002 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TOVAR BELGILARI, XIZMAT KOʻRSATISH BELGILARI VA TOVAR KELIB CHIQQAN JOY NOMLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun tovar belgilaridan, xizmat koʻrsatish belgilaridan va tovar kelib chiqqan joy nomlaridan foydalanish bilan bogʻliq holda yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Tovar belgisi va xizmat koʻrsatish belgisi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisi va xizmat koʻrsatish belgisi (bundan buyon matnda tovar belgisi deb yuritiladi) bu bir yuridik va jismoniy shaxslar tovarlari va xizmatlarini (bundan buyon matnda tovarlar deb yuritiladi) boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning shu turdagi tovarlaridan farqlash uchun xizmat qiladigan, belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan belgilardir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgilari yakka tartibdagi va jamoaviy boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Alohida yuridik yoki jismoniy shaxsga tegishli tovar belgisi yakka tartibdagi belgi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar birlashmasining ular tomonidan ishlab chiqariladigan va (yoki) realizatsiya qilinadigan, bir xil sifatga yoki boshqa umumiy tavsiflarga ega boʻlgan tovarlarini belgilash uchun moʻljallangan tovar belgisi jamoaviy belgi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tasvirlar, soʻzlar, muayyan shakl tarzidagi belgilar va boshqa belgilar yoki ularning istalgan bir rangdagi yoki turli rangdagi jamlama ifodasi tovar belgilari sifatida roʻyxatdan oʻtkazilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Tovar belgisini huquqiy jihatdan muhofaza qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisi huquqiy jihatdan uni ushbu Qonunda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazish asosida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq ravishda muhofaza qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs nomiga roʻyxatdan oʻtkazilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Tovar kelib chiqqan joy nomi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mamlakat, aholi punkti, joy yoki boshqa joʻgʻrofiy obyektning (bundan buyon matnda joʻgʻrofiy obyekt deb yuritiladi) tovarni belgilash uchun ishlatiladigan, uning alohida xususiyatlari tamomila yoki asosan mazkur joʻgʻrofiy obyektga xos tabiiy sharoitlar bilan yoki boshqa omillar yoxud tabiiy sharoitlar va ushbu omillarning birikmasi bilan belgilanadigan nomi tovar kelib chiqqan joy nomi deb eʼtirof etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Tovar kelib chiqqan joy nomini huquqiy jihatdan muhofaza qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar kelib chiqqan joy nomi huquqiy jihatdan uni ushbu Qonunda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazish asosida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq ravishda muhofaza qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar kelib chiqqan joy nomi mazkur joʻgʻrofiy obyektdagi, nomi oʻzlari ishlab chiqarayotgan tovarni belgilash uchun ishlatiladigan bir yoki bir necha yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazgan shaxs bu nomdan, basharti mazkur shaxs alohida xususiyatlari tamomila yoki asosan mazkur joʻgʻrofiy obyektga xos tabiiy sharoitlar yoki boshqa omillar bilan yoxud tabiiy sharoitlar va ushbu omillarning birikmasi bilan belgilanadigan tovarni ishlab chiqarayotgan boʻlsa, foydalanish huquqini oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi xuddi shu joʻgʻrofiy obyektda joylashgan va aynan shunday xususiyatlarga ega boʻlgan tovar ishlab chiqarayotgan boshqa yuridik yoki jismoniy shaxsga ham berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda. Vakolatli davlat organi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi (bundan buyon matnda Patent idorasi deb yuritiladi) tovar belgilarini va tovar kelib chiqqan joy nomlarini muhofaza qilish sohasidagi vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patent idorasi:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar belgilarini va tovar kelib chiqqan joy nomlarini muhofaza qilish sohasida yagona davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda qatnashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatga olishga doir talabnomalarni koʻrib chiqish uchun qabul qiladi, ular yuzasidan davlat ekspertizasini oʻtkazadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar belgilarini, tovar kelib chiqqan joy nomlarini va tovar kelib chiqqan joy nomlaridan foydalanish huquqini, tovar belgilariga doir huquqlarni boshqa shaxslarga oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazishni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgilari davlat reyestrini va Tovar kelib chiqqan joy nomlari davlat reyestrini (bundan buyon matnda reyestr deb yuritiladi) yuritadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar belgisi uchun guvohnoma va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisida guvohnoma beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar belgilari roʻyxatga olinganligi va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi berilganligi toʻgʻrisida rasmiy maʼlumotlarni eʼlon qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda. Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatga olish uchun talabnoma berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan (bundan buyon matnda talabnoma beruvchi deb yuritiladi) Patent idorasiga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoaviy belgini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar birlashmasi nomidan birlashma qatnashchilarining jamoaviy belgidan foydalanish toʻgʻrisidagi kelishuviga muvofiq beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma berilgan sana mazkur talabnoma Patent idorasiga kelib tushgan sanaga qarab belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma, agar unda bir necha tovar koʻrsatilgan boʻlsa, talabnoma beruvchining iltimosnomasiga koʻra dastlabki talabnoma berilgan sana saqlangan holda ikki yoki bir necha talabnomaga ajratilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda. Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish uchun beriladigan talabnomaga doir talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish uchun beriladigan talabnoma bir tovar belgisiga yoki tovar kelib chiqqan bir joy nomiga taalluqli boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabnomada quyidagilar boʻlishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar belgisi sifatida belgini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabnomada koʻrsatilgan belgining tasviri;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun tovarlar va xizmatlarning xalqaro tasnifiga muvofiq guruhlangan, tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazish soʻralayotgan tovarlarning roʻyxati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar ishlab chiqarilgan joyni joʻgʻrofiy obyekt chegarasida koʻrsatgan holda tovar kelib chiqqan joy nomini yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish soʻralayotgan tovar turining nomi hamda uning alohida xususiyatlari tavsifi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabnomaga quyidagilar ilova qilinishi zarur:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabnoma berganlik uchun patent boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabnoma patent vakili orqali berilgan taqdirda talabnoma beruvchining ishonchnomasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabnoma beruvchining zikr etilgan joʻgʻrofiy obyektda joylashganligini va alohida xususiyatlari mazkur joʻgʻrofiy obyektga xos tabiiy sharoitlar yoki boshqa omillar bilan yoxud tabiiy sharoitlar va ushbu omillarning birikmasi bilan bogʻliq tovar ishlab chiqarishini tasdiqlovchi hujjatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet ellik talabnoma beruvchining tovar kelib chiqqan joyning talabnomada ifodalangan nomidan tovar kelib chiqqan mamlakatda foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnomani rasmiylashtirish uchun zarur boʻlgan hujjatlarga taalluqli talablar Patent idorasi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda. Tovar belgilari sifatida roʻyxatdan oʻtkazilmaydigan belgilar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar tovar belgilari sifatida roʻyxatdan oʻtkazilmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) davlat gerblari, bayroqlari va davlat mukofotlarining tasviri tushirilgan belgilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) davlatlarning rasmiy nomlari, xalqaro yoki hukumatlararo tashkilotlarning qisqartirilgan yoki toʻliq nomlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) rasmiy nazorat, kafolat tamgʻalari va namuna yoʻsinidagi tamgʻalar, muhrlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) davlat xizmatlarining Oʻzbekiston Respublikasida qoʻllaniladigan ajratish va farqlash belgilari tasvirlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) farqlash xususiyatiga ega boʻlmagan belgilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) muayyan turdagi tovarlarning belgisi sifatida umum foydalanishda boʻlgan belgilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7) umum eʼtirof etilgan ramzlar va atamalar hisoblangan belgilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8) tovarlarni, shu jumladan ularning turi, sifati, soni, xususiyati, qanday maqsadga moʻljallanganligi va qiymatini, shuningdek ularning ishlab chiqariladigan yoki oʻtkaziladigan joyi va vaqtini tavsiflash uchun foydalaniladigan belgilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9) tovar yoki uning tayyorlovchisi xususidagi yolgʻon yoki isteʼmolchini chalgʻitishi mumkin boʻlgan belgilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10) tovar kelib chiqqan haqiqiy joyni rasman koʻrsatuvchi, lekin tovar boshqa hududda chiqarilayotganligi haqida yanglish tasavvur beruvchi belgilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11) maʼdanli suvlar, vino yoki kuchli spirtli ichimliklarning asliyatini aks ettiruvchi joʻgʻrofiy nomlar boʻlgan yoki shunday nomlarni ifodalovchi belgilar, mazkur joyda chiqarilmagan tovarlarni belgilash uchun ishlatilgan belgilar, shuningdek basharti ular tarjima qilinib yoki “koʻrinishdagi”, “turdagi”, “usuldagi” va boshqa shunga oʻxshash soʻzlar bilan qoʻshilgan holda qoʻllanilsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12) jamiyat manfaatlariga, odamiylik va axloq qoidalariga zid boʻlgan belgilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13) quyidagi belgilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilgari Oʻzbekiston Respublikasida boshqa shaxs nomiga roʻyxatdan oʻtkazilgan yoki roʻyxatdan oʻtkazish soʻrab talabnoma berilgan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq roʻyxatdan oʻtkazilmay ham muhofaza qilinadigan yoki shu turdagi tovarlarga nisbatan ancha ilgariroq ustuvorlikka ega boʻlgan tovar belgilari bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga aynan oʻxshash boʻlgan belgilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har qanday tovarlarga nisbatan boshqa shaxslarning belgilangan tartibda umum eʼtirof etilgan tovar belgilari bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga aynan oʻxshash boʻlgan belgilar;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Qonunga muvofiq muhofaza qilinadigan tovar kelib chiqqan joy nomi boʻlgan belgilar bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga aynan oʻxshash boʻlgan belgilar, bu belgilar har qanday tovarlarga nisbatan shunday nomdan foydalanish huquqiga ega boʻlgan shaxs nomiga roʻyxatdan oʻtkazilayotgan tovar belgisiga muhofaza qilinmaydigan qism sifatida kiritilgan hollar bundan mustasno;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan sertifikatlash belgilari bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga aynan oʻxshash boʻlgan belgilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14) quyidagi belgilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzga shaxslarga tegishli va Oʻzbekiston Respublikasi hududida taniqli boʻlgan firma nomlarini (yoki ularning bir qismini), agar bu nomga boʻlgan huquq bir turdagi tovarlarni belgilash uchun tovar belgisiga doir talabnoma kelib tushgan sanadan avvalroq olingan boʻlsa, takrorlovchi belgilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanoat namunalarini, agar ularga boʻlgan huquq Oʻzbekiston Respublikasida oʻzga shaxslarga tegishli boʻlsa, takrorlovchi belgilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida mashhur boʻlgan ilmiy asarlar, adabiyot va sanʼat asarlarining nomlarini, ularning qahramonlarini yoki iboralarini, sanʼat asarlarini yoki ulardan koʻrinishlarni mualliflik huquqiga ega boʻlgan shaxs yoki uning huquqiy vorislari (merosxoʻrlari) roziligini olmagan tarzda takrorlovchi belgilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
atoqli shaxslarning familiyalari, ismlari, taxalluslarini va ulardan yasalgan soʻzlarni, bunday shaxslarning portretlarini hamda dastxatlarini, basharti bular Oʻzbekiston Respublikasining tarixiy va madaniy boyligi boʻlsa, ana shu atoqli shaxslar, ularning merosxoʻrlari yoki davlat organi roziligini olmagan tarzda takrorlovchi belgilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu modda birinchi qismining 1 — 4-bandlarida koʻrsatilgan belgilar, agar bunga tegishli davlat organining yoki belgi egasining roziligi boʻlsa, tovar belgisiga muhofaza qilinmaydigan qismlar sifatida kiritilishi mumkin, ushbu modda birinchi qismining 5—8-bandlarida koʻrsatilgan belgilar, agar ular tovar belgisida ustun mavqega ega boʻlmasa, bu belgiga muhofaza qilinmaydigan qismlar sifatida kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu modda birinchi qismining 5 — 8-bandlarida koʻrsatilgan belgilarni roʻyxatdan oʻtkazishga, basharti bu belgilar amalda ulardan foydalanish natijasida farqlanish xususiyatiga ega boʻlgan taqdirdagina, yoʻl qoʻyilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu modda birinchi qismining 13-bandidagi ikkinchi va uchinchi xatboshilarda koʻrsatilgan tovar belgisi bilan adashtirib yuborish darajasida ularga aynan oʻxshash boʻlgan belgilarni roʻyxatdan oʻtkazishga tovar belgisi egasining bu belgini roʻyxatga olish uchun roziligi boʻlgan taqdirdagina yoʻl qoʻyilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-modda. Tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilmaydigan belgilar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagi belgilar tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar kelib chiqqan joy xususida isteʼmolchini chalgʻitib qoʻyadigan joʻgʻrofiy nom boʻlgan belgilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar kelib chiqqan haqiqiy joyni rasman koʻrsatuvchi, lekin tovar boshqa hududda chiqarilayotganligi haqida yanglish tasavvur beruvchi belgilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar tayyorlangan joy nomi bilan bogʻliq boʻlmagan joʻgʻrofiy nomni anglatuvchi va Oʻzbekiston Respublikasida muayyan turdagi tovar belgisi sifatida umum foydalanishda boʻlgan belgilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-modda. Tovar belgisining ustuvorligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisining ustuvorligi tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazish uchun Patent idorasiga talabnoma berilgan sanaga qarab belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisining ustuvorligi tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazish uchun birinchi talabnoma Sanoat mulkini muhofaza qilish boʻyicha Parij konvensiyasiga qoʻshilgan davlatda berilgan sanaga qarab, basharti shu sanadan keyingi olti oy mobaynida Patent idorasiga tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnoma tushgan boʻlsa (konvensiya ustuvorligi), belgilanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoat mulkini muhofaza qilish boʻyicha Parij konvensiyasiga qoʻshilgan davlatlardan birining hududida tashkil etilgan rasmiy xalqaro koʻrgazmalarning yoki rasmiy deb tan olingan shunday koʻrgazmalarning eksponatlariga qoʻyilgan tovar belgisining ustuvorligi eksponat koʻrgazmada ochiq namoyish etila boshlangan sanaga qarab (koʻrgazma ustuvorligi), basharti shu sanadan keyingi olti oy mobaynida Patent idorasiga tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnoma tushgan boʻlsa, belgilanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konvensiya yoki koʻrgazma ustuvorligi huquqini soʻrayotgan talabnoma beruvchi qoʻyilgan talab haqqoniy ekanligini tasdiqlovchi zarur hujjatlarni ilova qilgan holda bu haqda tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnomani berayotganida yoki Patent idorasiga talabnoma tushganidan keyin ikki oy mobaynida maʼlum qilishi shart yoxud bu hujjatlarni tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnoma tushgan vaqtdan eʼtiboran uch oydan kechiktirmay Patent idorasiga taqdim etishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnoma ikki yoki bir necha talabnomaga ajratilgan taqdirda talabnomalarning har biri boʻyicha ustuvorlik dastlabki talabnomaning ustuvorligi sanasiga qarab belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-modda. Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnomani davlat ekspertizasidan oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnomani davlat ekspertizasidan oʻtkazish Patent idorasi tomonidan amalga oshiriladi hamda rasmiy ekspertizadan oʻtkazishdan va talabnomada ifodalangan belgini ekspertizadan oʻtkazishdan iborat boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabnoma beruvchi tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnomani davlat ekspertizasidan oʻtkazish davrida bu talabnoma yuzasidan qaror qabul qilinguniga qadar oʻz tashabbusi bilan talabnoma materiallarini tuzatish, aniqlashtirish yoki talabnoma mohiyatini oʻzgartirmaydigan maʼlumotlar bilan toʻldirishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat ekspertizasini oʻtkazish jarayonida qoʻshimcha materiallarsiz ekspertiza oʻtkazish mumkin boʻlmasa, Patent idorasi talabnoma beruvchidan bunday materiallarni soʻrab olishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat ekspertizasining soʻroviga binoan qoʻshimcha materiallarni talabnoma beruvchi soʻrov joʻnatilgan sanadan eʼtiboran uch oy mobaynida taqdim etmogʻi lozim. Talabnoma beruvchining iltimosiga koʻra mazkur muddat koʻpi bilan olti oyga uzaytirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabnoma beruvchi tomonidan oʻtkazib yuborilgan muddatlar talabnoma beruvchining mazkur muddat tugaganidan keyin kechi bilan ikki oy ichida bergan iltimosnomasiga binoan Patent idorasi tomonidan tiklanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-modda. Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnomani rasmiy ekspertizadan oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnomani rasmiy ekspertizadan oʻtkazish talabnoma Patent idorasiga berilgan sanadan eʼtiboran oʻttiz kunlik muddat ichida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rasmiy ekspertizadan oʻtkazish jarayonida tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnomaning mazmuni, zarur hujjatlarning mavjudligi, shuningdek ularning belgilangan talablarga muvofiqligi tekshiriladi. Talabnoma beruvchiga rasmiy ekspertiza natijalariga binoan Patent idorasining talabnomani koʻrib chiqish uchun qabul qilish toʻgʻrisidagi yoxud qabul qilishni rad etish haqidagi qarori maʼlum qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-modda.Talabnomada ifodalangan belgini ekspertizadan oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabnomada ifodalangan belgini ekspertizadan oʻtkazish tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va (yoki) tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnoma koʻrib chiqish uchun qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi qarorga muvofiq, talabnoma berilgan sanadan eʼtiboran toʻqqiz oy mobaynida Patent idorasi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekspertizadan oʻtkazish chogʻida talabnomada ifodalangan belgining tovar belgisini ekspertiza qilishda ushbu Qonun 3-moddasining birinchi qismi hamda 10-moddasi qoidalariga, tovar kelib chiqqan joy nomini ekspertiza qilish va (yoki) tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berishda esa ushbu Qonunning 6 va 11-moddalari qoidalariga muvofiqligi tekshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekspertiza natijalariga binoan Patent idorasi tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazish va (yoki) undan foydalanish huquqini berish toʻgʻrisida yoxud ularni roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish haqida qaror qabul qiladi, talabnoma beruvchi bu xususda xabardor qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patent idorasining tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarori ushbu Qonunning 12-moddasiga muvofiq sanasiga koʻra ustuvorlikka ega boʻlgan talabnoma tushganligi munosabati bilan qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-modda. Davlat ekspertizasidan oʻtkazish natijalari ustidan shikoyat berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabnoma beruvchi davlat ekspertizasidan oʻtkazish natijalari ustidan Patent idorasining Apellyatsiya kengashiga (bundan buyon matnda Apellyatsiya kengashi deb yuritiladi) qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran uch oy mobaynida shikoyat berishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat ekspertizasidan oʻtkazish natijalari ustidan Apellyatsiya kengashiga shikoyat berish tartibi Patent idorasi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabnoma beruvchi Apellyatsiya kengashining qarori ustidan qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran olti oy mobaynida sudga shikoyat berishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-modda. Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va (yoki) tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnomadan boshqa shaxs foydasiga voz kechish yoki bunday talabnomani chaqirib olish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabnoma beruvchi tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va (yoki) tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnomadan uni koʻrib chiqishning istalgan bosqichida boshqa shaxs foydasiga voz kechishi yoki talabnomani chaqirib olishi mumkin, lekin bu tegishincha tovar belgisi, tovar kelib chiqqan joy nomi va (yoki) tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi roʻyxatdan oʻtkaziladigan sanadan kechiktirmay amalga oshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-modda. Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va (yoki) tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatga olish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patent idorasi davlat ekspertizasidan oʻtkazish natijalari asosida, patent boji toʻlanganligi haqidagi hujjat olingan sanadan eʼtiboran bir oy mobaynida tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va (yoki) tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini tegishli reyestrda roʻyxatga oladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Reyestrga kiritiladigan maʼlumotlar tarkibi Patent idorasi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19-modda. Roʻyxatga olish maʼlumotlarini eʼlon qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisi, tovar kelib chiqqan joy nomi va (yoki) tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Patent idorasining rasmiy axborotnomasida eʼlon qilinadi. Eʼlon qilinadigan maʼlumotlar tarkibi Patent idorasi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20-modda. Tovar belgisiga doir guvohnoma va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisiga doir guvohnoma tovar belgisi sifatida talabnomada ifodalangan belgi roʻyxatdan oʻtkazilganligi faktini, tovar belgisining ustuvorligini va tovar egasining guvohnomada koʻrsatilgan tovarlarga nisbatan tovar belgisiga boʻlgan mutlaq huquqini tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida talabnomada ifodalangan belgi roʻyxatdan oʻtkazilganligi faktini va guvohnoma egasining undan guvohnomada koʻrsatilgan tovar turiga nisbatan foydalanish huquqini tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisiga doir guvohnoma va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma tovar belgisi, tovar kelib chiqqan joy nomi va (yoki) tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi tegishli reyestrda roʻyxatga olinganidan keyin bir oy davomida Patent idorasi tomonidan beriladi. Guvohnomalar shakli va ularda koʻrsatiladigan maʼlumotlar tarkibi Patent idorasi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21-modda. Tovar belgisiga doir guvohnomaning hamda tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilish muddati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisiga doir guvohnoma yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma talabnoma berilgan sanadan eʼtiboran oʻn yil mobaynida amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22-modda. Tovar belgisiga doir guvohnomaning hamda tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisiga doir guvohnomaning yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilish muddati guvohnoma amal qilayotgan oxirgi yil mobaynida uning egasi tomonidan berilgan arizaga binoan har safar oʻn yilga uzaytirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan arizaga quyidagilar ilova qilinishi lozim:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
patent boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
patent vakili orqali ariza berilgan taqdirda talabnoma beruvchining ishonchnomasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqiga ega boʻlgan shaxs mazkur joʻgʻrofiy obyektda ekanligini va guvohnomada koʻrsatilgan xususiyatlarga ega boʻlgan tovar ishlab chiqarayotganligini tasdiqlovchi hujjat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisiga doir guvohnomaning yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish haqidagi yozuv tegishli reyestrga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan arizani berish muddati guvohnomaning amal qilish muddati tugagandan keyin olti oy mobaynida guvohnoma egasi bergan iltimosnomaga binoan uzaytirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23-modda. Tovar belgisiga doir guvohnomaga va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomaga oʻzgartirishlar kiritish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisining egasi yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomaning egasi Patent idorasini oʻz nomi, familiyasi, ismi yoki otasining ismi oʻzgarganligi toʻgʻrisida, tovar belgisi yoki tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan oʻtkazishga taalluqli boshqa oʻzgartirishlar toʻgʻrisida, tovar belgisi uchun esa tovar belgisi olingan tovarlarning roʻyxati qisqartirilganligi, tovar belgisining ayrim qismlari uning mohiyatini buzmaydigan tarzda oʻzgartirilganligi toʻgʻrisida xabardor qiladi. Ushbu oʻzgartirishlar toʻgʻrisidagi yozuv Patent idorasi tomonidan tovar belgisiga doir guvohnomaga yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomaga va tegishli reyestrga kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24-modda. Tovar belgisiga doir guvohnomani yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomani haqiqiy emas deb topish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisiga doir guvohnoma uning butun amal qilish muddati davomida, basharti u ushbu Qonunning 4-moddasi ikkinchi qismida va 10-moddasi birinchi qismining 1 — 12-bandlarida belgilangan talablarni buzgan holda berilgan boʻlsa yoki tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar rasmiy axborotnomada eʼlon qilingan sanadan eʼtiboran besh yil mobaynida, basharti u ushbu Qonunning 10-moddasi birinchi qismining 13 va 14-bandlarida belgilangan talablarni buzgan holda berilgan boʻlsa, toʻliq yoki qisman haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma uning amal qilishining butun muddati davomida, basharti u ushbu Qonunda belgilangan talablarni buzgan holda berilgan boʻlsa, haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25-modda. Tovar kelib chiqqan joy nomi roʻyxatdan oʻtkazilganligining bekor qilinishi, tovar belgisiga doir guvohnoma yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma amal qilishining tugatilishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar kelib chiqqan joy nomi roʻyxatdan oʻtkazilganligi quyidagi hollarda bekor qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur joʻgʻrofiy obyekt uchun xos boʻlgan sharoitlar yoʻqolganda va reyestrda koʻrsatilgan xususiyatlarga ega boʻlgan tovar ishlab chiqarishning iloji boʻlmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet ellik yuridik yoki jismoniy shaxslar tovar kelib chiqqan mamlakatda tovar kelib chiqqan shu joy nomiga doir huquqlarini yoʻqotganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisiga doir guvohnomaning yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi uning amal qilish muddati tugaganligi munosabati bilan tugatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisiga doir guvohnomaning amal qilishi tovar belgisi roʻyxatdan oʻtkazilgan sanadan eʼtiboran istalgan besh yil mobaynida undan uzluksiz ravishda foydalanilmaganda, shuningdek jamoaviy belgidan foydalanish toʻgʻrisidagi kelishuv buzilgan taqdirda manfaatdor shaxsning arizasiga binoan qabul qilingan sud qarori asosida muddatidan oldin toʻliq yoki qisman tugatilishi mumkin. Tovar belgisiga doir guvohnomaning amal qilishini undan foydalanilmaganligi munosabati bilan muddatidan oldin tugatish toʻgʻrisidagi masalani hal qilayotganda tovar belgisining egasi tomonidan taqdim etilgan unga bogʻliq boʻlmagan holatlarga koʻra tovar belgisidan foydalanilmaganligini isbotlovchi dalillar eʼtiborga olinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisiga doir guvohnomaning yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellyatsiya kengashining qarori asosida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar belgisi egasining yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma egasining Patent idorasiga bergan arizasi asosida;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud qarori asosida muddatidan ilgari tugatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26-modda. Tovar belgisiga doir mutlaq huquq
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisining egasi tovar belgisidan foydalanish va uni tasarruf etish mutlaq huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisiga doir mutlaq huquq guvohnomada koʻrsatilgan tovarlarga nisbatan amal qiladi va Patent idorasining rasmiy axborotnomasida eʼlon qilingan sanadan eʼtiboran roʻyxatdan oʻtkazishning amal qilishi davri mobaynida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisini yoki shu belgi bilan belgilangan tovarni ruxsat berilmagan tarzda tayyorlash, qoʻllash, olib kirish, savdoga taklif etish, sotish, oʻzgacha tarzda fuqarolik muomalasiga kiritish yoki ularni shu maqsadda saqlash yoxud ular bilan adashtirib yuboradigan darajada aynan oʻxshash boʻlgan bir xildagi tovarlarni belgilash tovar belgisiga doir mutlaq huquqni buzish deb eʼtirof etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27-modda. Tovar belgisidan foydalanish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisi uni ishlatish uchun roʻyxatga olingan tovarlarda va (yoki) ularning idishi hamda oʻrovida tovar belgisining egasi tomonidan yoki ushbu Qonunning 30-moddasiga muvofiq litsenziya shartnomasi asosida bunday huquq berilgan shaxs tomonidan qoʻllanilishi tovar belgisidan foydalanish deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisini reklamada, bosma nashrlarda, rasmiy blankalarda, peshlavhalarda, Oʻzbekiston Respublikasida oʻtkazilayotgan koʻrgazmalar va yarmarkalarda eksponatlarni namoyish etish vaqtida ishlatish ham tovar belgisidan foydalanish deb eʼtirof etilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vositachilik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar tovarlarni tayyorlovchining tovar belgisi bilan bir qatorda shartnoma asosida oʻz tovar belgisidan ham foydalanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28-modda. Tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar kelib chiqqan joy nomini tovarda, uning idishi hamda oʻrovida, peshlavhalarda, rasmiy blankalarda, reklamada, bosma nashrlarda va tovarni fuqarolik muomalasiga kiritish bilan bogʻliq boshqa hujjatlarda ishlatish tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya shartnomasi asosida: tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini boshqa shaxsga berishga, bunday huquqdan boshqa shaxslar foydasiga voz kechish toʻgʻrisida bitimlar tuzishga va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini berishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomasi boʻlmagan shaxslarning tovar kelib chiqqan joyning roʻyxatdan oʻtkazilgan nomidan foydalanishiga, hatto basharti bunda tovar kelib chiqqan joyning haqiqiy nomi koʻrsatilgan yoki nom tarjima qilib yoxud “koʻrinishdagi”, “turdagi”, “usuldagi” va shunga oʻxshash soʻzlarni qoʻshib qoʻllanilgan taqdirda ham, shuningdek har qanday tovar kelib chiqqan joy nomi va tovarning alohida xususiyatlari xususida isteʼmolchini chalgʻitishi mumkin boʻlgan oʻxshash belgilardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29-modda. Ogohlantiruvchi tamgʻalash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisining egasi yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomaning egasi tovar belgisi yoki tovar kelib chiqqan joy nomi bilan bir qatorda tovarda yoki uning idishi hamda oʻrovida qoʻllanilgan belgi Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar belgisi yoki tovar kelib chiqqan joy nomi ekanligini bildiruvchi lotin alifbosidagi “R” yoki aylana ichiga olingan “R” harfi tarzida ogohlantiruvchi tamgʻa qoʻyishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30-modda. Tovar belgisiga doir huquqni boshqa shaxsga oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisiga doir mutlaq huquq bu huquqning egasi tomonidan shartnoma boʻyicha boshqa shaxsga oʻtkazilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisiga doir huquqni boshqa shaxsga oʻtkazishga, basharti u isteʼmolchini tovar yoki uning tayyorlovchisi xususida chalgʻitadigan boʻlsa, yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisidan foydalanish huquqi tovar belgisining egasi (litsenziar) tomonidan litsenziya shartnomasi boʻyicha boshqa shaxsga (litsenziatga) berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya shartnomasida litsenziat tovarlarining sifati litsenziar tovarlarining sifatidan past boʻlmasligi haqida shart qoʻyilgan boʻlishi va litsenziar bu shartning bajarilishini nazorat qilishi koʻrsatilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisiga doir huquqni boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnoma yoki litsenziya shartnomasi Patent idorasida roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoaviy belgi va undan foydalanish huquqi boshqa shaxslarga oʻtkazilishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31-modda. Tovar belgisi egasi boʻlmish yuridik shaxsni qayta tashkil etish paytida tovar belgisining oʻtishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgilarining egalari boʻlmish yuridik shaxslar qoʻshib yuborilganda tovar belgilari qayta roʻyxatdan oʻtkazilgan yuridik shaxsga oʻtadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisi egasi boʻlmish yuridik shaxs boʻlinganda tovar belgisi tovarlarni ishlab chiqarish vazifasi zimmasiga oʻtadigan, qayta roʻyxatdan oʻtkazilgan yuridik shaxsga oʻtadi. Tovar belgisining egasi tovar belgisi roʻyxatdan oʻtkazilgan tovarlarni ishlab chiqarishning bir qismini oʻzida saqlab qolgan taqdirda har ikkala yuridik shaxs oʻzaro kelishuvga (shartnomaga) koʻra tovar belgisining birgalikdagi egasi deb eʼtirof etilishi mumkin. Bu haqdagi kelishuv (shartnoma) Patent idorasida roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgisining egasi boʻlmish yuridik shaxs boshqa yuridik shaxsga qoʻshib olinganda tovar belgisiga doir huquq qoʻshib olgan yuridik shaxsga oʻtadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32-modda. Tovar belgisini takroriy roʻyxatdan oʻtkazish shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Guvohnomasining amal qilish muddati oʻtgan tovar belgisi tovar belgisiga doir guvohnomaning amal qilishi tugagan sanadan eʼtiboran uch yil mobaynida boshqa shaxs nomiga qayta roʻyxatdan oʻtkazilishi mumkin emas. Mazkur qoida tovar belgisining egasi undan tovar belgisiga doir guvohnomaning amal qilish muddati tugaguniga qadar voz kechgan hollarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33-modda. Patent bojlari
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgilarini, tovar kelib chiqqan joy nomini yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish bilan bogʻliq yuridik ahamiyatga molik harakatlarni amalga oshirganlik uchun patent bojlari olinadi. Patent bojlari Patent idorasiga toʻlanadi.
(33-moddaning birinchi qism Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patent bojlarining miqdori va ularni toʻlash muddatlari, ularni toʻlashdan ozod qilish, toʻlovlarning miqdorini kamaytirish yoki ularni qaytarib berish asoslari, shuningdek patent bojlaridan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(33-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34-modda. Patent vakillari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patent vakili Patent idorasida yuridik va jismoniy shaxslarning vakillik huquqini amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻz mamlakati hududida doimiy yashovchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi patent vakili boʻlishi mumkin. Patent vakillariga qoʻyiladigan malaka talablari, ularni attestatsiyadan va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida doimiy yashovchi jismoniy shaxslar yoki chet ellik yuridik shaxslar tovar belgilarini va tovar kelib chiqqan joy nomlarini roʻyxatdan oʻtkazish ishlarini yuritishni hamda bu ishlar bilan bogʻliq yuridik ahamiyatga molik harakatlarni Patent idorasida roʻyxatdan oʻtgan patent vakillari orqali amalga oshiradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi, lekin vaqtinchalik uning hududidan tashqarida boʻlgan jismoniy shaxslar tovar belgilarini va tovar kelib chiqqan joy nomlarini roʻyxatdan oʻtkazish ishlarini va bu ishlar bilan bogʻliq yuridik ahamiyatga molik harakatlarni yozishma uchun Oʻzbekiston Respublikasi doirasidagi manzilini koʻrsatgan holda patent vakilisiz amalga oshirishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Patent vakilining vakolatlari ishonchnoma bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35-modda. Tovar belgisini va tovar kelib chiqqan joy nomini boshqa davlatlarda roʻyxatdan oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari tovar belgisini yoki tovar kelib chiqqan joy nomini boshqa davlatlarda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36-modda. Chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chet ellik yuridik va jismoniy shaxslar ushbu Qonunda nazarda tutilgan huquqlardan Oʻzbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari bilan teng ravishda yoki oʻzaro kelishuv prinsipi asosida foydalanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37-modda. Nizolarni hal etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgilarini va tovar kelib chiqqan joy nomlarini huquqiy jihatdan muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish bilan bogʻliq nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38-modda. Tovar belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2001-yil 30-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
267-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 178-modda; 2002-y., 9-son, 165-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 37-38-son, 379-modda; 2011-y., 52-son, 555-modda; 2013-y., 1-son, 1-modda; 2017-y., 16-son, 265-modda, 37-son, 978-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2020-y., 03/20/640/1348-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 21.08.2021-y., 03/21/709/0808-son; 03.02.2022-y., 03/22/749/0101-son, 04.03.2022-y., 03/22/757/0181-son; 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son; 15.02.2024-y., 03/24/908/0126-son; 11.09.2024-y., 03/24/959/0698-son; 09.08.2025-y., 03/25/1080/0710-son; 07.05.2026-y., 03/26/1144/0467-son)