Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.11.2012 02.12.2003 yildagi 539-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 02.12.2003 yildagi 539-son
Date of entry into force
02.12.2003
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.11.2012
Hujjat 01.02.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

OʻLChASh VOSITALARINI TAYYoRLASh, REALIZATSIYA QILISh VA PROKATGA BERISh FAOLIYATINI LITSENZIYALASh TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisidagi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Statistik, soliq va moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 16-iyuldagi PF-4453-son Farmoni)” qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻlchash vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish va prokatga berish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. “Metrologiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasida koʻrsatilgan sohalarda qoʻllaniladigan oʻlchash vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish va prokatga berish faoliyati litsenziyalanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Komissiya ikki hafta muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining oʻlchash vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish va prokatga berish faoliyatini litsenziyalash komissiyasi hamda ekspert xulosalari tayyorlash boʻyicha ishchi guruh toʻgʻrisidagi nizomlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekspert xulosalari tayyorlash boʻyicha ishchi guruh shaxsiy tarkibini tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “Oʻzstandart” agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda “Metrologiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni hamda mazkur qaror talablariga muvofiq ularni tayyorlash, realizatsiya qilish va prokatga berish litsenziyalanadigan oʻlchash vositalarining aniqlashtirilgan roʻyxatini ikki hafta muddatda ishlab chiqsin hamda tasdiqlash uchun Komissiyaga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining kotibiyatiga va “Oʻzstandart” agentligining bosh direktori R.A. Boʻriyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2003-yil 2-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
539-son

Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 2-dekabrdagi
539-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻlchash vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish va prokatga berish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom oʻlchash vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish va prokatga berish faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq sohalarda qoʻllaniladigan oʻlchash vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish va prokatga berish faoliyati litsenziyalanishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Litsenziyalarni berish, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan hollarda litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki tugatish, shuningdek uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi qarorlar “Oʻzstandart” agentligi (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi) tomonidan qabul qilinadi.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyalar berish toʻgʻrisidagi hujjatlarni koʻrib chiqish uchun Agentlikda ekspert komissiyasi tashkil etadi. Ekspert komissiyasining faoliyati Agentlik tomonidan tasdiqlanadigan nizomga muvofiq tashkil etiladi;
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻlchash vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish va prokatga berish faoliyati yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻlchash vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish va prokatga berish faoliyatini amalga oshirish huquqiga namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya litsenziya talabgorining arizasiga koʻra umuman faoliyat turiga yoxud uning bir qismiga beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻlchash vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish va prokatga berish faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya 5 yil muddatga beriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Litsenziya talablari va shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻlchash vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish va prokatga berish faoliyatini amalga oshirishdagi litsenziya talablari va shartlariga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
metrologiya toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga majburiy rioya etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirish uchun amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan zarur guvohnomalar, sertifikatlar va boshqa hujjatlarning mavjud boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yagona oʻlchov birligini taʼminlash davlat tizimining normativ-huquqiy va amal qilinadigan hujjatlari talablariga rioya etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻlchash vositalari, oʻlchash metodikasi, saqlash shart-sharoitlari boʻyicha normativ hujjatlarning mavjud boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxs shtatida maxsus metrologik tayyorgarlikka ega boʻlgan mutaxassislarning mavjud boʻlishi (yuridik shaxs boʻlgan litsenziya talabgorlari va litsenziatlar uchun);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy shaxsning maxsus metrologik tayyorgarligini tasdiqlovchi hujjatlarning mavjud boʻlishi (jismoniy shaxs boʻlgan litsenziya talabgorlari va litsenziatlar uchun);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻlchash vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish va prokatga berish uchun belgilangan talablarga muvofiq shart-sharoitlarning mavjud boʻlishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya bitimida mazkur bandda sanab oʻtilgan litsenziya talablari va shartlaridan aniq litsenziya talablari va shartlari nazarda tutilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Litsenziya olish uchun zarur hujjatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori Agentlikka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza, unda quyidagilar koʻrsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bank muassasasidagi hisob raqami — yuridik shaxs uchun; familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlari — jismoniy shaxs uchun; litsenziyalanayotgan faoliyatning yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan amalga oshirilishi moʻljallanayotgan turi (uning bir qismi);
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi — yuridik shaxslar uchun;
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yakka tartibdagi tadbirkorning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi — jismoniy shaxslar uchun;
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziya talabgorining arizasi koʻrib chiqilganligi uchun litsenziya talabgorining yigʻimni toʻlaganini tasdiqlovchi hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻlchash vositalarini tayyorlash huquqi uchun “Oʻzstandart” agentligining respublika metrologiya xizmatlari koʻrsatish markazi tomonidan, belgilangan tartibda berilgan: oʻlchash vositalari tipini tasdiqlash sertifikati, davlat reyestri uchun oʻlchash vositalari tipining tavsifi yoki metrologik attestatsiya sertifikati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻlchash vositalarini realizatsiya qilish va prokatga berish huquqi uchun oʻlchash vositalarini saqlash uchun shart-sharoitlar mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumotlar taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya talabgoridan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Hujjatlar Agentlikka litsenziya talabgori tomonidan bevosita yoxud ularning olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan pochta aloqa vositasi orqali yetkazib beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hujjatlar Agentlikning masʼul shaxsi tomonidan roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, roʻyxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi);
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Ishonchli boʻlmagan yoki buzilgan maʼlumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Arizani koʻrib chiqish va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya talabgorining arizasi koʻrib chiqilganligi uchun yuridik shaxslardan eng kam oylik ish haqining toʻrt baravari, jismoniy shaxslardan — uch baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya talabgorlarining arizalari koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim summasi Agentlikning hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya talabgori berilgan arizadan voz kechgan taqdirda toʻlangan yigʻim qaytarilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻlchash vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish va prokatga berish faoliyatini litsenziyalash mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror litsenziya talabgorining arizasi olingan kundan boshlab oʻn besh kundan ortiq boʻlmagan muddatda qabul qilinadi.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-bandning uchinchi—beshinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Agentlik litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror toʻgʻrisida tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya berishga qaror qilinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat boji toʻlash muddati koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya berish haqida qaror qabul qilingani toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan bir vaqtda litsenziya talabgoriga imzolash uchun litsenziya bitimi yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyalovchi organ va litsenziatning oʻzaro huquq va majburiyatlarini belgilovchi litsenziya bitimi Agentlik va litsenziat oʻrtasida tuziladi, unda quyidagilar boʻlishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitimni imzolagan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tomonlarning rekvizitlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amalga oshirilishiga litsenziya berilayotgan faoliyat turining nomi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziyaning amal qilish muddati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziatga qoʻyiladigan litsenziya talablari va shartlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziya bitimi talablari va shartlari buzilganligi uchun tomonlarning javobgarligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziat tomonidan litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishini Agentlik tomonidan nazorat qilish tartibi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya bitimi ikki nusxada — litsenziat va Agentlik uchun bir nusxadan tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Litsenziya blankalari qatʼiy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi. Litsenziya blankalari namunalari Agentlik tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi hamda uning buyurtmasi boʻyicha “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida bosmaxona usulida tayyorlanadi. Agentlik rahbari litsenziyalar blankalarining hisobga olinishi, saqlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishi uchun shaxsan javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyalar Agentlik tomonidan rasmiylashtiriladi va Agentlikning bosh direktori (uning oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi.
(13-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Litsenziya litsenziya talabgori davlat boji toʻlaganini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etgandan va u litsenziya bitimini imzolagandan keyin uch kun muddatda Agentlik tomonidan beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Agar litsenziat litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida Agentlikka litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa yoxud litsenziya bitimini imzolamasa, Agentlik litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha rad etilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya talabgori litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror, shuningdek Agentlikning mansabdor shaxsi xatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
(16-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran koʻrib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib boʻlishi kerak.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Litsenziya berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar litsenziya talabgori tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab besh kundan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
(18-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya talabgorlari arizalari takroran koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, dublikat berish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Litsenziat — yuridik shaxs qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin bir oy muddatda Agentlikka koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziat — jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi yoki yashash joyi oʻzgargan taqdirda, litsenziat qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin bir oy muddatda Agentlikka koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart.
(19-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda koʻrsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda Agentlik litsenziyalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish Agentlik tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza olingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻim Agentlikning hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziatning arizasiga koʻra amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza Agentlikka litsenziyaning amal qilish muddati oʻtgunga qadar ikki oydan kechikmay berilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish yoki uzaytirishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror litsenziya berish uchun nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Amal qilish muddati oʻtmagan yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya oʻrniga litsenziatning arizasiga koʻra dublikat berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya dublikatini berishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻim summasi Agentlikning hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat Agentlik tomonidan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda Agentlik oʻz vakolatlari doirasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligidan dalolat beruvchi hollar mavjud boʻlgan taqdirda litsenziatning ularga rioya etishini qonunda belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chogʻida paydo boʻladigan masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur axborotni soʻrash va olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tekshirishlar natijalari asosida, litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini koʻrsatgan holda dalolatnomalar (maʼlumotnomalar) tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziatga aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida belgilangan hollarda litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki tugatish, shuningdek uni bekor qilish masalasi boʻyicha qaror chiqarish yoki sudga murojaat qilish.
(25-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻlchash vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish va prokatga berish faoliyatini litsenziyasiz amalga oshirishning aniqlangan hollari toʻgʻrisidagi materiallarni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan chora-tadbirlar koʻrish uchun soliq organlariga belgilangan tartibda yuborish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chogʻida Agentlikning tekshiruvchi xodimlari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, uning bir nusxasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi Agentlikda qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish va litsenziyani bekor qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish yoki litsenziyani bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22—24-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Agentlikning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Agentlik qarorining asossiz ekanligi sud tomonidan eʼtirof etilgan taqdirda, agentlik litsenziat oldida litsenziat koʻrgan zarar miqdorida javob beradi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VIII. Litsenziyalar reyestri
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Agentlik litsenziyalar reyestrini yuritadi. Reyestrda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxsning nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefoni — yuridik shaxs uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlari, yashash joyi, telefoni – jismoniy shaxs uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziyalarning berilgan sanasi va tartib raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziyalarning amal qilish muddati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziyalarning umuman faoliyat turiga yoki uning bir qismiga berilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilish muddatini uzaytirish, toʻxtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatish asoslari va sanasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziyalarni bekor qilishning asoslari va sanasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dublikat berish asoslari va sanasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Litsenziyalarning reyestrlarida mavjud boʻlgan maʼlumotlar litsenziyalovchi organning veb-saytiga joylashtiriladi va tanishib chiqish uchun ochiq boʻladi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IX. Davlat bojini toʻlash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Oʻlchash vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish va prokatga berishni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berganlik va uning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun eng kam oylik ish haqining toʻrt baravari miqdorida davlat boji undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya berilganligi uchun davlat boji mablagʻlari respublika budjetiga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻlchash vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish
va prokatga berish faoliyatini litsenziyalash
toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tayyorlash, realizatsiya qilish va prokatga berish “Metrologiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14 va 18-moddalariga muvofiq litsenziyalanishi kerak boʻlgan oʻlchov vositalarining qoʻllanish sohalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Sogʻliqni saqlash, veterinariya, atrof-muhitni muhofaza qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Moddiy boyliklar va energetika resurslarini hisobga olish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Savdo-tijorat, bojxona, pochta va soliq operatsiyalarini amalga oshirish, telekommunikatsiya xizmatlari koʻrsatish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Toksik, tez oʻt oladigan, portlovchi va radioaktiv moddalarni saqlash, tashish va yoʻq qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Davlat mudofaasini taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mehnat xavfsizligini va transport harakati xavfsizligini taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Sertifikatlanadigan mahsulotlarning xavfsizligi va sifatini aniqlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Geodeziya va gidrometeorologiya ishlari .
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻlchov vositalarining davlat sinovlarini, ularni tekshirish, kalibrlash, taʼmirlashni amalga oshirish va metrologik attestatsiyadan oʻtkazish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Foydali qazilmalarni qazib chiqarish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Milliy va xalqaro sport rekordlarini qayd etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻlchash vositalarini tayyorlash, realizatsiya
qilish va prokatga berish faoliyatini
litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻlchash vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish va prokatga berish faoliyatini litsenziyalash sxemasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(sxema Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 23-son, 234-modda; 2004-y., 30-son, 344-modda; 2006-y., 20-21-son, 181-modda; 2012-y., 6-son, 57-modda, 44-son, 507-modda)