Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.04.2017 11.11.2003 yildagi 497-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori , 11.11.2003 yildagi 497-son
Date of entry into force
11.11.2003
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.04.2017
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Turizm faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 189-sonli “Turizm faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Turizm faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining turizm faoliyatini litsenziyalash komissiyasi tarkibi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*2-ilova berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining turizm faoliyatini litsenziyalash komissiyasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki hafta muddatda Komissiya to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki oy muddatda mazkur qaror kuchga kirgunga qadar berilgan litsenziyalarni xatlovdan o‘tkazsin, litsenziya bitimlarining ushbu qaror bilan tasdiqlangan Turizm faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizom talablariga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Sayyohlik tashkilotlari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida” 1998-yil 8-avgustdagi 346-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 8-son, 29-modda) 8-bandining birinchi xatboshidagi “turizm sohasida litsenziya berish bo‘yicha” so‘zlari “turizm faoliyatini litsenziyalash” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Azizxo‘jayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.SULTONOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2003-yil 11-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
497-son

Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 11-noyabrdagi
497-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Turizm faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom turizm faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Turizm faoliyatiga “Turizm to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa qonun hujjatlari talablariga muvofiq sayohatlarni va ular bilan bog‘liq xizmatlarni tashkil etishga doir faoliyat tegishlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Turizm faoliyati turizm xizmatlarining quyidagi turlarini ko‘rsatish yo‘li bilan amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehmonxona xizmatlari — joylashtirish vositalarida (mehmonxona xo‘jaliklari, turizm komplekslari, turizm bazalari, dam olish zonalari, pansionatlar, kempinglar, motellar, o‘tovlar, milliy mehmon kutiladigan uylar va turistlar kamida bir kechaga tunaydigan boshqa obyektlar) iste’molchilarning (ijarada turuvchilarning) vaqtincha yashashi va ovqatlanishini ta’minlash bilan bog‘liq xizmatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
turoperatorlik xizmatlari — turizm xizmatlari ko‘rsatish shartnomasi shartlariga muvofiq turizm xizmatlari kompleksi yoxud ularning bir qismi bilan ta’minlangan aniq muddatlarga muayyan yo‘nalish bo‘yicha sayohat qilishni tashkil etish xizmatlari (bron qilish, joylashtirish, tashish, ovqatlanish, rekretsiya, ekskursiya va boshqa xizmatlar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekskursiya xizmatlari — sayyohlarning ma’naviy, intellektual, ishbilarmonlik va boshqa ehtiyojlarini qondirishga qodir bo‘lgan obyektlar bilan tanishish maqsadida oldindan tuzilgan yo‘nalishlar bo‘yicha gid (ekskursovod) hamrohligida ekskursiyalarni tashkil etish xizmatlari.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 13-martdagi 60-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 12-son, 138-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Litsenziyalarni berish, litsenziyaning amal qilishini tugatish, shuningdek uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi qarorlar Vazirlar Mahkamasining turizm faoliyatini litsenziyalash komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb ataladi) tomonidan qabul qilinadi.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 13-martdagi 60-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 12-son, 138-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi Komissiyaning ishchi organi (keyingi o‘rinlarda ishchi organ deb ataladi) funksiyasini bajaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ishchi organga faoliyatning litsenziyalanadigan turini amalga oshirishga litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilgan yuridik yoki jismoniy shaxs litsenziya talabgori bo‘lishi mumkin. Jismoniy shaxsga litsenziya faqat ekskursiya xizmatlari ko‘rsatish huquqi uchun beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik shaxslarga ularning arizasi bo‘yicha litsenziya:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
turizm xizmatlarining bir yoki bir nechta turini amalga oshirishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun O‘zbekiston Respublikasi doirasida turoperatorlik xizmatlari ko‘rsatishga (keyingi o‘rinlarda ichki turizm deb ataladi) beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Turoperatorlik xizmatlarini amalga oshirish huquqiga litsenziya ekskursiya xizmatlari ko‘rsatish huquqini ham beradi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 13-martdagi 60-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 12-son, 138-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Turizm faoliyatini amalga oshirish huquqiga namunaviy (oddiy) litsenziya beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Turizm faoliyatini amalga oshirishga litsenziya amal qilish muddati cheklanmasdan beriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Litsenziya talablari va shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Quyidagilar turizm faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) turizm to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga, turizm sohasidagi xalqaro standartlarga va O‘zbekiston Respublikasi standartlariga majburiy tarzda rioya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) yuridik shaxs shtatida belgilangan tartibda ishchi organ tomonidan berilgan malaka sertifikatiga ega bo‘lgan kamida bir nafar xodim bo‘lishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) yuridik shaxs xodimi va gidlar (ekskursovodlar) tomonidan 2 yilda kamida bir marta ishchi organ tomonidan belgilangan tartibda beriladigan malaka sertifikati olinishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq bo‘lgan turizm xizmatlari ko‘rsatish uchun o‘z mulki bo‘lgan yoki ijaraga olingan binolar mavjud bo‘lishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) eng kam oylik ish haqining kamida 400 baravari miqdorida shakllantirilgan ustav fondiga ega bo‘lishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) ishchi organ yoki u tomonidan vakolat berilgan idoraviy mansub tashkilot tomonidan ishchi organ belgilaydigan tartibda amalga oshiriladigan turizm xizmatlarining sertifikatsiyadan o‘tishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) mijoz bilan faqat O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga muvofiq shartnoma (kontrakt) tuzilgandan keyin turizm xizmatlari ko‘rsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) chet davlatga chiqish, kelish va u yerda bo‘lishning o‘ziga xos xususiyatlari, turistik sayohat vaqtida o‘zini tutish xususiyatlari hamda har bir aniq mamlakatda bo‘lishning boshqa qoidalari to‘g‘risidagi to‘liq ma’lumotlarni har bir turistga belgilangan tartibda yetkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) mijozga litsenziatning ish rejimi, uning pochta manzili, litsenziya, majburiy tarzda sertifikatlanadigan xizmatlarga sertifikatlarning mavjudligi, turizm faoliyatining aniq yo‘nalishlari uchun mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslarning (gid (ekskursovodning)) familiyasi, ismi, otasining ismi to‘g‘risida to‘liq va batafsil ma’lumot berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
k) turistlar xavfsizligini ta’minlash, jarohat olganda, kasal bo‘lib qolganda va boshqa hollarda tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimining mavjud bo‘lishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
l) qonun hujjatlarida belgilangan hollarda, muddatlarda va miqdorlarda turistik yig‘imni to‘lash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gidlarga (ekskursovodlarga) “g”, “d” va “l” kichik bandlar talablari tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Faqat mehmonxona xizmatlari ko‘rsatishni mo‘ljallayotgan oilaviy korxonalar oilaviy korxonalar uchun qonun hujjatlarida belgilanganga teng bo‘lgan ustav fondiga ega bo‘lishlari kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Faqat ichki turizm toifasida turoperatorlik xizmatlari ko‘rsatishni mo‘ljallayotgan yuridik shaxslar — yuridik shaxsning tegishli tashkiliy-huquqiy shakli uchun qonun hujjatlarida belgilanganga teng bo‘lgan ustav fondiga ega bo‘lishlari kerak.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 13-martdagi 60-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 12-son, 138-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Litsenziya olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) quyidagilar ko‘rsatilgan holda litsenziya berish to‘g‘risida ariza:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxslar uchun — nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bank muassasasidagi hisob-kitob raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy shaxslar uchun — familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqaroning shaxsini tasdiqlaydigan hujjatdagi ma’lumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik yoki jismoniy shaxs amalga oshirishni mo‘ljallayotgan faoliyatning litsenziyalanayotgan turi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) yuridik shaxslar uchun — yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi; jismoniy shaxslar uchun — yakka tartibdagi tadbirkorning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) litsenziya talabgori tomonidan litsenziya talabgorining arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi to‘lov hujjatining nusxasi;
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) shakllantirilgan ustav fondi miqdori to‘g‘risida dalolat beruvchi hujjatning nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) belgilangan tartibda ishchi organ yoxud bunday vakolat berilgan idoraviy mansub tashkilot tomonidan belgilangan tartibda berilgan yuridik shaxslarning xodimlari va gidlar (ekskursovodlar)ning malaka sertifikatlari nusxalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) familiyasi, ismi va otasining ismi, tug‘ilgan yili, pasportiga oid ma’lumotlar, uy manzili, ma’lumoti, telefonlar raqamlari ko‘rsatilgan holda rahbar (gid) (ekskursovod)) to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gidlar (ekskursovodlar)ga “g” va “d” kichik bandlar talablari ham tatbiq etilmaydi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 13-martdagi 60-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 12-son, 138-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
81. Litsenziyalovchi organ litsenziya berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud bo‘lgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda o‘zaro axborot hamkorligi yo‘li bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno.
(81-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Litsenziya talabgoridan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarning taqdim etilishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan ishchi organga bevosita yoxud olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan pochta yoki elektron aloqa vositasi orqali yetkazib beriladi.
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 13-martdagi 60-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 12-son, 138-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hujjatlar ishchi organ mas’ul xodimi tomonidan ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, ro‘yxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Noto‘g‘ri yoki buzilgan ma’lumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Arizani ko‘rib chiqish va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Ariza ko‘rib chiqilganligi uchun litsenziya talabgoridan qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining 2,5 baravari miqdorida yig‘im undiriladi, yig‘im ishchi organ hisob raqamiga o‘tkaziladi.
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya talabgori berilgan arizadan voz kechgan taqdirda to‘langan yig‘im qaytarilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Turizm faoliyatini litsenziyalash ushbu Nizomga ilova qilinayotgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror ariza va barcha zarur hujjatlar olingan kundan boshlab o‘ttiz kundan ortiq bo‘lmagan muddatda qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishchi organ o‘n besh kundan ortiq bo‘lmagan muddatda hujjatlarni ko‘rib chiqadi, ular bo‘yicha ekspert xulosasi tayyorlaydi va litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi taklifni tegishli qaror protokoli loyihasi bilan tasdiqlash uchun Komissiyaga kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya ishchi organ taklifi olingandan keyin o‘n besh kundan ortiq bo‘lmagan muddatda uni ko‘rib chiqadi hamda qabul qilingan qaror to‘g‘risidagi protokolni tasdiqlaydi. Komissiya tomonidan qabul qilingan qaror protokoli Komissiya raisi (uning o‘rinbosari) tomonidan imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Ishchi organ tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun muddatda litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror to‘g‘risida xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya berishga qaror qilinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat boji to‘lash muddati ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berish to‘g‘risida qabul qilingan qaror to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan bir vaqtda litsenziya talabgoriga imzolash uchun litsenziya bitimi yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Litsenziyalovchi organ va litsenziatning o‘zaro huquq va majburiyatlarini belgilovchi litsenziya bitimi ishchi organ va litsenziat o‘rtasida tuziladi, unda quyidagilar bo‘lishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitimni imzolagan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, egallab turgan lavozimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tomonlarning rekvizitlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amalga oshirilishiga litsenziya berilayotgan turizm xizmatlari turining (toifasining) nomi;
(14-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 13-martdagi 60-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 12-son, 138-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziatga qo‘yiladigan litsenziya talablari va shartlari;
Oldingi tahrirga qarang.
(14-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziya bitimi talablari va shartlari buzilganligi uchun tomonlarning javobgarligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziat tomonidan litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishini ishchi organ tomonidan nazorat qilish tartibi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya bitimi ikki nusxada — litsenziat va ishchi organ uchun bir nusxadan tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Turizm faoliyatiga litsenziyalar belgilangan shakldagi maxsus blankalarda rasmiylashtiriladi. Litsenziyalar blankalari qat’iy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega bo‘lishi kerak. Litsenziyalar blankalari namunalari ishchi organ tomonidan ishlab chiqiladi, Komissiya tomonidan tasdiqlanadi hamda ishchi organ buyurtmanomasiga ko‘ra “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan bosmaxona usulida tayyorlanadi. Litsenziyalar blankalari hisobga olinishi, saqlanishi va maqsadli foydalanilishi uchun ishchi organ rahbari shaxsan javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyalar ishchi organ tomonidan rasmiylashtiriladi va Komissiya raisi (uning o‘rinbosari) tomonidan imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyada ushbu Nizomga muvofiq turizm xizmatlarining litsenziyalanadigan turi ko‘rsatiladi.
(15-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 13-martdagi 60-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 12-son, 138-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Litsenziya litsenziya talabgori tomonidan davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan va litsenziya bitimi imzolangandan keyin uch kun muddatda beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Agar litsenziat litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida ishchi organga litsenziya berilganligi uchun davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa yoxud litsenziya bitimini imzolamasa, Komissiya litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha rad etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya talabgori litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror, shuningdek ishchi organ mansabdor shaxsining xatti-harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori ko‘rsatib o‘tilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni qayta ko‘rib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan vaqtga mutanosib bo‘lishi kerak.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Litsenziya talabgori tomonidan litsenziya berish rad etilishiga asos bo‘lgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab o‘n kundan ortiq bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda ishchi organ hujjatlar qayta taqdim etilgandan keyin besh kundan ortiq bo‘lmagan muddatda ular bo‘yicha ekspert xulosasi tayyorlaydi, litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi taklifni tegishli qaror protokoli loyihasi bilan tasdiqlash uchun Komissiyaga kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya ishchi organ taklifi olingandan keyin besh kundan ortiq bo‘lmagan muddatda uni ko‘rib chiqadi va qabul qilingan qaror to‘g‘risidagi potokolni tasdiqlaydi. Komissiya tomonidan qabul qilingan qaror protokoli Komissiya raisi (uning o‘rinbosari) tomonidan imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya talabgorlarining arizalari takroran ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya talabgorining arizasini qayta ko‘rib chiqishda ilgari litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha litsenziya berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya berish rad etilganligi to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, dublikat berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Litsenziat qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin bir oy muddatda litsenziyalovchi organga ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi shart.
(21-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hujjatlar litsenziat tomonidan ishchi organga bevosita yoxud olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan pochta aloqa vositasi orqali yetkazib beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda ko‘rsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish ishchi organ tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza olingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi ishchi organ hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya o‘rniga litsenziatning arizasiga ko‘ra uning dublikati berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya dublikati berishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi ishchi organ hisob raqamiga o‘tkaziladi.
(V-bo‘limga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qaroriga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilgan — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda ishchi organ o‘z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligidan dalolat beruvchi hollar mavjud bo‘lgan taqdirda litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonunda belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chog‘ida paydo bo‘ladigan masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur axborotni so‘rash va olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tekshirishlar natijalari asosida, litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini ko‘rsatgan holda dalolatnomalar (ma’lumotnomalar) tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziatga aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib qo‘yish, to‘xtatish yoki uni bekor qilish to‘g‘risida Komissiyaga ko‘rib chiqish uchun masala kiritish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirishda ishchi organ xodimlari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, ularning bittasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi ishchi organda qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish, litsenziyani bekor qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda ishchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishchi organning litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilish mumkin. Litsenziyaning amal qilishi to‘xtatib turilishi asossiz ekanligi sud tomonidan e’tirof etilgan taqdirda, ishchi organ litsenziat oldida litsenziat ko‘rgan zarar miqdorida javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda Komissiya qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiyaning litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilish mumkin. Litsenziyaning amal qilishi to‘xtatilishi asossiz ekanligi sud tomonidan e’tirof etilgan taqdirda, Komissiya litsenziat oldida litsenziat ko‘rgan zarar miqdorida javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Litsenziyani bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda Komissiya qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiyaning litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilish mumkin. Litsenziyaning bekor qilinishi asossiz ekanligi sud tomonidan e’tirof etilgan taqdirda, Komissiya litsenziat oldida litsenziat ko‘rgan zarar miqdorida javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VIII. Litsenziyalar reyestri
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Ishchi organ turizm faoliyati litsenziyalari reyestrini yuritadi, unda quyidagilar ko‘rsatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) litsenziatlar to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxslar uchun — tashkilotning nomi va soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, mulkchilik shakli, filiallar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, tashkilot rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy shaxslar uchun — litsenziatning familiyasi, ismi, otasining ismi, pasportiga oid ma’lumotlar, uy manzili, telefon;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) litsenziya berilgan sana va uning raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) litsenziya blankasining seriyasi va raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) litsenziyaning amal qilish muddati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) turizm xizmatlarining turi (toifasi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) faoliyatning litsenziyalanadigan turi amalga oshiriladigan manzil, ish telefoni, faks, elektron pochta manzili;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) litsenziyani qayta rasmiylashtirish, amal qilishini to‘xtatib turish va tiklashning asosi va sanasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish yoki bekor qilishning asosi va sanasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) dublikat berishning asosi va sanasi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 13-martdagi 60-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 12-son, 138-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Litsenziyalarning reyestrlarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar litsenziyalovchi organning veb-saytiga joylashtiriladi va tanishib chiqish uchun ochiq bo‘ladi.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IX. Litsenziya berilganligi uchun davlat boji
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Turizm faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya berilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining o‘n baravari miqdorida davlat boji undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Davlat boji summasi respublika budjetiga o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Turizm faoliyatini litsenziyalash
to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Turizm faoliyatini litsenziyalash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sxemasi

(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 13-martdagi 60-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 12-son, 138-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 21-son, 212-modda; 2004-y., 30-son, 344-modda; 2006-y., 20-21-son, 181-modda, 37-38-son, 378-modda; 2012-y., 6-son, 57-modda, 41-42-son, 478-modda, 486-modda, 44-son, 507-modda; 2014-y., 12-son, 138-modda; 2015-y., 1-son, 9-modda)