19.09.2014 yildagi PQ-2237-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 19.09.2014 yildagi PQ-2237-son
Date of entry into force
29.09.2014
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqishga xorijiy investitsiyalarni jalb etish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuqori texnologiyali tarmoqlarni jadal rivojlantirish, iqtisodiyotning real sektori tarmoqlariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va dasturiy mahsulotlarni keng joriy etish uchun shart- sharoitlarni yaratish, “Elektron hukumat” tizimining maʼlumotlar bazasi va axborot tizimlari komplekslarini yaratish boʻyicha loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb etish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi bilan “LG CNS So., Ltd” (Koreya Respublikasi) kompaniyasi oʻrtasida 2014-yil 17-iyun kuni Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasida “Elektron hukumat” tizimi va iqtisodiyotning real sektori uchun axborot tizimlari hamda dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish boʻyicha “LG CNS Uzbekistan” qoʻshma korxonasini tashkil etish yuzasidan oʻzaro anglashuv toʻgʻrisidagi Memorandum imzolangan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklida barpo etilayotgan qoʻshma korxonaning ustav jamgʻarmasida oʻzbekistonlik muassislar (“UNICON. UZ” ilmiy-texnikaviy marketing tadqiqotlari markazi davlat unitar korxonasi va “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining) ulushi 49 foizni, “LG CNS So., Ltd” (Koreya Respublikasi) kompaniyasining ulushi esa 51 foizni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“LG CNS Uzbekistan” qoʻshma korxonasi oʻz faoliyatini 2014-yilning oxirigacha boshlaydi hamda 2015-yil mobaynida Koreya Respublikasidan mutaxassislarni va mamlakatimizning yetakchi dasturiy taʼminot ishlab chiquvchilarini jalb etgan holda 15 ta loyihani amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼsis hujjatlariga koʻra “LG CNS Uzbekistan” qoʻshma korxonasi Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Qirq qiz koʻchasi, 10-uy manzilida joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Kuyidagilar “LG CNS Uzbekistan” qoʻshma korxonasi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqishni, apparat-dasturiy komplekslarni oʻrnatish va tatbiq etishni, shuningdek “Elektron hukumat” tizimi doirasida va iqtisodiyotning real sektori korxonalarida loyiha hamda texnik hujjatlar ishlab chiqilishini taʼminlash boʻyicha tizimli integrator faoliyatini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro standartlarga mos keladigan talablarga muvofiq “Elektron hukumat” tizimiga va iqtisodiyotning real sektoriga axborot tizimlari komplekslarini hamda dasturiy mahsulotlarni joriy etish loyihalarini amalga oshirish doirasida kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirishning samarali tizimini tashkil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro standartlarga muvofiq va “LG CNS So., Ltd” kompaniyasining tajribasi asosida dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish va loyihalarni tizimli integratsiyalash sohasida eksport salohiyatini kengaytirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi ikki oy muddatda ULG CNS Uzbekistan” qoʻshma korxonasining ustavi ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini, shuningdek qoʻshma korxonani 2 mln AQSH dollari miqdorida ustav kapitaliga ega boʻlgan holda belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizning dasturiy taʼminot vositalari ishlab chiquvchilarini ragʻbatlantirishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 20-sentabrdagi PQ-2042-sonli qarorining 4-bandida nazarda tutilgan boj va soliq imtiyozlari “LG CNS Uzbekistan” qoʻshma korxonasi uchun 2022-yilning 1-yanvariga qadar amal qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Belgilab qoʻyilsinki, “LG CNS Uzbekistan” qoʻshma korxonasiga ishga jalb etilgan xorijiy jismoniy shaxslar:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuzilgan shartnomalar doirasida ish haqini chet elda ochilgan hisobvaraqlariga xorijiy valyutani oʻtkazgan holda olish huquqiga egadirlar;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyuldagi PF-6021-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2020-y., 06/20/6021/1047-son — 2020-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Kuyidagi huquq berilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“LG CNS Uzbekistan” qoʻshma korxonasiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2013-yil 27-iyundagi PQ-1989-sonli qarorini amalga oshirish doirasida “Elektron hukumat” tizimining maʼlumotlar bazasi va axborot tizimlari komplekslarini joriy etishda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida qatnashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtisodiyotning real sektori korxonalariga — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 3-apreldagi PQ-2158-sonli qarori bilan tasdiqlagan 2014-2015-yillarda real iqtisodiyot tarmoqlarida axborot-kommunikatsiya tizimlarini hamda dasturiy mahsulotlarni joriy etish boʻyicha ustuvor loyihalar Roʻyxatiga kiritilgan loyihalarning ijrochilariga “LG CNS Uzbekistan” qoʻshma korxonasi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar olib borish asosida, narx-navolar boʻyicha takliflar taqqoslanishini hisobga olib, narxlarning oshirilishiga yoʻl qoʻymagan holda shartnomalar tuzish.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “LG CNS Uzbekistan” qoʻshma korxonasi ushbu qarorning 6-bandida koʻrsatilgan loyihalarning qoʻshma korxona tomonidan amalga oshirilishi chogʻida mamlakat dasturiy mahsulot ishlab chiquvchilarini tizimli asosda jalb etib borsinlar, bunda 5 yil mobaynida dasturiy mahsulotlarni mahalliylashtirish darajasini kamida 60 foizga yetkazsinlar.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 31-dekabrdagi PF-4910-sonli Farmoni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 2-son, 25-modda, 13-son, 202-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “LG CNS Uzbekistan” qoʻshma korxonasining buyurtmanomalariga binoan ushbu qarorni amalga oshirish doirasida jalb etilayotgan xorijiy mutaxassislarga, shuningdek ularning oila aʼzolariga konsullik va boshqa yigʻimlarni undirmagan holda kirish vizalarini belgilangan tartibda rasmiylashtirishni taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “LG CNS Uzbekistan” qoʻshma korxonasining buyurtmanomalariga binoan ushbu qarorni amalga oshirish doirasida jalb etilayotgan xorijiy mutaxassislarga, shuningdek ularning oila aʼzolariga davlat bojlari toʻlashdan ozod qilgan holda belgilangan tartibda koʻp martalik vizalar berilishini va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek ularning turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilishini va uning muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “LG CNS Uzbekistan” qoʻshma korxonasining buyurtmanomalariga binoan qoʻshma korxonani tashkil etishda va uning faoliyatida ishtirok etuvchi yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni Oʻzbekiston Respublikasiga jalb etishga belgilangan tartibda ruxsatnomalar berishni (uzaytirishni), shuningdek xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shugʻullanish huquqiga tasdiqnoma berishni (uzaytirishni) taʼminlasin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-oktabrdagi PF-5204-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2017-y., 06/17/5204/0114-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2014-yil 19-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-2237-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 39-son, 489-modda; 2017-y., 2-son, 25-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2017-y., 06/17/5204/0114-son; 09.07.2020-y., 06/20/6021/1047-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)