23.09.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2034-2
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻi vazifasini bajaruvchining buyrugʻi, 23.09.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2034-2
Date of entry into force
29.09.2014
Hujjat 29.09.2014 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSh PROKURATURASI HUZURIDAGI SOLIQ, VALYUTAGA OID JINOYATLARGA VA JINOIY DAROMADLARNI LEGALLAShTIRIShGA QARShI KURAShISh DEPARTAMENTI BOShLIGʻI VAZIFASINI BAJARUVChINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrugʻi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat Qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 23-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2034-2]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 43-son, 451-modda) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-apreldagi “Moliya-iqtisodiy, soliq sohasidagi jinoyatlarga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-331-sonli qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami”, 2006-yil, 18-son, 147-modda) muvofiq buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 13-oktabrdagi 36-sonli qarori (roʻyxat raqami 2034, 2009-yil 3-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-yil, 45-son 492-modda) bilan tasdiqlangan Qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻi vazifasini bajaruvchi B. ZILYAYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2014-yil 11-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20-son

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻi vazifasini bajaruvchining 2014-yil 11-sentabrdagi 20-son buyrugʻiga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlar — Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boʻyicha moliyaviy choralarni ishlab chiqish guruhining (FATF) rasmiy bayonotlarida xalqaro moliyaviy tizimga xavf tugʻdiruvchi hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish tizimlarida strategik kamchiliklari mavjud deb belgilangan davlatlar va hududlar;”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi — oʻn ikkinchi xatboshilar tegishlicha beshinchi — oʻn uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi oʻn uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tavakkalchilik — mijozlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish maqsadida operatsiyalarni amalga oshirish tavakkalchiligi;”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻn uchinchi xatboshi oʻn toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslarning faoliyati sohasida tavakkalchiliklarni, shuningdek ularni kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlarni belgilash va baholash;”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar tegishlicha uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslarning faoliyati doirasida tavakkalchiliklarni aniqlash, baholash va kamaytirish boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni koʻrish;”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi — toʻqqizinchi xatboshilar tegishlicha uchinchi — oʻninchi xatboshilar deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. 4-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish uchun ichki nazoratni tashkil etish maqsadida qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslarda rahbar buyrugʻi bilan ushbu Qoidalarga rioya etilishi uchun masʼul shaxs (keyingi oʻrinlarda masʼul shaxs deb yuritiladi) tayinlanadi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. 7-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“ichki nazorat tizimini tashkil etish boʻyicha Departament tomonidan olib borilgan tekshiruvlar davomida qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxsning faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha monitoringni amalga oshiradi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish boʻyicha oʻz tavakkalchiliklarini aniqlash va baholash boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni koʻrish, ushbu tavakkalchiliklarni hujjatlashtirish va ularni kamaytirish choralarni koʻrish;”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi — oʻninchi xatboshilar tegishlicha uchinchi — oʻn birinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“eng kam oylik ish haqi miqdorining 300 baravari miqdoridan ortiq boʻlgan bir martalik operatsiyalar amalga oshirilganda;”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilar tegishlicha beshinchi, oltinchi va yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlar qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar sotuvchisi va oluvchisiga, shu jumladan avvaldan mavjud boʻlgan mijozlarga nisbatan ham birdek amalga oshirilishi kerak.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Quyidagi mazmundagi 171 va 172-bandlar bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“171. Agarda operatsiyaning taraflaridan biri jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlarda yoxud offshor hududlarda doimiy yashayotgan, turgan yoki roʻyxatga olingan, shuningdek tavakkalchilikning yuqori darajasi toifasiga kiritilgan shaxs boʻlganda qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar mijozlarni lozim darajada tekshirishning kuchaytirilgan chora-tadbirlarni koʻrishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
172. Mijozni lozim darajada tekshirishning kuchaytirilgan chora-tadbirlariga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijoz haqida qoʻshimcha maʼlumotlar (faoliyat turi, aktivlar miqdori, ochiq maʼlumotlar bazasi orqali olishi mumkin boʻlgan maʼlumot va boshqalar) olish va foydalanuvchi yoki benefitsiar mulkdor boʻyicha maʼlumotlarni yanada tezroq yangilab borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijozdan uning pul mablagʻlari yoki moliyaviy holatining manbasi haqida maʼlumot olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rejalashtirilgan yoki oʻtkazilgan operatsiyalarning sabablari toʻgʻrisida maʼlumotlar olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻshimcha tekshirishni talab qiladigan operatsiyalar (bitimlar) xususiyatini aniqlash hamda tekshirishlarning soni va ketma-ketligini oshirish yoʻli bilan ish munosabatlarining kuchaytirilgan monitoringini amalga oshirish.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Quyidagi mazmundagi III1 bob bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“III1. Tavakkalchilik darajasini aniqlash va baholash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
173. Qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxs mijozlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish yoki terrorizmni moliyalashtirish maqsadida operatsiyalarni amalga oshirishda tavakkalchilik darajasini (keyingi oʻrinlarda tavakkalchilik darajasi deb yuritiladi) aniqlash, baholash va kamaytirish chora-tadbirlarini koʻrishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tavakkalchilik darajasi mijoz taqdim etgan axborot asosida, amalga oshiradigan operatsiyalar turlari, mazkur Qoidalarda belgilangan mezonlar, mijozni lozim tarzda tekshirish natijalari hamda boshqa kerakli maʼlumotlarni hisobga olgan holda masʼul shaxs tomonidan har yili aniqlanadi va baholanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tavakkalchiliklarni baholash natijalari yozma ravishda rasmiylashtirilishi hamda Departamentga taqdim etilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
174. Tavakkalchilikning yuqori darajasi toifasiga qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxs avvaldan quyidagi mezonlarga javob beruvchi mijozlarni tegishli deb topish va ularga nisbatan kuchaytirilgan eʼtiborni qaratishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
terrorchilik faoliyatida ishtiroki yoxud terrorchilik faoliyati bilan shugʻullanayotgan shaxslarning nazorat ostida ekanligi yoxud terrorchilik faoliyati bilan shugʻullanayotgan yoki shugʻullanishda gumon qilinayotgan tashkilotning bevosita yoki bilvosita mulkdori yoxud uni nazorat qiluvchi ekanligi toʻgʻrisida maʼlumot mavjud boʻlgan shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda yoxud offshor hududda doimiy yashayotgan, turgan yoki roʻyxatga olingan shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
norezidentlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
haqiqatda joylashgan joyi taʼsis yoki roʻyxatga olish hujjatlarida koʻrsatilgan maʼlumotlardagi manzilga toʻgʻri kelmaydigan tashkilotlar va yakka tartibdagi tadbirkorlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
haqiqiy egasi ushbu bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida koʻrsatilgan shaxs boʻlgan tashkilotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muntazam ravishda (ketma-ketligi uch oy mobaynida ikki martadan ortiq) shubhali operatsiyalarni amalga oshirayotgan mijozlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
masʼul shaxsda asosli shubha uygʻotadigan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshiruvchi boshqa shaxslar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
175. Mijoz tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalarning tavsifi oʻzgarishiga qarab, qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxs zarur boʻlganda u bilan ishlash boʻyicha tavakkalchilik darajasini qayta koʻrib chiqishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxs barcha murakkab, gʻayrioddiy yirik operatsiyalarga, shuningdek aniq iqtisodiy yoki qonuniy maqsadga ega boʻlmagan operatsiyalarni amalga oshirishning gʻayrioddiy sxemalariga kuchaytirilgan eʼtibor qaratishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar haqida maʼlumot qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxsining rahbariyatiga taqdim etilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
176. Qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxs jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish maqsadida texnologik yutuqlardan foydalanilishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha chora-tadbirlarni koʻrishlari kerak. Bu maqsadlarda qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxs:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xizmatlarning yangi turlari va yangi ish amaliyoti ishlab chiqilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi hamda amaldagi xizmat turlarida yangi yoki rivojlanayotgan texnologiyalardan foydalanish natijasida vujudga kelishi mumkin boʻlgan tavakkalchilik darajasini aniqlash va baholashlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunday tavakkalchilikning baholanishi xizmatlarning yangi turlari, yangi ish amaliyotining ishga tushirilishi yoxud yangi yoki rivojlanayotgan texnologiyalarni foydalanishga tushirishdan avval oʻtkazilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxs bunday tavakkalchilikni monitoring qilish va ularni pasaytirish boʻyicha tegishli choralarni koʻrishi lozim.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. 18-bandning ikkinchi — yettinchi xatboshlaridagi “1000” raqami “300” raqami bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Quyidagi mazmundagi 201- band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“201. Operatsiyaning taraflaridan biri jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda doimiy yashayotgan, turgan yoki roʻyxatga olingan shaxs boʻlsa, bunday operatsiya ham Departamentga xabar qilinishi kerak.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Quyidagi mazmundagi 261 va 262-bandlar bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“261. Masʼul shaxsning faoliyatida foydalanilgan barcha hujjatlar (Departament bilan yozishmalar, shu jumladan yuborilgan xabarlarning qogʻozdagi va elektron nusxalari, mijozlarning qogʻozdagi va elektron anketalari, jurnallar va h. k.)dan foydalanilishini cheklash maqsadida, bunday hujjatlar va ularning roʻyxati bevosita maxsus jihozlangan xonada yoki yonmaydigan va muhrlanadigan seyfda ushbu shaxs tomonidan saqlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
262. Hujjatlarning elektron shakllari dasturiy usulda arxivlashtirilishi, elektron axborot tashuvchi uskunalarga yozib qoʻyilishi hamda masʼul shaxs tomonidan ularning roʻyxati bilan birgalikda yonmaydigan va muhrlanadigan seyfda saqlanishi zarur.”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 39-son, 494-modda)