Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.11.2012 28.10.2003 yildagi 469-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 28.10.2003 yildagi 469-son
Date of entry into force
28.10.2003
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.11.2012
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
YAGONA ELEKTR ENERGETIKASI TIZIMIGA ULANADIGAN STATSIONAR ELEKTR STANSIYALARIDA ELEKTR ENERGIYASI IShLAB ChIQARISh FAOLIYATINI LITSENZIYALASh TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
(qarorning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-maydagi 92-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 20-son, 152-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisidagi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Statistik, soliq va moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 16-iyuldagi PF-4453-son Farmoni)” qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yagona elektr energetikasi tizimiga ulanadigan statsionar elektr stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-maydagi 92-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 20-son, 152-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining yagona elektr energetikasi tizimiga ulanadigan statsionar elektr stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash komissiyasi tarkibi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*2-ilova berilmaydi.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-maydagi 92-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 20-son, 152-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilab qoʻyilsinki, yagona energetika tizimiga ulanadigan statsionar elektr stansiyalarida (issiqlik elektr stansiyalari, gidroelektrostansiyalar, blok-stansiyalar) elektr energiyasi ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik shaxslar 2004-yil 1-fevralgacha mazkur qarorga 1-ilova talablariga muvofiq litsenziya olish uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K.N. Toʻlaganov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2003-yil 28-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
469-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 28-oktabrdagi
469-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yagona elektr energetikasi tizimiga ulanadigan statsionar elektr stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
(nizom nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-maydagi 92-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 20-son, 152-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom yagona elektr energetikasi tizimiga ulanadigan statsionar elektr stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar berish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-maydagi 92-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 20-son, 152-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Litsenziyalarni berish, litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki tugatish, shuningdek uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi qarorlar Vazirlar Mahkamasining yagona elektr energetikasi tizimiga ulanadigan statsionar elektr stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) tomonidan qabul qilinadi.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzdavenergonazorat” davlat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda ishchi organ deb yuritiladi) Komissiyaning ishchi organi funksiyasini bajaradi. Komissiyaning ishchi organi hujjatlarni qabul qiladi, litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish, litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish yoxud uni bekor qilish toʻgʻrisida Komissiya qarorlari loyihalarini tayyorlaydi va ularni koʻrib chiqish uchun Komissiyaga kiritadi.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 9-son, 105-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Yuridik shaxslar litsenziya talabgorlari boʻlishi mumkin. Ularga statsionar elektr stansiyalarda elektr energiyasi ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalar – yagona elektr energetikasi tizimiga ulanadigan issiqlik elektr stansiyalari, issiqlik-elektr markazlari, gidroelektr stansiyalar, shuningdek energiyaning tiklanadigan manbalaridan foydalanuvchi boshqa elektr stansiyalari tegishlidir.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-maydagi 92-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 20-son, 152-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Yagona elektr energetikasi tizimiga ulanadigan statsionar elektr stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirishga litsenziya litsenziya talabgorining arizasida koʻrsatilgan muddatga, biroq kamida 5 yil muddatga beriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-maydagi 92-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 20-son, 152-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Yagona elektr energetikasi tizimiga ulanadigan statsionar elektr stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-maydagi 92-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 20-son, 152-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Litsenziya talablari va shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Yagona elektr energetikasi tizimiga ulanadigan statsionar elektr stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirishning litsenziya talablari va shartlari quyidagilar hisoblanadi:
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-maydagi 92-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 20-son, 152-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziat tomonidan qonun hujjatlariga, texnika xavfsizligi va yongʻin xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish qoidalariga, elektr energiyasi, issiqlik energiyasi va gazdan foydalanish qoidalariga; elektr energiyasi, issiqlik energiyasi va gazni hisobga olish qoidalariga, shuningdek energetika sohasidagi boshqa normativ hujjatlarga majburiy rioya qilinishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
energetika tarmogʻida kamida 3 yillik ish stajiga ega boʻlgan tegishli malakali zarur miqdordagi mutaxassislar mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektr energiyasi ishlab chiqaradigan asbob-uskunalarning davlat standartlari talablari va texnik shartlarga muvofiqligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
stansiyaning tizim operatori topshirigʻiga muvofiq elektr yuklamasini koʻtarishga tayyorligi hamda elektr energiyasi ishlab chiqarish sifati va rejimi boʻyicha talablarni bajarishi;
(6-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-maydagi 92-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 20-son, 152-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarning, shuningdek xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning hayoti va sogʻligi xavfsizligini taʼminlaydigan asbob-uskunalardan foydalanish, ularga texnik xizmat koʻrsatish va ularni taʼmirlash, shuningdek mol-mulkning saqlanishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Litsenziya bitimida mazkur Nizomning 6-bandida sanab oʻtilganlar sirasiga kiruvchi aniq litsenziya talablari va shartlari nazarda tutilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Litsenziya olish uchun zarur hujjatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori ishchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza, unda quyidagilar koʻrsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bank muassasasidagi hisob raqami, yuridik shaxs tomonidan amalga oshirilishi moʻljallanayotgan litsenziyalanayotgan faoliyat turi amalga oshiriladigan muddat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi;
(8-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya talabgorining arizasi koʻrib chiqilganligi uchun litsenziya talabgorining yigʻimni toʻlaganligini tasdiqlovchi hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi organlarining elektr energiyasi ishlab chiqarishning moddiy-texnika bazasi va texnologik jarayonlari tabiatni muhofaza qilish va ekologiya talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish boʻyicha Davlat inspeksiyasining oʻrnatilgan texnologiya agregatlarining hamda elektr energiyasi ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi texnologiya asbob-uskunalari holatining amaldagi normalar va qoidalar talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasi (elektr energiyasi ishlab chiqarishda neft mahsulotlari va gazdan foydalanilgan taqdirda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasining litsenziya talabgori moddiy-texnika bazasining texnika xavfsizligiga doir qonun hujjatlari va ishlab chiqarishning potensial xavfli uchastkalaridan foydalanish talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasi;
(8-bandning “e” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-dekabrdagi 301-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 486-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining yongʻin nazorati organlarining elektr energiyasi ishlab chiqarishning moddiy-texnika bazasi, texnologiya asbob-uskunalari va jarayonining hamda xodimlar tayyorgarlik darajasining yongʻin xavfsizligi normalari va qoidalari talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) laboratoriyalar attestatsiyadan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma va majburiy tartibda sertifikatlanishi shart boʻlgan asbob-uskunalarga muvofiqlik sertifikati;
(8-bandning “z” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-sentabrdagi 194-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 37-38-son, 378-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) faoliyatning litsenziyalanadigan turi sifatli va xavfsiz amalga oshirilishini taʼminlaydigan tegishli malakaga ega boʻlgan mutaxassislar mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Litsenziya talabgoridan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlar taqdim etilishini talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan ishchi organga bevosita yoxud olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan pochta aloqasi vositasi orqali yetkazib beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Litsenziya olish uchun taqdim etilgan hujjatlar ishchi organning masʼul shaxsi tomonidan roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, roʻyxatning nusxasi hujjatlar qabul qilingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan holda litsenziya talabgoriga yuboriladi (topshiriladi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Arizani koʻrib chiqish va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Ishchi organ tomonidan litsenziya berilishi haqidagi ariza koʻrib chiqilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya berish toʻgʻrisidagi hujjatlar koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim summasi ishchi organning hisob raqamiga oʻtkaziladi. Litsenziya talabgori berilgan arizadan voz kechgan taqdirda toʻlangan yigʻim qaytarilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Yagona elektr energetikasi tizimiga ulanadigan statsionar elektr stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash mazkur Nizomga ilova qilinadigan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
(13-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-maydagi 92-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 20-son, 152-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror litsenziya talabgorining arizasi olingan kundan boshlab oʻttiz kundan ortiq boʻlmagan muddatda qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishchi guruh oʻn besh kun mobaynida ekspert xulosasi tayyorlaydi va tasdiqlash uchun qaror protokolining tegishli loyihasi bilan birgalikda litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi taklifni Komissiyaga kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya ishchi guruhning taklifi olingan kundan keyin oʻn besh kundan ortiq boʻlmagan muddatda uni koʻrib chiqadi va qabul qilingan qaror protokolini tasdiqlaydi. Komissiya qarori Komissiya aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zarur hollarda Komissiyaning qaroriga koʻra ishchi organ litsenziya talabgori tomonidan litsenziya talablari va shartlari bajarilishi imkoniyatini joyning oʻziga borib oʻrganishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Ishchi organ litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror toʻgʻrisida tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya berishga qaror qilinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat boji toʻlash muddati koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berish haqida qaror qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan bir vaqtda litsenziya talabgoriga imzolash uchun litsenziya bitimi yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Litsenziyalovchi organ va litsenziatning oʻzaro huquq va majburiyatlarini belgilovchi litsenziya bitimi ishchi organ va litsenziat oʻrtasida tuziladi, unda quyidagilar boʻlishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitimni imzolagan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tomonlarning rekvizitlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amalga oshirilishiga litsenziya berilayotgan faoliyat turining nomi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziatga qoʻyiladigan litsenziya talablari va shartlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziyaning amal qilish muddati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziya bitimi talablari va shartlari buzilganligi uchun tomonlarning javobgarligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziat tomonidan litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishini litsenziyalovchi organ tomonidan nazorat qilish tartibi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya bitimi ikki nusxada — litsenziat va ishchi organ uchun bir nusxadan tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Litsenziya blankalari qatʼiy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi. Litsenziya blankalari namunalari ishchi organ tomonidan ishlab chiqiladi, Komissiya tomonidan tasdiqlanadi va ishchi organ buyurtmasi boʻyicha “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida bosmaxona usulida tayyorlanadi. Ishchi organ rahbari litsenziyalar blankalarining hisobga olinishi, saqlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishi uchun shaxsan javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyalar ishchi organ tomonidan rasmiylashtiriladi va Komissiya raisi (uning oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Litsenziya litsenziya talabgori tomonidan davlat boji toʻlanganini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan va u litsenziya bitimini imzolagandan keyin beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat boji summasi davlat budjetiga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Agar litsenziat litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida “Oʻzdavenergonazorat” agentligiga litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa yoxud litsenziya bitimini imzolamasa, Komissiya litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha rad etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya talabgori litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror, shuningdek ishchi guruhning mansabdor shaxsi xatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran koʻrib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib boʻlishi kerak.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Litsenziya berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar litsenziya talabgori tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab oʻn kundan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ayni vaqtda ishchi guruh hujjatlar qayta taqdim etilgandan keyin olti kun mobaynida ekspert xulosasi tayyorlaydi va tasdiqlash uchun qarorning tegishli protokoli bilan birgalikda litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi taklifni Komissiyaga kiritadi. Komissiya ishchi organning taklifi olingandan keyin toʻrt kun muddatda uni koʻrib chiqadi va qabul qilingan qaror protokolini tasdiqlaydi. Komissiya tomonidan qabul qilingan qaror protokoli Komissiya raisi (uning oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya talabgorlarining arizasi takroran koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, dublikat berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Litsenziat qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin bir oy muddatda ishchi organga koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda koʻrsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda ishchi organ litsenziyalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish ishchi organ tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza olingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻim summasi ishchi organning hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziatning arizasiga koʻra amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza ishchi organga litsenziyaning amal qilish muddati oʻtgunga qadar ikki oydan kechikmay berilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish yoki uzaytirishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror litsenziya berish uchun nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Amal qilish muddati oʻtmagan yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya oʻrniga litsenziatning arizasiga koʻra dublikat berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya dublikatini berishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻim summasi ishchi organning hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda ishchi organ:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligidan dalolat beruvchi hollar mavjud boʻlgan taqdirda litsenziatning ularga rioya etishini qonunda belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chogʻida paydo boʻladigan masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur axborotni soʻraydi va oladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tekshirishlar natijalari asosida, litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini koʻrsatgan holda dalolatnomalar tuzadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziatga aniqlangan litsenziya talablari va shartlari buzilishlarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqaradi, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish yoki bekor qilish toʻgʻrisida koʻrib chiqish uchun Komissiyaga taklif kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nazorat va huquqni muhofaza qilish organlari litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlari buzilganligi aniqlanganda oʻz vakolatlari doirasida ishchi organga aniqlangan litsenziya talablari va shartlari buzilishi va koʻrilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida xabar qilishlari zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish va litsenziyani bekor qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda ishchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishchi organning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish asossiz ekanligi sud tomonidan eʼtirof etilgan taqdirda, ishchi organ litsenziat oldida litsenziat koʻrgan zarar miqdorida javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda Komissiya qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiyaning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish asossiz ekanligi sud tomonidan eʼtirof etilgan taqdirda, Komissiya litsenziat oldida litsenziat koʻrgan zarar miqdorida javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Litsenziyani bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda Komissiya qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiyaning litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyani bekor qilishning asossiz ekanligi sud tomonidan eʼtirof etilgan taqdirda, Komissiya litsenziat oldida litsenziat koʻrgan zarar miqdorida javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VIII. Litsenziyalar reyestri
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Ishchi organ belgilangan tartibda litsenziyalar reyestrini yuritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Litsenziyalar reyestrida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) yuridik shaxsning toʻliq va qisqartirilgan nomini, davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni (roʻyxatdan oʻtkazilgan sana, davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnoma berilgan sana va uning tartib raqami), pochta manzili, telefonlar va faks raqamlarini, elektron pochta manzilini oʻz ichiga oluvchi litsenziatlar toʻgʻrisidagi asosiy maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) litsenziat tomonidan bajariladigan ishlar koʻrsatilgan holda faoliyatning litsenziyalanadigan turi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) litsenziyalarning berilgan sanasi va tartib raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) litsenziyalarning amal qilish muddati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilish muddatini uzaytirish, toʻxtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatish asoslari va sanasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) litsenziyalarni bekor qilishning asoslari va sanasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Litsenziyalarning reyestrlarida mavjud boʻlgan maʼlumotlar litsenziyalovchi organning veb-saytiga joylashtiriladi va tanishib chiqish uchun ochiq boʻladi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IX. Litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Litsenziya berilganligi uchun eng kam oylik ish haqining toʻrt baravari miqdorida davlat boji undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Davlat boji summasi respublika budjetiga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yagona elektr energetikasi tizimiga ulanadigan statsionar elektr stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
(ilova grifi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-maydagi 92-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 20-son, 152-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yagona elektr energetikasi tizimiga ulanadigan statsionar elektr stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-maydagi 92-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 20-son, 152-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sxemasi

(ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-maydagi 92-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 20-son, 152-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 20-son, 197-modda; 2004-y., 9-son, 105-modda; 28-son, 321-modda; 30-son, 344-modda; 2006-y., 20-21-son, 181-modda; 37-38-son, 378-modda; 2010-y., 20-son, 152-modda, 51-son, 486-modda; 2012-y., 6-son, 57-modda, 44-son, 507-modda)