Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.06.2012 24.09.2003 yildagi 409-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 24.09.2003 yildagi 409-son
Date of entry into force
24.09.2003
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.06.2012
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QURILISh SOHASIDA HISOBOTNI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 26-iyundagi 183-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat statistikasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2012-yil 3-yanvardagi OʻRQ-315-son Qonuni)” qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishning asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida” 2003-yil 6-maydagi PF-3240-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda qurilish sohasida hisobotni yanada takomillashtirish, birxillashtirish va maʼlumotlarni qisqartirish hisobiga bozor iqtisodiyoti talablariga javob beruvchi yagona hisobot tizimini barpo etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi hamda Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining kapital qurilishda hisobotlarning ilovaga muvofiq shakllarini birxillashtirish va qisqartirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Qiymat koʻrsatkichlari taqqoslanishini taʼminlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi va Davlat statistika qoʻmitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda asosiy sarmoyaga va qurilish ishlariga investitsiyalar boʻyicha narxlar indekslarini hisoblab chiqish metodikasini xalqaro standartlarga muvofiq ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish sohasidagi davlat statistika hisobotini mazkur qarorning ilovasiga muvofiqlashtirsin va uning 2004-yil 1-yanvardan boshlab olib borilayotgan statistika ishlari amaliyotiga kiritilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qurilish sohasidagi idoraviy statistika hisobotining amaldagi shakllarini ularning bozor talablariga muvofiqligi yuzasidan xatlovdan oʻtkazsin hamda ularni tartibga solish yoki bekor qilish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2003-yil 1-dekabrgacha ilovada keltirilgan statistika hisoboti shakllari va ularni toʻldirishga doir yoʻriqnomalarni belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirliklar, idoralar, uyushmalar, korporatsiyalar, boshqa xoʻjalik birlashmalari qurilish ixtisosligidagi korxonalar va tashkilotlar uchun boshqaruvning barcha darajalarida qonun hujjatlarida va mazkur qarorda nazarda tutilmagan qoʻshimcha hisobot shakllari joriy etilishiga yoʻl qoʻymasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2003-yil 24-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
409-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil
24-sentabrdagi 409-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kapital qurilishdagi statistika hisobotining birxillashtiriladigan va qisqartiriladigan shakllari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r‎

Statistika hisoboti shakllarining nomi ‎

Shaklning tartib raqami‎

Davriyligi‎

Kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar‎

‎‎I. Hisobotlarning tugatilayotgan shakllari

1.‎ Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar toʻgʻrisida ‎ 2-invest (qisqacha‎ oylik ‎
2.‎ Ijtimoiy soha ayrim obyektlarini ishga tushirish toʻgʻrisida ‎ 2-qurilish‎ choraklik‎
3.‎ Pudrat shartnomasi tuzishning borishi toʻgʻrisida ‎ 1-KS (shartnoma) ‎ yilda 2-marta ‎
4.‎ Bajarilgan ishlarni qabul qilib olish dalolatnomasi ‎ 2-shakl‎ oylik
5.‎ Bajarilgan ishlar va xarajatlar toʻgʻrisida maʼlumotnoma ‎ 3-shakl‎ oylik ‎

‎‎II. Hisobotlarning saqlanib qoladigan, birxillashtiriladigan va yangidan kiritiladigan shakllari

1.‎ Yakka tartibda qurilgan uy-joy binolarini ishga tushirish toʻgʻrisida ‎ 1-YaTUJQ‎ yillik‎ Saqlanib qoladi‎
2-3. ‎ Nomoliyaviy aktivlarga kiritilgan investitsiyalar toʻgʻrisida‎ 2-invest‎ choraklik yillik ‎

Shakllar mazmuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 6-maydagi PF-3240-son Farmoni qoidalariga va Farmonni bajarish yuzasidan qabul qilingan Hukumat qarorlariga muvofiq yoziladi

4-5.‎ Obyektlar, quvvatlarni ishga tushirish va ular qurilishida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalardan foydalanish toʻgʻrisida‎ 1-qurilish‎ choraklik yillik ‎
6.‎ Jismoniy shaxslar tomonidan olib borilayotgan obyektlar qurilishi toʻgʻrisida‎ 1-JQ (shoshi-linch)‎ choraklik‎
7.‎ Ijtimoiy soha obyektlarining ishga tushirilishi va qurilish ishlarining bajarilishi toʻgʻrisida‎ 1-KS‎ yillik‎ ‏Shakllar mazmuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 6-maydagi PF-3240-son Farmoni qoidalariga va Farmonni bajarish yuzasidan qabul qilingan Hukumat qarorlariga muvofiq yoziladi
‎‏
‎‏
‎‏
8.‎ Quri�ish ishlarining bajarilishi toʻgʻrisida‎ 1-KS‎ oylik‎
9.‎ Loyiha-qidiruv ishlari qiymati toʻgʻrisida‎ 4-KS‎ yillik‎
10.‎ Tugallanmagan qurilishlar ahvoli toʻgʻrisida‎ 8-KS‎ oylik‎
11.‎ Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiat resurslaridan oqilona foydalanishga yoʻnaltirilgan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar toʻgʻrisida‎ 18-KS‎ yillik‎
12.‎ Xarid qilingan asosiy qurilish materiallari, qismlar, konstruksiyalar va uskunalar narxi toʻgʻrisida (moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalari hisobiga qurilayotgan obyektlar boʻyicha taqdim etiladi)‎ 9-KS‎ oylik‎ Yangidan kiritilmoqda‎
13.‎ Bajarilgan ishlar (qilingan xarajatlar) qiymati toʻgʻrisida maʼlumotnoma-hisob-faktura‎ oylik‎‎ 2 va 3-shakllar oʻrniga yangidan kiritilmoqda‎
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 17-18-son, 154-modda; 2012-y., 26-27-son, 293-modda)