Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022 04.09.2003 yildagi 382-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 04.09.2003 yildagi 382-son
Date of entry into force
04.09.2003
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PARRANDAChILIKDA MONOPOLIYADAN ChIQARISh VA IQTISODIY ISLOHOTLARNI YANADA ChUQURLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Ko‘chirma]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida” 2003-yil 28-iyundagi 290-son qarorini bajarish yuzasidan hamda parrandachilikda monopoliyadan chiqarish va iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, shuningdek tarmoqni rivojlantirishda xususiy sektorning o‘rni va ahamiyatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muassislarning va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 18-martdagi F-1728-son farmoyishi bilan tashkil etilgan Maxsus komissiya taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “O‘zparrandasanoat” uyushmasi uning tarkibiga kiruvchi korxonalar to‘liq xususiylashtirilgan va ularga iqtisodiy mustaqillik berilgan holda tugatilayotganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyundagi 290-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi markaziy apparati tarkibida Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilikni rivojlantirish bosh boshqarmasi, viloyatlar qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmalarida esa — chorvachilik, parrandachilik va baliqchilikni rivojlantirish bo‘limlari tashkil etilganligi, ularga parrandachilik korxonalarini rivojlantirishga ko‘maklashish funksiyalari yuklanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Maxsus komissiya, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda belgilangan tartibda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“O‘zparrandasanoat” uyushmasini tugatish bo‘yicha tugatish komissiyasi tashkil etsin va ikki oy muddatda uni tugatish chora-tadbirlarini amalga oshirsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-ilovaga muvofiq parrandachilik korxonalari aksiyalari davlat paketlarining birja va birjadan tashqari bozorlarda asosan xususiy mulk qilib va xorijiy investorlarga erkin sotilishini ta’minlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Parrandachilik ilmiy markazini — O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi ixtiyoriga berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Parrandalar kasalliklari bo‘yicha respublika veterinariya laboratoriyasini — O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi ixtiyoriga berish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Parrandachilik xo‘jaliklarini kurka go‘shti yetishtirish uchun modernizatsiya qilish to‘g‘risida” 1996-yil 29-noyabrdagi 426-son qaroriga muvofiq “O‘zparrandasanoat” uyushmasiga berilgan xorijiy kreditlar yuzasidan qarz majburiyatlari bo‘yicha ushbu loyihaga kiritilgan kurkachilik xo‘jaliklari uning huquqiy vorislari hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus komissiya O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va kurkachilik xo‘jaliklari bilan birgalikda valyuta kreditini qayta rasmiylashtirishni hisobga olgan holda kredit hujjatlariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalarni bir oy muddatda belgilangan tartibda rasmiylashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu o‘zgarishlarni hisobga olgan holda Hukumat kafolatiga belgilangan tartibda tegishli qo‘shimcha bersin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining ko‘rsatib o‘tilgan xorijiy kredit bo‘yicha qarz o‘z vaqtida qaytarilmaganligi uchun 613,3 ming AQSh dollariga teng miqdordagi hisoblangan penyalarni hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. “O‘zdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi respublika hududida parrandachilik korxonalari uchun, ularning mintaqaviy joylashishini hisobga olgan holda, ozuqa ishlab chiqarish bo‘yicha kamida ikkita ixtisoslashtirilgan korxona tashkil etish masalasini o‘rganib chiqsin va bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I. H. Jo‘rabekov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R. S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2003-yil 4-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-382-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil
4-sentabrdagi 382-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tugatiladigan “O‘zparrandasanoat” uyushmasining ulushlari va aksiyalar paketlari birja va birjadan tashqari bozorlarda asosan xususiy mulk qilib va xorijiy investorlarga erkin sotiladigan parrandachilik korxonalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
RO‘YXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r‎

Korxonalar nomi‎

Erkin sotiladigan
‎ulush miqdori‎

1.‎ “Qusshilik” AJ‎ 25,0‎
2.‎ “Qiyat” AJ‎ 25,0‎‎
3.‎ “Navruz” AJ‎ 25,0‎‎
4.‎ “Niyaz-Botir” AJ‎ 25,0‎‎
5.‎ “Paxtaobod” AJ‎ 25,0‎‎
6.‎ “Oyim” AJ‎ 25,0‎‎
7.‎ “G‘ijduvon” AJ‎ 25,0‎‎
8.‎ “Buxoro” AJ‎ 25,0‎‎
9.‎ “Yorqo‘rg‘on” AJ‎ 25,0‎‎
10.‎ “Istiqlol” AJ‎ 25,0‎‎
11.‎ “Qamashiparranda” AJ‎ 25,0‎‎
12.‎ “Oq Saroy” AJ‎ 25,0‎‎
13.‎ “Qiziltepaparranda” AJ‎ 25,0‎‎
14.‎ “Lochin” AJ‎ 25,0‎‎
15.‎ “Namanganparranda” AJ‎ 25,0‎‎
16.‎ “Uychi” AJ‎ 25,0‎‎
17.‎ “Jarqo‘rg‘on” AJ‎ 25,0‎‎
18.‎ “Farg‘ona zotli parranda fabrikasi” AJ‎ 25,0‎‎
19.‎ “Chimyonparranda” AJ‎ 25,0‎‎
20.‎ “Beshariqparranda” AJ‎ 25,0‎‎
21.‎ “Bo‘ston” AJ‎ 25,0‎‎
22.‎ “Bag‘dod” AJ‎ 25,0‎‎
23.‎ G‘oipov nomli AJ‎ 25,0‎‎
24.‎ “Qo‘shko‘pir” AJ‎ 25,0‎‎
25.‎ “Shodlik” AJ‎ 25,0‎‎

(foizlarda)‎

(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 17-18-son, 142-modda)