29.08.2014 yildagi 243-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 29.08.2014 yildagi 243-son
Date of entry into force
02.09.2014
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Nurlanish olish dozalarining belgilangan asosiy chegaralaridan oshib ketish ehtimoli bo‘lgan hududlarda yashovchi fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Radiatsiyaviy xavfsizlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga muvofiq hamda nurlanish olish dozalarining belgilangan asosiy chegaralaridan oshib ketish ehtimoli bo‘lgan hududlarda yashovchi aholini ijtimoiy himoya qilishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. “Ekologik nazorat to‘g‘risida” va “Radiatsiyaviy xavfsizlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunlarida atrof muhitning radioaktiv moddalar bilan ifloslanishi ustidan nazoratni amalga oshirish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga yuklanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Nurlanish olish dozalarining belgilangan asosiy chegaralaridan oshib ketish ehtimoli bo‘lgan hududlarda yashovchi fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi nurlanish olish dozalarining belgilangan asosiy chegaralaridan oshib ketish ehtimoli bo‘lgan hududlarda yashovchi fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va muvofiqlashtirish yuzasidan mas’ul etib belgilansin.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2014-yil 29-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
243-son

Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-avgustdagi 243-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nurlanish olish dozalarining belgilangan asosiy chegaralaridan oshib ketish ehtimoli bo‘lgan hududlarda yashovchi fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish tartibi to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NI3OM

I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom “Radiatsiyaviy xavfsizlik to‘g‘risida” va “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq nurlanish olish dozalarining belgilangan asosiy chegaralaridan oshib ketish ehtimoli bo‘lgan hududlarda yashovchi fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Nurlanish olish dozalarining belgilangan asosiy chegaralaridan oshib ketish ehtimoli bo‘lgan hududlarga “Radiatsiyaviy xavfsizlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga muvofiq belgilangan sanitariya-muhofaza zonalariga tutash hududlar kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. O‘zbekiston Respublikasi ayrim aholi punktlarini nurlanish olish dozalarining belgilangan asosiy chegaralaridan oshib ketish ehtimoli bo‘lgan hududlar deb e’tirof etish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi taqdimotiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur Nizomga muvofiq vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari o‘z vakolatlari doirasida nurlanish olish dozalarining belgilangan asosiy chegaralaridan oshib ketish ehtimoli bo‘lgan hududlar deb e’tirof etilgan hududlarda yashovchi fuqarolarning ijtimoiy himoya qilinishini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Nurlanish olish belgilangan asosiy chegaralaridan oshib ketish ehtimoli bo‘lgan hududlarda yashovchi fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Nurlanish olish dozalarining belgilangan asosiy chegaralaridan oshib ketish ehtimoli bo‘lgan hududlarda yashovchi fuqarolar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) salomatlikni muhofaza qilish va nurlanish olish dozalarining belgilangan asosiy chegaralaridan oshib ketish ehtimoli bilan bog‘liq kasalliklar profilaktikasi sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yashash joyi bo‘yicha sog‘liqni saqlash muassasalarida har yili tibbiy ko‘rikdan o‘tish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuqori nurlanish dozasini olgan shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda dori vositalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxonalar va muassasalar xodimlari — O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan normalar bo‘yicha korxonalar va muassasalar mablag‘lari hisobiga beriladigan sut;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) aholining ayrim guruhlarini ijtimoiy himoya qilish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflari o‘quvchilari — har yili maktab ta’tillari vaqtida bolalarni sog‘lomlashtirish oromgohlariga imtiyozli yo‘llanmalar;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar — har ikki yilda kamida bir marta O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimi sanatoriylariga bepul yo‘llanmalar bilan ta’minlanadilar.
(5-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Ushbu Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hamda korxonalar va muassasalarning o‘z mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi har yili nurlanish olish dozalarining belgilangan asosiy chegaralaridan oshib ketish ehtimoli bo‘lgan har bir hudud uchun fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlari dasturini ishlab chiqadilar.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Yakunlovchi qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Nurlanish olish dozalarining belgilangan asosiy chegaralaridan oshib ketish ehtimoli bo‘lgan hududlarda yashovchi fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlarining amalga oshirilishi uchun mas’uliyat tumanlar va shaharlar hokimlari, shuningdek tegishli vazirliklar va idoralarning hududiy bo‘linmalari rahbarlari zimmasiga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nurlanish olish dozalarining belgilangan asosiy chegaralaridan oshib ketish ehtimoli bo‘lgan hududlarda yashovchi fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nurlanish olish dozalarining belgilangan asosiy chegaralaridan oshib ketish ehtimoli bo‘lgan hududlarda yashovchi fuqarolarning ijtimoiy himoya qilinishini ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI

(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 35-son, 447-modda; 2017-y., 15-son, 249-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son; 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)