Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2022 03.07.2003 yildagi 302-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 03.07.2003 yildagi 302-son
Date of entry into force
03.07.2003
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2022
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Kapital qurilishda tanlov savdolari tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-73-sonli “O‘zbekiston Respublikasining “2022-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida” 2003-yil 6-maydagi PF-3240-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda kapital qurilish sohasida tovarlar, ishlar va xizmatlar xaridining yagona tizimini yaratish, tanlov savdolarini tashkil etish va o‘tkazish mexanizmini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasi hududida kapital qurilishda tanlov savdolari to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilab qo‘yilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
markazlashtirilgan manbalar, davlat boshqaruv organlari va davlat korxonalari mablag‘lari, budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan kapital qurilish bilan bog‘liq tovarlar, ishlar va xizmatlar xaridi faqat tanlov savdolari natijalari bo‘yicha amalga oshiriladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
(2-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 560-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kapital qurilish bilan bog‘liq tovarlar, ishlar va xizmatlarni xarid qilishda tanlov savdolari majburiy o‘tkazilishi uchun buyurtmachilar, tanlov savdolarini o‘tkazishning belgilangan tartibiga rioya qilinishi uchun esa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda tanlov savdolari tashkilotchilari javob beradilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sifatli bajarilgan ishlar va xizmatlarni o‘z vaqtida va to‘liq moliyalashtirish yuzasidan shartnoma shartlari bajarilmaganligi uchun shartnoma shartlariga muvofiq buyurtmachi moddiy javob beradi, shuningdek ko‘rsatib o‘tilgan sabablar natijasida soliq organlari tomonidan hisoblangan, ularga to‘langan jarimalar va penyani pudratchiga to‘liq qoplaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov savdolari natijalari bo‘yicha tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan shartlarning o‘zgarishi, buyurtmachi bilan pudratchi o‘rtasida kelishuv mavjudligidan qat’i nazar, faqat ular belgilangan tartibda tanlov komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilgandan va tasdiqlangandan keyin qabul qilingan deb hisoblanadi, ushbu bandning yettinchi xatboshida nazarda tutilgan hollardan tashqari;
(2-bandning beshinchi xatboshisi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 17-fevraldagi 42-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 8-9-son, 79-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilishning amaldagi qiymatini tanlov savdolari natijalari bo‘yicha shartnomada belgilangan shartnomaviy narxga nisbatan kamaytirish natijasida tejalgan mablag‘lar pudrat tashkilotining tasarrufida qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyurtmachi bilan pudratchi o‘rtasida kelishuv mavjudligidan qat’i nazar, qurish va rekonstruksiya qilishning hisob-kitob (smeta) qiymati oshishiga yo‘l qo‘yilgan obyektlar bo‘yicha tanlov savdolari natijalari bo‘yicha tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan shartlarning o‘zgarishi qurilishi va rekonstruksiya qilinishi Hukumat darajasida tasdiqlanishi kerak bo‘lgan obyektlarning manzilli ro‘yxatlarini tasdiqlash bo‘yicha Hukumat komissiyasining qarori qabul qilingan taqdirdagina qabul qilingan deb hisoblanadi.
(2-band Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 17-fevraldagi 42-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 8-9-son, 79-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki, xorijiy pudrat tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan va erkin muomaladagi valyutada haq to‘lanadigan xorijiy kreditlar va grantlar hisobiga moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarini amalga oshirishda, agar xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlar bilan tuzilgan kredit shartnomalarida o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, tanlov hujjatlariga ishlar (xizmatlar) qiymatining kamida 50 foizi miqdorida ishlar (xizmatlar)ni bajarish uchun O‘zbekiston Respublikasining xo‘jalik yurituvchi subyektlari — rezidentlari ishtirok etishi shartlari kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining “Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2000-yil 5-avgustdagi 305-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 8-son, 48-modda) 2-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni mazkur qaror talablariga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari K.N. To‘laganov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2003-yil 3-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
302-son

Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 3-iyuldagi
302-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi hududida kapital qurilishda tanlov savdolari to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom kapital qurilish, shuningdek ilgari to‘xtatib qo‘yilgan obyektlar qurilishini davom ettirish bilan bog‘liq ishlar va xizmatlarning butun kompleksini (keyingi o‘rinlarda matnda ishlar, xizmatlar deb yuritiladi) bajarish, tovarlar xarid qilish, asbob-uskunalar sotib olish yuzasidan tanlov savdolari (tenderlar)ni tashkil etish va o‘tkazish tartibi va shartlarini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-dekabrdagi 992-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2017-y., 09/17/992/0426-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur Nizom talablari O‘zbekiston Respublikasi hududida markazlashtirilgan manbalar (davlatning kapital qo‘yilmalari), davlat boshqaruv organlari va davlat korxonalari mablag‘lari, budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga tovarlar, ishlar va xizmatlar xarid qilishda majburiy hisoblanadi bitta kontrakt bo‘yicha 100 ming AQSh dollaridan ortiq summaga.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-dekabrdagi 992-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2017-y., 09/17/992/0426-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. 2-bandda sanab o‘tilmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladigan qurilish obyektlari uchun mazkur Nizom talablari tavsiya xususiyatiga ega bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur Nizom, agar xorijiy kreditlar va grantlar berish shartlariga ko‘ra o‘zgacha tartib belgilangan bo‘lsa, tovarlar, ishlar va xizmatlar xaridiga joriy etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Tanlov savdolari o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror buyurtmachi tomonidan faqat tanlov savdolari predmeti tegishli hujjatlar (kredit shartnomasi, bank ma’lumotnomasi, qurilishlarning aniq ro‘yxati, davlat boshqaruv organi qarori va boshqalar) bilan tasdiqlangan moliyaviy resurslar bilan ta’minlangan taqdirda qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalanilgan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshlang‘ich narx – buyurtmachi tomonidan yoki uning buyurtmasi bo‘yicha jalb etilgan tashkilot tomonidan aniqlanadigan tanlov savdolari predmetining hisoblab chiqilgan qiymati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
baholovchi guruh – ofertani baholash uchun tanlov komissiyasi tomonidan tashkil etiladigan vaqtinchalik organ;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
baholovchi komissiya – erkin savdoda xaridni amalga oshirishda buyurtmachi tomonidan tashkil etiladigan doimiy yoki vaqtinchalik organ;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
baholash mezonlari – talabgorlarni tanlash hamda ofertani baholash va savdolar g‘olibini aniqlash uchun foydalaniladigan ko‘rsatkichlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyurtmachi – investor yoki tovarlar, ishlar va xizmatlar xaridini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda investor tomonidan belgilangan yuridik shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabgorning malakasini oldindan aniqlash – tanlov savdolarida qatnashishga qo‘yish uchun talabgorlarni tanlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investor – tovarlar, ishlar va xizmatlar xaridiga o‘z mablag‘larini yoki qarz olingan mablag‘larni (budjetdan moliyalashtirishda – budjetdan ajratiladigan mablag‘larni) qo‘yuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
(6-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kapital qurilish – yangi qurilish, korxonalarni kengaytirish, rekonstruksiya qilish, zamonaviylashtirish va texnika bilan qayta jihozlash, obyektlar va asosiy vositalarni mukammal ta’mirlash, shu jumladan loyiha-qidiruv ishlarini bajarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov savdolarida ishtirok etishga buyurtmanomalarni ta’minlash – oferent tomonidan buyurtmachining talabiga ko‘ra ular bo‘yicha dastlabki majburiyatni bank beradigan bank kafolati, topshiriq, zaxira akkreditivlar, cheklar shaklidagi tanlov savdolari shartlarida nazarda tutilgan istalgan majburiyatning, yoxud ta’minlashning boshqa turlarida ta’minlanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabgor – ofertasi savdo tashkilotchisi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgunga qadar taklif etilgan shartlarda tanlov savdolarida qatnashish niyatini bildirgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov buyurtmanomasi aksepti – uning yutgan ofertasi e’tirof etilgan holda oferentga yuboriladigan va shartnoma tuzishga taklif hisoblanadigan buyurtmachining yozma bildirishnomasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov komissiyasi – mazkur Nizomning 12-bandida sanab o‘tilgan funksiyalarni bajarish uchun buyurtmachi tomonidan tashkil etiladigan doimiy yoki vaqtinchalik organ;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov savdolari – tanlov hujjatlarida nazarda tutilgan mezonlar va shartlarga muvofiq tovarning maqbul yetkazib beruvchisini, ishlarni bajaruvchini va xizmatlar ko‘rsatuvchini tanlash usuli;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov savdolari predmeti – tovarlar, ishlar va xizmatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov savdolari tashkilotchisi – buyurtmachi yoki tanlov savdolarini tashkil etish va o‘tkazish uchun buyurtmachi tomonidan jalb etiladigan yuridik shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov hujjatlari – tanlov savdolarining texnik, moliyaviy, tijorat, tashkiliy tavsiflari va boshqa tavsiflari to‘g‘risidagi hamda tanlov savdolarini tashkil etish va o‘tkazish shartlari, tartib-qoidalari to‘g‘risidagi dastlabki axborot mavjud bo‘lgan hujjatlar turkumi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar – xomashyo, buyum, konstruksiya, asbob-uskunalarga butlovchi buyumlar, qattiq, suyuq yoki gazsimon holatdagi predmetlar, energiyaning barcha turlari, shuningdek yetkazib beriladigan tovarga qo‘shimcha ravishda ko‘rsatiladigan xizmatlar, agar ularning qiymati tovar qiymatining o‘zidan ortiq bo‘lmasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oferent – malaka tanlovidan o‘tgan va ofertasi tanlov savdolari tashkilotchisi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan talabgor;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oferta – tanlov hujjatlarida belgilangan shartlarga muvofiq taqdim etilgan tanlov savdolari predmetiga nisbatan talabgorning taklifi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnomaviy joriy narx – tanlov savdolari natijalari bo‘yicha belgilanadigan tanlov savdolari predmeti narxi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnoma bajarilishini ta’minlash – buyurtmachining talabiga ko‘ra tanlov savdolari g‘olibi tomonidan ular bo‘yicha birlamchi majburiyatni bank o‘z zimmasiga oladigan bank kafolati, topshiriq, zaxira akkredetivlar, cheklar shaklidagi, naqd mablag‘lardagi depozitlar, yoxud boshqa shakllardagi depozitlar shaklidagi shartnomadagi mavjud majburiyatlar bajarilishining ta’minlanishi.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning yigirma uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Tanlov savdolari qatnashchilari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Investor, buyurtmachi, tanlov savdolari tashkilotchisi, tanlov komissiyasi va oferentlar tanlov savdolarining asosiy qatnashchilari hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Buyurtmachi quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabgorning malakasini oldindan aniqlash yoki buningsiz tanlov savdolari o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rasmiy farmoyish beruvchi hujjat chiqargan holda tanlov savdolarini o‘tkazish shakli, turi va sanasini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov savdolari tashkilotchisi funksiyasini amalga oshirish (ushbu funksiyalarni jalb etiladigan tashkilotga berishi mumkin);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mustaqil ravishda yoki ixtisoslashtirilgan tashkilotni jalb etgan holda tanlov savdolari predmetining boshlang‘ich qiymatini belgilash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Buyurtmachi quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov komissiyasi tarkibini va ish tartibini shakllantiradi va tasdiqlaydi, uning ishida qatnashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
miqdori tanlov hujjatlarida qayd etiladigan aniq tanlov shartlariga bog‘liq bo‘ladigan tanlov savdolarida qatnashishga buyurtmanomalarni ta’minlash shaklini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov savdolarining tashkilotchisi bo‘ladi (ushbu funksiyalarni jalb etiladigan ixtisoslashgan tashkilotga berishi mumkin);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov hujjatlari tarkibini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabgorning malakasini oldindan aniqlash va tanlov savdolariga qo‘yiladigan asosiy talablarni, tanlov savdolari predmetiga qo‘yiladigan va tanlov hujjatlari tarkibiga kiritiladigan maxsus va texnik talablarni belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasining (O‘zRTXB) maxsus axborot portalida va ommaviy axborot vositalarida oferentlarning tanlov takliflari ochilish sanasidan kamida 30 kun oldin bosh pudratchini aniqlash bo‘yicha tanlov savdolari to‘g‘risidagi e’lonlarni joylashtiradi;
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan tartibda ekspertizaning o‘tkazilishi va tanlov hujjatlari tasdiqlanishini ta’minlaydi, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi bilan kelishgan holda tanlov savdolari natijalari to‘g‘risidagi hisobotni tasdiqlaydi;
(9-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov savdolari g‘olibi bilan shartnoma tuzadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov savdolarini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq barcha xarajatlarni qoplaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buyurtmachi investor bilan belgilangan tartibda tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan vakolatlar doirasida boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Quyidagilar tanlov savdolari tashkilotchisining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov savdolari o‘tkazish tartib-qoidalarini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov savdolari predmetiga qo‘yiladigan maxsus, texnik va tijorat talablarini hisobga olgan holda talabgorning malakasini oldindan aniqlash va tanlov savdolarini o‘tkazish uchun tanlov hujjatlarini ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan shakl bo‘yicha tanlov savdolari o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’lonni matbuotda chiqarish va/yoki potensial talabgorlarga taklifnomalar yuborish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar tanlov hujjatlarida o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, arizalar va ofertalarni qabul qilish, ularning hisobga olinishi va maxfiyligini ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jalb etiladigan buyurtmachi bilan shartnoma asosida mustaqil ekspertlar yoki maslahatchilarning ishlarini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabgorlarga tanlov hujjatlarini taqdim etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ofertalarning asl nusxalarini ular ochilgandan keyin buyurtmachiga berish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Tanlov savdolarini tashkil etish uchun ixtisoslashtirilgan tashkilot jalb etilgan taqdirda tanlov savdolari tashkilotchisining huquq va majburiyatlari u bilan buyurtmachi o‘rtasida tuziladigan shartnomada belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Tanlov komissiyasi quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘zining ish tartibini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
miqdori tanlov hujjatlarida qayd etilgan tanlov shartlariga bog‘liq bo‘lgan tanlov savdolarida qatnashishga buyurtmanomalarni ta’minlash shaklini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ofertani qabul qilishning oxirgi kuni va vaqtini, konvertlarni ochish vaqti va joyini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabgorning malakasini oldindan aniqlaydi, agar u tanlov hujjatlarida nazarda tutilgan bo‘lsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli ravishda rasmiylashtirgan holda tanlov savdolarini o‘tkazish tartib-qoidalarini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichida ofertalar bo‘lgan konvertlarni ochadi, ularning tanlov hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiqligini tekshiradi (hujjatlarning to‘liq taqdim etilishi, rasmiylashtirish va hokazolar) va konvertlarni ochish to‘g‘risidagi protokolni tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mustaqil ekspertlarni (maslahatchilarni) jalb etish zarurligini belgilaydi yoki tanlov komissiyasi a’zolari orasidan baholash guruhini tuzadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov hujjatlarida ko‘rsatilgan mezonlarga muvofiq ofertalarni o‘rganadi, tekshiradi va ko‘rib chiqadi, tanlov savdolari g‘olibini aniqlaydi yoki boshqa qaror qabul qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov savdolarini o‘tkazish jarayonida paydo bo‘ladigan nizolar va kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqadi va tartibga soladi hamda ular bo‘yicha tegishli xulosalar chiqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Tanlov komissiyasi a’zolari soni toq bo‘lishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tanlov komissiyasi tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zInjiniring” respublika loyiha instituti, shuningdek, buyurtmachining tarmoq ilmiy-texnik kengashlari vakillari majburiy tartibda kiritiladi.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-dekabrdagi 992-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2017-y., 09/17/992/0426-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tanlov savdolari predmetiga bog‘liq ravishda tanlov komissiyasi tarkibiga loyiha, ekspert tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning vakillari kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Tanlov komissiyasi tarkibida investor va buyurtmachining vakillari soni komissiya a’zolari umumiy sonining to‘rtdan bir qismidan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Agar majlisda tanlov komissiyasi a’zolarining kamida to‘rtdan uch qismi qatnashsa tanlov komissiyasi huquqiy vakolatli hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Tanlov savdolarini o‘tkazish tartib-qoidalari bosqichlari bo‘yicha qaror tanlov takliflarini baholash mezonlarini hisobga olgan holda tanlov komissiyasi tomonidan ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ovozlar teng bo‘lgan taqdirda raisning ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Tanlov komissiyasi majlislarida Qurilish vazirligining vakolatli vakili ishtirok etadi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Tanlov savdolari shakllari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Tanlov savdolari quyidagilarga bo‘linadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ochiq tanlov savdolari – oferentlar soni cheklanmaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yopiq tanlov savdolari – oferentlar soni cheklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yopiq tanlov savdolari o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Ochiq yoki yopiq tanlov savdolari talabgorning malakasi oldindan aniqlangan holda yoki aniqlanmasdan, yoxud ikki bosqichli bo‘lishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabgorning malakasini oldindan aniqlash tanlov savdolarining birinchi turi, tanlov savdolarining g‘olibini aniqlash – uning ikkinchi turi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Talabgorning malakasi oldindan aniqlanadigan ochiq yoki yopiq tanlov savdolari o‘tkazishda talabgorlarning umumiy ro‘yxati tuziladi, talabgorning malakasi oldindan aniqlanadi va malakasi oldindan aniqlangan talabgorlar o‘rtasida tanlov savdolari o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Ikki bosqichli tanlov savdolari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyurtmachi tanlov savdolari predmetining aniq tavsifini va o‘ziga xosligini shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘lmagan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnomada ishlarni ularning rentabelligini ta’minlash uchun yetarli bo‘lgan yoki tadqiq etish yoki ishlab chiqishga sarflangan xarajatlar qoplanishini ta’minlaydigan hajmlarda bajarish nazarda tutilgan hollardan tashqari, buyurtmachi ilmiy tadqiqotlar, eksperimentlar o‘tkazishga, qidiruvlar yoki ishlanmalar yuzasidan shartnoma tuzish niyatida bo‘lgan hollarda o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Ikki bosqichli tanlov savdolari quyidagi tartibda o‘tkaziladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi bosqichda konseptual qaror va texnik, tijorat jihatidan aniqlanishi va tuzatilishi kerak bo‘lgan, tanlov hujjatlarida ko‘rsatilgan shartlar asosida ishlab chiqilgan oferta bahosi ko‘rsatilmagan holda taqdim etiladi. Tanlov savdolari predmeti parametrlari bo‘yicha oferent bilan muzokaralar olib borilishiga yo‘l qo‘yiladi. Ofertalarning umumiy sonidan tanlov savdolarining ikkinchi bosqichida qatnashishga yo‘l qo‘yiladigan ofertalar tanlab olinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi bosqichda tanlov savdolari predmetining aniqlashtirilgan parametrlari hisobga olingan, bahosi majburiy tartibda ko‘rsatilgan holda ofertalari tanlov savdolarining ikkinchi bosqichiga o‘tgan qatnashchilarning takliflari va buyurtmanomalari berilgan holda tanlov hujjatlariga tuzatish kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ikki bosqichli tanlov savdolarini tashkil etish va o‘tkazish qonun hujjatlariga muvofiq Qurilish vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
(22-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Yopiq tanlov savdolari ishlar va xizmatlar yuqori darajada murakkabligi (yoki tor ixtisoslashuvi) bilan farqlanadigan va faqat pudratchilar (yetkazib beruvchilar)ning cheklangan soni bilangina bajarilishi mumkin bo‘lgan hollarda tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Yopiq tanlov savdolarini o‘tkazishda tanlov savdolari tashkilotchisi pudratchilar (yetkazib beruvchilar) umumiy sonidan oldindan yetarlicha malaka ma’lumotlariga ega bo‘lganlarni, biroq ularning kamida uchtasini tanlaydi va ularga tanlov savdolarida qatnashishga taklifnoma yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Agar yopiq savdolarda qatnashishga rozilik bildirgan pudratchilar (yetkazib beruvchilar) soni uchtadan kam bo‘lsa, u holda tanlov shartlari aniqlashtirilgan va/yoki unga tuzatishlar kiritilgan holda takroriy tanlov savdolari e’lon qilinadi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 1-apreldagi 100-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 14-son, 137-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Yopiq tanlov savdolarini tashkil etishda matbuotda e’lon berilmaydi, tanlov savdolari taklif etilgan talabgorlar o‘rtasida o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Kamida 1 ming AQSh dollari summasidagi bitta kontrakt bo‘yicha yetkazib berishda xarid tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning narxi, sifati va yetkazib berish muddatlari bo‘yicha eng maqbul shartlarni taklif etgan yetkazib beruvchilar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar tuzish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bir ming AQSh dollaridan 100 ming AQSh dollarigacha summaga bitta kontrakt bo‘yicha yetkazib berishda xarid baholash komissiyasi tomonidan baholanadigan eng yaxshi takliflarni tanlab olish yo‘li bilan erkin savdoda amalga oshiriladi. Talabgorlarga yuboriladigan ofertada xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning tavsifi va soni, bajarish muddati va tovarni yetkazib berish joyi haqidagi ma’lumot bo‘lishi kerak.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-dekabrdagi 992-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2017-y., 09/17/992/0426-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
271. Ro‘yxati Davlat xaridlari bo‘yicha Hukumat komissiyasi tomonidan belgilanadigan markazlashtirilgan manbalar hisobiga moliyalashtiriladigan 500 mln so‘mgacha qiymatda bo‘lgan obyektlarni (suvga quduqlarni burg‘ulash bilan bog‘liq obyektlardan tashqari) qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha ishlarni bajarish uchun pudrat tashkilotlarini tanlash faqat kichik biznes subyektlari o‘rtasida amalga oshiriladi.
(271-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-iyundagi 430-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 26-son, 592-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Erkin savdoda xarid qilishda takliflarning yetkazib beruvchi yoki pudratchi tomonidan aloqa kanallari orqali yozma shaklda taqdim etilishiga yo‘l qo‘yiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Erkin savdoda xarid qilishda yetkazib beruvchi yoki pudratchini tanlash baholash komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Baholash komissiyasi buyurtmachi tomonidan kamida besh nafar vakolatli mutaxassisdan iborat tarkibda tayinlanadi. Baholash komissiyasining qarori protokol bilan rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Quyidagi hollarda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori mavjud bo‘lganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xarid qilinadigan tovar (ish, xizmatlar) yagona yetkazib beruvchi (pudratchi) tomonidan ishlab chiqarilsa (realizatsiya qilinsa);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
import tovar Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi bilan kelishgan holda xarid qilinganda shartnomaning to‘g‘ridan to‘g‘ri tuzilishiga yo‘l qo‘yiladi.
(31-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-dekabrdagi 992-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2017-y., 09/17/992/0426-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Agar tanlov savdolari predmetining boshlang‘ich qiymatiga nisbatan tanlov savdolarini tashkil etish va o‘tkazish xarajatlari iqtisodiy jihatdan foydali bo‘lmasa, bunday ishlar va ko‘rsatiladigan xizmatlar mustaqil lotlarga bo‘lingan holda bitta tanlov savdolariga birlashtiriladi, bunda g‘olib, qoidaga ko‘ra, har bir lot bo‘yicha aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Buyurtmachining asoslangan qaroriga muvofiq tanlov savdolari predmetini lotlarga bo‘lgan holda tanlov savdolari o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yiladi (qurilish va montaj ishlari, asbob-uskunalarni xarid qilish va montaj qilish, yuklarni transportda tashish va hokazo).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda g‘olib, qoidaga ko‘ra, har bir lot bo‘yicha aniqlanadi, bosh pudratchi tashkilot funksiyasini buyurtmachi bajaradi va loyihada nazarda tutilgan ishlar va xizmatlarning butun kompleksi bajarilishi uchun javob beradi. Investor va/yoki buyurtmachi tovarlarni xarid qilishda tanlov savdolari predmeti bo‘linishi uchun javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Tanlov savdolarini keyinchalik tanlov savdolari predmeti uchun nazarda tutilmagan turlar bo‘yicha o‘tkazish imkonini beruvchi uning qiymatini pasaytirish maqsadida tanlov savdolari predmetini ongli ravishda bo‘lishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Talabgorga qo‘yiladigan malaka talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Tanlov savdolarida qatnashish uchun talabgorga quyidagi malaka talablari qo‘yiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov savdolari predmeti qiymatining kamida 20 foizi miqdoridagi aylanma mablag‘larning yoki ko‘rsatib o‘tilgan mablag‘larni berishga bank kafolatnomasi, ishlar (xizmatlar)ni bajarish uchun zarur bo‘lgan mehnat resurslari va mutaxassislarning mavjudligi;
(35-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 28-noyabrdagi 261-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 49-son, 480-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnomalar tuzish yuzasidan fuqarolik-muomala huquqiy layoqat va vakolatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ustav sarmoyasining miqdori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov obyektiga o‘xshash obyektlarda ishlash tajribasining mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘z kuchlari bilan ilgari bajarilgan ish hajmlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov obyektida o‘z kuchlari bilan bajariladigan ishlarning mo‘ljallanayotgan hajmi (foizlarda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tanlov savdolarida qatnashish talabgoriga buyurtmachi tomonidan belgilanadigan boshqa talablar ham qo‘yilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Agar tanlov savdolari predmeti hisoblanadigan ishlar (xizmatlar)ni bajarish bilan bog‘liq faoliyat qonun hujjatlariga muvofiq litsenziyalanishi kerak bo‘lsa belgilangan tartibda berilgan tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan talabgorlar tanlov savdolarida qatnashishga qo‘yiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Tanlov komissiyasi talabgor (oferent)dan uning malaka ma’lumotlariga muvofiqligini tasdiqlovchi dalillarni hujjatli shaklda taqdim etishni talab qilishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Talabgorlarga tanlov savdolarida qatnashishga malaka talablari tanlov hujjatlari tarkibida ko‘rsatib o‘tiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Malaka talablariga muvofiq talabgorlar tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotlarni baholash tanlov hujjatlarida belgilangan tartibda tanlov komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Tanlov komissiyasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabgorlarning o‘z intellektual mulkini yoki tijorat sirini muhofaza qilish huquqini buzishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabgorlar (oferentlar)ning tanlov hujjatlarida nazarda tutilmagan malaka ma’lumotlariga nisbatan mezonlar va talablarni belgilashga haqli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Quyidagilarning:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ta’sis hujjatlari, moliyaviy qatnashish, xolding shaklida va boshqa shakllarda ifodalangan bir-biri bilan bevosita tashkiliy-huquqiy yoki moliyaviy bog‘liq bo‘lgan qurilish tashkilotlarining;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlarda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun qurilish tashkilotlari tanlov savdolarida qatnashishi mumkin.
(41-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Buyurtmachining tor ixtisoslashgan pudratchi tashkilotlari ochiq tanlov savdolarida umumiy asoslarda qatnashadilar, yopiq tanlov savdolarida esa tanlov savdolari tashkilotchisi kamida ikkita chet qatnashchini taklif qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Malaka ma’lumotlari to‘g‘risida noto‘g‘ri axborot aniqlangan taqdirda tanlov komissiyasi qarori bilan talabgor (oferent) bundan keyin tanlov savdolari tartibotida qatnashishdan chetlatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Malaka ma’lumotlari to‘g‘risida tanlov savdolari natijasiga ta’sir qilmaydigan unchalik muhim bo‘lmagan noaniqliklar mavjud bo‘lgan axborotni taqdim etgan talabgor (oferent)ga tanlov komissiyasi qarori bilan aniqlangan noaniqliklarni uning ofertasini ko‘rib chiqish davomida tuzatishiga ruxsat etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Qayta tashkil etish (bo‘linish, birlashish), tugatish yoki bankrotlik bosqichida bo‘lgan, mulki xatlab qo‘yilgan talabgorlar tanlov savdolari tartibotlarida qatnashishga qo‘yilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Tanlov savdolarini o‘tkazishga tayyorgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Tanlov savdolari tashkilotchisi tanlov savdolari to‘g‘risida pudratchini (yetkazib beruvchini) aniqlash sanasidan kamida 30 kun oldin ommaviy axborot vositalarida e’lon beradi yoki potensial pudratchilarga (yetkazib beruvchilarga) tanlov savdolarida qatnashishga taklifnoma jo‘natadi.
(46-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-dekabrdagi 992-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2017-y., 09/17/992/0426-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Tanlov savdolari o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’londa yoki tanlov savdolarida qatnashishga taklifnomada quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov savdolari tashkilotchisining nomi va manzili;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov savdolari predmetini mablag‘ bilan ta’minlash manbalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov savdolari predmetining tavsifi va uni sotish joyi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov savdolari predmetini sotish muddati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabgorlarga qo‘yiladigan asosiy shartlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov hujjatlarini sotib olish joyi va uning uchun to‘lov miqdori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ofertalarni taqdim etish joyi, oxirgi kuni va vaqti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ofertalarni ochish joyi, kuni va vaqti.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tanlov savdolari va /yoki talabgorning malakasini oldindan aniqlash to‘g‘risidagi e’lon ommaviy axborot vositalarida chop etiladi. Buyurtmachining qaroriga ko‘ra xorijiy pudratchilar (yetkazib beruvchilar) tanlov savdolarida qatnashishga taklif etilishi mumkin. Bunda mamlakatimizning tovar ishlab chiqaruvchilari (ishlarni bajaruvchilari, xizmatlar ko‘rsatuvchilari) uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan narx preferensiyalari, shuningdek qonunchilikka muvofiq kichik biznes subyektlari uchun ajratiladigan kvotalar miqdorlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lgan e’lon qoidaga ko‘ra, eng ommaviy davriy nashrida joylashtiriladi, gazetalarda, web-caytda va /yoki BMTning Development Business nashrida, shuningdek xorijiy mamlakatlarning elchixonalari orqali taklifnomalar jo‘natish vositasida amalga oshiriladi.
(47-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-dekabrdagi 992-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2017-y., 09/17/992/0426-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Ofertalarni taqdim etish muddati e’lon ommaviy axborot vositalarida berilgan kundan boshlab kamida o‘ttiz kunni yoki taklifnomalar jo‘natilgan kundan boshlab o‘ttiz besh kunni tashkil etishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Melioratsiya obyektlarida ta’mirlash-tiklash ishlari obyektlari uchun ofertalarni taqdim etishning eng qisqa muddati ommaviy axborot vositalarida e’lon berilgan kundan boshlab 15 kunni yoki taklifnomalar jo‘natilgan kundan boshlab 20 kunni tashkil etadi”.
(48-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 28-noyabrdagi 261-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 49-son, 480-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Tanlov savdolari o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’lon faqat tanlov hujjatlariga ijobiy ekspert xulosasi mavjud bo‘lgan taqdirdagina chop etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Tanlov hujjatlarining tarkibi, tuzilishi, ularni ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Tanlov hujjatlari, qoidaga ko‘ra, uch qismdan: umumiy, texnik va tijorat qismidan iborat bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Umumiy qismga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov savdolarida qatnashishga taklifnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlar, ishlar va xizmatlarni xarid qilish yuzasidan shartnomaning umumiy shartlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabgorlarning tanlov savdolarida qatnashishga buyurtmanomalari shakli;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabgorning malakasini hamda uning texnik va moliyaviy ahvolini baholash talablari va mezonlarini, takliflarni moliyaviy baholash va tanlov savdolari g‘olibini aniqlash mezonlari, tanlov savdolari tartibotiga taalluqli boshqa hujjatlardan iborat bo‘lgan yo‘riqnoma.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Texnik qism Qurish, rekonstruksiya qilish, texnika bilan qayta jihozlash, loyihalash, qurilish obyektlari uchun materiallar, konstruksiyalar va jihozlar xarid qilishga doir tanlov hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom talablariga muvofiq ishlab chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Texnik topshiriq O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kelishilishi kerak.
(52-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-martdagi 254-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.03.2019-y., 09/19/254/2839-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53. Tanlov hujjatlarining tijorat qismi tovar (ishlar, xizmatlar) narxidan, ishlar (xizmatlar)ni bajarish va/yoki tovarni yetkazib berish shartlaridan, mablag‘ bilan ta’minlash manbalari va shartlaridan, tanlov savdolari predmetini sotish muddatidan, shartnoma loyihasidan iborat bo‘ladi.
(53-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 20-fevraldagi 50-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 9-son, 89-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54. Buyurtmachi tomonidan e’lon qilingan narx bilan tanlov savdolari o‘tkazilishi to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda tanlov savdolari predmetining boshlang‘ich narxi e’lon va taklifnomada ko‘rsatiladi. Bunda tanlov savdolari tanlov savdolari predmetining boshlang‘ich narxini pasaytirish yuzasidan o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55. Ofertalarni taqdim etish tartibi tanlov hujjatlarida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taqdim etilayotgan oferta tanlov hujjatlari shartlari va talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56. Xorijiy pudrat tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan va erkin muomaladagi valyutada haq to‘lanadigan xorijiy kreditlar va grantlar hisobiga moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarini amalga oshirishda, agar xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlar bilan tuzilgan kredit shartnomalarida o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, tanlov hujjatlariga ishlar (xizmatlar) qiymatining kamida 50 foizi miqdorida ishlar (xizmatlar)ni bajarish uchun O‘zbekiston Respublikasining xo‘jalik yurituvchi subyektlari — rezidentlari ishtirok etishi shartlari kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
57. Tanlov va talabgorning malakasini oldindan aniqlash hujjatlariga, ofertani joylashga va markirovka qilishga, takliflarni texnik va moliyaviy baholash mezonlariga shartlar va talablar tanlov komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ofertalarni taqdim etish muddati tugagungacha tanlov savdolari tashkilotchisi tanlov hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishga haqlidir, tashkilotchi ular to‘g‘risida tanlov hujjatlarini olgan talabgorlarga darhol xabar qilishi, ofertalarni taqdim etish muddatini ofertaga tuzatish kiritish uchun yetarli bo‘lgan vaqtga uzaytirishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
58. Tanlov hujjatlari ular uchun to‘lov to‘langandan keyin taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
To‘lov miqdori buyurtmachi va/yoki tanlov savdolari tashkilotchisi tomonidan, tanlov hujjatlarini ko‘paytirish va tarqatish qiymatidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
59. Tanlov savdolari tashkilotchisi talabgorning so‘roviga ko‘ra tanlov hujjatlarining mohiyati yoki mazmuni bilan bog‘liq bo‘lgan savollarga yozma ravishda javob berishi, tanlov savdolarining barcha qatnashchilariga javobni so‘rov manbaini ko‘rsatmasdan yuborishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
60. Tanlov savdolarining asosiy qatnashchilari va /yoki talabgorlar o‘rtasida xabarlar, bildirishnomalar va boshqa axborotlarni almashish tanlov hujjatlari tarkibida tasdiqlangan shakl bo‘yicha yozma ravishda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. Ofertalarni taqdim etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
61. Ofertaning amal qilish muddati tanlov hujjatlarida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oferta uni taqdim etishning oxirgi kuni va vaqti tugagungacha qaytarib olinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
62. Talabgorning imzosi va muhri qo‘yilgan oferta savdolar tashkilotchisiga konvertga solib yelimlangan holda jo‘natiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
63. Taqdim etish muddati tugagandan keyin olingan oferta ko‘rib chiqilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ofertani taqdim etish sanasi tanlov savdolari tashkilotchisining pochta bildirishnomasidagi oferta olinganligi to‘g‘risidagi qayd bo‘yicha yoki tanlov savdolari tashkilotchisining oferentga berilgan (oferta chopar orqali yetkazib beriladigan hol) oferta olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnomasi sanasi bo‘yicha belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
64. Talabgor oferta tarkibida tanlov savdolarida qatnashishga buyurtmanomani tanlov hujjatlarida ko‘rsatilgan, lekin tanlov savdolari predmeti hisoblab chiqilgan qiymatining ko‘pi bilan 2 foizi miqdorida ta’minlashni taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ta’minlashning amal qilish muddati ofertaning amal qilish muddatidan kam bo‘lmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
65. Buyurtmachi tanlov hujjatlarida ta’minlash kafilining ishonchliligi bo‘yicha talablarni, uning shakllarini va tanlov savdolarida qatnashishga buyurtmanomani ta’minlashdan foydalanish tartibini belgilashi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
66. Tanlov savdolarida qatnashishga buyurtmanomani ta’minlash:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov savdolari g‘olibiga – shartnoma tuzilgandan keyin, shartnoma ijrosini talab qilinadigan ta’minlash taqdim etilgach;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qolgan oferentlarga – tanlov savdolari g‘olibi bilan shartnoma tuzilgandan keyin, lekin ofertaning amal qilish muddatidan kechikmay;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ofertani qaytarib olgan oferentga – uni taqdim etishning oxirgi kuni va vaqti tugagungacha qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buyurtmanomani ta’minlash uni qaytarish uchun asos paydo bo‘lgan vaqtdan boshlab o‘n kun mobaynida qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
67. Tanlov savdolarida qatnashishga buyurtmanomani ta’minlash:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ofertani taqdim etishning oxirgi kuni va vaqti tugagach ofertani o‘zgartirgan yoki uni qaytarib olgan oferentga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov savdolari g‘olibiga – oferta uning amal qilish davrida qaytarib olinganda, tanlov hujjatlarida belgilangan shartlarda shartnoma tuzish yoki shartnoma ijrosining talab qilinadigan ta’minlanishini taqdim qilish rad etilganda qaytarilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VIII. Tanlov savdolarini o‘tkazish va ularni yakunlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
68. Tanlov savdolari, qoidaga ko‘ra, buyurtmachi joylashgan joyda o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
69. Tanlov komissiyasi majlisi ushbu Nizomning 48-bandida belgilangan muddat tugagandan keyin o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Majlis vaqtida ofertalar solingan konvertlar ochiladi, shartlar va tartibotlarga rioya qilinishi, tanlov hujjatlarida ko‘rsatilgan hujjatlarning mavjudligi tekshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
70. Ofertalar solingan konvertlarni ochish qatnashish istagini bildirishgan oferentlar yoki ularning vakolatli vakillari ishtirokida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tanlov komissiyasi majlisi natijalari protokol bilan rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tanlov komissiyasi majlislari natijalari to‘g‘risidagi axborot qatnashmagan oferentga yozma shaklda yetkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
71. Hujjatlar paketida tanlov hujjatlari talablarining buzilganligi aniqlangan taqdirda hujjatlar ularning mazmuni e’lon qilinmasdan oferentga qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
72. Tanlov komissiyasi tanlov hujjatlarining e’lon qilingan shartlarga nomuvofiqligini yoki ofertani rasmiylashtirishdagi noaniqliklarni ular boshqa qatnashchilarning reytingiga ta’sir ko‘rsatmaydigan va ularga yo‘l qo‘ygan tanlov savdolari qatnashchisiga ustunlik bermaydigan hollarda e’tiborga olmasligi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
73. Tanlov hujjatlari shartlariga javob beradigan ofertalar bo‘yicha oferentning ismi (nomi), malaka ma’lumotlari, taklif qilingan narxlar va bajarish muddatlari, shuningdek oferent tomonidan tanlov hujjatlari talablariga muvofiq kiritilgan qo‘shimcha takliflar hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
74. Tanlov komissiyasi majlisida ofertani ko‘rib chiqish davomida oferent tomonidan ofertaning mazmuni tushuntirib berilishiga yo‘l qo‘yiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda ofertaning mazmunini, shu jumladan narxi yoki bajarish muddatini o‘zgartiruvchi tushuntirishlar berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
741. Qatnashchilarning tijorat takliflarini teng shartlarga keltirish maqsadida ular bo‘yicha qonun hujjatlariga muvofiq import qiluvchilar qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni importga yetkazib beriladigan tender takliflari qatnashchilarning tender takliflarini baholashda ko‘rsatib o‘tilgan soliq summasi qo‘shimcha ravishda hisobga olinadi.
(741-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 20-fevraldagi 50-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2009-y., 9-son, 89-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
75. Ofertada arifmetik xatolar mavjudligi aniqlangan taqdirda so‘zlar bilan ko‘rsatilgan yakuniy summa to‘g‘ri miqdor sifatida qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
76. Savdolarning turidan qat’i nazar, tanlov savdolari g‘olibi tanlov komissiyasining yopiq majlisida aniqlanadi. Tender komissiyasi g‘oliblarni eng ko‘p raqobatli narxlar, yetkazib berish va ishlarni bajarish (xizmatlar ko‘rsatish) shartlari, to‘lov hamda tender shartlarida belgilangan boshqa mezonlar bo‘yicha, shuningdek tender savdolarida mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilariga narx preferensiyalari berish tartibini tartibga soladigan boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq aniqlaydi. Tanlov savdolari g‘olibi tanlov qatnashchilari ishtirokida e’lon qilinadi, ishtirok etmagan qatnashchilar belgilangan tartibda xabardor qilinadi.
(76-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 20-fevraldagi 50-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 9-son, 89-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
77. Ofertalarni ko‘rib chiqish, baholash va taqqoslash natijalari to‘g‘risidagi axborot oshkor qilinmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
78. Tanlov komissiyasining har bir majlisida protokol yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoidaga ko‘ra, bu – talabgor malakasini oldindan aniqlash, konvertlarni ochish, tanlov savdolari g‘oliblarini aniqlash va tanlov savdolari o‘tkazish tartiboti bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa protokollardir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
79. Tanlov savdolari buyurtmachi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangandan keyin tugallangan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
80. Buyurtmachi Qurilish vazirligi bilan kelishilgan kundan boshlab besh kun muddatda ommaviy axborot vositalarida tanlov savdolari natijalari (predmeti, g‘olibi, investitsiya loyihasining shartnomaviy narxi va uni amalga oshirish muddati) to‘g‘risidagi axborotni e’lon qiladi.
(80-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
81. Tanlov savdolari agar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ofertalarni taqdim etish muddatida uchtadan kam oferta tushsa ;
(81-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 1-apreldagi 100-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 14-son, 137-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ofertalar tanlov hujjatlari shartlariga muvofiq bo‘lmasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ofertalarda tanlov savdolarida qatnashishga buyurtmanomani ta’minlash kafolati mavjud bo‘lmasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oferentlar tomonidan taklif etilgan narxlar tanlov savdolari predmeti boshlang‘ich qiymatidan ancha ortiq bo‘lsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilish vazirligi bilan kelishuv bo‘yicha tanlov komissiyasi tomonidan asoslangan boshqa holatlar paydo bo‘lsa o‘tkazilmagan hisoblanadi.
(81-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kichik biznes subyektlari uchun ajratilgan kvotalar bo‘yicha o‘tkaziladigan tanlov savdolari qatnashchilari o‘rtasida ushbu toifa korxonalar mavjud bo‘lmasa.
(81-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 1-apreldagi 100-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2011-y., 14-son, 137-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
82. Tanlov savdolarining o‘tkazilmagan deb e’lon qilinishi asosiy qatnashchilardan birontasining mulkiy yoki boshqacha tusdagi javobgarligiga olib kelmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
83. Agar tanlov savdolari o‘tkazilmagan deb e’tirof etilsa tanlov savdolari takroran o‘tkaziladi, bunda tanlov hujjatlari shartlarining qaytadan ko‘rib chiqilishiga yo‘l qo‘yiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
84. Tanlov savdolari tashkilotchisi ular tugallangandan keyin tanlov savdolari g‘olibiga besh kundan kechikmay yozma bildirishnoma jo‘natadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
85. Shartnoma tanlov savdolari g‘olibi bildirishnomani olgan kundan boshlab o‘n kun muddatda tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
86. Agar tanlov savdolari g‘olibi shartnoma tuzishni rad etsa yoki shartnoma ijrosini ta’minlashni belgilangan muddatda taqdim etmasa, u holda buyurtmachi tanlov komissiyasi bilan birgalikda ofertasi ikkinchi bahoni olgan oferentni tanlov savdolari g‘olibi deb e’tirof etishi yoki takroriy tanlov savdolari o‘tkazishni tayinlashi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
87. Shartnoma ijrosini ta’minlash miqdori buyurtmachi tomonidan, lekin tanlov savdolarida belgilangan qiymatning ko‘pi bilan 10 foizi miqdorida belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
88. Tanlov savdolari natijalari bo‘yicha tuzilgan, erkin muomaladagi valyutada amalga oshiriladigan shartnomani ro‘yxatdan o‘tkazish belgilangan tartibda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida amalga oshiriladi.
(88-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 34-36-son, 264-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IX. Tanlov hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish hamda tanlov savdolarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi monitoringi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
89. Tanlov hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish, tanlov savdolarini o‘tkazishning maqsadga muvofiqligi hamda uning metodlari va usullarining asoslanganligini aniqlash, tanlov savdolarini tashkil etish, tanlov savdolarini o‘tkazish shartlari va tartibotiga rioya qilish monitoringi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK tomonidan amalga oshiriladi.
(89-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-martdagi 254-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.03.2019-y., 09/19/254/2839-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
90. Tanlov hujjatlari ekspertizasi shartnoma asosida o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tanlov savdolari tashkilotchisi tomonidan tanlov savdolarini tashkil etish va o‘tkazish masalalarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar shartlariga hamda ushbu Nizomga rioya qilinishi tanlov hujjatlari ekspertizasi predmeti hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
91. Tanlov hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish uchun quyidagilar taqdim etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov savdolari predmeti va tashkilotchisi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov hujjatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov komissiyasini tayinlash va uning tarkibi to‘g‘risidagi buyruq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliyaviy resurslarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar (kredit shartnomasi, bank ma’lumotnomasi, qurilishlarning aniq manzilli ro‘yxati, davlat boshqaruv organi qarori va boshqalar). Zarur hollarda ekspertiza organi savdolar tashkilotchisidan qo‘shimcha ma’lumotlarni so‘rab oladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Import tovarlar (ishlar va xizmatlar)ni xarid qilishda buyurtmachi tanlov hujjatlari tarkibida Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining narxlar konyunkturasi bo‘yicha xulosasini taqdim etadi.
(91-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 34-36-son, 264-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
92. Tanlov hujjatlari ekspertizasi O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi qoshidagi Loyihalarni va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi tomonidan tasdiqlangan Qurilish, rekonstruksiya qilish, texnika bilan qayta jihozlash, loyihalash, qurilish obyektlari uchun materiallar, konstruksiyalar va jihozlar xarid qilishga doir tanlov hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom talablariga muvofiq o‘tkaziladi.
(92-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-martdagi 254-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.03.2019-y., 09/19/254/2839-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
93. Tanlov hujjatlari ekspertizasi va ekspertiza organi tomonidan tegishli xulosani berish ushbu Nizomning 91-bandida sanab o‘tilgan hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab o‘n kun muddatda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Takroriy ekspertiza besh kun muddatda o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
94. Quyidagilar monitoring obyekti hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov savdolarini tashkil etish va o‘tkazish, shartnoma tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihani amalga oshirishda tanlov savdolari shartlarining bajarilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlarni bajarish va moliyalashtirish jadvallarining ijrosi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilishi tugallangan obyektni o‘z vaqtida foydalanishga topshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
95. Monitoring buyurtmachi va pudratchi tomonidan tomonlarning tanlov savdolari shartlarini bajarishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Loyihalarni va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markaziga har oyda taqdim etiladigan axborotlarni tahlil qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
(95-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-martdagi 254-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.03.2019-y., 09/19/254/2839-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tanlov hujjatlariga buyurtmachi va pudratchi tomonidan axborotlar taqdim etish bo‘yicha majburiyatlarni kiritish tanlov savdolari shartlarining uzviy qismi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Monitoring natijalarini umumlashtirish O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Loyihalarni va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi tomonidan amalga oshiriladi.
(95-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-martdagi 254-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.03.2019-y., 09/19/254/2839-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
96. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tahliliy ma’lumotnomani takliflar bilan birga taqdim etadi.
(96-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-martdagi 254-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.03.2019-y., 09/19/254/2839-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
X. Narxlarga tuzatishlar kiritish va sug‘urta
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
97. Tanlov savdolarida belgilangan narx qat’iy narx hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
98. Birinchi moliyaviy yil mobaynida narxlarga hamda tovarlar, ishlar va xizmatlar xarid qilish yuzasidan shartnomani bajarish muddatiga tuzatishlar kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
99. Ikkinchi yil va undan keyingi yillar uchun shartnoma narxlariga tuzatishlar kiritish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
100. Tanlov savdolari g‘olibi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda obyekt qurilishining sug‘urta qilinishini ta’minlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XI. Tanlov savdolarini tashkil etish va o‘tkazish xarajatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
101. Tanlov savdolarini tashkil etish va o‘tkazish, tanlov hujjatlarini ishlab chiqish bilan bog‘liq xarajatlar shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
102. Tanlov savdolari tanlov savdolari predmetini sotishning maqsadga muvofiq emasligi sababli bekor qilingan taqdirda ularni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar amaldagi xarajatlar bo‘yicha buyurtmachi tomonidan qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XII. Tanlov savdolari qatnashchilarining javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
103. Tanlov savdolari qatnashchilari qonun hujjatlariga va ushbu Nizom talablariga muvofiq javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
104 Buyurtmachi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov komissiyasini shakllantirishda uning tarkibiga oid talablarga rioya etilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov savdolari predmeti uchun nazarda tutilmagan shakllar bo‘yicha tanlov savdolarini amalga oshirish imkonini beradigan uning qiymatini kamaytirish maqsadida tanlov savdolari predmetini bo‘lishga yo‘l qo‘yilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov savdolari g‘olibi bilan shartnoma tuzish muddatining buzilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnomada kelishilgan muddatlarda fizik, sifatga doir va texnik parametrlar bo‘yicha shartnoma shartlarining bajarilmaganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov shartlarining bajarilishi monitoringi uchun noto‘g‘ri axborot taqdim etilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tomonlar o‘rtasidagi shartnomaviy majburiyatlarning bajarilishi tugallangandan keyin uch yil mobaynida ofertalar originallarining saqlanmaganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov savdolarini tashkil etish va o‘tkazish tartibotlarining boshqacha buzilishlari uchun javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar uning uchun qonun hujjatlariga muvofiq shartnoma tuzish shart bo‘lgan buyurtmachi shartnomani tuzishdan voz kechsa yoki bosh tortsa tanlov savdolari g‘olibi shartnomani tuzish yoki yetkazilgan zararni va boy berilgan foydani undirish to‘g‘risidagi talab bilan sudga murojaat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
105. Tanlov savdolari tashkilotchisi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ofertalar taqdim etish muddati tugagungacha tanlov hujjatlariga tanlov hujjatlarini olishgan talabgorlarga o‘z vaqtida xabar qilmasdan va ofertaga tuzatishlar kiritish uchun yetarli bo‘lgan vaqt uchun ofertalarni taqdim etish muddatini uzaytirmasdan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov savdolari o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’lonni tanlov hujjatlariga ijobiy ekspert xulosasisiz chop etganlik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arizalar va ofertalarni qabul qilib olishni rad etganlik, ularni hisobga olishni ta’minlamaganlik, konvertlarni ochishgacha ularning maxfiyligini va saqlanishini ta’minlamaganlik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov savdolarini o‘tkazish tartiboti buzilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov savdolarini tashkil etish va o‘tkazish tartibotining boshqacha buzilishlari uchun javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
106. Tanlov komissiyasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov savdolarini o‘tkazish tartibotlari bosqichlari bo‘yicha kam ovoz bilan va/yoki tanlov takliflarini baholash mezonlarini hisobga olmasdan qaror qabul qilinganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabgor (oferent)dan uning malaka ma’lumotlariga muvofiqligini tasdiqlovchi dalillarni hujjatli shaklda taqdim etishning asossiz talab qilinishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabgorlarning o‘z intellektual mulki yoki tijorat sirini muhofaza qilishga bo‘lgan huquqi buzilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabgorlar (oferentlar)ning malaka ma’lumotlariga nisbatan tanlov hujjatlarida nazarda tutilmagan mezonlar va talablar belgilanganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov savdolarida qatnashishga:
Oldingi tahrirga qarang.
(106-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muassislik hujjatlari, moliyaviy qatnashish, xolding shaklida va boshqa shakllarda ifodalangan bir-biri bilan bevosita tashkiliy-huquqiy yoki moliyaviy bog‘liq bo‘lgan tashkilotlarning;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qayta tashkil etish (bo‘linish, birlashish) tugatish yoki bankrotlik bosqichida bo‘lgan, mulki xatlab qo‘yilgan talabgorlarning qo‘yilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabgor (oferent)ning tanlov savdolari tartibotida qatnashishdan asossiz ravishda chetlatilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov savdolarining boshqa qatnashchilari reytingiga ta’sir qilmaydigan, ularga yo‘l qo‘ygan tanlov savdolari qatnashchisiga ustunlik bermaydigan hollarda tanlov hujjatlarining e’lon qilingan shartlarga yoki ofertani rasmiylashtirishdagi noaniqliklarga nomuvofiqligi e’tiborga olinganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oferta mazmunini o‘zgartiradigan tushuntirishlar va tuzatishlarga yo‘l qo‘yilganligi, shu jumladan narxlar yoki bajarish muddati o‘zgartirilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ofertani tanlov komissiyasi majlisida ko‘rib chiqish davomida oferentning tushuntirish berishiga asossiz ravishda yo‘l qo‘yilmaganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborotning oshkor qilinganligi, savdolar qatnashchilarining o‘zaro yoki jalb etilgan mutaxassislar bilan kelishuviga yo‘l qo‘yilganligi, shuningdek qonunga zid boshqa xatti-harakatlar qilinganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov savdolari g‘olibining tanlov komissiyasining ochiq majlisida aniqlanganligi, tanlov savdolari g‘olibini e’lon qilish tartiboti buzilganligi, ishtirok etmagan qatnashchilarning o‘z vaqtida xabardor qilinmaganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov savdolari tartibotining boshqacha buzilishlari uchun javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
107. Tanlov savdolari g‘olibi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fizik, sifatga doir va texnik parametrlar bo‘yicha shartnoma shartlarining shartnomada nazarda tutilgan muddatlarda bajarilmaganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov shartlarining bajarilishi monitoringi natijalarining buzilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov shartlari va shartnomaning boshqacha buzilishlari uchun javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar tanlov savdolari g‘olibi shartnoma tuzishni rad etsa yoki belgilangan muddatda shartnoma bajarilishi ta’minlanishini taqdim etmasa, u holda buyurtmachi tanlov komissiyasi bilan birgalikda ofertasi ikkinchi bahoni olgan oferentni tanlov savdolari g‘olibi deb e’tirof etishi yoki takroriy tanlov savdolari o‘tkazishni tayinlashi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
108. Tanlov savdolari tartibotidan kelib chiqqan kelishmovchiliklar va nizolar, buyurtmachi, savdolar tashkilotchisi yoki tanlov savdolari boshqa qatnashchilarining xatti-harakatlari va qarorlar yuzasidan shikoyatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XIII. Yakunlovchi qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
109. Tanlov (tender) savdolarini o‘tkazishda raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilinishi monopoliyaga qarshi organ tomonidan nazorat funksiyalarini amalga oshirishda, o‘rganishlar o‘tkazishda, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyektlar, davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari murojaatlari va tegishli organlarning taqdimnomasi asosida nazorat qilinadi. Ushbu nazorat va o‘rganishni amalga oshirish tartibi monopoliyaga qarshi organ tomonidan belgilanadi.
(XIII-bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 13-son, 105-modda; 2005-y., 32-33-son, 251-modda; 34-36-son, 264-modda; 2008-y., 49-son, 480-modda; 2009-y., 9-son, 89-modda; 52-son, 560-modda; 2010-y., 17-son, 130-modda; 2011-y., 14-son, 137-modda; 2012-y., 8-9-son, 79-modda, 21-son, 232-modda; 2013-y., 37-son, 485-modda; 2014-y., 18-son, 201-modda; 2015-y., 44-son, 564-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; 2017-y., 26-son, 592-modda, 33-son, 863-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2017-y., 09/17/992/0426-son; 20.02.2018-y., 07/18/3550/0793-son; 27.03.2019-y., 09/19/254/2839-son; 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son; 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)