29.04.2003 yildagi 196-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 29.04.2003 yildagi 196-son
Date of entry into force
29.04.2003
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Qimmatli qog‘ozlar ikkilamchi bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qimmatli qog‘ozlar ikkilamchi bozorini yanada rivojlantirish, bozor infratuzilmasini takomillashtirish va respublika fond bozoriga xorijiy investitsiyalarni jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Belgilab qo‘yilsinki, aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining oldi-sotdisi bo‘yicha ikkilamchi bozordagi bitimlar faqat qimmatli qog‘ozlarning birja bozorida va uyushgan birjadan tashqari bozorda tuziladi, aksiyadorlarning talabiga ko‘ra aksiyadorlik jamiyati tomonidan o‘z aksiyalarini sotib olishga oid bitimlar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining oldi-sotdisi bo‘yicha fond birjalari va tegishli litsenziyalarga ega bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar bilan birjadan tashqari savdo qilish tashkilotchilarining savdo tizimlaridan tashqarida ikkilamchi bozorda tuzilgan bitimlar haqiqiy emas deb hisoblanadi, aksiyadorlik jamiyati tomonidan o‘z aksiyalarini sotib olishga oid bitimlar bundan mustasno.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 25-dekabrdagi 567-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 24-son, 241-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Toshkent” respublika fond birjasi istisno tariqasida uch yil muddatga qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashdan ozod qilinsin, bo‘shab qoladigan mablag‘lar uning savdo va axborot tizimlarini rivojlantirishga va asbob-uskunalar xarid qilishga maqsadli yo‘naltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qimmatli qog‘ozlar bozorida hisob-kitob-kliring palatalari to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi depozitariy tizimida deponentlarning yagona bazasi tizimi to‘g‘risidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi “Toshkent” respublika fond birjasi bilan birgalikda potensial investorlarga aksiyadorlik jamiyatlarining moliya-xo‘jalik faoliyati, ularning aksiyalari narxlari va to‘langan dividendlar to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlarni taqdim etish bo‘yicha axborot tizimini bir oy muddatda ishlab chiqsin va joriy etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Davlat mulki qo‘mitasi, qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2003-yil 29-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
196-son

Vazirlar Mahkamasining 2003-yil
29-apreldagi 196-son qaroriga
1-ILOVA

Qimmatli qog‘ozlar bozorida hisob-kitob-kliring palatalari to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida” va “Birjalar va birja faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, shuningdek boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan hamda korporativ qimmatli qog‘ozlar bozorida hisob-kitob-kliring palatalari faoliyatiga qo‘yiladigan umumiy talablarni belgilab beradi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur Nizom maqsadlari uchun quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisob-kitob-kliring palatalari — qimmatli qog‘ozlar bilan bitishuvlar bo‘yicha hisob-kitob-kliring operatsiyalarini amalga oshiruvchi savdolar tashkilotchisining tarkibiy bo‘linmasi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
savdolarning tashkilotchisi — qimmatli qog‘ozlarning birja yoki birjadan tashqari savdosini tashkil etish bo‘yicha faoliyatni belgilangan tartibda amalga oshiruvchi, yuridik shaxs;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisob-kitob-kliring palatasi a’zosi — qimmatli qog‘ozlar bozorining qimmatli qog‘ozlar bozorida o‘zi tomonidan sodir etilgan bitishuvlar bo‘yicha hisob-kitob-kliring operatsiyalarini o‘tkazish to‘g‘risida hisob-kitob-kliring palatasi bilan tuzilgan shartnomani imzolagan professional qatnashchisi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
savdolarning qatnashchilari — hisob-kitob-kliring palatasi a’zolari yoki o‘z nomidan va o‘z hisobidan yoki o‘z mijozlari uchun qimmatli qog‘ozlar bilan bitishuvlarni tuzish uchun tashkil etilgan savdolarda ishtirok etuvchi mijozlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
savdo hisob raqami — Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi (keyingi o‘rinlarda Markaziy depozitariy deb yuritiladi) hisobga olish ro‘yxatlaridagi deponentning qimmatli qog‘ozlarini saqlashga va tashkil etilgan savdolarga qo‘yiladigan qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarni hisobga olishga mo‘ljallangan yozuvlar jami;
(2-bandning oltinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisob-kitob-kliring palatasidagi shaxsiy hisob raqami — hisob-kitob-kliring palatasining hisobga olish ro‘yxatlaridagi mijozning yoki hisob-kitob-kliring palatasi a’zosining, shuningdek savdolar tashkilotchilari va Markaziy depozitariyning pul mablag‘larini hisobga olishga mo‘ljallangan yozuvlarning jami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
to‘lovga qarab yetkazib berish — qimmatli qog‘ozlar bilan bitishuvlarni bajarish tartibi, bunda qimmatli qog‘ozlar va pul mablag‘lari faqat hisob-kitob-kliring operatsiyalari qatnashchilarining hisob raqamlarida sodir etilgan bitishuvlarni bajarishga mo‘ljallangan zarur miqdordagi qimmatli qog‘ozlar va pul mablag‘lari borligi tekshirilgandan va tasdiqlangandan keyin o‘tkaziladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakolatli bank — hisob-kitob-kliring palatasining o‘zi tomonidan xo‘jalik faoliyati yuritilishiga mo‘ljallangan hisob-kitob-kliring palatasining talab qilib olinadigan depozit hisob raqamiga va (yoki) hisob-kitob-kliring palatasi a’zolari va mijozlarining pul mablag‘larini hisobga olish va saqlashga mo‘ljallangan talab qilib olinadigan ikkilamchi depozit hisob raqamiga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha hisob-kitob-kliring palatasiga xizmatlar ko‘rsatuvchi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki.
(2-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
netting — mijozning barcha pul talablarini uning barcha pul majburiyatlariga nisbatan hisobga olish orqali amalga oshiriladigan kliring usuli.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Hisob-kitob-kliring palatasi faoliyati Hisob-kitob-kliring operatsiyalarini o‘tkazish qoidalariga va investitsiya vositachilari, savdoning boshqa qatnashchilari va hisob-kitob-kliring palatasi a’zolari bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Hisob-kitob-kliring palatalarining asosiy vazifalari va funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilar hisob-kitob-kliring palatasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fond bozorida qimmatli qog‘ozlar bilan bitishuvlar bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblar o‘z vaqtida va to‘liq o‘tishini ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birja va birjadan tashqari bozorlarda qimmatli qog‘ozlar aylanishini jadallashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qog‘ozlar bozorida bitishuvlar tuzishda kechiktirish va to‘lamasliklarning oldini olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sodir etiladigan bitishuvlar natijalarini operativ umumlashtirish va qimmatli qog‘ozlar bozori qatnashchilarini bozor konyunkturasining joriy holatidan xabardor qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Quyidagilar hisob-kitob-kliring palatasining asosiy funksiyalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitishuv bo‘yicha axborot to‘plash, solishtirish, unga tuzatish kiritish bo‘yicha operatsiyalar amalga oshirilishini nazarda tutuvchi o‘zaro majburiyatlarni belgilash, aniqlash hisobga olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitishuv yakunlari bo‘yicha pul mablag‘larini o‘tkazish va qimmatli qog‘ozlarni yetkazib berish uchun asos hisoblanuvchi hujjatlarni tuzish va bajarish uchun yuborish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pul mablag‘lari va qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha majburiyatlar bir vaqtda bajarilishi, ya’ni “to‘lovga qarab yetkazib berish” prinsipiga rioya qilinishi ustidan nazorat qilish, shu jumladan tuzilgan va bajarish uchun yuborilgan hisob-kitob hujjatlari o‘tishi ustidan nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuzilgan bitishuvlar bo‘yicha majburiyatlar bajarilishini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisini amalga oshirish uchun savdo qatnashchilarining pul mablag‘lari va qimmatli qog‘ozlarini deponentga qabul qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisob-kitob-kliring palatasi a’zolari tomonidan bitishuvlarning kafolatli bajarilishini ta’minlash.
(5-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Hisob-kitob-kliring palatalarining majburiyatlari va huquqlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Hisob-kitob-kliring palatasi quyidagilarga majburdir:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qog‘ozlar bilan sodir etilgan bitishuvlar bo‘yicha hisob-kitob-kliring operatsiyalarini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tahliliy hisobga olish ro‘yxatlarini yuritish vositasida hisob-kitob-kliring palatasi har bir a’zosi va mijoz majburiyatlarining alohida hisobi yuritilishini ta’minlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya vositachilarining va (yoki) Markaziy depozitariyning elektron topshiriqlari yoxud hisob-kitob-kliring palatasining boshqa a’zolari tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida “to‘lovga qarab yetkazib berish” tamoyili bo‘yicha bitishuvlar natijalariga ko‘ra majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash;
(6-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 10-fevraldagi 33-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 6-son, 56-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisob-kitob-kliring operatsiyalari mavzusi hisoblangan bitishuvlar to‘g‘risidagi axborot sodir etilgan sanasidan boshlab kamida uch yil saqlanishini ta’minlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitishuvlari yakunlari bo‘yicha operatsiyalar o‘tkazishga topshiriqlar va (yoki) boshqa hujjatlar tuzish hamda Markaziy depozitariyga va vakolatli bankka berish;
(6-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amalga oshirilgan barcha hisob-kitob-kliring operatsiyalarining solnomaviy elektron protokoli yuritilishini ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
savdo qatnashchilarining majburiyatlari bo‘yicha operatsiyalarning Markaziy depozitariy va vakolatli bank tomonidan bajarilishi tizimini tashkil etish va nazorat qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Hisob-kitob-kliring palatasi quyidagilarga haqlidir:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisob-kitob-kliring operatsiyalarini amalga oshirish uchun Markaziy depozitariy, investitsiya vositachilari va tijorat banklari bilan shartnomalar tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya vositachilaridan hisob-kitob-kliring operatsiyalarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan axborotni olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisob-kitob-kliring palatasi a’zosi fond birjasi, Markaziy depozitariy va savdolarning boshqa qatnashchilaridan qarzdor bo‘lgan taqdirda unga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisob-kitob-kliring palatasi a’zolaridan, Markaziy depozitariy va (yoki) vakolatli bankdan savdo yakunlari bo‘yicha operatsiyalar o‘tkazishga topshiriq va (yoki) boshqa hujjatlarni qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har xil turdagi solishtirish tizimlarini va kliring usullarini, shu jumladan nettingni o‘z xohishiga ko‘ra qo‘llash.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
71. Uchinchi shaxslarning, shu jumladan sudlarning va boshqa davlat organlarining qimmatli qog‘ozlar savdolari tashkilotchisi majburiyatlari bo‘yicha talablari hisob-kitob-kliring palatasining talab qilib olinguncha ikkilamchi depozit hisob raqamidagi savdolar qatnashchilarining pul mablag‘lari hisobiga qondirilishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
72. Qimmatli qog‘ozlar bilan bitimlar natijalari bo‘yicha hisob-kitob-kliring palatasining talab qilib olinguncha ikkilamchi depozit hisob raqamiga pul mablag‘larini qabul qilishda va o‘tkazishda vakolatli bank tomonidan vositachilik xizmatlari haqi undirilmaydi.
(71 va 72 bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 10-fevraldagi 33-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2016-y., 6-son, 56-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Hisob-kitob-kliring operatsiyalarini o‘tkazish qoidalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Hisob-kitob-kliring palatasining o‘z a’zolari bilan o‘zaro munosabati hisob-kitob-kliring xizmati to‘g‘risidagi shartnomaga va Hisob-kitob-kliring operatsiyalarini o‘tkazish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Hisob-kitob-kliring palatasi Hisob-kitob-kliring operatsiyalarini o‘tkazish qoidalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi. Qoidalar quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy qoidalar, asosiy tushunchalar ta’rifi va hisob-kitob-kliring operatsiyalarini amalga oshirish tartibi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya vositachilari va vakolatli banklar tomonidan unga nisbatan kliring amalga oshiriladigan bitishuvlar yakunlari bo‘yicha hisob-kitob-kliring palatasi topshiriqlari bajarilishi tartibiga qo‘yiladigan talablar;
(9-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisob-kitob-kliring palatasi a’zolarining savdo tashkilotchilari, Markaziy depozitariy, investitsiya vositachilari va vakolatli bank, shuningdek hisob-kitob-kliring palatasi bilan o‘zaro munosabatlari tartibi;
(9-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pul mablag‘larini deponentga qo‘yish tartibi va miqdori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisob-kitob-kliring palatasi a’zolari, savdo tashkilotchilari, depozitariylar va bitishuv boshqa qatnashchilarining vositachilik xizmatlari bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qog‘ozlarning hisob-kitob-kliring palatasi a’zolari savdo hisob raqamlariga o‘tkazish to‘g‘risida Markaziy depozitariydan olingan axborotni qabul qilish va uni qayta ishlash tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoldiqlar miqdori va (yoki) pul mablag‘larini hisob-kitob-kliring palatasi a’zolarining shaxsiy hisob raqamlariga o‘tkazish to‘g‘risida vakolatli bankdan olingan ma’lumotlarni qabul qilish va qayta ishlash tartibi;
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisob-kitob-kliring operatsiyalarini amalga oshirish uchun sodir etilgan bitishuvlar bo‘yicha hisob-kitob-kliring palatasi a’zolaridan topshiriqlar va (yoki) boshqa hujjatlarni olish tartibi va muddatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
topshiriqlarni solishtirish, shuningdek bitishuvlarni bajarish uchun zarur miqdorda qimmatli qog‘ozlar va pul mablag‘lari mavjudligini tekshirish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qog‘ozlar bilan bitishuvlar bo‘yicha axborotni solishtirishda, unga tuzatish kiritishda aniqlangan ma’lumotlarda tafovut bo‘lgan yoki bitishuvlar bo‘yicha majburiyatlarni bajarish uchun qimmatli qog‘ozlar va (yoki) pul mablag‘lari yetishmasligi hollarida hisob-kitob-kliring palatasi, hisob-kitob-kliring palatasi a’zosi, savdo tashkilotchisi va Markaziy depozitariyning xatti-harakati tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sodir etilgan bitishuvlar yakunlari bo‘yicha hisob-kitob-kliring palatasi a’zolarining bajarilishi shart bo‘lgan majburiyatlarini aniqlash tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisob-kitob-kliring palatasi tomonidan Markaziy depozitariyga va vakolatli bankka savdolar yakunlari bo‘yicha topshiriqlarni berish tartibi va muddatlari, shuningdek ushbu topshiriqlarni bajarish muddatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisob-kitob-kliring palatasida schyotlarni yuritish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitishuv qatnashchilari tomonidan hisob-kitob-kliring palatasiga hisob-kitob-kliring operatsiyalari yakunlari bo‘yicha hisobotlar taqdim etish tartibi va muddatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qog‘ozlar bilan bitishuvlar bo‘yicha hisob-kitob-kliring palatasi a’zolarining majburiyatlari bajarilishini ta’minlash tartibi va usullari, shuningdek sodir etilgan bitishuvlar yakunlari bo‘yicha hisob-kitob qilinmagan taqdirda zararlarni taqsimlash va (yoki) qaytarish tartibi;
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning o‘n yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisob-kitob-kliring operatsiyalarini amalga oshirish jarayonida axborotni olish va qayta ishlashning barcha bosqichlarida ma’lumotlarning ishonchliligi nazorat qilinishini ta’minlash tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborotni ruxsat berilmagan foydalanishdan himoya qilishni ta’minlash tartibi.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Kafolat fondi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Investitsiya vositachisi tomonidan investorga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash uchun hisob-kitob-kliring palatasi investitsiya vositachisiga (keyingi o‘rinlarda — kafolat fondi qatnashchisi deb ataladi) tegadigan vositachilik haqining chegirib qolinadigan qismi hisobidan kafolat fondini shakllantiradi, bunda vositachilik haqining chegirib qolinadigan qismi bunday haqning 5 foizini tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Hisob-kitob-kliring palatasi kafolatli fond qatnashchilarining mablag‘larini hisobga olish va saqlash uchun ularga zaxira hisob raqamlari ochadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Kafolat fondi qatnashchisi mablag‘larning kafolatli fondga tushishini ta’minlashi lozim. Bunda kafolat fondi qatnashchisi o‘zi tasdiqlagan xizmat ko‘rsatish yagona tariflarini ular tasdiqlangan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida hisob-kitob-kliring palatasiga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Hisob-kitob-kliring palatasi kafolat fondi qatnashchisining topshirig‘isiz kafolat fondi qatnashchilarining qimmatli qog‘ozlari bilan amalga oshmay qolgan bitishuvlar bajarilishini ta’minlash uchun ularning zaxira hisob raqamlaridan ushbu hisob raqamlarining miqdoriga mutanosib mablag‘larni mustaqil ravishda olishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kafolat fondi qatnashchisi aybi bilan investorga yetkazilgan boshqa zararlarning kafolat fondidan qoplanishi tomonlarning o‘zaro kelishuvi yoki sud qaroriga asosan amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Kafolat fondi qatnashchisi hisob-kitob-kliring palatasi bilan tuzilgan shartnomada belgilangan muddatda hisob-kitob-kliring palatasining harakatlari yuzasidan sud tartibida shikoyat qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Kafolat fondining mablag‘lari uning qatnashchilariga tegishli bo‘lib, har bir qatnashchi bo‘yicha alohida shakllantiriladi va hisobi yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Savdo tashkilotchilari va kafolat fondi qatnashchilari o‘zlarining rasmiy veb-saytlarida kafolat fondida to‘plangan pul mablag‘larining miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotni har kuni yangilagan holda ko‘rsatishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Kafolat fondi qatnashchisi zaxira hisob raqamida hisob-kitob-kliring palatasi tomonidan ushlab qolinadigan summadan ko‘proq summani saqlashga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Kafolat fondining mablag‘laridan mazkur Nizomda belgilanmagan boshqa maqsadlarda foydalanilishi mumkin emas. Kafolat fondida qolgan mablag‘lar kafolat fondi qatnashchisiga u investitsiya vositachi sifatidagi faoliyatini tugatgan taqdirda qaytarilishi kerak.
(V bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Kliring tashkilotida hisobni yuritish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Hisob-kitob kliring palatasi a’zolarining ularga nisbatan hisob-kitob kliring operatsiyalari amalga oshirilayotgan qimmatli qog‘ozlar bilan bitishuvlar bo‘yicha majburiyatlari kliring ro‘yxatlarida hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Hisob-kitob kliring palatasi o‘z faoliyatini amalga oshirishda hisob-kitob-kliring palatasi a’zolarining kliring ro‘yxatlarini va boshqa hisobga olinadigan ro‘yxatlarni yuritadi, shuningdek kliring hisobining zarur hujjatlari va boshqa axborotini saqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Quyidagilarning alohida hisobi yuritilishi kerak:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisob-kitob-kliring palatasi a’zolari tomonidan sodir etilgan bitishuvlarni tasdiqlovchi, hujjatlar (shartnomalar, o‘tkazilgan savdolarning protokollari, sodir etilgan bitishuvlarning reyestrlari, boshqa hujjatlar);
(22-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisob-kitob-kliring palatasi a’zolaridan olingan hujjatlar (shartnomalar, topshiriqlar, boshqa hujjatlar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy depozitariydan olingan qimmatli qog‘ozlar yetkazib berilishi bo‘yicha hisob-kitob-kliring palatasi topshiriqlari bajarilishini tasdiqlovchi hujjatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakolatli bankdan olingan pul mablag‘lari o‘tkazilishini tasdiqlovchi hujjatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ularga nisbatan hisob-kitob-kliring operatsiyalari amalga oshiriladigan qimmatli qog‘ozlar bilan bitishuvlarni bajarish uchun Markaziy depozitariyga yoki vakolatli bankka hisob-kitob-kliring palatasi tomonidan yuborilgan topshiriqlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisob-kitob-kliring palatasi hisobotlari va hisob-kitob-kliring operatsiyalari yakunlari to‘g‘risidagi axborot mavjud bo‘lgan boshqa hujjatlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Hisob-kitob-kliring palatasi hisob-kitob-kliring palatasi har bir a’zosi, ularning mijozlari va bitishuv qatnashchilarining majburiyatlari kliring ro‘yxatlarida alohida hisobga olinishini ta’minlashi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Hisob-kitob-kliring palatasi har bir a’zo bo‘yicha qimmatli qog‘ozlarni yetkazib berish bo‘yicha majburiyatlarni va ularga nisbatan hisob-kitob-kliring operatsiyalari amalga oshiriladigan bitishuvlar bo‘yicha hisob-kitoblarni alohida hisobga olishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Kliring hisobi hujjatlari qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiq hisob-kitob-kliring palatasida saqlanishi kerak.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. Hisob-kitob-kliring operatsiyalari ustidan nazorat qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Hisob-kitob-kliring operatsiyalari ustidan qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi nazorat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Hisob-kitob-kliring palatasi tomonidan o‘z majburiyatlari bajarilishini ta’minlash bo‘yicha ichki nazorat tartibi Hisob-kitob-kliring palatasi qoidalarida belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Mazkur Nizomni buzganlikda aybdor bo‘lgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil
29-apreldagi 196-son qaroriga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi depozitar tizimida deponentlarning yagona bazasi tizimi to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nizom
(2-ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasi depozitar tizimida deponentlarning yagona bazasiga talablarni belgilaydi. Bunda depozitar tizimi deganda O‘zbekiston Respublikasi hududida qimmatli qog‘ozlarni saqlash, ularga bo‘lgan huquqlarni hisobga olish va o‘tish tizimi tushuniladi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. O‘zbekiston Respublikasi depozitar tizimida deponentlarni kodlashtirish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
depozitar tizimida Deponentlarning yagona bazasini shakllantirishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
deponentlarni hisobga olishni tizimlashtirishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya vositachilarining elektron hujjatlar aylanishi tizimini Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi (keyingi o‘rinlarda Markaziy depozitariy deb yuritiladi) va qimmatli qog‘ozlar bozorining boshqa qatnashchilari bilan birxillashtirishni ta’minlashga yo‘naltirilgan.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Markaziy depozitariy deponentlarni kodlashtirishni amalga oshiradi va ularning yagona bazasi shakllantirilishini ta’minlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Deponent kodi noyob kod hisoblanadi, u deponentning anketa ma’lumotlari asosida “Depo” hisob raqamini ochishda bir marta beriladi va o‘zgartirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deponent anketasini to‘ldirish tartibi va undagi ma’lumotlar ro‘yxati qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Deponent kodi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Depo” hisob raqami kodida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Depo”ning qog‘oz va elektron topshiriqnomalarida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
depozitariylar tomonidan deponentlarga taqdim etiladigan hisobotlarda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
depozitariylar tomonidan shakllantiriladigan qimmatli qog‘ozlar egalari ro‘yxatlarida;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda albatta ko‘rsatilishi kerak.
(5-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Yagona baza tizimida mavjud deponentlarni kodlashtirish qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda Markaziy depozitariy tomonidan belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Deponentni yagona baza tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. “Depo” hisob raqamini ochishda investitsiya vositachisi Markaziy depozitariy uchun deponentni deponent anketasi ma’lumotlari asosida yagona baza tizimida ro‘yxatga olishga elektron topshiriqnomani shakllantiradi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Markaziy depozitariy topshiriqnoma asosida bir ish kuni mobaynida yagona baza tizimida deponentni ro‘yxatdan o‘tkazadi va unga kod beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deponent kodining tarkibi va uni shakllantirish tartibi qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda Markaziy depozitariy tomonidan belgilanadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Deponentlarning yagona bazasi tizimida deponentni ro‘yxatdan o‘tkazishdan oldin Markaziy depozitariy deponentning ko‘rsatilgan rekvizitlar bilan yagona baza tizimida ro‘yxatdan o‘tkazilmaganligini tekshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Markaziy investitsiya vositachisi yagona baza tizimida deponentni ro‘yxatdan o‘tkazishga investitsiya vositachisi topshiriqnomasining bajarilishi to‘g‘risidagi hisobotni belgilangan shakl bo‘yicha shakllantiradi. Deponent ro‘yxatdan muvaffaqiyatli o‘tkazilgan taqdirda hisobotda yagona baza tizimida unga berilgan deponent kodi ko‘rsatiladi. Aks holda Markaziy investitsiya vositachisi hisobotda topshiriqnomaning bajarilmaganligi sababini ko‘rsatadi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Investitsiya vositachisi deponentni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi hisobot olingandan keyin kodni deponent anketasiga va depozitariyda foydalaniladigan “Depo” hisob raqami kartochkasiga kiritishi kerak.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Deponent kodi deponent tomonidan o‘zining “Depo” hisob raqamlari yopilgandan keyin boshqa shaxsga berilishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Deponent rekvizitlarini o‘zgartirish va kodini yopish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Deponent rekvizitlari o‘zgarganligi to‘g‘risidagi tasdiqlovchi hujjatlarni Markaziy depozitariyga va (yoki) investitsiya vositachisiga quyidagi hollarda taqdim etadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy shaxs uchun — uning familiyasi, ismi, otasining ismi, soliq to‘lovchining identifikatsiya tartib raqami, jismoniy shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatning tartib raqami va seriyasi, shuningdek uning bog‘lanish va bank rekvizitlari o‘zgargan taqdirda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxslar uchun — uning nomi, soliq to‘lovchining identifikatsiya tartib raqami, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilish tartib raqami va sanasi, shuningdek uning bog‘lanish va bank rekvizitlari o‘zgargan taqdirda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deponent rekvizitlari o‘zgarganda investitsiya vositachisi deponentning yangi anketasi ma’lumotlari asosida deponent rekvizitlarini o‘zgartirishga elektron topshiriqnoma tayyorlaydi va ularni deponentning o‘zgargan rekvizitlari olingan kundan e’tiboran ikki ish kuni mobaynida Markaziy depozitariyga jo‘natadi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Deponentlarning rekvizitlariga va depozitariy operatsiyalari tartibiga o‘zgartirishlar kiritish qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli organ tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Jismoniy shaxsning deponent kodi deponentlarning yagona bazasida mazkur shaxsning vafot etganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida yopiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Yuridik shaxsning deponent kodi yuridik shaxsning tugatilganligi va uning soliq organlarida hisobdan chiqarilganligi to‘g‘risidagi hujjat asosida yopiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Markaziy depozitariy yagona baza tizimida deponent kodini yopishga investitsiya vositachisining elektron topshiriqnomasi asosida deponent kodini “noaktiv” holatga o‘tkazadi. Deponentning mazkur kodi boshqa shaxsga berilishi mumkin emas. Deponentlarning yopilgan kodlari deponentlarning yagona bazasi arxivida saqlanadi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Depozitariyning javobgarligi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Investitsiya vositachisi o‘z deponentlarining yagona baza tizimida to‘liq va o‘z vaqtida ro‘yxatdan o‘tkazilishi hamda depozitariy operatsiyalarini o‘tkazishda deponentlar kodlaridan zarur darajada foydalanilishi uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Markaziy depozitariy deponentlarning yagona bazasida ma’lumotlarning shakllantirilishi va ularning to‘liqligi uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradi
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 7-8-son, 65-modda, 24-son, 241-modda; 2008-y., 40-41-son, 412-modda; 2014-y., 31-son, 380-modda; 2015-y., 21-son, 270-modda, 39-son, 507-modda; 2016-y., 6-son, 56-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)