Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 02.04.2003 yildagi 173-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori , 02.04.2003 yildagi 173-son
Date of entry into force
02.04.2003
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 17.01.2004 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ISh BILAN TAʼMINLAShGA KOʻMAKLAShUVChI DAVLAT JAMGʻARMASI MABLAGʻLARINI ShAKLLANTIRISh VA ULARDAN FOYDALANISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida” va “Budjet tizimi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashuvchi davlat jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashuvchi davlat jamgʻarmasi mablagʻlarini undirish, hisobga olish va sarflash tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomani ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar, mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar Oʻzbekiston Respublikasi Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashuvchi davlat jamgʻarmasiga mablagʻlarning toʻliq va oʻz vaqtida ajratilishini taʼminlasinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Davlat soliq qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashuvchi davlat jamgʻarmasiga mablagʻlarning toʻliq tushishi ustidan qatʼiy va hamma joyda nazorat oʻrnatsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga Moliya vazirligi hamda Markaziy bank bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashuvchi davlat jamgʻarmasiga boshqa davlatlar tashkilotlari va fuqarolaridan tushadigan mablagʻlarni oʻtkazish uchun xorijiy valyutada hisob raqami ochishga ruxsat etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi koʻrsatib oʻtilgan valyuta mablagʻlaridan aholini ish bilan taʼminlash bilan bogʻliq maqsadlarda foydalansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 24-iyundagi 310-son qarori bilan tasdiqlangan Aholini ish bilan taʼminlash dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish tartibiga, 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2003-yil 2-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
173-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-apreldagi 173-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashuvchi davlat jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashuvchi davlat jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Ish bilan taʼminlash jamgʻarmasi deb yuritiladi) aholini ish bilan taʼminlash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish hamda mehnat, aholini ish bilan taʼminlash va ijtimoiy muhofaza qilish tuman (shahar) boʻlimlarining (keyingi oʻrinlarda mehnat boʻlimlari deb ataladi) samarali faoliyat koʻrsatishi tadbirlarini mablagʻ bilan taʼminlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tarkibida tashkil etilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ish bilan taʼminlash jamgʻarmasi budjetdan tashqari maqsadli davlat jamgʻarmasi hisoblanadi, mahalliy va respublika darajalarida tashkil etiladi va uning mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanishning maqsadli yoʻnaltirilganligi saqlab qolingan holda Davlat budjeti tarkibida jamlanadi hamda Jamgʻarmaning mustaqil balansida aks ettiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ish bilan taʼminlash jamgʻarmasi mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalarining budjetdan tashqari maqsadli maxsus hisob raqamlarida jamlanadi. Bunda korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning (keyingi oʻrinlarda ish beruvchilar deb yuritiladi) ajratmalari hisobiga tashkil topadigan Ish bilan taʼminlash jamgʻarmasi mablagʻlarining yetmish foizi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalari ixtiyorida qoladi, keyinchalik tumanlar va shaharlar oʻrtasida taqsimlanadi, oʻttiz foizi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, tegishli hududiy mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish boshqarmalarining toʻlov topshiriqnomalari bilan pul oʻtkazish yoʻli bilan respublika darajasida markazlashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ish bilan taʼminlash jamgʻarmasi mablagʻlarini tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalari tasarruf etadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Ish bilan taʼminlash jamgʻarmasining asosiy vazifalari va ularni amalga oshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Quyidagilar Ish bilan taʼminlash jamgʻarmasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishsizlarni moddiy qoʻllab-quvvatlash yuzasidan davlat kafolatlarini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat boʻlimlari taʼminotini moliyalashtirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat banklarida kredit liniyalari ochish yoʻli bilan ish oʻrinlarini saqlab qolish va yangi ish oʻrinlari tashkil etish uchun kreditlar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarni ishga joylashtirish, mehnat, aholini ish bilan taʼminlash va ijtimoiy muhofaza qilish masalalari boʻyicha meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqish, sotsiologik kuzatuvlar oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni mablagʻ bilan taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Koʻrsatib oʻtilgan vazifalarni amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va uning joylardagi organlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish beruvchilarning majburiy ajratmalarini Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalarining budjetdan tashqari maqsadli maxsus hisob raqamlarida jamlaydilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish bilan taʼminlash jamgʻarmasi mablagʻlaridan ishsizlik nafaqalarini, ishsiz fuqarolarga moddiy yordamni va qonun hujjatlarida koʻrsatilgan boshqa toʻlovlarni oʻz vaqtida tayinlaydilar, moliyalashtiradilar va toʻlaydilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish bilan taʼminlash jamgʻarmasi mablagʻlaridan qonun hujjatlariga muvofiq qatʼiy maqsadli foydalanadilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishsizlarni ijtimoiy muhofaza qilish tizimining barqarorligini taʼminlash va uni yanada takomillashtirish uchun oldini oluvchi chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadida Ish bilan taʼminlash jamgʻarmasining moliyaviy ahvolini prognozlash boʻyicha aktuar hisob-kitoblarni amalga oshiradilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
majburiy ajratmalar miqdorlarini belgilash toʻgʻrisida takliflar tayyorlaydilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish bilan taʼminlash jamgʻarmasining kelgusi yil uchun daromadlari manbalari va ulardan foydalanish yoʻnalishlari prognozi loyihasini ishlab chiqadilar va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish bilan taʼminlash jamgʻarmasi budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi har oylik hisobotlarni, shuningdek yiliga bir marta Ish bilan taʼminlash jamgʻarmasi daromadlari va ulardan foydalanishning ahvoli toʻgʻrisidagi mustaqil auditorlik tekshiruvi natijalarini tayyorlaydilar va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga belgilangan tartibda taqdim etadilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish bilan taʼminlash jamgʻarmasi vazifalarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz vakolatlari doirasida ishlab chiqadilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
joylardagi davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda ish bilan taʼminlash hududiy dasturlarini amalga oshirishda, haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etishda qatnashadilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
majburiy ajratmalar va toʻlovlarning toʻgʻri hisoblanishini va oʻz vaqtida Ish bilan taʼminlash jamgʻarmasiga toʻliq toʻlanishini hisobga oladilar va nazorat qiladilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish beruvchilar tomonidan majburiy ajratmalar va toʻlovlar toʻgʻri hisoblab chiqilishini, shuningdek amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq Ish bilan taʼminlash jamgʻarmasi bilan oʻzaro hisob-kitoblarning ahvolini tekshiradilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga muvofiq majburiy ajratmalarni hisoblab chiqarish tartibini va toʻlov muddatlarini buzganlik uchun mansabdor shaxslarga nisbatan moliyaviy va maʼmuriy choralar qoʻllaydilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish bilan taʼminlash jamgʻarmasining toʻlov subyektlari va moliyalashtirish obyektlari boʻyicha toʻliq hisob-kitobni va elektron maʼlumotlar bazasi yuritilishini taʼminlaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Ish bilan taʼminlash jamgʻarmasiga taalluqli masalalar boʻyicha xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan belgilangan tartibda hamkorlik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Ish beruvchilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
majburiy toʻlovlarni qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda va tartibda hisoblab chiqarish va Ish bilan taʼminlash jamgʻarmasiga toʻlashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish bilan taʼminlash jamgʻarmasining kreditlashga, haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etishga, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishsiz deb tan olingan shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga ajratilgan mablagʻlarini sarflashning maqsadli yoʻnaltirilishiga qatʼiy rioya etilishini taʼminlashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish bilan taʼminlash jamgʻarmasiga majburiy ajratmalarni toʻlash boʻyicha belgilangan shakldagi hisobotlarning ishonchliligini va oʻz vaqtida taqdim etilishini taʼminlashga majburdirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Ish bilan taʼminlash jamgʻarmasi daromadlarini shakllantirish va uning mablagʻlaridan foydalanish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Ish bilan taʼminlash jamgʻarmasi mablagʻlari quyidagilar hisobiga shakllantiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning ish haqi fondidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan miqdordagi majburiy ajratmalari, ushbu xarajatlar mahsulot tannarxiga qoʻshiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli budjet mablagʻlarini shakllantirishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va joylardagi davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanadigan miqdorlarda respublika va mahalliy budjet mablagʻlaridan dotatsiyalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan talablar buzilganligi uchun joylardagi mehnat organlari tomonidan belgilangan tartibda solinadigan moliyaviy sanksiyalar va qoʻshilgan penyalar summasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻshimcha va yangi ish oʻrinlari yaratish uchun kichik biznes subyektlarini kreditlash uchun tijorat banklari tomonidan ochilgan kredit liniyalaridan foizlar;
(8-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 3-son, 31-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tushumlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Quyidagilar Ish bilan taʼminlash jamgʻarmasiga ajratmalar toʻlashdan ozod etiladilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nogironlar jamoat tashkilotlariga qarashli oʻquv-ishlab chiqarish va ishlab chiqarish korxonalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
protez-ortopediya buyumlari ishlab chiqarishga, nogironlarga protez qoʻyish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishga ixtisoslashtirilgan korxonalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarbiya va taʼlim muassasalari huzuridagi oʻquv-ishlab chiqarish ustaxonalari va oʻquv-ishlab chiqarish korxonalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjet taʼminotidagi teatr-tomosha tashkilotlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Ish bilan taʼminlash jamgʻarmasi mablagʻlarini jamlash va ulardan foydalanish uchun banklarda hisob raqamlari ochiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Ish bilan taʼminlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga quyidagilar amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat organlarida ishsizlik maqomi olgan va ish qidiruvchi sifatida roʻyxatda turgan shaxslarni kasbga tayyorlash, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash ishlarini mablagʻ bilan taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishsizlik boʻyicha nafaqalar, mehnat organlarining taklifiga binoan ishlash uchun boshqa joyga ixtiyoriy ravishda koʻchib oʻtish uchun kompensatsiyalar toʻlash va qonun hujjatlariga muvofiq ishsizlarga moddiy yordam berish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishsizlarga muddatidan oldin pensiya tayinlanganligi sababli budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi xarajatlarini qoplash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
haq toʻlanadigan jamoat ishlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mablagʻ bilan taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nogironlar va fuqarolarning ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan boshqa toifalari mehnatidan foydalanish uchun ixtisoslashtirilgan ish oʻrinlari (ishlab chiqarishlar) tashkil etish tadbirlarini mablagʻ bilan qisman taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat organlari taʼminoti, barcha darajalardagi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlarini (tuman va shahar ijtimoiy taʼminot boʻlimlaridan tashqari) joylashtirish uchun binolar qurish va ularni rekonstruksiya qilish, ularni moddiy-texnikaviy taʼminlash, kompyuterlar, nusxa koʻchirish va boshqa zarur texnika bilan jihozlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborot-maʼlumotlar va reklama-noshirlik ishlarini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
demografiya, aholini ish bilan taʼminlash va ijtimoiy himoya qilish, mehnatni muhofaza qilish, mehnat munosabatlarini tartibga solish, mehnatni normalash va unga haq toʻlash masalalari boʻyicha normativ-uslubiy va yoʻriqnoma materiallar ishlab chiqishni mablagʻ bilan taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan tartibda respublika darajasida va hududiy darajada ijtimoiy kuzatuvlarni tashkil etish va oʻtkazish, ish bilan taʼminlash masalalari boʻyicha aholining ayrim guruhlari oʻrtasida anketa soʻrovlari oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika va hududiy mehnat bozori axborot tizimlarini yaratish va ularning dasturiy taʼminotini ishlab chiqish, shu jumladan texnika vositalari sotib olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish bilan band boʻlmagan aholiga yordam koʻrsatish, shu jumladan ishga joylashtirishga koʻmaklashish va maslahat xizmatlari koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlarni mablagʻ bilan taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholini ish bilan taʼminlashga doir muammolar boʻyicha xalqaro hamkorlikni mablagʻ bilan taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishchi kuchi eksport qilish masalalari boʻyicha xalqaro loyiha va shartnomalarni amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasining chet ellarga ishga yuborilgan fuqarolarini ishga joylashtirishni tashkil etish, ularning ijtimoiy himoyasini taʼminlash bilan bogʻliq xarajatlarni mablagʻ bilan taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish bilan taʼminlash jamgʻarmasi mablagʻlarini koʻpaytirishga yoʻnaltirilgan, aholini ish bilan taʼminlashga bevosita koʻmaklashuvchi tijorat va xoʻjalik hisobidagi faoliyatni amalga oshirish, mulkchilik va xoʻjalik yuritishning turli shakllaridagi korxonalar tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat banklari tomonidan ochiladigan kredit liniyalari orqali xoʻjalik yurituvchi subyektlarga, shu jumladan kichik biznes subyektlariga, dehqon va fermer xoʻjaliklariga, oilaviy tadbirkorlik subyektlariga hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻlov, taʼminlash va qaytarish shartlarida yangi ish oʻrinlari yaratish uchun qisqa muddatli va oʻrta muddatli kreditlar berish. Bunda Ish bilan taʼminlash jamgʻarmasidan kreditlar ustuvor tartibda va Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda uning hududiy bosh boshqarmalari takliflariga koʻra yangi ish oʻrinlari ustuvor ravishda yaratiladigan hududlarda, uzoqda joylashgan, borish qiyin boʻlgan va chegara tumanlarda, murakkab vaziyatda va ekologik noqulay sharoitli mintaqalarda yangi ish oʻrinlari yaratish, shuningdek “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasida koʻrsatilgan aholining alohida toifalarini ish bilan taʼminlash bilan bogʻliq maqsadlar uchun beriladi.
(11-bandning oʻn oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 3-son, 31-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Ish bilan taʼminlash jamgʻarmasi hisob raqamlariga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tekshirishlar natijasida majburiy ajratmalarga qoʻshimcha hisoblangan mablagʻlar summasidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat va aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun undirilgan maʼmuriy va moliyaviy sanksiyalar summasidan tushadigan mablagʻlarning 15 foizi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlarining moddiy yordam jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Ish bilan taʼminlash jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanish yoʻnalishlari respublika va hududiy darajada ishlab chiqilgan va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ish bilan taʼminlash dasturlari asosida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Ish bilan taʼminlash jamgʻarmasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalari hisob raqamlarida yetishmagan mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan Ish bilan taʼminlash jamgʻarmasi mablagʻlarining Respublika qismi hisobidan qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yil boshida zarur hollarda Ish bilan taʼminlash jamgʻarmasi hisob raqamidagi boʻsh mablagʻlar Davlat budjeti taqchilligini qoplash uchun yoʻnaltirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Ish bilan taʼminlash jamgʻarmasi mablagʻlaridan qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan maqsadlarda foydalanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Ish bilan taʼminlash jamgʻarmasi daromadlari prognozini koʻrib chiqish va kelishish hamda uning mablagʻlaridan foydalanish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda va muddatlarda har yili, lekin joriy yilning birinchi iyulidan kechikmay kelgusi yil uchun Ish bilan taʼminlash jamgʻarmasi daromadlari manbalari va uning mablagʻlaridan foydalanish yoʻnalishlari boʻyicha prognozni Moliya vazirligiga koʻrib chiqish uchun taqdim etadi, ushbu prognoz:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
daromadlar manbalari boʻyicha mablagʻlarning oʻtgan yilda va joriy yilning birinchi yarim yilida hududlar boʻyicha haqiqiy tushumini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish bilan taʼminlash jamgʻarmasiga ajratmalar va yigʻimlar boʻyicha moliyaviy hisobot yili oxirida ish beruvchilarning hududlar boʻyicha kreditorlik qarzlarini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻtgan yilda va joriy yilning birinchi yarim yilida Ish bilan taʼminlash jamgʻarmasi mablagʻlaridan tasdiqlangan prognozlar bilan taqqoslaganda hududlar boʻyicha maqsadli foydalanilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻtgan yilda xodimlar soni va ish haqining oʻsish surʼatini eʼtiborga olgan holda hisoblangan ish haqi fondi prognozini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Moliya vazirligi taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish chogʻida Ish bilan taʼminlash jamgʻarmasiga kelgusi yil uchun majburiy ajratmalar va yigʻimlar stavkalarining prognoz qilinadigan oʻzgarishini va makroiqtisodiy koʻrsatkichlar taʼsirini hisobga oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Ish bilan taʼminlash jamgʻarmasi daromadlari va uning mablagʻlaridan foydalanishning koʻrib chiqilgan va kelishilgan prognozi kelgusi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti parametrlari tarkibida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti Oliy Majlis sessiyasida tasdiqlangandan soʻng, shuningdek Vazirlar Mahkamasining kelgusi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi budjeti parametrlari toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingandan keyin Moliya vazirligi Ish bilan taʼminlash jamgʻarmasining kelgusi yil uchun daromadlari va uning mablagʻlaridan foydalanishning tasdiqlangan asosiy parametrlarini oʻn kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga yetkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Ish bilan taʼminlash jamgʻarmasining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan daromadlari va uning mablagʻlaridan foydalanishning parametrlari Moliya vazirligidan olingan kundan boshlab bir hafta muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalari, mehnat boʻlimlari uchun kelgusida, Vazirlikning hayʼat majlisida ularning ish yakunlarini koʻrib chiqqan holda, Jamgʻarma daromadlari manbalari va uning mablagʻlaridan foydalanishning yoʻnalishlari boʻyicha yillik prognozni choraklarga boʻlgan holda tasdiqlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalari, mehnat boʻlimlari Ish bilan taʼminlash jamgʻarmasining tasdiqlangan budjet koʻrsatkichlarini bajarish uchun:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish bilan taʼminlash jamgʻarmasi daromadlari va xarajatlarining tasdiqlangan prognoz koʻrsatkichlari bajarilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish beruvchilardan majburiy ajratmalar, jarimalar va penyalarning toʻliq yigʻilishi va tushishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish bilan taʼminlash jamgʻarmasi mablagʻlaridan qonun hujjatlariga qatʼiy muvofiq holda maqsadli foydalanilishini taʼminlaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Ish bilan taʼminlash jamgʻarmasi mablagʻlarining shakllantirilishi va ulardan foydalanilishi uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalari, mehnat boʻlimlari Ish bilan taʼminlash jamgʻarmasiga tushumlarning toʻliq yigʻilishi taʼminlanishi, shuningdek Jamgʻarma mablagʻlarining qatʼiy maqsadga muvofiq ravishda moliyalanishi va foydalanilishi uchun javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Ish beruvchilar Ish bilan taʼminlash jamgʻarmasining oʻz hisob raqamlariga oʻtkazilgan mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi, shuningdek majburiy ajratmalarning toʻgʻri hisoblanishi va Ish bilan taʼminlash jamgʻarmasiga oʻz vaqtida toʻlanishi uchun javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Ish bilan taʼminlash jamgʻarmasi mablagʻlarining tushishi va foydalanilishini nazorat qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Ish beruvchilarning Ish bilan taʼminlash jamgʻarmasiga majburiy ajratmalari toʻliq va oʻz vaqtida tushishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, uning joylardagi organlari va soliq organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Ishsizlik nafaqalari, shuningdek ishsizlarga kompensatsiyalar va moddiy yordam toʻgʻri hisoblanishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va uning viloyat boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Ish bilan taʼminlash jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi tomonidan, zarur hollarda, auditorlar va auditorlik firmalarini jalb qilgan holda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 2-apreldagi
173-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 24-iyundagi 310-son qarori bilan tasdiqlangan Aholini ish bilan taʼminlash dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish tartibiga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. “Dasturni ishlab chiqishning umumiy masalalari” boʻlimida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi va beshinchi xatboshidagi “Mehnat vazirligi” soʻzlari “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi xatboshidagi “organlari” va “viloyat mehnat boshqarmalariga” soʻzlari tegishli ravishda “boʻlimlari” va “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish hududiy bosh boshqarmalariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi xatboshidagi “Viloyat mehnat boshqarmalari”, “Mehnat vazirligiga” soʻzlari tegishli ravishda “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish hududiy bosh boshqarmalari”, “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. “Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga ish oʻrinlari barpo etish dasturini ishlab chiqish boʻyicha tavsiyalar” boʻlimining 2-bandida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi xatboshidagi “viloyat mehnat organlari” soʻzlari “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish hududiy bosh boshqarmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi xatboshidagi “Mehnat vazirligi” soʻzlari “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Dasturni amalga oshirish” boʻlimida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi xatboshidagi “Mehnat vazirligiga” soʻzlari “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi xatboshidagi “Mehnat vazirligiga” soʻzlari “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 2-apreldagi
173-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
roʻyxati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1992-yil 31-dekabrdagi 606-son qarori, 1-banddan tashqari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 31-dekabrdagi 606-son qaroriga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 1993-yil 8-iyundagi 277-son qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 31-dekabrdagi 606-son qaroriga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 1998-yil 8-maydagi 197-son qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 23-iyuldagi 310-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 7-son, 27-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 2-bandi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 7-8-son, 59-modda; 2004-y., 3-son, 31-modda; 2006-y., 30-son, 294-modda; 2007-y., 19-20-son, 195-modda; 2010-y., 13-son, 96-modda; 2016-y., 16-son, 160-modda)