Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.07.2025 29.07.2014 yildagi 206-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 29.07.2014 yildagi 206-son
Date of entry into force
04.08.2014
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.07.2025
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi foydali qazilmalari zaxiralarining davlat balansini yuritish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-iyuldagi 467-sonli “Yer qa’ri davlat fondi ma’lumotlarini yuritish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda respublika foydali qazilmalari konlarini tizimlashtirish, ular zaxiralarining davriy harakatini hisobga olish, shuningdek davlat organlarini tegishli ma’lumotlar bilan o‘z vaqtida ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasi foydali qazilmalari zaxiralarining davlat balansini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi foydali qazilmalari zaxiralarini hisobga olish va hisobot balanslarini tuzish bo‘yicha Yo‘riqnoma tasdiqlanishini ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari G‘.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2014-yil 29-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
206-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-iyuldagi 206-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi foydali qazilmalari zaxiralarining davlat balansini yuritish tartibi to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 8 va 15-moddalari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq ishlab chiqilgan hamda O‘zbekiston Respublikasi foydali qazilmalari zaxiralarining davlat balansini (keyingi o‘rinlarda davlat balansi deb yuritiladi) yuritish tartibini belgilab beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Davlat balansi foydali qazilmalar zaxiralarining miqdori, sifati, foydali qazilmalar konlarining o‘rganilganlik va sanoat yo‘sinida o‘zlashtirilganlik darajasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lgan foydali qazilmalar zaxiralarini hisobga olish bo‘yicha yig‘ma hujjatni o‘z ichiga oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Davlat balansi sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan konlar kesimida, ularning ma’muriy-hududiy joylashishini aks ettirgan holda foydali qazilmalar turlari bo‘yicha har yili (har yili 1-yanvar holatiga ko‘ra) tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydali qazilmalarning balansdagi zaxiralari — joriy davrda foydalanish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lgan zaxiralar (kon zaxiralarini hisoblab chiqish uchun belgilangan konditsiyalarni qondiradi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydali qazilmalarning balansdan tashqari zaxiralari — balans zaxirasini o‘rganilganlik bo‘yicha taqdim qilinadigan talablarga javob beradigan, biroq baholash vaqtida konchilik-texnikaviy, sifat, ekologik va boshqa sabablarga ko‘ra foydalanish mumkin bo‘lmagan, shuningdek keyinchalik sanoat yo‘sinida o‘zlashtirish obyekti bo‘lishi mumkin bo‘lgan zaxiralar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydali qazilmalar zaxiralari toifalari (A, V, S1, S2) — konlarning o‘rganilganlik darajasi, xom ashyo sifati va foydali qazilmalarni qazib olishning konchilik-texnikaviy shart-sharoitlarga bog‘liq holda belgilanadigan zaxiralar toifasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer qa’ridan foydalanuvchilar — muayyan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish uchun o‘zlariga berilgan huquqlariga muvofiq faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Davlat balansini yuritishning maqsadi va asosiy vazifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Davlat balansini yuritishning asosiy maqsadi respublika mineral-xom ashyo bazasining umumiy holati tavsifi, uni o‘rganilganlik va sanoat yo‘sinida o‘zlashtirish darajasi, mineral xom ashyoni qazib chiqarish va qayta ishlash bo‘yicha yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish bo‘yicha investitsiya loyihalari tashabbusi bilan chiqish, xom ashyo bazasini qayta to‘ldirish uchun keyinchalik geologik jihatdan o‘rganish yo‘nalishlarini prognoz qilish hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Quyidagilar Davlat balansini yuritishning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydali qazilmalar zaxiralari holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar, jumladan foydali qazilmalarning miqdori, sifati, ularning sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan har bir turi bo‘yicha o‘rganilganlik va sanoat yo‘sinida o‘zlashtirish darajasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish va turkumlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika mintaqalari bo‘yicha foydali qazilmalar zaxiralarining o‘zgarishini hisobga olgan holda konlar bo‘yicha foydali qazilmalar zaxiralarining har yilgi harakatlarini tahlil qilish va hisobga olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat hokimiyati organlarini respublika va alohida mintaqalarning mineral-xom ashyo bazasining holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan ta’minlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Hisobotni taqdim etish va davlat balansini yuritish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Foydali qazilmalar zaxiralarini hisobga olish konlar bo‘yicha alohida, zarur hollarda ularning uchastkalari, alohida qatlamlar, gorizontlar, shaxta maydonlari, foydali qazilmalarning sanoat turi, ularni qazib olish usullari va zaxiralar toifasi bo‘yicha yer qa’ridan foydalanuvchilar tomonidan doimiy asosda yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Foydali qazilmalar zaxiralarining davlat balansini yuritish va Davlat geologiya fondiga taqdim etish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Foydali qazilmalar zaxiralarining davlat balansini yuritish tartibi va Davlat geologiya fondiga taqdim etish pasporti 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-martdagi 133-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.03.2022-y., 09/22/133/0237-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Yer qa’ridan foydalanuvchilar tomonidan har yili 1-fevralga qadar chegiriladigan zaxiralar (amalga oshirilgan qazib chiqarishlar va yo‘qotishlar) hajmi, qazib chiqarish jarayonida isbotlanmagan yoki qo‘shimcha ravishda ko‘paytirish hisobiga texnik chegaralarning o‘zgarishi, zaxiralarni hisobdan chiqarish, O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha Davlat komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Davlat komissiyasi deb yuritiladi) qarorlari, shuningdek idoraviy komissiyalarning tezkor hisoblab chiqilgan zaxiralarni sinovdan o‘tkazish bo‘yicha bayonnomalari asosida o‘tgan yil uchun foydali qazilmalar zaxiralarining hisobot balanslari (keyingi o‘rinlarda hisobot balanslari deb yuritiladi) tuziladi.
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 433-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisobot balanslari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qattiq foydali qazilmalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer osti suvlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘mir va yonuvchi slanetslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
neft, kondensat, yonuvchi gazlar (jumladan yo‘ldosh komponentlar — etan, propan, butan, oltingugurt, geliy) bo‘yicha alohida tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Hisobot balanslariga quyidagilar aks ettiriladigan tushuntirish xati ilova qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi marta davlat balansiga kiritilayotgan konlar uchun — foydali qazilmalar zaxiralarining joylashgan joyi, miqdori, sifati, o‘rganilganlik va sanoat yo‘sinida o‘zlashtirilishi darajasi, rudalarning texnologik xususiyatlari, konlarda qazib olishning konchilik-geologiya, konchilik-texnikaviy, gidrogeologik shart-sharoitlari, texnik-iqtisodiy baholashning asosiy ko‘rsatkichlari, qidirib topilgan foydali qazilmalar zaxiralari bilan ta’minlanganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat balansida hisobga olingan konlar uchun — konchilik-geologiya va texnik-iqtisodiy xususiyatining yangi ma’lumotlari, foydali qazilmalarning yangi aniqlangan qatlamlari, qazib chiqarilgan foydali qazilmalar miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar, mineral xom ashyodan majmuaviy foydalanish, geologiya-qidiruv ishlarining moliyalashtirish manbalarini ko‘rsatgan holda foydali qazilmalar zaxiralarining ko‘paytirilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek balansdan tashqari zaxiralarning o‘zgarishi (mavjud bo‘lganda) va zaxiralarni hisobdan chiqarish sabablari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Foydali qazilmani qazib chiqarish to‘g‘risidagi ma’lumotlarda foydali qazilmani kamaytiradigan bo‘sh jinslarini hisobga olmagan holda, agar ular balansdagi zaxiralariga kiritilmagan bo‘lsa, yer qa’ridan olinadigan mineral xom ashyoning barcha miqdori hisobga olinishi kerak. Hisobot balansida qazib chiqarib kamaytirilgan va tovar rudalari miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks ettirilmaydi, biroq hisobot balansiga qo‘shiladigan tushuntirish xatida keltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qandaydir sabablarga ko‘ra, o‘tgan yillar uchun ilgari hisobga olinmagan foydali qazilmani qazib chiqarish hisobot yili uchun qazib chiqarish bilan birga ko‘rsatiladi, biroq o‘tgan yilda qazib olingan xom ashyo izohda ko‘rsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar davlat balansida hisobga olingan kompleks rudalardagi yo‘ldosh komponentlar yer qa’ridan asosiy foydali qazilma bilan birga qazib chiqarilsa, biroq keyingi texnologik qayta ishlashda yo‘qotilsa, izohda hisobdan chiqariladigan zaxiralar qazib olingan, lekin texnologik qayta ishlashda yo‘qotilganligini ko‘rsatib o‘tish zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Quyidagi holatlarda, agar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydali qazilmalarni qazib chiqarish balansdan tashqari zaxiralardan amalga oshirilsa va qazib chiqarilgan xom ashyo miqdori sanoatda foydalanilsa, unda qazib olingan xom ashyo miqdori qayta baholashdan o‘tgan sifatida hisobga olinadi hamda foydali qazilmalarning balansdan tashqari zaxiralari ushbu miqdorga kamaytiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
balansdan tashqari foydali qazilmalar balansdagi foydali qazilmalar bilan birga qazib chiqarilsa, biroq sanoatda foydalanilmasa yoki konditsionli xom ashyo bilan birga kamaytiradigan jins sifatida qayta ishlab chiqarishga tushgan bo‘lsa, foydali qazilmaning balansdan tashqari zaxiralari hisobot yilida qazib chiqarilgan sifatida hisobot balansida kamaytiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Hisobot balanslari shakllari Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi (keyingi o‘rinlarda Kon-geologiya vazirligi deb yuritiladi) qaroriga ko‘ra, foydali qazilmalar turlari parametrlarining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda tasdiqlanadi. Yer qa’ridan foydalanuvchilar o‘z hisobotlarini Kon-geologiya vazirligi tomonidan belgilangan shakllar bo‘yicha rasmiylashtirishi shart.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 433-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Hisobot balansi yuridik shaxs — yer qa’ridan foydalanuvchi rahbari va bosh geologi (bosh muhandisi) tomonidan imzolanadi. Agar yer qa’ridan foydalanuvchi jismoniy shaxs hisoblansa, yagona shaxsning imzosiga ruxsat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Qazib olinadigan konlar bo‘yicha hisobot balanslari geodeziya va kartografiya faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan litsenziyasi mavjud bo‘lganda, yer qa’ridan foydalanuvchilarning geologiya-marksheyderlik xizmatlari tomonidan tasdiqlanishi kerak hamda O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda Inspeksiya deb yuritiladi) bilan “Litsenziya” axborot tizimi yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda YIDXP deb yuritiladi) orqali besh kun muddatda kelishiladi. Uglevodorodlar konlari va yer osti suvlari bo‘yicha hisobot balanslarini yer qa’ridan foydalanuvchilarning tegishli funksiyalar yuklangan boshqa xizmatlari tomonidan tasdiqlashga ruxsat beriladi.
(14-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 433-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yer qa’ridan foydalanuvchilarda geodeziya va kartografiya faoliyatini boshlaganlik haqida xabarnoma qabul qilinganligi to‘g‘risidagi tasdiqnoma mavjud bo‘lmaganda, hisobot balanslarini mazkur xabarnoma qabul qilinganligi to‘g‘risidagi tasdiqnomaga ega jalb etilgan korxonalar tomonidan tasdiqlanishiga ruxsat beriladi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-martdagi 133-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.03.2022-y., 09/22/133/0237-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Yer qa’ri uchastkalarini geologik o‘rganish va foydali qazilmalarni tajriba-sanoat yo‘sinida qazib chiqarish natijalari bo‘yicha hisobotlar Davlat komissiyasining foydali qazilmalar zaxiralarini tasdiqlash (yoki qayta tasdiqlash) bo‘yicha tegishli qarorlari nusxalari va idoraviy komissiyalarning tezkor hisoblab chiqilgan zaxiralarni sinovdan o‘tkazish bo‘yicha bayonnomalari bilan birgalikda taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shuningdek, agar keyinchalik qazib olishda isbotlanmaganligi, texnik chegaralarning o‘zgarganligi va boshqa sabablar bilan bog‘liq holda foydali qazilmalar zaxiralari konlar bo‘yicha qayta hisoblab chiqilgan bo‘lsa, hisobotlar Davlat komissiyasining tegishli qarorlari nusxalari bilan birgalikda taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Hisobot balanslari har yili 5-fevraldan kechikmasdan Kon-geologiya vazirligi tizimida o‘z faoliyatini amalga oshiruvchi Davlat geologiya fondiga yuborish:
(16-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 433-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
noruda foydali qazilmalar bo‘yicha — Inspeksiyaning hududiy bo‘linmalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rudali foydali qazilmalar va uglevodorodlar bo‘yicha Inspeksiya tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(16-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-martdagi 133-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.03.2022-y., 09/22/133/0237-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Davlat geologiya fondi 15-aprelgacha bo‘lgan muddatda taqdim etilgan hisobot balanslarini umumlashtiradi, foydali qazilmalar turlari bo‘yicha davlat balansini tayyorlaydi va uni o‘rganib chiqish uchun Kon-geologiya vazirligiga taqdim etadi.
(17-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 433-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Neft, kondensat va tabiiy gaz bo‘yicha davlat balansini umumlashtirish va tayyorlash “O‘zbekneftgaz” MXKning vakolatli korxonasi bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Kon-geologiya vazirligi 1-maygacha bo‘lgan muddatda davlat balansini o‘rganishni yakunlaydi va uni nashr qilishga ruxsat beradi. Davlat balansi tarqatiladigan davlat organlari va korxonalar ro‘yxati Kon-geologiya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat balansini Kon-geologiya vazirligi bilan kelishmasdan ko‘paytirish va tarqatish taqiqlanadi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 433-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Davlat balansini yuritish ushbu Nizomga 3-ilovaga asosan sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-martdagi 133-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.03.2022-y., 09/22/133/0237-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Hisobot balanslarini tayyorlash, ularni Davlat geologiya fondiga qabul qilishgacha foydali qazilmalar zaxiralarini tasdiqlash (qayta tasdiqlash, hisobdan chiqarish) bo‘yicha tegishli hisobotlarni ko‘rib chiqish bilan bog‘liq ishlar yer qa’ridan foydalanuvchilar mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat geologiya fondining davlat balanslarini yuritish bilan bog‘liq ishlari Moliya vazirligi va Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan belgilangan tartibda kelishiladigan har yilgi mineral-xom ashyo bazani rivojlantirish va takror ishlab chiqarish dasturlari doirasida O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
(20-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Davlat balansida aks ettiriladigan ma’lumotlarga talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Davlat balansida quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer qa’ridan foydalanuvchining nomi, foydali qazilmalar zaxiralarini qabul qilish — berish bo‘yicha Idoralararo komissiya dalolatnomasining tartib raqami va sanasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydali qazilmalar konlari joylashgan joyi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydali qazilmalar konlarining o‘rganilganlik va sanoat yo‘sinida o‘zlashtirish darajasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydali qazilmalarning sifati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydali qazilmalar zaxiralarining konlar, alohida uchastkalar, qatlamlar, gorizontlar va boshqalar kesimidagi hajmi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konlardan foydalanishda foydali qazilmalarni har yilgi qazib chiqarish (qazib chiqarishda yo‘qotishni hisobga olgan holda) hajmi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydali qazilmalar zaxiralarining geologik o‘rganish, qayta baholash va hisobdan chiqarish natijasida turli sabablarga (qazib olishda isbotlanmagan, chegaralari o‘zgarganda va boshqalarda) ko‘ra o‘zgargan hajmi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat komissiyasining konni davlat balansida hisobga olish uchun asos hisoblangan foydali qazilmalar zaxiralarini tasdiqlash bo‘yicha tegishli qarori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qazib chiqaruvchi korxonalarning qidirib topilgan foydali qazilmalar bilan ta’minlanganligi (qazib olinadigan konlar bo‘yicha).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Davlat balansida foydali qazilmalar zaxiralarini hisobga olish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
balansdagi va balansdan tashqari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zaxiralar toifalari bo‘yicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rudalarning texnologik turlari bo‘yicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydali qazilmalarni qazib chiqarishning konchilik-texnik shart-sharoitlari bo‘yicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydali qazilmalar konlarini o‘rganilganlik va sanoat yo‘sinida o‘zlashtirish darajasi bo‘yicha (qidirilayotgan, sanoat yo‘sinida o‘zlashtirishga tayyorlangan, qazib olinadigan, konservatsiya qilingan) bo‘lingan holda aks ettiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan foydali yo‘ldosh komponentlar zaxiralari ularni boyitish jarayonida chiqarib olish va keyinchalik qayta ishlashdan qat’i nazar, hisobga olinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Davlat balansida foydali qazilmalar zaxiralari o‘lchov birligi ularning har bir turi bo‘yicha bir xil qo‘llaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Yakuniy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Hisobot balanslari taqdim etadigan yer qa’ridan foydalanuvchilar va foydali qazilmalar zaxiralari harakati hajmini tasdiqlovchi korxonalar taqdim etiladigan ma’lumotlarning ishonchliligi yuzasidan javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Foydali qazilmalar zaxiralari va ular tarkibidagi komponentlar holati va ularning harakatini hisobga olish yuzasidan nazorat qilish inspeksiya tomonidan amalga oshiriladi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-fevraldagi 111-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.02.2019-y., 09/19/111/2596-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi foydali qazilmalari zaxiralarining davlat balansini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Foydali qazilmalar zaxiralarining davlat balansini yuritish va Davlat geologiya fondiga taqdim etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

Yer qa’ridan foydalanuvchilar

1. Geologik o‘rganish natijasida foydali qazilmalar zaxiralarini tezkor ko‘paytirish yuzasidan idoraviy komissiyalarning tezkor hisoblab chiqilgan zaxiralarni sinovdan o‘tkazish bo‘yicha bayonnomalarini rasmiylashtiradi.

2. Geologik o‘rganish natijalari yuzasidan Davlat komissiyasining foydali qazilmalar zaxiralarini tasdiqlash (qayta tasdiqlash, hisobdan chiqarish) bo‘yicha qarorini rasmiylashtiradi.

3. Foydali qazilmalarni qazib chiqarish natijasida chegirish (qazib chiqarish, yo‘qotish) va foydali qazilmalarning tezkor o‘zgartirilgan zaxiralarining hisobot balanslarini tayyorlaydi.

Har yili 1-fevralga qadar

Yer qa’ridan foydalanuvchilar

Hisobotlarni Davlat komissiyasining foydali qazilmalar zaxiralarini tasdiqlash (yoki qayta tasdiqlash) bo‘yicha tegishli qarorlarining nusxalari va idoraviy komissiyalarning tezkor hisoblab chiqilgan zaxiralarni sinovdan o‘tkazish bo‘yicha bayonnomalari bilan birgalikda “Litsenziya” axborot tizimi yoki YIDXP orqali Davlat geologiya fondiga taqdim etadi.

Har yili 1-fevralga qadar

Foydali qazilmalarni qazib chiqarish natijasida chegirish (qazib chiqarish, yo‘qotish) va foydali qazilmalarning tezkor o‘zgartirilgan zaxiralarining hisobot balanslarini “Litsenziya” axborot tizimi yoki YIDXP orqali kelishish uchun Inspeksiyaga taqdim etadi.

Inspeksiya

Foydali qazilmalarni qazib chiqarish natijasida chegirish (qazib chiqarish, yo‘qotish) va foydali qazilmalarning tezkor o‘zgartirilgan zaxiralarining hisobot balanslarini kelishadi va Davlat geologiya fondiga yuboradi. Hisobot balanslarining kelishilganligi haqida “Litsenziya” axborot tizimi yoki YIDXP orqali yer qa’ridan foydalanuvchilarni xabardor qiladi.

5 kunda

Davlat geologiya fondi

Yer qa’ridan foydalanuvchilar tomonidan taqdim etilgan hisobot balanslarini umumlashtiradi, foydali qazilmalar turlari bo‘yicha davlat balansini tayyorlaydi va o‘rganib chiqish uchun Kon-geologiya vazirligiga taqdim etadi.

Har yili 15-aprelgacha

Kon-geologiya vazirligi

Davlat balansini o‘rganishni yakunlaydi va nashr qilishga ruxsat beradi.

Davlat balansi tarqatiladigan davlat organlari va korxonalar ro‘yxatini tasdiqlaydi.

Har yili 1-maygacha

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 433-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi foydali qazilmalari zaxiralarining davlat balansini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Foydali qazilmalar zaxiralarining davlat balansini yuritish tartibi va Davlat geologiya fondiga taqdim etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PASPORTI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

1.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi:

Foydali qazilmalar zaxiralarining davlat balansini yuritish tartibi va Davlat geologiya fondiga taqdim etish.

2.

Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

Geologik o‘rganish natijasida foydali qazilmalar zaxiralarining hisobot balanslarini yuritish.

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik shaxs.

4.

Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:

O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi “Yer qa’ridan foydalanish markazi” davlat muassasasi tasarrufidagi Davlat geologiya fondi.

5.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

1. Geologik o‘rganish natijasida foydali qazilmalar zaxiralarini tezkor ko‘paytirish yuzasidan idoraviy komissiyalarning tezkor hisoblab chiqilgan zaxiralarni sinovdan o‘tkazish bo‘yicha bayonnomasi.

2. Geologik o‘rganish natijalari yuzasidan Davlat komissiyasining foydali qazilmalar zaxiralarini tasdiqlash (qayta tasdiqlash, hisobdan chiqarish) to‘g‘risidagi qarori.

3. Foydali qazilmalarni qazib chiqarish natijasida chegirish (qazib chiqarish, yo‘qotish) va foydali qazilmalarning tezkor o‘zgartirilgan zaxiralarining hisobot balanslari.

6.

Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

Yig‘im undirilmaydi

7.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im miqdori:

Yig‘im undirilmaydi

8.

Arizani ko‘rib chiqish muddati:

5 ish kuni

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

Hisobot balanslariga quyidagilar aks ettiriladigan tushuntirish xati ilova qilinadi:

birinchi marta davlat balansiga kiritilayotgan konlar uchun — foydali qazilmalar zaxiralarining joylashgan joyi, miqdori, sifati, o‘rganilganlik va sanoat yo‘sinida o‘zlashtirilish darajasi, rudalarning texnologik xususiyatlari, konlarda qazib olishning konchilik-geologiya, konchilik-texnik, gidrogeologik shart-sharoitlari, texnik-iqtisodiy baholashning asosiy ko‘rsatkichlari, qidirib topilgan foydali qazilmalar zaxiralari bilan ta’minlanganligi;

davlat balansida hisobga olingan konlar uchun — konchilik-geologiya va texnik-iqtisodiy xususiyatning yangi ma’lumotlari, foydali qazilmalarning yangi aniqlangan qatlamlari, qazib chiqarilgan foydali qazilmalar miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar, mineral xom ashyodan kompleks foydalanish, geologiya-qidiruv ishlarini moliyalashtirish manbalarini ko‘rsatgan holda, foydali qazilmalar zaxiralarining ko‘paytirilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek, balansdan tashqari zaxiralarning o‘zgarishi (mavjud bo‘lganda) va zaxiralarni hisobdan chiqarish sabablari.

Foydali qazilmani qazib chiqarish to‘g‘risidagi ma’lumotlarda foydali qazilmani kamaytiradigan bo‘sh jinslarni hisobga olmagan holda, agar ular balansdagi zaxiralarga kiritilmagan bo‘lsa, yer qa’ridan olinadigan mineral xom ashyoning barcha miqdori hisobga olinadi. Hisobot balansida qazib chiqarib kamaytirilgan va tovar rudalari miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

Qandaydir sabablarga ko‘ra, o‘tgan yillar uchun ilgari hisobga olinmagan foydali qazilmani qazib chiqarish hisobot yili uchun qazib chiqarish bilan birga ko‘rsatish, biroq o‘tgan yilda qazib olingan xom ashyoni izohda ko‘rsatish.

Agar davlat balansida hisobga olingan kompleks rudalardagi yo‘ldosh komponentlar yer qa’ridan asosiy foydali qazilma bilan birga qazib chiqarilsa, biroq keyingi texnologik qayta ishlashda yo‘qotilsa, izohda hisobdan chiqariladigan zaxiralar qazib olinganini, lekin texnologik qayta ishlashda yo‘qotilganligini ko‘rsatish.

10.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi

11.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati:

Yer qa’ridan foydalanuvchilar har yili 1-fevralga qadar geologik o‘rganish natijasida foydali qazilmalar zaxiralarining hisobot balanslarini taqdim etadi.

12.

Izoh:

Quyidagilar Davlat balansini yuritishning asosiy vazifalari hisoblanadi:

foydali qazilmalar zaxiralari holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar, jumladan foydali qazilmalarning miqdori, sifati, ularning sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan har bir turi bo‘yicha o‘rganilganligi va sanoat yo‘sinida o‘zlashtirish darajasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash va turkumlashtirish;

respublika hududlari bo‘yicha foydali qazilmalar zaxiralarining o‘zgarishini hisobga olgan holda, konlar bo‘yicha foydali qazilmalar zaxiralarining har yilgi harakatlarini tahlil qilish va hisobga olish;

davlat hokimiyati organlarini respublika va alohida hududlar mineral-xom ashyo bazasining holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan ta’minlash.

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 433-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi foydali qazilmalari zaxiralarining davlat balansini yuritish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Foydali qazilmalar zaxiralari davlat balansini yuritish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: neft, kondensat, yonuvchi gaz (jumladan yo‘ldosh komponentlar) bo‘yicha davlat balansini umumlashtirish va tayyorlash “O‘zbekneftgaz” MXKning vakolatli korxonasi bilan birgalikda amalga oshiriladi.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-fevraldagi 111-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.02.2019-y., 09/19/111/2596-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 31-son, 383-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.02.2019-y., 09/19/111/2596-son; 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.03.2022-y., 09/22/133/0237-son)