21.07.2014 yildagi 199-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 21.07.2014 yildagi 199-son
Date of entry into force
29.07.2014
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida tashqi savdo operatsiyalari monitoringini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2014-yil 7-apreldagi PF-4609-son Farmoniga muvofiq, shuningdek tashqi savdo operatsiyalari monitoringini amalga oshirishni yanada takomillashtirish va tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Tashqi savdo kontraktlarini tijorat banklarida hisobga qoʻyish tartiboti 2014-yil 1-sentabrdan boshlab bekor qilinsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 16-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilab qoʻyilsinki, tashqi savdo kontraktlarini tijorat banklarida hisobga qoʻyish tartibotining bekor qilinishi munosabati bilan:
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-maydagi 283-sonli qaroriga asosan 2020-yil 16-avgustdan chiqariladi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2020-y., 09/20/283/0587)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning tashqi savdo kontraktlari yuzasidan monitoring valyuta nazorati organlari va tijorat banklari tomonidan Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi orqali amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2014-yil 1-sentabrgacha tijorat banklarida hisobga qoʻyilgan kontraktlar tijorat banklarida hisobdan chiqarilishi, koʻrsatib oʻtilgan kontraktlar boʻyicha maʼlumotlar ayni bir vaqtda Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritilishi kerak.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 16-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublikaga tovarlarni olib kirish boʻyicha tuzilgan kontraktlarga qoʻshimcha kelishuvlar kiritilib, ularga muvofiq xoʻjalik yurituvchi subyektlar, xorijiy hamkorlar va ularning rekvizitlari oʻzgargan taqdirda, tijorat banklariga ushbu kontraktlar boʻyicha pul mablagʻlari (moliyaviy tranzaksiyalar) oʻtkazishni bojxona yuk deklaratsiyalariga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgandan soʻng amalga oshirish tavsiya etilsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-avgustdagi 717-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2019-y., 09/19/717/3651-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Davlat bojxona qoʻmitasi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda tashqi savdo faoliyati subyektlariga kontraktlar boʻyicha maʼlumotlarni elektron raqamli imzodan foydalangan holda Internet tarmogʻi orqali kiritish imkoniyatini berish, shuningdek tashqi savdo operatsiyalari yuzasidan monitoringni ushbu tizim orqali amalga oshirish boʻyicha talablarni hisobga olgan holda 2014-yil 1-sentabrgacha Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi takomillashtirilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Davlat sirlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlgan tashqi savdo kontraktlari Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritilmaydi shuningdek, elektron tijorat orqali amalga oshiriladigan besh ming AQSh dollarigacha boʻlgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksporti.
(31-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-maydagi 283-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2020-y., 09/20/283/0587 — 2020-yil 16-avgustdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat sirlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlgan tashqi savdo kontraktlari, shuningdek ushbu kontraktlarni bajarish bilan bogʻliq hujjatlar bojxona xizmati organlariga va xizmat koʻrsatuvchi bankka belgilangan tartibda taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat sirlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlgan tashqi savdo kontraktlari boʻyicha yuk bojxona deklaratsiyalari bojxona xizmati organlari tomonidan qogʻoz shaklida rasmiylashtiriladi. Bunday kontraktlar boʻyicha toʻlovlar va mablagʻlarni oʻtkazish xizmat koʻrsatuvchi banklar tomonidan kontrakt shartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona yuk deklaratsiyasi roʻyxatidan oʻtkazish talabi elektron tijorat orqali amalga oshiriladigan besh ming AQSh dollarigacha boʻlgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni eksport qilishga tatbiq etilmaydi.
(31-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-maydagi 283-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2020-y., 09/20/283/0587 — 2020-yil 16-avgustdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat sirlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlgan tashqi savdo kontraktlari boʻyicha muddati oʻtgan debitorlik qarzlari toʻgʻrisida va valyuta operatsiyalari monitoringi masalalari boʻyicha valyuta nazorati organlari va banklar oʻrtasidagi axborot almashuvi belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 374-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 6-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari qoʻmitasi Markaziy bank, Davlat bojxona qoʻmitasi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda kontraktlar boʻyicha maʼlumotlarni elektron shaklda Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali orqali Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritish imkoniyatini beruvchi tashqi savdo faoliyati subyektlari uchun interaktiv xizmatning 2014-yil 1-sentabrgacha boʻlgan muddatda joriy etilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2014-yil 21-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
199-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 21-iyuldagi 199-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 472-sonli qaroriga asosan 2020-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-iyundagi 427-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 09/18/427/1321-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 15-apreldagi 174-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 4-son, 19-modda) bilan tasdiqlangan Tovarlarni eksportga tovar-xomashyo birjalari orqali erkin almashtiriladigan valyutaga sotish tartibida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Tartibning nomidagi “erkin almashtiriladigan” soʻzlari “xorijiy” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 7-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“7. Birjalarda xorijiy valyutada tuzilgan eksport kontraktlari birjalarda roʻyxatdan oʻtkazilishi va belgilangan tartibda bojxona organlarida hisobga qoʻyilishi kerak”.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 472-sonli qaroriga asosan 2020-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirlar Mahkamasining “Eksport va import operatsiyalari monitoringini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 30-sentabrdagi 416-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 9-son, 92-modda):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 4-bandning ikkinchi xatboshidagi “import kontraktlarini vakolatli banklarda hisobga qoʻyish” soʻzlari “import kontraktlari boʻyicha maʼlumotlarni xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(5-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-maydagi 283-sonli qaroriga asosan 2020-yil 16-avgustdan chiqariladi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2020-y., 09/20/283/0587)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 9-avgustdagi 189-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 8-son, 40-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining xoʻjalik yurituvchi subyektlari tomonidan xorijiy mamlakatlardagi ular tashkil etgan savdo uylari, vakolatxonalar, korxonalar orqali, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining xorijiy mamlakatlardagi savdo-investitsiya uylari orqali olib chiqilayotgan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 3-bandning toʻrtinchi xatboshidan va 5-bandning yettinchi xatboshidan “vakolatli bankda va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 7-bandning ikkinchi xatboshidan ikkinchi jumla chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 21-iyuldagi 154-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi, 2010-y., 7-son, 38-modda) bilan tasdiqlangan Olib kiriladigan texnologik asbob-uskunalar va ularga ehtiyot qismlarni, shuningdek komponentlar, xomashyo va materiallarni mahalliylashtiriladigan mahsulotni ishlab chiqarishda texnologik jarayonda foydalaniladiganlar toifasiga kiritish toʻgʻrisida xulosalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandi yettinchi xatboshidan “belgilangan tartibda vakolatli bankda hisobga qoʻyilgan” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-dekabrdagi 341-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 12-son, 95-modda) bilan tasdiqlangan “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasida alohida valyuta rejimi faoliyati tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) III boʻlim quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“III. Eksport-import kontraktlarini ijro etish va monitoringini olib borish tartibi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. “Navoiy” EIIZ qatnashchilarining eksport va import kontraktlari monitoringini olib borish Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. “Navoiy” EIIZ qatnashchilari eksport qilinadigan (import qilinadigan) tovarlar, ishlar va xizmatlar uchun haq toʻlash va hisob-kitoblarning ular uchun qulay shartlari va shakllaridan foydalanishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. “Navoiy” EIIZ qatnashchilarining eksport kontraktlarini davlat bojxona xizmati organlarida hisobga qoʻyish Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Eksport qiluvchilar yuklab joʻnatilgan tovarlar, bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlar uchun xorijiy valyutadagi tushum ularning hisob raqamlariga oʻz vaqtida va toʻliq tushmaganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) IV boʻlim oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 30-son, 371-modda; 2015-y., 1-son, 6-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2017-y., 09/17/960/0355-son; 18.12.2017-y., 09/17/984/0419-son; 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son, 07.06.2018-y., 09/18/427/1321-son, 27.07.2018-y., 09/18/583/1582-son, 26.08.2019-y., 09/19/717/3651-son; 15.05.2020-y., 09/20/283/0587, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son)