Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
16.08.2024
05.04.2022
04.06.2019
11.01.2019
10.12.2018
01.06.2018
27.12.2017
03.07.2017
07.01.2013
18.02.2011
09.11.2010
20.05.2009
03.11.2006
24.12.2004
16.08.2004
24.09.2003
05.01.2002
View
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatiga olish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.07.00 Dehqon xo‘jaliklari (shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar)]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xo‘jaligi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QISHLOQ XO‘JALIGI KORXONALARINI FERMER XO‘JALIKLARIGA AYLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini ta’minlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloqda iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish, zarar ko‘rib ishlayotgan va past rentabelli qishloq xo‘jaligi korxonalarini fermer xo‘jaliklariga aylantirishning normativ-huquqiy bazasini mustahkamlash, ularning xo‘jalik faoliyati uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Qishloq xo‘jaligi korxonalari sanatsiyasi bo‘yicha Hukumat komissiyasining 1 va 1a-ilovalarga* muvofiq zarar ko‘rib ishlayotgan va past rentabelli qishloq xo‘jaligi korxonalarini 2002-yilda fermer xo‘jaliklariga aylantirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlari hokimliklarining Mehnatobod, Mirzaobod va Yozyovon tumanlarining qishloq xo‘jaligi korxonalarini to‘liq hajmda fermer xo‘jaliklariga aylantirish to‘g‘risidagi taklifi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sirdaryo viloyatining Mehnatobod va Mirzaobod tumanlari bo‘yicha 2002-yilda qishloq xo‘jaligi ekinlari ekishning O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan tavsiya etilgan tuzilmasi 2-ilovaga* muvofiq ma’qullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*1-2-ilovalar berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2002-yilda Sirdaryo viloyatining Mehnatobod va Mirzaobod tumanlarida infratuzilma obyektlarini tashkil etishga doir topshiriq 3-ilovaga* muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*3-ilova berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xo‘jaligi korxonasini fermer xo‘jaliklariga aylantirish bo‘yicha komissiya to‘g‘risidagi namunaviy nizom 4-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qayta tashkil etilayotgan qishloq xo‘jaligi korxonasi negizida fermer xo‘jaligi barpo etish uchun talabgorlarni tanlash va ularning tanlovini o‘tkazish tartibi 5-ilovagamuvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xo‘jaligi korxonalarini fermer xo‘jaliklariga aylantirishda aktivlar va passivlarni taqsimlash tartibi 6-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qayta tashkil etilayotgan qishloq xo‘jaligi korxonalari hududida o‘zaro suv xo‘jaligi munosabatlarini tartibga solish tartibi 7-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yangidan tashkil etilgan fermer xo‘jaliklariga tijorat banklari tomonidan kredit berish qoidalari 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda:
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarar ko‘rib ishlayotgan va past rentabelli qishloq xo‘jaligi korxonalari 4—7-ilovalarga qat’iy muvofiq holda fermer xo‘jaliklariga aylantirilishini ta’minlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur qaror bilan tasdiqlangan normativ hujjatlarga muvofiq qayta tashkil etilayotgan xo‘jaliklar negizida fermer xo‘jaliklari barpo etishning barcha jihatlarini qamrab oluvchi metodik tavsiyalarni aniq misollar asosida ishlab chiqsin va joylarga yetkazsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda qishloq xo‘jaligi korxonalarini fermer xo‘jaliklariga aylantirish jarayonlarini tushuntirish bo‘yicha joylarda maxsus seminarlar tashkil etsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xo‘jaligi korxonalarining fermer xo‘jaliklariga aylantirilishi ustidan muntazam monitoring o‘rnatsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “Agrobank” ATB, “Qishloq qurilish bank” ATB, xizmat ko‘rsatuvchi boshqa tijorat banklari, “O‘zneftmahsulot” va “O‘zkimyosanoat” kompaniyalari, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklari qayta tashkil qilinayotgan qishloq xo‘jaligi korxonalari hududida bozor va ishlab chiqarish infratuzilmasining quyidagi obyektlari barpo etilishini ta’minlasinlar:
(4-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 20-maydagi 142-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 21-son, 252-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat bankining filiali;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“O‘zkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi “Qishloqxo‘jalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlarining fermer xo‘jaliklarini mineral o‘g‘itlar va boshqa kimyoviy vositalar bilan ta’minlash ombori;
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-avgustdagi 397-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 33-son, 370-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“O‘zneftmahsulot” kompaniyasi tegishli neft bazasining fermer xo‘jaliklarini yonilg‘i-moylash materiallari bilan ta’minlash bo‘yicha filiali;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qayta tashkil etilayotgan qishloq xo‘jaligi korxonasining mavjud texnikasi negizida muqobil mashina-traktor parki;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xo‘jalik hisobi asosida suv iste’molchilari uyushmasi (qayta tashkil etilayotgan xo‘jaliklar hududida o‘zaro suv xo‘jaligi munosabatlarini tartibga solish uchun).
(4-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda “O‘zagromashservis” uyushmasi qayta tashkil etilayotgan qishloq xo‘jaligi korxonalari negizida barpo etilayotgan dehqon va fermer xo‘jaliklariga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mashina-traktor parki barpo etishga doir tavsiyalarni o‘n kun muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Qayta tashkil etilayotgan xo‘jaliklar hududida barpo etilayotgan bozor infratuzilmasi obyektlarining ishlab chiqarish, moliyaviy va moddiy-texnika bazasini rivojlantirishni rag‘batlantirish maqsadida istisno tariqasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fermer xo‘jaliklarini mineral o‘g‘itlar va yonilg‘i-moylash materiallari bilan ta’minlash bo‘yicha bo‘linmalar mulk solig‘i va yer solig‘i to‘lashdan ikki yil muddatga;
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilab qo‘yilsinki, qayta tashkil etilayotgan qishloq xo‘jaligi korxonalari hududida tashkil etilayotgan muqobil mashina-traktor parklari soliq solish shartlari va qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar (yer haydash, ekish, ishlov berish, hosilni yig‘ishtirish va boshqalar) uchun hisob-kitoblar bo‘yicha “O‘zagroservis” AJ hududiy tashkilotlarining mashina-traktor parklariga tenglashtiriladi.
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-iyundagi 442-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 26-son, 593-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qayta tashkil etilayotgan qishloq xo‘jaligi korxonalarining ijtimoiy infratuzilma obyektlari xatlov o‘tkazilgandan keyin qonunchilikda belgilangan tartibda baholash tashkiloti tomonidan qayta baholash paytidagi bozor narxlari hisobga olingan holda baholanadi;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qayta tashkil etilayotgan qishloq xo‘jaligi korxonasi balansidagi bolalar maktabgacha muassasalari, maktablar va qishloq vrachlik punktlari belgilangan tartibda mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari balansiga beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy infratuzilmaning boshqa obyektlari, gaz quvuri magistrallari va gaz taqsimlash punktlari, elektr quvvati uzatish liniyalari, xo‘jaliklararo irrigatsiya inshootlari qayta baholangandan keyin belgilangan tartibda tegishli ravishda “O‘zkommunxizmat” agentligi “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining mintaqalararo unitar korxonalari, “O‘zbekenergo” kompaniyasi, Suv xo‘jaligi vazirligining hududiy bo‘linmalari va boshqa tashkilotlar balansiga beriladi.
(7-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda yuridik va konsalting xizmatlarining zarur tarmog‘i, shuningdek fermer xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha nodavlat tayyorlov va savdo-vositachilik tashkilotlari hamda bozorning boshqa subyektlari barpo etilishini ta’minlasinlar.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-dekabrdagi 1021-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1021/0465-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi qishloqda iqtisodiy islohotlarning borishini, dehqon va fermer xo‘jaliklarini rivojlantirishga doir amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning natijalarini muntazam ravishda yoritib borsinlar.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.H. Jo‘rabekov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari R.S. Azimov va T.X. Xoltoyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2002-yil 5-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-yanvardagi 8-son qaroriga 4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xo‘jaligi korxonasini fermer xo‘jaliklariga aylantirish bo‘yicha komissiya to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NAMUNAVIY NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. UMUMIY QOIDALAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.1 Mazkur Nizom Qishloq xo‘jaligi korxonasini fermer xo‘jaliklariga aylantirish bo‘yicha komissiyani (keyingi o‘rinlarda “komissiya” deb ataladi) tashkil etish tartibini va uning faoliyatini tartibga soladi, uning asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlarini belgilab beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.2. Komissiya tuman hokimining qarori bilan tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiyaga lavozimiga ko‘ra tuman hokim o‘rinbosari boshchilik qiladi.
(1.2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 24-dekabrdagi 607-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 52-son, 521-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya qayta tashkil etilayotgan qishloq xo‘jaligi korxonasi rahbarlari, mutaxassislari, a’zolari (xodimlari)dan, shuningdek kasaba uyushmasi, xizmat ko‘rsatuvchi bank, tuman yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi va tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi vakillaridan iborat tarkibda tuziladi.
(1.2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-dekabrdagi 1021-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1021/0465-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.3. Komissiya ishiga tuman hokimining qarori bilan shuningdek moliya va soliq organlari, tuman (Quvasoy shahar) qishloq xo‘jaligi bo‘limi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi va boshqa manfaatdor tashkilotlar vakillari ham jalb etiladi.
(1.3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.4. Qishloq xo‘jaligi korxonalarini fermer xo‘jaliklariga aylantirish ishlarining izchilligi ilova qilinayotgan sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. KOMISSIYANING ASOSIY VAZIFALARI VA FUNKSIYALARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.1. Quyidagilar komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xo‘jaligi korxonasini fermer xo‘jaliklariga aylantirish rejasini ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer resurslari, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish fondlari, aylanma mablag‘lar, debitorlik va kreditorlik qarzlar, tugallanmagan qurilish va boshqa moddiy boyliklarni xatlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fermer xo‘jaligi tashkil etish bo‘yicha ochiq tanlovda qatnashish uchun talabgorlarni tanlash;
(2.1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ochiq tanlovni o‘tkazish hamda fermer xo‘jaligi tashkil etish huquqini berish uchun qobiliyatli, tegishli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan mehnatsevar va tadbirkor fuqarolarni aniqlash;
(2.1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aktivlar va passivlarni tashkil etilayotgan fermer xo‘jaliklari o‘rtasida taqsimlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.2. Komissiya o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi asosiy funksiyalarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qayta tashkil etilayotgan qishloq xo‘jaligi korxonasi a’zolari o‘rtasida tanishtirish-tushuntirish ishlari olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy axborot vositalari orqali yoki boshqa qulay shaklda qishloq xo‘jaligi korxonasi fermer xo‘jaliklariga aylantirilishi to‘g‘risida aholini xabardor qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xo‘jaligi korxonasining moliya-xo‘jalik faoliyatini tahlil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
debitorlik qarzlarni undirib olish ishlarini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xo‘jaligi korxonasi fermer xo‘jaliklariga aylantirilishi to‘g‘risida kreditorlarni xabardor qilish hamda qarzlarni tarkibiy qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha bundan keyingi o‘zaro munosabatlarni ular bilan kelishish va qarzlarni qaytarish muddatlarini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yerdan foydalanish, almashlab ekish va qishloq xo‘jalik ekinlarini joylashtirishning holatini o‘rganish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xo‘jalik balansida bo‘lgan sug‘orish va kollektor-drenaj tizimlarini xatlash;
(2.2-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mashina-traktor parki holatini o‘rganish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xo‘jalik a’zolari va boshqa shaxslarni fermer xo‘jaliklari tashkil etish uchun talabgorlarni tanlab olish va ochiq tanlov o‘tkazish tartibi, taklif etilayotgan yerlarni tanlash tartibi bilan va qishloq xo‘jaligi korxonasini qayta tashkil etishning boshqa shartlari bilan tanishtirish;
(2.2-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabgorlarni qishloq xo‘jaligi korxonasining moliyaviy holati to‘g‘risidagi axborot bilan tanishtirishni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fermer xo‘jaliklari tashkil etish uchun talabgorlarning arizalarini qabul qilish va o‘rganib chiqish, ochiq tanlov asosida g‘oliblarni aniqlash;
(2.2-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xo‘jaligi korxonasining aktivlari va passivlarini tashkil etilayotgan fermer xo‘jaliklari o‘rtasida taqsimlash bo‘yicha ajratuvchi balans va o‘tkazma hujjat tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy infratuzilma obyektlarini aniqlash va ularni hokimiyatning tegishli mahalliy organlariga va boshqa tashkilotlarga berishni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xo‘jaliklarning ortiqcha va foydalanilmayotgan asosiy fondlari va moddiy boyliklarini sotishni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘tkazilayotgan tadbirlarni tegishli bayonnomalar bilan rasmiylashtirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. KOMISSIYANING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.1. Komissiya quyidagi huquqlarga egadir:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xo‘jalikning rahbari va boshqa mutaxassislaridan birlamchi hujjatlar, buxgalteriya va statistika hisobi va hisoboti ma’lumotlari, boshqa zarur axborotlar belgilangan muddatlarda taqdim etilishini talab etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mavjud qonun hujjatlari va normativ hujjatlarga muvofiq talabgorlarning fermer xo‘jaliklari tashkil etish uchun berilgan arizalarini asosli rad etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.2. Komissiya quyidagilarga majburdir:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabgorlarning so‘rovlari bo‘yicha fermer xo‘jaliklari tashkil etilishi yuzasidan zarur axborotlarni taqdim etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qilingan ishlar to‘g‘risida qishloq xo‘jaligi korxonasining yakuniy umumiy yig‘ilishiga va tuman hokimiga yakuniy hisobot taqdim etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
komissiya ishining oshkoraligini va uning natijalari bilan tanishishni ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fermer xo‘jaliklari tashkil etish bo‘yicha ochiq tanlov o‘tkazishda xolislik va odillikni ta’minlash;
(3.2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fermer xo‘jaliklari tashkil etish uchun ochiq tanlovda qatnashish uchun talabgorning arizasi qabul qilinishini yozma ravishda asosli rad etish.
(3.2-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.3. Komissiya a’zolari qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
(3.3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. KOMISSIYA FAOLIYATINI TASHKIL ETISH
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.1. Komissiya majlisi zaruriyatga ko‘ra, biroq qishloq xo‘jaligi korxonasini qayta tashkil etishning butun davri mobaynida bir haftada kamida bir marta o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.2. Komissiya majlisi komissiya a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda kun tartibidagi masalalar bo‘yicha qaror qabul qilish huquqiga egadir. Komissiyaning qaroriga ko‘ra ovoz berish ochiq yoki yashirin usulda o‘tkaziladi, komissiyaning har bir a’zosi bitta ovoz berish huquqiga egadir. Qaror oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.3. Komissiya faoliyatiga uning raisi rahbarlik qiladi. Komissiya raisi komissiya a’zolari va jalb etilgan shaxslar faoliyatini muvofiqlashtiradi, qayta tashkil etilayotgan xo‘jalikning va boshqa manfaatdor tashkilotlarning mansabdor shaxslariga o‘z vakolatlari doirasida ko‘rsatmalar beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.4. Komissiya ishida komissiya a’zolari doimiy ishdan ajralmagan holda qatnashadilar va o‘z zimmalariga yuklangan majburiyatlarni bajaradilar, shu munosabat bilan ularning ishiga qo‘shimcha haq to‘lanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.5. Komissiyaning qaroriga muvofiq jalb etilgan auditorlar va tashqi ekspertlar ishiga qayta tashkil etilayotgan qishloq xo‘jaligi korxonasining mablag‘lari hisobiga haq to‘lanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. KOMISSIYANI TUGATISH
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.1. Komissiyaning vakolatlari qayta tashkil etish tugallangandan keyin to‘xtatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.2. Komissiya tugatilgandan keyin komissiyaning qishloq xo‘jaligi korxonasini qayta tashkil etish bo‘yicha hujjatlari davlat arxiviga topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xo‘jaligi korxonasini fermer xo‘jaliklariga aylantirish bo‘yicha komissiya to‘g‘risidagi namunaviy nizomga ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xo‘jaligi korxonasini fermer xo‘jaliklariga aylantirish ishlarining izchilligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
S X E M A S I

Bosqichlar
Chora-tadbirlar
Mas’ullar
I bosqich Umumiy yig‘ilish o‘tkazilgandan keyin 3 kun mobaynida
1. Qishloq xo‘jaligi korxonasini fermer xo‘jaliklariga aylantirish to‘g‘risida umumiy yig‘ilishning qarorini qabul qilish. 2. Qayta tashkil etish bo‘yicha komissiya tashkil etish va u to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash
Umumiy yig‘ilish va tuman hokimi tuman hokimi
IIbosqich (Komissiya tashkil etilgandan keyin) 3 kun mobaynida
1. Qishloq xo‘jaligi korxonasini fermer xo‘jaliklariga aylantirish to‘g‘risida xabardor qilish.
Qayta tashkil etish bo‘yicha komissiya
3 kun mobaynida
2. Qishloq xo‘jaligi korxonasini fermer xo‘jaliklariga aylantirish to‘g‘risida kreditorlarni xabardor qilish va keyingi o‘zaro munosabatlarni ular bilan kelishish.
3 hafta mobaynida
3. Mol-mulk va yer uchastkalarini kompleks xatlovdan o‘tkazish, shuningdek yerning qiymatini baholash.
3 hafta mobaynida
4. Tuzilayotgan fermer xo‘jaliklarining yer uchastkalarini belgilash uchun qayta tashkil etilayotgan qishloq xo‘jaligi korxonasining yer fondini qayta taqsimlash loyihasi (sxemasi)ni ishlab chiqish.
tanlov o‘tkazilgungacha
5. Ariza bergan xo‘jalik a’zolari hamda boshqa shaxslar o‘rtasida tanlov o‘tkazish va fermer xo‘jaligi tashkil etish uchun talabgorlarni tanlash shartlari to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borish.
4 hafta mobaynida
6. Fermer xo‘jaliklari tashkil etish bo‘yicha talabgorlardan tushgan arizalarni o‘rganib chiqish va ko‘rib chiqish.
5-hafta mobaynida
7. Yerning aniq bir uchastkasida fermer xo‘jaligi tashkil etish to‘g‘risida ariza bergan tanlov qatnashchilarining dasturlarini baholash.
5-hafta mobaynida
8. Tanlovda qatnashish huquqini olgan talabgorlar ro‘yxatini ma’lum qilish.
5-hafta mobaynida
9. Tanlovda ishtirok etishga qo‘yilmagan talabgorlarga buning sababini yozma ravishda asoslab berish.
6-haftada
10. Talabgorlar o‘rtasida tanlov o‘tkazish va tanlov g‘oliblari to‘g‘risida xabar qilish.
6-haftada
11. Tashkil etilayotgan fermer xo‘jaliklari o‘rtasida aktivlar va passivlarning ajratuvchi balansini tuzish.
7-haftada
12. Qaror chiqarish va tanlov yakunlari to‘g‘risidagi bayonnomani tasdiqlash.
III bosqich (Tanlov yakunlari to‘g‘risidagi bayonnoma tasdiqlangandan keyin) 1 hafta mobaynida 1 hafta mobaynida
1. Fermer xo‘jaliklari tashkil etish bo‘yicha tanlov g‘oliblariga doir tuman hokimining qarorini qabul qilish va tegishli organlarda ro‘yxatdan o‘tkazish. 2. Yer ajratish, yer uchastkasi ijarasi shartnomasini rasmiylashtirish.
Tuman hokimligi
IV bosqich Fermer xo‘jaliklari ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin 1 hafta mobaynida
Mol-mulkka egalik qilish huquqini beruvchi hujjatlarni va qarzlar bo‘yicha majburiyatlarni rasmiylashtirish.
Qayta tashkil etish bo‘yicha komissiya va tuman hokimligi
V bosqich Umumiy yig‘ilish o‘tkazilgandan keyin 2 oy mobaynida Fermer xo‘jaliklari ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin 2 hafta mobaynida
Bank filialini tashkil etish. Fermerlarni yonilg‘i-moylash materiallari bilan ta’minlash xizmatlarini tashkil etish. Fermerlarni mineral o‘g‘itlar bilan ta’minlash xizmatlarini tashkil etish. Muqobil mashina-traktor parki tashkil etish. Suv iste’molchilari uyushmasini tashkil etish.
Tuman hokimligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “Agrobank” ATB, tijorat banklari, “O‘zneftmahsulot”, “O‘zqishloqxo‘jalikkimyo” kompaniyalari
VI bosqich Fermer xo‘jaliklari ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin 2 hafta mobaynida
1. Yakuniy umumiy yig‘ilish o‘tkazish. 2. Qayta tashkil etish bo‘yicha komissiyaning hujjatlarini belgilangan tartibda arxivga topshirish.
Umumiy yig‘ilish va qayta tashkil etish bo‘yicha komissiya
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-yanvardagi 8-son qaroriga 5-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qayta tashkil etilayotgan qishloq xo‘jaligi korxonasi negizida fermer xo‘jaligi barpo etish uchun talabgorlarni tanlash va ularning tanlovini o‘tkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARTIBI

1.1. Mazkur Tartib qishloq xo‘jalik korxonasini fermer xo‘jaliklariga aylantirishda talabgorlarni tanlash va ularning tanlovini o‘tkazish shartlarini belgilab beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.2. Mazkur Tartibda quyidagi atamalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlash — fermer xo‘jaligi tashkil etish huquqini olish uchun tanlovda ishtirok etuvchi talabgorlarni tanlash shakli;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov — qobiliyatli, tegishli bilimlar va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan mehnatsevar va tadbirkor fuqarolarga fermer xo‘jaligi tashkil etish huquqini berish maqsadida ularni aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov obyekti — qayta tashkil etilayotgan qishloq xo‘jaligi korxonasi mulkining bir qismi berilgan holda muayyan yer uchastkasida fermer xo‘jaligi tashkil etish huquqi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov tashkilotchisi — qishloq xo‘jalik korxonasini fermer xo‘jaliklariga aylantirish bo‘yicha komissiya
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.3. O‘tkazilayotgan tanlovning asosiy maqsadi fermer xo‘jaliklari tashkil etish uchun xo‘jalikning qobiliyatli va tadbirkor a’zolarini va boshqa talabgorlarni aniqlash hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fermer xo‘jaliklari rahbarlari “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasida ko‘rsatib o‘tilgan mezonlar bo‘yicha belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. TANLOV O‘TKAZISHGA TAYYORGARLIK KO‘RISH VA UNI E’LON QILISH
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.1. Fermer xo‘jaliklari tashkil etish uchun talabgorlarni tanlashni va ularni aniqlash bo‘yicha tanlov o‘tkazishni tashkil etish qishloq xo‘jalik korxonasini qayta tashkil etish bo‘yicha komissiyaga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fermer xo‘jaliklariga yer uchastkalari ochiq tanlov asosida beriladi.
(2.1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.2. Komissiya qishloq xo‘jalik korxonasining xo‘jalik-moliya faoliyati bilan bog‘liq barcha ko‘rsatkichlarni o‘rganib chiqadi va xo‘jalikni kompleks xatlovdan o‘tkazadi (xo‘jalikka qarashli mol-mulkni, qishloq xo‘jaligida yerdan foydalanishning ahvolini, almashlab ekish va ekinlarning joylashtirilishini, davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmini, xo‘jaliklararo va xo‘jalik ichki sug‘orish tizimlari hamda kollektor-drenaj tizimlari, qishloq xo‘jalik texnikasi mavjudligini, chorva mollari bosh sonini, debitorlik va kreditorlik qarzlarni aniqlaydi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.3. Fermer xo‘jaliklari uchun yer uchastkalari xaritalarini shakllantirish uchun yer fondining mavjud holati va tasdiqlangan bosh rejalar yoki davlat dasturlarida nazarda tutilgan aholi punktlarini va dehqon xo‘jaliklarini, irrigatsiya-melioratsiya va yo‘l tarmoqlarini, boshqa muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalarini, qurilish obyektlarini rivojlantirish istiqbollarini ta’minlovchi yer maydonlariga bo‘lgan ehtiyojni, amaldagi cheklashlar va servitutlarni, loyihaga ko‘ra tashkil etilayotgan fermer xo‘jaliklariga bevosita ijaraga berish nazarda tutilmagan yerdan foydalanish va biriktirishning boshqa shartlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan qayta tashkil etilayotgan qishloq xo‘jalik korxonasiga qarashli yer fondini qayta taqsimlash loyihasi (sxemasi) asos qilib olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyiha (sxema) tumanlar yer resurslari va davlat kadastri bo‘limlari tomonidan belgilangan tartibda ishlab chiqiladi.
(2.3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 24-dekabrdagi 607-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 52-son, 521-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.4. Yer uchastkalari tanlovga ularning maydoni, mazkur yer uchastkalariga to‘g‘ri keluvchi mulk ulushi va kreditorlik qarzlari aniqlanganidan keyin qo‘yiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.5. Komissiya tanlovda ishtirok etish xohishini bildirgan fuqarolarning arizalarini qabul qilish muddatlarini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tanlov o‘tkazilishidan bir oy oldin mahalliy ommaviy axborot vositalarida yoki boshqa qulay shaklda qishloq xo‘jalik korxonasining qayta tashkil etilishi va tanlov o‘tkazilishi to‘g‘risida e’lon beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.6. Tanlov o‘tkazilishi haqidagi xabarda quyidagilar ko‘rsatilishi shart:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlovga taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati va ularga qo‘yiladigan talablar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlovga qo‘yilgan yer uchastkalari maydonlari va chorvachilik fermalari ko‘rsatkichlari hamda boshqa tegishli tavsiflar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir yer uchastkasiga tegishli mol-mulk ulushi va kreditorlik qarzi miqdori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlovni o‘tkazish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlovda ishtirok etish uchun arizalar va boshqa hujjatlarni qabul qilishning uzil-kesil muddatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlovning o‘tkazilish sanasi, vaqti va joyi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlovni o‘tkazish komissiyasining manzili va telefon raqami.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.7. Tanlovni o‘tkazish to‘g‘risidagi axborot lo‘nda va aholi uchun tushunarli bo‘lishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. TANLOVDA ISHTIROK ETISH SHARTLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.1. Tanlovda ishtirok etish huquqiga qayta tashkil etilayotgan qishloq xo‘jaligi korxonasining a’zolari va O‘zbekiston Respublikasining boshqa fuqarolari egadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
logistika markazlari (meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash, birlamchi yoki chuqur qayta ishlash bo‘yicha quvvatlar, qishloq xo‘jaligi texnikasi), shuningdek, ichki va tashki bozorda meva-sabzavot mahsulotlarini sotish tajribasiga ega;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zamonaviy issiqxona xo‘jaliklari va intensiv bog‘lar yaratish va ulardan foydalanish tajribasiga ega;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qo‘shimcha qiymatlar zanjiri bo‘yicha klaster usulida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish uchun shaxsiy va jalb qilingan moliyaviy mablag‘lariga ega;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va sotish, jumladan eksport qilishni tashkil qilish, zamonaviy resurs va suvni tejovchi texnologiyalarni joriy etish, yangi ish o‘rinlari yaratish vazifalarini o‘z zimmasiga oladigan xo‘jalik yurituvchi subyektlari (o‘zaro bog‘lik korxonalar guruhi) chigitdan bo‘shagan yerlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekishda birinchi navbatda yerdan uzoq muddatli ijara shartlarida foydalanish huquqiga ega.
(3.1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-maydagi 403-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/403/1286-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.2. Fermer xo‘jaliklarini tashkil etayotgan talabgorlar tanlash va tanlovda ishtirok etish uchun komissiyaga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari zarur:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlovda ishtirok etishga talabgorning mazkur Tartibga 1-ilovaga muvofiq namuna bo‘yicha arizasi, unda muayyan yer uchastkasining tartib raqami, biriktirilgan yer maydonidan ko‘p yillik o‘rtacha ko‘rsatkichdan kam bo‘lmagan hosildorlikni ta’minlash, tuman (Quvasoy shahar) qishloq xo‘jaligi bo‘limi tomonidan tasdiqlangan qishloq xo‘jalik ekinlarini joylashtirish sxemasiga rioya etgan holda 10 yil muddat mobaynida ishlab chiqarish ixtisoslashuvini o‘zgartirmaslik, almashlab ekishga rioya etgan holda davlat ehtiyojlari uchun mahsulot sotish kafolati, tuproq unumdorligini oshirish, kreditorlik qarzlarni belgilangan muddatlarda to‘lash, shuningdek komissiya tomonidan qo‘yilgan boshqa shartlarni o‘z vaqtida bajarish to‘g‘risidagi majburiyatlar ko‘rsatiladi;
(3.2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mutaxassislikni, ish tajribasi va stajni tasdiqlovchi hujjatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
biznes-reja asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlarining hisob-kitobi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tavsiyanoma xatlar (zarur hollarda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.3. Tanlovda ishtirok etish uchun arizalarni qabul qilish tanlov o‘tkazilishidan o‘n kun oldin to‘xtatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.4. Tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchilarni tanlash ikki bosqichdan iborat bo‘ladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi bosqichda — hujjatlarning to‘liqligi va mazmuni tekshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi bosqichda — talabgorlarning arizalarida bayon qilingan takliflarning iqtisodiy asoslanganligi o‘rganib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tanlov o‘tkazilgunga qadar komissiya muayyan yer uchastkasida fermer xo‘jaligi tashkil etish to‘g‘risida ariza taqdim etgan talabgorlarning takliflarini puxta o‘rganib chiqadi, har bir ishtirokchining loyihasi alohida baholanadi. Bunda ariza beruvchi o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarning to‘liqligi va haqiqatga yaqinligi hamda ularni bajarish imkoniyatlari hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.5. Komissiya qaroriga ko‘ra tanlab olingan talabgorlar tanlovda ishtirok etish uchun tavsiya qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.6. Tanlovda ishtirok etishga qo‘yilgan shaxslarga tanlovni o‘tkazish shartlari e’lon qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.7. Komissiya tanlovda ishtirok etishga qo‘yilgan shaxslar to‘g‘risidagi to‘liq axborotni yozma shaklda e’lon qilishi, shuningdek tanlovda ishtirok etishga qo‘yilmagan shaxslarga yozma shaklda asosli rad javoblarini yo‘llashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.8. Tanlovni o‘tkazish qoidalari va talablariga rioya etmagan, qonunchilikka asosan talabgorlar deb e’tirof etilmagan, tanlovda ishtirok etish uchun arizalarni o‘z vaqtida taqdim etmagan shaxslar tanlovda ishtirok etishga qo‘yilmaydi.
(3.8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. TANLOVNI O‘TKAZISH TARTIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.1. Tanlov o‘tkaziladigan kuni komissiya barcha talabgorlar ishtirokida fermer xo‘jaligini tashkil etish bo‘yicha majburiyatlar ko‘rsatilgan arizalarni o‘qib eshittiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya a’zolari tanlab olingan talabgorlar ishtirokida ular tomonidan taqdim etilgan takliflarni muhokama etadi va 10 balli shkala (tizim) bo‘yicha baholaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.2. Tanlovga qo‘yilgan har bir yer uchastkasi bo‘yicha eng ko‘p ball to‘plagan shaxs tanlov g‘olibi deb hisoblanadi. Boshqa barcha shartlar bo‘yicha teng ball to‘plangan hollarda qayta tashkil etilayotgan xo‘jalik a’zosiga imtiyoz beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.3. Tanlov g‘oliblari to‘g‘risidagi tanlov yig‘ilishi tugaganidan keyingi yakuniy bayonnoma komissiya tomonidan ikki nusxada tuziladi va xo‘jalikning yuqori boshqaruv organi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.4. Tanlov yakunlari to‘g‘risidagi materiallar komissiya tomonidan ommaviy axborot vositalarida yoki boshqa qulay shaklda e’lon qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. YER UCHASTKASINI IJARAGA OLISH SHARTNOMASINI VA TANLOV G‘OLIBINING MULKKA BO‘LGAN HUQUQINI RASMIYLASHTIRISH
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.1. Tanlovda g‘olib chiqqan shaxs fermer xo‘jaligining boshlig‘i deb e’tirof etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.2. Tuman hokimining qaroridan keyin amaldagi qonunchilikka muvofiq qayta tashkil etilayotgan qishloq xo‘jalik korxonasining yer fondini qayta taqsimlash loyiha (sxema)si amalda ro‘yobga chiqariladi (fermer va dehqon xo‘jaliklariga yerni ijaraga ajratish, foydalanilmayotgan yerlarni zaxira yerlar toifasiga o‘tkazish va hokazo).
(5.2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.3. Fermer xo‘jaligi tomonidan yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olishning Namunaviy shartnomasiga muvofiq rasmiylashtiriladi.
(5.3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 24-dekabrdagi 607-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 52-son, 521-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qayta tashkil etilayotgan qishloq xo‘jaligi korxonasi negizida fermer xo‘jaligi barpo etish uchun talabgorlarni tanlash va ularning tanlovini o‘tkazish tartibiga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
___________________________________________
(xo‘jalik nomi)
xo‘jaligini qayta tashkil etish bo‘yicha komissiya raisi
__________________________________________ ga
(f.i.o.) __________________________________ da yashovchi
__________________________________ tomonidan
(f.i.o.)
A R I Z A
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Menga_________________________________________________________________________________________________________ dagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(yer uchastkasining chegaralari va joy tavsifi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
________ konturda joylashgan _____ gektar yer uchastkasida fermer xo‘jaligi tashkil etish uchun tanlovda qatnashishga ruxsat berishingizni so‘rayman.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zim haqimda quyidagilarni bildiraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ma’lumoti, mutaxassisligi, ish tajribasi va staji, shu jumladan qishloq xo‘jaligida) ________________________________________________________________________________________________________________________
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashkil etiladigan fermer xo‘jaligi xodimlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(xodimlar soni, ularning bilimi, tajribasi va ish staji, shu jumladan qishloq xo‘jaligida) ________________________________________________________________________________________________________________________
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘z navbatida biriktiriladigan yer uchastkasidan yuqori hosil olish, qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini (uch yilda o‘rtacha hisoblaganda) yerning kadastr bahosidan kam bo‘lmagan miqdorda ta’minlash, “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 35-1 va 50-1-moddalariga muvofiq suv obyektlaridan foydalanish majburiyatlarini bajarish, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan Yer kodeksining 48-moddasiga muvofiq foydalanish majburiyatlarini bajarish, qishloq xo‘jaligi tuman bo‘limi tomonidan tasdiqlangan qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish sxemasiga rioya qilga holda 10 yil mobaynida ishlab chiqarish ixtisoslashuvini o‘zgartirmaslik, almashlab ekishga rioya qilgan holda davlat ehtiyojlari uchun mahsulotlar sotish, kreditorlik qarzlarni muddatlarida to‘lash, shuningdek komissiya tomonidan qo‘yilgan boshqa shartlarni bajarish majburiyatini o‘z zimmamga olaman.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arizaga mutaxassislikni, ish tajribasi va stajini tasdiqlovchi hujjatlar, biznes-reja asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlarining hisob-kitobi ilova qilinadi.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 24-dekabrdagi 607-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 52-son, 521-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-yanvardagi 8-son qaroriga 6-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xo‘jaligi korxonalarini fermer xo‘jaliklariga aylantirishda aktivlar va passivlarni taqsimlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARTIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Tartib qishloq xo‘jaligi korxonalarini fermer xo‘jaliklariga aylantirishda aktivlar va passivlarni taqsimlash, shuningdek mulkiy (pay) munosabatlarini tartibga solish shartlarini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Qishloq xo‘jaligi korxonasini fermer xo‘jaliklariga aylantirish bo‘yicha komissiyaga qishloq xo‘jaligi korxonasini (kooperativ, shirkat, yordamchi xo‘jalik va shu kabilarni) fermer xo‘jaliklariga aylantirishda aktivlar va passivlarni taqsimlash, shuningdek mulkiy (pay) munosabatlarini tartibga solish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Komissiya tomonidan qayta tashkil etilayotgan qishloq xo‘jaligi korxonasi balansi bo‘yicha aktivlar va passivlar, shuningdek qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) a’zolari mulkiy paylari to‘liq xatlovdan o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Komissiya ortiqcha asosiy va aylanma mablag‘larni, shuningdek foydalanish muddati tugagan vositalarni aniqlaydi va ularni kim oshdi savdosida yoki ochiq savdoda bozor narxlari bo‘yicha sotishni tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijtimoiy infratuzilma obyektlari belgilangan tartibda mahalliy hokimliklar balansiga beriladi yoki bozor narxlari bo‘yicha sotiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yaroqsiz mulklar belgilangan tartibda hisobdan chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xo‘jalikning chorvachilik fermalari (chorva mollari, chorvachilik obyektlari va boshqalar) bozor narxi bo‘yicha qayta baholab chiqiladi va kim oshdi savdosida yoki ochiq savdoda yangi mulkdorga (mulkdorlarga) sotiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar xo‘jalikda bir nechta chorvachilik fermalari mavjud bo‘lsa, u holda ular alohida-alohida sotiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chorvachilik fermasi uchun qishloq xo‘jaligi texnikasi va boshqa zarur vositalar ham, ularning texnik holati hisobga olingan holda, ferma bilan birga bozor qiymati bo‘yicha sotiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mol-mulkni sotishdan tushgan mablag‘lar belgilangan tartibda va izchil ravishda xo‘jalikning kreditorlik qarzini qoplashga yo‘naltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Shirkat xo‘jaliklarida mulkiy paylar qiymatini to‘lash birinchi navbatdagi to‘lovlarga tenglashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Qayta tashkil etish bo‘yicha komissiya qarzlar tarkibini o‘zgartirish va ularni to‘lash muddatlarini belgilash ishlarini har bir kreditor bilan alohida amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Ajratuvchi balans tuziladi va tasdiqlanadi hamda qishloq xo‘jaligi tuman bo‘limiga beriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Qayta tashkil etilayotgan xo‘jalikning ajratuvchi balansidagi aktivlar va passivlar yangi tashkil qilinayotgan fermer xo‘jaliklari o‘rtasida 1 ball–gektar hisobidan, ularga ajratilgan yer maydoniga va ularning ball–bonitetiga qarab taqsimlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chorvachilik fermalarining yangi egasi (egalari)ga normativlarga muvofiq, belgilangan tartibda yer maydoni ajratiladi, bunda komissiya mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda tuzatishlar kiritishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chorvachilik fermer xo‘jaligiga ajratilgan yer maydoni hisobiga to‘g‘ri keladigan qoplanmagan kreditorlik qarz ushbu Tartibda nazarda tutilgan shartlar bo‘yicha aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Agar xo‘jalikda qoplanmagan zarar mavjud bo‘lsa, u holda zarar xo‘jalikning zaxira yoki boshqa fondlari hisobidan qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar zarar ushbu mablag‘lar hisobidan qoplanmasa, u holda ustav kapitali hisobiga qoplanadi va shirkat xo‘jaligining ustav kapitali ushbu summaga kamayadi. Ustav kapitalining qolgan qismi shirkat xo‘jaligi a’zolari o‘rtasida ularning mulkiy paylariga muvofiq taqsimlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Shirkat xo‘jaligini qayta tashkil etishda ajratuvchi balansda butun ustav jamg‘armasi uning a’zolari o‘rtasida ularning mulkiy paylariga muvofiq, jamoa xo‘jaligida esa — shirkatlardagi mulkiy pay miqdorini hisoblash metodikasi bo‘yicha aniqlanadigan jamoa xo‘jaligi a’zolarining ulushlariga muvofiq taqsimlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shirkat xo‘jaligi paylarining yoki jamoa xo‘jaligi ulushlari egalari o‘zlarining mulkiy paylari va ulushlari bilan tashkil etilayotgan fermer xo‘jaliklarining a’zolari yoki xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar muassislari bo‘lishi mumkin, bu mulkiy paylar yoki ulushlar ta’sis hujjatlarida aks ettiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Agar qayta tashkil etilayotgan shirkat xo‘jaligining ustav kapitali ajratuvchi balansda dastlabki ustav kapitalidagi pay jamg‘armasidan kam bo‘lsa, u holda paychilarning mulkiy paylari ularning ulushiga muvofiq ravishda kamayadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoa xo‘jaligini qayta tashkil etishda, agar xo‘jalik mulki kreditorlik qarzni qoplamasa, u holda mulk qiymati xo‘jalik a’zolariga taqsimlanmaydi, qoplanmagan kreditorlik qarz fermerlar o‘rtasida ball-gektar bo‘yicha taqsimlanadi, bu ajratuvchi balansda aks ettiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoplanmagan kreditorlik qarzni taqsimlash uchun dastlab mulkning fermerlar o‘rtasida taqsimlanadigan qoldiq qiymati (mulkning umumiy qiymati va sotilgan mulk qiymati o‘rtasidagi farq) aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mulk qiymati va qoplanmagan kreditorlik qarz quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) xo‘jalikning umumiy ball-gektari — yer uchastkalari va ularning ball–bonitetlari hosilasi miqdori aniqlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) bir ball–gektar hisobiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha mulk ulushi – taqsimlanadigan mulk qiymatining xo‘jalikning umumiy ball–gektariga nisbati aniqlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) mulk qiymati — fermer xo‘jaligiga ajratiladigan yer uchastkasi ball–gektari hosilasi va 1 ball-gektar hisobiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha mulk ulushi fermerlar o‘rtasida taqsimlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) 1 ball-gektar hisobiga to‘g‘ri keladigan qoplanmagan kreditorlik qarz qiymati — qoplanmagan kreditorlik qarz umumiy summasining xo‘jalikning umumiy ball-gektariga nisbati aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) qoplanmagan kreditorlik qarzning har bir fermer xo‘jaligi hisobiga to‘g‘ri keladigan miqdori — 1 ball-gektar hisobiga to‘g‘ri keladigan qoplanmagan kreditorlik qarz qiymati va fermer xo‘jaligiga ajratiladigan yer uchastkasi ball-gektari hosilasi aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Ajratuvchi balansga muvofiq har bir fermer xo‘jaligi qayta tashkil etilayotgan xo‘jalikning tegishli kreditorlari bilan ularni to‘lash miqdorlari va muddatlari ko‘rsatilgan shartnoma tuzadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Qayta tashkil etilayotgan shirkat xo‘jaligining fermer xo‘jaliklari yoki xizmat ko‘rsatuvchi kooperativlar tarkibiga kirmagan a’zolari qayta tashkil etish komissiyasi qaroriga muvofiq o‘zlarining mulkiy paylari qiymatini belgilangan tartibda olishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar to‘lov uchun mablag‘ mavjud bo‘lmasa, u holda 1 ball-gektar hisobiga to‘g‘ri keladigan mulkiy pay qiymati fermer xo‘jaliklari balansiga beriladi. Bunda fermer va sobiq shirkat a’zosi o‘rtasida keyinchalik to‘lanishi kerak bo‘lgan mulkiy pay yuzasidan tegishli shartnoma tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoa xo‘jaligini qayta tashkil etishda jamoa xo‘jaligi a’zolariga ulushlarni to‘lash tartibi xuddi shirkat xo‘jaligidagi kabi amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Agar qayta tashkil etilayotgan xo‘jalikda foyda mavjud bo‘lsa, u holda foyda summasi jamoa xo‘jaligi a’zolari o‘rtasida ularning ishlab chiqarish jarayonidagi ishtirokiga muvofiq, shirkat xo‘jaliklarida esa — uning a’zolari mulkiy paylariga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Komissiya qayta tashkil etilayotgan xo‘jalik jamoasi (paychilari)ning yakuniy umumiy majlisini o‘tkazadi. Majlisda ajratuvchi balans tasdiqlanadi va tegishli qaror qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-yanvardagi 8-son qaroriga 7-ILOVA
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.21.00.00 Suv xo‘jaligi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qayta tashkil etilayotgan qishloq xo‘jaligi korxonalari hududida o‘zaro suv xo‘jaligi munosabatlarini tartibga solish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARTIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. UMUMIY QOIDALAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.1. Ushbu tartib qayta tashkil etilgan qishloq xo‘jaligi korxonalari hududida o‘zaro suv xo‘jaligi munosabatlarini tartibga solish shartlarini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.2. Ushbu tartibda quyidagi atamalar qo‘llanilgan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘zaro suv xo‘jaligi munosabatlarini tartibga solish suvdan belgilangan limit bo‘yicha foydalanish rejasini tuzish, suvdan foydalanuvchilarni va suv iste’molchilarini suv bilan ta’minlash, suvni taqsimlash, suv aylanishini belgilash, suvdan foydalanish va suv iste’moli ustuvorligiga rioya qilish, suv resurslaridan oqilona foydalanilishini va suv iste’molini nazorat qilish, suv xo‘jaligi obyektlaridan foydalanish ishlarini tashkil etish kabilarni o‘z ichiga oluvchi ishlar majmui;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suvdan foydalanuvchi — suv resurslarini suv obyektidan olmagan holda ulardan o‘z ehtiyojlari uchun foydalanuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv iste’molchisi — o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun suv obyektidan suv resurslarini belgilangan tartibda oluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv iste’molchilari uyushmasi — yuridik shaxslar bo‘lgan suv iste’molchilari tomonidan suvga doir munosabatlar sohasidagi o‘z faoliyatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek umumiy manfaatlarini ifodalash va himoya qilish uchun ixtiyoriy asosda tashkil etiladigan nodavlat notijorat tashkiloti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv xo‘jaligi obyekti — suv resurslarini to‘plash, boshqarish, yetkazib berish, ulardan foydalanish, ularni iste’mol qilish, ajratib berish va muhofaza qilish maqsadida xo‘jalik faoliyati amalga oshiriladigan suv obyekti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
meliorativ texnika va mol-mulk — ekskavatorlar, buldozerlar, skreperlar, drenaj yuvish agregatlari, yuk ko‘tarish kranlari va qayta tashkil etilayotgan qishloq xo‘jaligi korxonalari hududidagi suv xo‘jaligi obyektlariga xizmat ko‘rsatuvchi boshqa mol-mulk;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydalanish — suv xo‘jaligi obyektlarining bir maromda ishlashini ta’minlovchi, obyektlarning texnik holatini kuzatish, tekshirish, ta’mirlash-tiklash ishlarini bajarish va ularni rekonstruksiya qilish ishlarini tashkil etishni o‘z ichiga oluvchi ishlar majmui;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv olish limiti — amaldagi qoidalarga muvofiq maqsadli suvdan foydalanish va suv iste’moli uchun vakolatli organlar tomonidan belgilanadigan suv resurslarining cheklangan hajmi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suvdan belgilangan limit bo‘yicha foydalanish va suv iste’moli rejasi — suv olishning belgilangan limiti doirasida qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish rejimi, hududning irrigatsiya-meliorativ va tuproq sharoitlarini hamda boshqa shartlarni hisobga olgan holda suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilarining xo‘jalik faoliyati ko‘rsatkichlari asosida tuziladigan suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilarining suv obyektlaridan suv olishi jadvali.
(1.2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. SUV ISTE’MOLCHILARI UYUSHMASINI TASHKIL ETISH
(bo‘lim nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.1. Suv iste’molchilari uyushmasi” (keyingi o‘rinlarda Uyushma deb ataladi) ustun darajada gidrografik prinsip yoki suv resurslarini oqilona boshqarish va ulardan foydalanishni ta’minlaydigan boshqa shartlar bo‘yicha tashkil etiladi.
(2.1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.2. Yuridik shaxs tashkil etgan holda fermer xo‘jaliklari, dehqon xo‘jaliklari, shuningdek boshqa suv iste’molchilari — yuridik shaxslar suv iste’molchilari uyushmalarining muassislari bo‘lishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fermer va dehqon xo‘jaliklari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek boshqa suv iste’molchilari suv iste’molchilari uyushmalari a’zolari bo‘lishi mumkin.
(2.2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
(2.3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.4. Uyushma o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga, ta’sis shartnomasi va ustavga muvofiq, o‘z a’zolarining pul va moddiy badallari hisobiga amalga oshiradi.
(2.4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘z faoliyatini amalga oshirish uchun Uyushma qonunda belgilangan tartibda pul va moddiy mablag‘larni hamda boshqa manbalarni jalb etishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.5. Uyushma yuridik shaxs hisoblanadi va o‘z nomi yozilgan dumaloq muhrga, shtamp va blanklarga, banklarda hisob-kitob va boshqa hisob raqamlariga hamda alohida mol-mulkka ega bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.6. Uyushma rahbarlari, muhandis-texnik xodimlar, tarmoqlarning va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning shtatdagi soni har yili Uyushma a’zolari umumiy yig‘ilishining qarori asosida amaldagi normativlarga muvofiq, bajariladigan ishlar turi va hajmlari hisobga olingan holda tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.7. Qayta tashkil etilayotgan xo‘jalikning barcha suv xo‘jaligi obyektlari, shuningdek qayta tashkil etilayotgan xo‘jalikning normal faoliyat ko‘rsatish uchun zarur meliorativ texnika, binolar va boshqa mol-mulki.
(2.7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.8. Uyushma o‘ziga berilgan mol-mulkni boshqaga berish, sotish, ijaraga topshirish, almashtirish, garovga berish va vaqtinchalik foydalanish uchun taqdim etish huquqiga ega emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.9. Uyushmaning o‘z a’zolari, boshqa tashkilotlar va jismoniy shaxslar bilan barcha o‘zaro munosabatlari ta’sis shartnomasi va ustavga muvofiq tuziladigan shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. SUV BILAN TA’MINLASH
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.1. Suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilarini suv bilan ta’minlash ustuvorlik bo‘yicha, “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq va suvdan belgilangan limit bo‘yicha foydalanish va suv iste’moli rejalari asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suv olishga faqat shartnoma asosida suvni tartibga solish va hisobga olish vositalari bilan jihozlangan ro‘yxatdan o‘tkazilgan suv ajratish tarmoqlarida (kanallarning suv olish inshootlari, quduq, nasos stansiyasi (agregat) va boshqa suv olish inshootlari)da ruxsat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uyushmaning suv xo‘jaligi obyektlaridan fermer va dehqon xo‘jaliklari hamda boshqa suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilariga suv ajratishning qo‘shimcha tarmoqlarini o‘rnatish masalasi Uyushma a’zolarining umumiy majlisida hal etiladi va protokol bilan tasdiqlanadi.
(3.1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-oktabrdagi 813-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2018-y., 09/18/813/2027-son — 2019-yil 11-yanvardan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqa suv xo‘jaligi obyektlaridan suv ajratishning qo‘shimcha tarmoqlarini o‘rnatish masalasi xizmat ko‘rsatuvchi foydalanish tashkiloti tomonidan belgilangan tartibda hal etiladi.
(3.1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.2. Uyushma suvdan limit bo‘yicha foydalanish va suv iste’moli rejalari asosida o‘z faoliyati hududidagi barcha suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilarini suv bilan ta’minlash uchun suv olishga unga xizmat ko‘rsatuvchi irrigatsiya tizimi boshqarmasi bilan shartnoma tuzadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Unga xizmat ko‘rsatuvchi irrigatsiya tizimi boshqarmasi bilan tuzilgan shartnomada suv olish manbai ko‘rsatilgan holda har 10 kunda suv olish hajmi ko‘rsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartnomaning namunaviy shakli suv xo‘jaligi organlari tomonidan belgilangan tartibda belgilanadi.
(3.2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.3. Suvdan belgilangan limit bo‘yicha foydalanish rejasi Uyushma tomonidan bir yilda ikki marta tuziladi hamda irrigatsiya tuman bo‘limi bilan kelishgan holda unga xizmat ko‘rsatuvchi irrigatsiya tizimi boshqarmasi tomonidan tasdiqlanadi.
(3.3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suvdan foydalanishning limitlangan rejasi tarkibida suvdan foydalanishning maqsadli vazifasi, suv ayirgichlar va sug‘orish kanallari ko‘rsatilgan holda istisnosiz barcha suv iste’molchilari uchun har 10 kunda suv olish hajmi ko‘rsatiladi.
(3.3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.4. Suv berilishini ta’minlash uchun Uyushma o‘zi xizmat ko‘rsatadigan zonadagi barcha suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilari bilan har 10 kunda beriladigan suv miqdorini, suv ayirgichlar va manbalarini ko‘rsatgan holda shartnomalar tuzadi.
(3.4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Suv ayirgichlarning ro‘yxatdan o‘tkazilmagan joylaridan suv olish noqonuniy hisoblanadi va aybdorlar qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
(3.5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.6. Suv yetkazib berish bo‘yicha Suv iste’molchilari uyushmasi xizmatlariga, shuningdek ko‘rsatilgan boshqa suv xo‘jaligi xizmatlariga shartnoma asosida haq to‘lanadi.
(3.6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
(3.7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. SUV XO‘JALIGI OBYEKTLARIDAN FOYDALANISH
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.1. Suv xo‘jaligi obyektlaridan va Uyushmaning boshqa mol-mulkidan foydalanish hamda Uyushmaning o‘zining ta’minoti suv yetkazib berish bo‘yicha xizmatlar uchun haq to‘lashdan fermer va dehqon xo‘jaliklaridan, fuqarolardan va Uyushmaning boshqa a’zolaridan haq sifatida tushadigan mablag‘lar, shuningdek u tomonidan ko‘rsatilgan boshqa suv xo‘jaligi xizmatlari hisobiga uyushmaning sug‘oriladigan yerlari maydoni, qishloq xo‘jalik ekinlari turlari, suv berish hajmi, tuproq-iqlim xususiyatlari va boshqa xususiyatlar hisobga olingan holda Uyushma a’zolarining umumiy yig‘ilishida belgilanadigan miqdorlarda amalga oshiriladi.
(4.1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.2. Uyushmaning suv xo‘jaligi obyektlaridan foydalanishda va Uyushmaning o‘zining ta’minotida har bir suvdan foydalanuvchi va suv iste’molchisining ulushli qatnashishini aniqlash uchun har yili amaldagi normativlar asosida, qimmatlashish indeksi hisobga olingan holda xarajatlar smetasi tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suv xo‘jaligi organlari bilan kelishilgan xarajatlar smetasi Uyushma a’zolarining umumiy yig‘ilishida tasdiqlanadi.
(4.2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.3. Fermer va dehqon xo‘jaliklari, fuqarolar va Uyushmaning boshqa a’zolarining nasos agregatlari, meliorativ texnikasi va boshqa mol-mulkidan foydalanish ularning o‘z mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
(4.3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.4. Fermer va dehqon xo‘jaliklari, fuqarolar va Uyushmaning boshqa a’zolarining nasos agregatlari, meliorativ texnikasi va boshqa mol-mulki alohida shartnomalar bo‘yicha ulardan foydalanish uchun Uyushmaga berilishi mumkin.
(4.4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 7-8-son, 62-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-yanvardagi 8-son qaroriga 8-ILOVA
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.01 Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini kreditlash (shuningdek, 09.14.17.05 ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.17.00 Qishloq xo‘jaligidagi shartnomalar / 09.14.17.05 Agrosanoat ishlab chiqarish sohasidagi kreditlash, hisob-kitob, sug‘urta (shuningdek, 07.22.06.01 ga qarang)]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yangidan tashkil etilgan fermer xo‘jaliklariga tijorat banklari tomonidan kredit berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QOIDALARI

1. Ushbu Qoidalar Fuqarolik kodeksiga, “Bank va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, shuningdek boshqa qonunchilikka muvofiq ishlab chiqilgan hamda tugatilgan shirkat va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari negizida yangi tashkil etilgan fermer xo‘jaliklarini (keyingi o‘rinlarda matnda fermer xo‘jaliklari deb ataladi) rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Qoidalar yangi tashkil etilgan fermer xo‘jaliklariga qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini yoki boshqa ishlab chiqarishni tashkil etish uchun tijorat banklari tomonidan kreditlar berishni tartibga soladi, davlat buyurtmasi doirasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat banklari tomonidan kreditlar berish qaytarish, haq to‘lash, ta’minlanganlik, muddatlilik va maqsadli foydalanish shartlarida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Yangi tashkil etilgan fermer xo‘jaliklariga boshlang‘ich (dastlabki) kapitalni shakllantirish uchun kreditlar Yakka tartibdagi tadbirkorlarga, kichik va o‘rta biznes subyektlariga tijorat banklari tomonidan budjetdan tashqari fondlarning kredit liniyalari hisobidan kreditlar berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomda (Adliya vazirligi tomonidan 2001-yil 3-oktabrda 1074-raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan) belgilangan tartibda beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Fermer xo‘jaliklari boshlang‘ich kapitalni shakllantirish uchun kreditlar olgandan keyin o‘zining biznes-rejasini mablag‘ bilan ta’minlashga kredit olish yuzasidan o‘zlariga xizmat ko‘rsatuvchi bankka murojaat qilishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Tijorat banklari kreditlarni fermerlarga shartnoma asosida 3 yilgacha muddatga beradi. Kreditlar mijozning talab qilib olinadigan depozit hisob raqami joylashgan joyda beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Kreditlar fermerlarga quyidagi maqsadlar uchun beriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish va kengaytirish, shu jumladan urug‘lik, mol, yosh chorva mollari, parranda, yem-xashak, omixta yem, ko‘chatlar, veterinariya preparatlari, o‘simliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari, mineral o‘g‘itlar, yonilg‘i-moylash materiallari sotib olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xom ashyo va materiallarga dastlabki ishlov berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat qurollari, xom ashyo sotib olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kichik asbob-anjomlar sotib olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kichik hajmli ishlab chiqarishlarni tashkil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi bilan taqiqlanmagan xalq iste’mol tovarlari ishlab chiqarish bilan bog‘liq tadbirkorlik faoliyatining boshqa turlarini amalga oshirish.
(6-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Kreditlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilgari olingan kreditlarni yoki boshqa har qanday qarzlarni uzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tamakichilik va alkogolli ichimliklar ishlab chiqarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
savdo-vositachilik faoliyatini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish maqsadlarida foydalanilmaydigan shaxsiy mol-mulk sotib olish maqsadlari uchun berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Kreditlardan foydalanganlik uchun foiz stavkasi miqdori qarz oluvchi va bank o‘rtasidagi o‘zaro kelishuv bo‘yicha kredit shartnomasi asosida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. KREDITLARNI RASMIYLASHTIRISH TARTIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Qarz oluvchilar kredit olish uchun bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kredit olish uchun kredit buyurtmanomasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pul oqimi tahlili albatta ko‘rsatilgan holdagi biznes-reja;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘z faoliyatini uch oydan ortiq amalga oshirayotgan fermer xo‘jaliklari, shuningdek oxirgi hisobot davri uchun davlat soliq xizmati mahalliy (tuman) organi tasdiqlagan buxgalteriya balansi (1-shakl)ni hamda debitorlik va kreditorlik qarzlar to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (2a-shakl)ni ham taqdim etadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Qarz oluvchi to‘lamaslik xavfini bartaraf etish maqsadida kreditni qaytarishni ta’minlashga ega bo‘lishi kerak, ta’minlay olish unga qo‘yiladigan asosiy talab hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar kreditning qaytarilishini ta’minlovchi bo‘lib xizmat qilishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sug‘urta tashkilotining kafolatnomasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bank kreditlari fermer xo‘jaliklari tomonidan qaytarilmasligi xavfini olinadigan kredit summasining 50 foizi miqdorida majburiy sug‘urta qilish hamda hosil va mol-mulkning 50 foizi ixtiyoriy sug‘urta qilinganligi to‘g‘risida sug‘urta kompaniyasining sug‘urta polisi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. “O‘zagrosug‘urta” kompaniyasiga va boshqa sug‘urta tashkilotlariga qishloq xo‘jaligi ekinlari hosilining nobud bo‘lishi xavfini yoki fermer xo‘jaliklarining boshqa faoliyatini sug‘urta qilish asosida kredit qaytarilishi haqida kafolatnomani tijorat banklariga taqdim etish tavsiya qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Ushbu kredit buyurtmanomasi (arizasi) bo‘yicha bank xulosasini berish muddati kredit olish uchun buyurtmanoma ushbu Qoidalarning 9-bandida ko‘rsatilgan zarur hujjatlar ilova qilingan holda bankka tushgan kundan boshlab 10 ish kunidan oshmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. KREDIT BERISH VA SSUDANI QAYTARISH TARTIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Kreditlar mijozning talab qilib olinadigan depozit hisob raqami joylashgan joyda beriladi. Kreditlar alohida ssuda hisob raqami ochish va fermer xo‘jaligining asosiy faoliyati bilan bog‘liq tovar-moddiy boyliklar, asbob-uskunalar va boshqa xizmatlar uchun qarz oluvchining to‘lov topshiriqnomalarini to‘lash yo‘li bilan naqd pulsiz beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Kreditni qaytarish muddatlari jadval tarzida taqdim etilishi mumkin, jadvalda kreditni pul oqimlari tushishi istiqboliga ko‘ra bir nechta bosqichda qaytarish nazarda tutiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kredit uchun foizlarni to‘lash yetishtirilgan hosilni sotishdan pul mablag‘lari tushishiga qarab, biroq kredit berilgan kundan boshlab kamida 6 oydan keyin amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Kreditni qaytarish muddati boshlanganda va qarz oluvchida pul mablag‘lari mavjud bo‘lmaganda kredit kafolat beruvchi (sug‘urtalovchi)ning talab qilib olinadigan depozit hisob raqamidan undirib olishga taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sug‘urta holati boshlanganda “O‘zagrosug‘urta” kompaniyasining hududiy bo‘limlari va boshqa sug‘urta tashkilotlari tijorat banki talabiga ko‘ra sug‘urta summasini mazkur kredit bo‘yicha foizlarni va asosiy qarzni to‘lashga o‘tkazishga majbur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Tijorat banklari kreditdan foydalanishning butun muddati davomida doimiy monitoringni amalga oshiradi va u qarz oluvchining buyurtmanomasini hamda kredit shartnomasi shartlarini amalga oshirishga har tomonlama ko‘maklashishga yo‘naltirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Monitoring jarayonida bank joylarda kreditdan samarali va maqsadli foydalanilishini tekshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Tijorat banklari kredit shartnomasi bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmayotgan qarz oluvchilarga nisbatan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kredit berishni vaqtinchalik to‘xtatib turishga yoki to‘liq to‘xtatib qo‘yishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
berilgan kredit bo‘yicha qarzning butun summasini muddatidan oldin undirib olishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Berilgan kreditlardan maqsadli foydalanmaslik hollari aniqlangan taqdirda bank kreditning belgilanmagan maqsadda foydalanilgan qismini qarz oluvchining talab qilib olinadigan depozit hisob raqamidan muddatidan oldin, kredit shartnomasida belgilangan tartibda undirib olish huquqiga egadir.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 1-son, 8-modda; 2003-y., 17-18-son, 156-modda; 2004-y., 33-son, 370-modda, 52-son, 521-modda; 2006-y., 45-son, 443-modda; 2009-y., 21-son, 252-modda; 2010-y., 44-45-son, 385-modda; 2011-y., 7-8-son, 62-modda; 2013-y., 1-son, 8-modda; 2017-y., 26-son, 593-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1021/0465-son, 01.06.2018-y., 09/18/403/1286-son, 10.10.2018-y., 09/18/813/2027-son, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)