03.06.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2591
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrugʻi, 03.06.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2591
Date of entry into force
09.06.2014
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrug‘i
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan, narkologik kasallikka (surunkali alkogolizm, giyohvandlik, zaharvandlik) yo‘liqqan shaxslarga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
(buyruqning nomi O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2021-yil 8-iyuldagi 231-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2591-2, 14.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2021-y., 10/21/2591-2/0679-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 3-iyunda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2591]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksiga muvofiq buyuraman:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025-yil 31-iyuldagi 427-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2591-3, 18.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 10/25/2591-3/0746-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan, narkologik kasallikka (surunkali alkogolizm, giyohvandlik, zaharvandlik) yo‘liqqan shaxslarga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2021-yil 8-iyuldagi 231-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2591-2, 14.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2021-y., 10/21/2591-2/0679-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 1994-yil 20-oktabrdagi 268-sonli “Ixtisoslashtirilgan axloq tuzatish muassasalarida saqlanayotgan mahbuslarni giyohvandlikdan majburiy davolashni tashkil etish to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazir A. AXMEDBAYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2014-yil 3-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
65-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2014-yil 3-maydagi 65-sonli buyrug‘iga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan, narkologik kasallikka (surunkali alkogolizm, giyohvandlik, zaharvandlik) yo‘liqqan shaxslarga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi
(ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2021-yil 8-iyuldagi 231-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2591-2, 14.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2021-y., 10/21/2591-2/0679-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

Mazkur Nizom ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan, narkologik kasallikka (surunkali alkogolizm, giyohvandlik, zaharvandlik) yo‘liqqan shaxslarga (bundan buyon matnda hukm qilingan shaxslar deb yuritiladi) nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025-yil 31-iyuldagi 427-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2591-3, 18.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 10/25/2591-3/0746-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 96-moddasiga asosan alkogolizmga, giyohvandlikka yoki zaharvandlikka yo‘liqqan yoxud aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda ruhiy holati buzilgan shaxslar tomonidan jinoyat sodir etilgan taqdirda, agar tibbiy xulosa mavjud bo‘lsa, sud jazo tayinlash bilan birga ularga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini tayinlashi mumkin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2021-yil 8-iyuldagi 231-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2591-2, 14.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2021-y., 10/21/2591-2/0679-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Hukm qilingan shaxslarga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari ularni davolash maqsadida qo‘llaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini ijro etish uchun sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi yoki ajrimi asos bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilgan hukm qilingan shaxslar majburiy davolanishda bo‘lishi davrida davolash maqsadida va ularning jismoniy holati hisobga olingan holda, shuningdek tibbiy ko‘rsatmalarga muvofiq ularga nisbatan mehnat terapiyasi qo‘llaniladi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025-yil 31-iyuldagi 427-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2591-3, 18.08.2025-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 10/25/2591-3/0746-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilgan hukm qilingan shaxslar jazoni ijro etish muassasalarining qabul bo‘limida shifokor-narkolog yoki shifokor-psixiatr tomonidan ro‘yxatga olinadi va 3 kun ichida tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy, qattiq va maxsus tartibli koloniyalarda jazo muddatini o‘tayotgan hukm qilingan shaxslarga tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari davolash huquqi asosidagi koloniyalar va mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonada amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Manzil-koloniyalarida jazo muddatini o‘tayotgan hukm qilingan shaxslarga tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari majburiy davolash uchun mo‘ljallangan narkologiya muassasalarida amalga oshiriladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025-yil 31-iyuldagi 427-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2591-3, 18.08.2025-y.) asosan ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 10/25/2591-3/0746-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilgan hukm qilingan shaxslar klinik, anamnestik, psixopatologik, somatonevrologik va laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tkaziladi va ularga shifokor-narkolog yoki shifokor-psixiatr tomonidan tashxis qo‘yiladi hamda individual ravishda davolash rejasi belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilgan hukm qilingan shaxslarga shifokor-narkolog yoki shifokor-psixiatr xulosasiga muvofiq davolash rejasiga asosan tibbiy yordam ko‘rsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llashga hukm qilingan shaxslarni tekshirish va davolash O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan standartlar va klinik bayonnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hukm qilingan shaxsni majburiy davolash davomiyligi o‘n sakkiz oydan oshmasligi kerak.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025-yil 31-iyuldagi 427-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2591-3, 18.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 10/25/2591-3/0746-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilgan hukm qilingan shaxslarda faol sil kasalligi mavjudligi aniqlangan taqdirda, ularga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash faol sil kasalligiga ixtisoslashtirilgan jazoni ijro etish muassasalarida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilgan hukm qilingan shaxslarga shifokor-narkolog yoki shifokor-psixiatr xulosasiga asosan statsionar yoki ambulatoriya kuzatuvi tayinlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Statsionar davolanish uchun yotqizilgan alkogolizm bilan kasallangan hukm qilingan shaxslarning narkologik statsionar bo‘limidagi minimal davolanish muddati qirq besh kundan, giyohvand yoki zaharvandlarni esa oltmish kundan kam bo‘lmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Har bir hukm qilingan shaxsga tibbiy karta (kasallik tarixi) to‘ldiriladi, unga hukm qilingan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritiladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025-yil 31-iyuldagi 427-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2591-3, 18.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 10/25/2591-3/0746-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Statsionar kuzatuv yakunlangandan so‘ng, tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilgan hukm qilingan shaxslarga ambulator kuzatuv tayinlanadi va tegishli davolash, shu jumladan tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya ishlari amalga oshiriladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025-yil 31-iyuldagi 427-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2591-3, 18.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 10/25/2591-3/0746-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilgan hukm qilingan shaxslar bilan tegishli davolash ishlarini tashkil etish hamda samarali tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiyani yo‘lga qo‘yish maqsadida jazoni ijro etish muassasasi rahbarining buyrug‘i bilan doimiy faoliyat yuritadigan tibbiy komissiya (bundan buyon matnda tibbiy komissiya deb yuritiladi) tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tibbiy komissiya tarkibi ichki ishlar organlari xodimlari orasidan kamida besh kishidan iborat tarkibda shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, jazoni ijro etish muassasasi davolash-profilaktika yordamini ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i tibbiy komissiya raisi hamda shifokor-narkolog, shifokor-psixiatr va shifokor-terapevtlari komissiya a’zolari hisoblanadi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025-yil 31-iyuldagi 427-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2591-3, 18.08.2025-y.) asosan birinchi — uchinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 10/25/2591-3/0746-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Statsionar yoki ambulator kuzatuv davrida shaxsda unga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llashga to‘sqinlik qiluvchi kasallik mavjudligi aniqlangan taqdirda, tibbiy komissiya tomonidan berilgan xulosaga muvofiq tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash vaqtinchalik to‘xtatib turiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Hukm qilingan shaxs tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilishidan bosh tortsa, tibbiyot bo‘limi boshlig‘i jazoni ijro etish muassasasi boshlig‘ini bu haqda yozma ravishda darhol xabardor qiladi. Bunda tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilishidan bosh tortgan hukm qilingan shaxsga nisbatan qonunchilik hujjatlariga muvofiq choralar qo‘rilishi mumkin.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash jazoni ijro etish muassasasi tibbiy komissiyasining xulosasiga asosan yakunlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Jazoni ijro etish muassasasi boshlig‘i tibbiy komissiya xulosasiga asosan o‘n kun ichida tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini tugatishni so‘rab tegishli sudga yozma ravishda murojaat qiladi. Bunda tibbiy xulosa va tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilgan hukm qilingan shaxsning shaxsiy hujjatlari yig‘majildi mazkur murojaatga ilova qilinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Tibbiy xulosadagi ma’lumotlar tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilgan hukm qilingan shaxsning tibbiy ambulator varaqasiga qayd etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Majburiy davolash kursi tugallanmagan hukm qilingan shaxs jazoni ijro etish muassasasidan ozod etilgan taqdirda, ushbu muassasa ma’muriyati hukm qilingan shaxs yashaydigan manzildagi narkologiya muassasasi hamda ichki ishlar organlarini mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq quyidagi muddatlarda xabardor qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud tayinlagan jazo muddatini o‘tab bo‘lganligi munosabati bilan ozod etilishidan o‘n kun oldin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish, jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish, amnistiya akti yoki afv etish munosabati bilan ozod etilgan kundan boshlab uch kun ichida.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, narkologiya muassasasiga hukm qilingan shaxsning tibbiy ambulator kartasidan ko‘chirma ham yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xabarnomaning bir nusxasini O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti Tibbiyot bo‘limiga yuboriladi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025-yil 31-iyuldagi 427-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2591-3, 18.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 10/25/2591-3/0746-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Yakuniy qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan, narkologik kasallikka (surunkali alkogolizm, giyohvandlik, zaharvandlik) yo‘liqqan shaxslarga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

____________________________

(shahar yoki viloyat)

IIB Jamoat xavfsizligi xizmati probatsiya bo‘limi boshlig‘iga

____________________________

(shahar yoki viloyat)

narkologiya dispanseri bosh shifokoriga

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamentning Tibbiyot bo‘limi boshlig‘iga

XABARNOMA

____ yil “___” _________ da tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining ____________ _________________________________-moddasi(lari) bilan ____ yil ____ oy muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan __________________________ ______________________________________ hukm qilingan shaxsga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 96-moddasiga binoan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llash belgilangan.

Hukm qilingan shaxs ________________ __________ ____yil “___” ____________ kuni jazoni ijro etish muassasasidan ___________________________ asosida ozod etilgan. Hukm qilingan shaxs ____________________________ _________________________ qamoqqa olinishdan avval _________________________________________ _______________________________________________________________________ manzilda yashagan. ________________________________ jazo muddatini o‘tayotgan davrida narkologik kasallikdan majburiy davolash kursini tugatmaganligi va ___________ _________________ (shahar yoki viloyat) narkologiya muassasasida majburiy davolashni davom etish lozimligi ma’lum qilinadi.

___-son ______ boshlig‘i

______________

__________________________

(imzo)

(F.I.O.)

(ilova O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025-yil 31-iyuldagi 427-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2591-3, 18.08.2025-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.08.2025-y., 10/25/2591-3/0746-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sog‘liqni saqlash vaziri A. ALIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2014-yil 2-may
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 23-son, 275-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.02.2018-y., 10/18/2591-1/0691-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2021-y., 10/21/2591-2/0679-son, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 19.08.2025-y., 10/25/2591-3/0746-son)