Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.04.2017 07.04.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2572
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining qarori, 07.04.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2572
Date of entry into force
14.04.2014
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.04.2017
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TAʼLIMI VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASh VAZIRLIGINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

Bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 7-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2572]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2017-yil 24-fevraldagi 2-mh, 80-sonli “Bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2872, 31.03.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 10-martdagi 67-son “Bolalarning dam olishini tashkil etish va sogʻlomlashtirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 11-son, 118-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi qaror qiladilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2011-yil 18-maydagi 15, 11-son “Bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari haqidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2235, 2011-yil 10-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 24-son, 251-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalq taʼlimi vaziri U. INOYATOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,

2014-yil 11-mart,

9-son

Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2014-yil 11-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-son

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2014-yil 11-martdagi 9, 3-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi hamda “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 10-martdagi 67-son “Bolalarning dam olishini tashkil etish va sogʻlomlashtirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlarining (bundan buyon matnda oromgoh deb yuritiladi) maqsadi, vazifalari va funksiyalarini hamda ularning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oromgoh sanitariya-gigiyena, sanitariya-epidemiologiya hamda xavfsizlik talablariga toʻliq javob beradigan va qulay sharoitda bolalarning belgilangan kundalik hayot tarziga rioya etishi, sifatli ovqatlanishi, ijodiy salohiyatining rivojlanishi, sogʻlom turmush tarzi koʻnikmalarining shakllanishi, dam oldirilishi, salomatliklarining tiklanishi va mustahkamlanishi, jismoniy tarbiya, sport va turizm bilan shugʻullanishlarini taʼminlovchi sogʻlomlashtirish muassasasi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizom talablari kasaba uyushmalari, davlat organlari va ular tizimidagi tashkilotlar tasarrufida boʻlgan oromgohlar faoliyatiga, shuningdek kasaba uyushmalari mablagʻlari yoʻnaltiriladigan boshqa oromgohlar faoliyatiga nisbatan tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oromgoh oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizom va boshqa qonun hujjatlariga hamda oʻz ustaviga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oromgoh yuridik shaxs hisoblanadi, oʻz ustaviga, mustaqil balansiga, bank hisobvaragʻiga, oʻz nomi yozilgan muhrga, yuridik manzili koʻrsatilgan shtamp va blankalarga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oromgoh davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar (bundan buyon matnda Balansda saqlovchi deb ataladi) tomonidan tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oromgoh bir nechta Balansda saqlovchi va kasaba uyushmalari organlarining birgalikdagi mablagʻlari asosida tashkil etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Oromgohning maqsadi, vazifalari va funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oromgohning maqsadi — bolalarning oʻqishdan tashqari vaqtini sermazmun oʻtkazish, ularning ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan hordiq chiqarishlarini taʼminlash, ular ongiga milliy gʻoyani, vatanparvarlik tuygʻularini hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni singdirish orqali har tomonlama barkamol avlodni voyaga yetkazishdan iboratdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Quyidagilar oromgohning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolalarning dam olishi va sogʻlomlashtirilishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolalarning jismoniy, intellektual, maʼnaviy va axloqiy kamol topishiga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolalarni oʻzbek xalqining tarixiy va milliy anʼanalari hamda maʼnaviy qadriyatlari bilan tanishtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolalarda “ommaviy madaniyat”ning turli illatlariga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish, ular ongiga umuminsoniy va milliy qadriyatlarni singdirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolalarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oromgohning moddiy-texnik taʼminotini mustahkamlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oromgoh qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oromgoh oʻziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolalarning har tomonlama kamol topishi, xususan, ularning shaxsi, qiziqishlari, iqtidorining rivojlanishi, mustaqil bilim olishi va ijodiy mehnat qilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolalarning ehtiyojlariga muvofiq ularning ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirishga qaratilgan toʻgaraklar tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fan asoslari boʻyicha qoʻshimcha taʼlim xizmatlari koʻrsatadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolalar bilan sanʼat va hunarmandchilik yoʻnalishlari boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qobiliyatli, iqtidorli bolalarni aniqlaydi, ularning shaxsini rivojlantirishga qaratilgan musobaqalar, texnik, badiiy ijodiyot, oʻlkashunoslik, ekologiya va boshqa yoʻnalishlardagi tadbirlarni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sogʻlomlashtirish mavsumidan tashqari vaqtlarda shartnoma asosida turli tashkilotlar bilan seminarlar, sport musabaqalari va boshqa tadbirlarni oʻtkazadi, shuningdek oʻz bazasida dam olish maskanlarini tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oromgoh qonun hujjatlariga muvofiq oʻz maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Oromgoh faoliyatini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 10-martdagi 67-son qarori bilan tasdiqlangan Respublika oromgohlarida bolalarning dam olishini tashkil etish va sogʻlomlashtirish konsepsiyasiga muvofiq, oromgohlar 2 turga ajratiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) statsionar oromgohlar — statsionar baza asosida qurilgan yoki vaqtinchalik ijaraga olingan obyektlarda tashkil etilib, unda bolalar smena davomida yashaydi. Mazkur oromgohlar statsionar oromgohlar joylashuvi, taʼminoti va kun tartibini tashkil etishning sanitariya normalari va qoidalari talablariga asosan faoliyat olib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) kunduzgi oromgohlar — umumtaʼlim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, sport, ijtimoiy xizmat koʻrsatish, sanatoriy-kurort muassasalari, klublar qoshida vaqtinchalik tashkil etilib, unda bolalar faqatgina kunduz kuni dam oldiriladi va sogʻlomlashtiriladi. Ushbu oromgohlar faoliyati taʼtil davrida bolalarning kunduz kuni dam olishlarini taʼminlash va sogʻlomlashtirish oromgohlari joylashuvi, taʼminoti va kun tartibini tashkillashtirishning gigiyena talablariga muvofiq yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Bolalar oromgohlarga yoʻllanma asosida yuboriladi. Bunda oromgohga yoʻllanmalar bolalarning ota-onalari ishlayotgan tashkilotlar, ota-onalar, homiylar, kasaba uyushmalari tashkilotlarining mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan xarid qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oromgohlarda bolalarni sogʻlomlashtirish muddatlari hududiy sogʻliqni saqlash organlarining tavsiyalari va tabiiy-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosati tomonidan belgilanadi. Bunda sogʻlomlashtirish muddatlari yozgi mavsumda 10 kundan, kuzgi, qishki va bahorgi mavsumda 7 kundan kam boʻlmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oromgohda bolalarning yoshini hisobga olgan holda guruhlar tuziladi. Guruhlardagi bolalar soni 7 — 9 yoshdagi bolalar uchun 30 nafardan, 10 — 18 yoshdagi bolalar uchun 40 nafardan oshmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oromgohlarda Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 10-martdagi 67-son qarori bilan tasdiqlangan Respublika oromgohlarida bolalarning dam olishini tashkil etish va sogʻlomlashtirish konsepsiyasida nazarda tutilgan xizmatlar koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oromgohlarda dam oluvchilar uchun ovqatlanish va boshqa maishiy sharoitlarni tashkil etishda sanitariya normalari va qoidalariga rioya qilinishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Oromgohlar bolalarning yoshini eʼtiborga olgan holda tarbiyaviy ishlarning mazmuni boʻyicha quyidagi ixtisoslashgan yoʻnalishlarda tashkil etilishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
intellektual rivojlantirish oromgohlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sport-sogʻlomlashtirish oromgohlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanatoriy-sogʻlomlashtirish oromgohlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat va dam oldirish oromgohlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
harbiy-sport oromgohlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekologik-biologik, oʻlkashunoslik oromgohlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ixtisoslashgan bolalar oromgohlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashkilotchilarning taklif va tashabbuslari bilan boshqa yoʻnalishlarda ham oromgohlar faoliyati tashkil etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Intellektual rivojlantirish oromgohlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Intellektual rivojlantirish oromgohlari fan olimpiadalari, taʼlim muassasalari boʻyicha oʻtkazilgan boshqa musobaqalar gʻoliblari boʻlgan 10–14 yoshdagi bolalarni dam oldirish va sogʻlomlashtirish uchun tashkil etilgan boʻlib, unda bir yoki bir nechta fanlar yoxud tillar chuqurlashtirilgan tarzda oʻrganilishiga eʼtibor beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Intellektual rivojlantirish oromgohlari intellektual oʻquv mashgʻulotlari va madaniy-maʼrifiy tadbirlar dasturlari asosida faoliyat koʻrsatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Intellektual oʻquv mashgʻulotlari dasturi fan yoʻnalishlari boʻyicha dars va toʻgarak mashgʻulotlari, mahorat darslari, fan kechalari, turli musobaqa, viktorina va boshqa tanlovlar shaklida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Madaniy-maʼrifiy tadbirlar dasturi sport musobaqalari, ijodiy uchrashuvlar, adabiy-badiiy kechalar va konsert dasturlari, insho va rasmlar tanlovlari, shuningdek oromgohlar uchun tavsiya etilgan filmlar namoyishi shaklida tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Intellektual oʻquv mashgʻulotlari va madaniy-maʼrifiy tadbirlar dasturlarini amalga oshirishda olimlar va oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari, adabiyot va sanʼat arboblari ular bilan kelishilgan holda taklif etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Sport-sogʻlomlashtirish oromgohlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Sport-sogʻlomlashtirish oromgohlari 8 — 18 yoshdagi bolalar uchun sport yoʻnalishidagi taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilarining oʻquv-mashq mashgʻulotlarini davom ettirishlari, ularning sport mahoratini takomillashtirish, jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish, sogʻligʻini mustahkamlashga yoʻnaltirilgan boʻlib, unda bolalarning yoshi va sport turining oʻziga xos xususiyatlari asosida har xil guruhlar tuzilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Sport-sogʻlomlashtirish oromgohlaridagi oʻquv-mashq mashgʻulotlari bolalar sport maktablarida oʻtkaziladigan oʻquv jarayonining davomi boʻlib, mazkur muassasalar uchun moʻljallangan dasturlar asosida murabbiylar tomonidan olib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Sport-sogʻlomlashtirish oromgohiga tarbiyachi va yetakchilar sifatida bolalar uchun sport yoʻnalishidagi taʼlim muassasalarining murabbiylari kelishuv boʻyicha jalb etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-§. Sanatoriy-sogʻlomlashtirish oromgohlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Sanatoriy-sogʻlomlashtirish oromgohlari yurak qon-tomir tizimining kasallanishi, nafas olish, ovqat hazm qilish organlari, tayanch-harakat apparatining oʻziga xos boʻlmagan xususiyatlari bilan betob boʻlib turadigan 7 — 14 yoshdagi bolalarni dam oldirish va sogʻlomlashtirish uchun tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Sanatoriy-sogʻlomlashtirish oromgohlari statsionar baza asosida qurilgan sogʻlomlashtirish oromgohlari, sanatoriya turidagi maktab-internatlar, sanatoriy-profilaktoriylar bazasida, shuningdek oʻrmon, daryo va boshqa suv havzalari yonida joylashgan hamda yetarli darajada koʻkalamzorlashtirilgan, zarur jihozlar bilan taʼminlangan obyektlarda tashkil etilishi mumkin. Mazkur oromgohlarda bolalarning sogʻlomlashtirilishini tashkil etish davolash-sogʻlomlashtirish rejimiga qatʼiy rioya qilgan holda chiniqish bilan birga olib boriladigan davolash badan tarbiyasi, toʻyimli ovqatlanish hamda kasallik turi va xususiyatiga mos keluvchi profilaktik muolajaga asoslanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Sanatoriy-sogʻlomlashtirish oromgohlarida bolalarning jismoniy tarbiyasi tibbiy nazorat ostida olib boriladi. Ushbu oromgohlarda sogʻlomlashtirilayotgan bolalar uchun jismoniy zoʻriqish darajasi va rejimi shifokor tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Sanatoriy-sogʻlomlashtirish oromgohlarida olis masofaga va uzoq davom etuvchi sayohatlar, harbiy oʻyinlar va sport musobaqalarini oʻtkazish tavsiya etilmaydi, uzoqqa yoki tezroq yugurishni, chidamlilikni nazarda tutuvchi boshqa mashgʻulot turlari cheklangan holda oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-§. Mehnat va dam oldirish oromgohlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Mehnat va dam oldirish oromgohlari umumtaʼlim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining 15 — 18 yoshdagi oʻquvchilarini dam oldirish va sogʻlomlashtirishni ularning ijtimoiy foydali mehnati bilan birga olib borish maqsadida tashkil etiladi. Unda bolalar ijtimoiy foydali mehnatga tayyorlanadi, ularning mehnat koʻnikmalari shakllantiriladi. Oʻquvchilarning qiziqishlari va ehtiyojlarini moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish oromgohni tashkil etishning asosiy sharti hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Mehnat va dam olish oromgohlari kunduzgi oromgoh sifatida turli tashkilotlar, shu jumladan fermer xoʻjaliklari bazasida tashkil etiladi. Mazkur oromgohlarda har bir mavsum ushbu Nizomning 11-bandida nazarda tutilgan tartibda 12 kundan koʻp boʻlmagan muddatga belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Bolalarni ijtimoiy foydali mehnatga tayyorlash va ularning mehnat koʻnikmalarini shakllantirishda bajarayotgan ishining turi va muddatlaridan qatʼi nazar, 18 yoshga yetmagan shaxslar uchun belgilangan sanitariya-epidemiologik qoidalar va mehnatni muhofaza qilish qoidalari talablariga rioya qilinishi shart. Mazkur muassasalarga qabul qilingan bolalar Oʻn sakkiz yoshdan kichik shaxslarning mehnati qoʻllanishi taqiqlanadigan noqulay mehnat sharoitlari ishlari roʻyxatida (roʻyxat raqami 1990, 2009-yil 29-iyul) nazarda tutilgan ishlarga jalb qilinmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Mehnat va dam olish oromgohlarining kun tartibini ishlab chiqishda bolalarning mehnat faoliyatini jismoniy sogʻlomlashtirish va madaniy-ommaviy tadbirlar bilan uygʻunlashtirilgan holda olib borish nazarda tutiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-§. Harbiy-sport oromgohlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Harbiy-sport oromgohlari 12 — 17 yoshdagi bolalarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yoshlarni Vatan mudofaasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari saflarida xizmat qilishga tayyorlash maqsadida yozgi taʼtil mavsumida ichki ishlar organlarining profilaktik hisobida turuvchi voyaga yetmaganlar uchun 10 kundan kam boʻlmagan muddatga maxsus dastur asosida tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Harbiy-sport oromgohlarida voyaga yetmaganlar bilan sport mashgʻulotlari, psixologlar ishtirokida seminar-treninglar va turli madaniy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-§. Ekologik-biologik, oʻlkashunoslik oromgohlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Ekologik-biologik, oʻlkashunoslik oromgohlarida 7 — 14 yoshdagi bolalar uchun sayyohlik-oʻlkashunoslik va ekskursiya ishlarining serqirra turlari tashkil etiladi, bolalarga mamlakatimizning tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy va tarixiy jihatdan oʻziga xos jihatlari chuqur oʻrgatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Ekologik-biologik, oʻlkashunoslik oromgohlarida bolalar uchun sayyohlik, oʻlkashunoslik, tabiatshunoslik va ekologiya yoʻnalishlarida toʻgaraklar tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur toʻgaraklarda bolalarga tabiat hodisalarini kuzatish va taqqoslash, ekologik muammolarni oʻrganish va muhokama qilish, shuningdek ushbu maqsadlarda bevosita tajriba oʻtkazish uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Ekologik-biologik, oʻlkashunoslik oromgohlari tomonidan ularda oʻtkaziladigan mashgʻulotlarning xususiyatini inobatga olgan holda turli yoʻnalishlar boʻyicha sayohatlar tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-§. Ixtisoslashgan bolalar oromgohlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Ixtisoslashgan bolalar oromgohlari 7 — 14 yoshdagi bolalarda yetakchilik va faollikni shakllantirish, ularning ijtimoiy moslashuv koʻnikmalarini oshirishga yoʻnaltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Ixtisoslashgan bolalar oromgohlarining faoliyati, qoida tariqasida, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tizimidagi “Mehribonlik” uylarida tarbiyalanayotgan oʻquvchilarning taʼtil paytida dam olishlari va salomatliklarini mustahkamlashni hamda ularga qoʻshimcha taʼlim-tarbiya berishni nazarda tutgan holda tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Ixtisoslashgan bolalar oromgohlarida tarbiyachi sifatida “Mehribonlik” uylarining xizmatchilari, toʻgarak rahbarlari sifatida esa “Barkamol avlod” bolalar markazlarining pedagog xodimlari jalb etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Oromgohni boshqarish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Oromgoh faoliyatiga kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishilgan holda Balansda saqlovchi tomonidan tayinlanadigan boshliq rahbarlik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Oromgoh xodimlarining shtatlar jadvali oromgohning bolalarni qabul qilish quvvatidan kelib chiqqan holda Balansda saqlovchi va kasaba uyushmasi qoʻmitasi tomonidan ishlab chiqiladi va Balansda saqlovchi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Oromgoh xodimlari mehnat shartnomasi asosida oromgoh boshligʻining buyrugʻi bilan ishga qabul qilinadi va lavozimidan ozod etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Tibbiyot xodimlari oromgohga tegishli hududiy sogʻliqni saqlash organlari bilan kelishgan holda ishga qabul qilinadi. Tibbiyot xodimlari va oromgoh rahbariyati bolalarning hayoti, sogʻligʻi va jismoniy rivojlanishi, ular bilan mavsum davomida davolash-profilaktika ishlari olib borilishi, sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga rioya qilinishi uchun masʼul hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Statsionar turdagi oromgoh xodimlari uchun yashash va ovqatlanish bepul amalga oshiriladi va buning uchun sarflanadigan xarajatlar Balansda saqlovchi hisobidan qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Oromgohni moliyalashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Statsionar turdagi oromgohni doimiy saqlash boʻyicha xarajatlar Balansda saqlovchi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar oromgoh bir nechta Balansda saqlovchi va kasaba uyushmalarining birgalikdagi mablagʻlari asosida tashkil etilgan boʻlsa, uni moddiy taʼminlash boʻyicha xarajatlar oromgohni tashkil etishda ishtirok etgan tashkilotlar tomonidan oromgohga sogʻlomlashtirish uchun joʻnatilgan bolalarning soniga mutanosib ravishda qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Kunduzgi oromgohlarni moddiy taʼminlash, bolalarni sogʻlomlashtirish, tarbiyaviy ishlarni oʻtkazish, shuningdek xodimlarning ish haqi, ovqatlanishi uchun zarur boʻlgan xarajatlar Balansda saqlovchi hamda tegishliligiga koʻra hududiy xalq taʼlimi yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi organlari tomonidan kasaba uyushmasi organi bilan kelishilgan holda tuziladigan xarajatlar smetasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Bolalarni oromgohlarda saqlash xarajatlari quyidagi manbalar hisobidan qoplanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy sugʻurta mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasaba uyushmalari budjeti mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sogʻlomlashtirilayotgan bolalar ota-onalarining oromgohga yoʻllanmalar uchun toʻlaydigan mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Balansda saqlovchining mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
homiylarning mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Bolalarni oromgohlarda dam oldirish va sogʻlomlashtirish uchun zarur boʻlgan kasaba uyushmalari budjeti mablagʻlari miqdori kasaba uyushmalari hisobidan sogʻlomlashtirilishi rejalashtirilgan bolalar sonidan kelib chiqib aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Balansda saqlovchi oromgohning bolalarni qabul qilish quvvati doirasida oromgohga oʻz hisobidan bolalar uchun qoʻshimcha oʻrinlar tashkil qilishi mumkin. Bunda oromgohdagi bolalar sonining ortishi va ularning taʼminoti bilan bogʻliq xarajatlar, shu jumladan, bolalarning ovqatlanishi, davolanishi, oromgoh xodimlarining ish haqi uchun qoʻshimcha mablagʻlar va boshqa xarajatlar Balansda saqlovchi tomonidan qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Oromgohning buxgalteriya hisobi va hisoboti buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Oromgohning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati muntazam ravishda, lekin dam olish mavsumi davomida kamida bir marta Balansda saqlovchi va kasaba uyushmasi qoʻmitasi tomonidan tekshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Dam olish mavsumi tugagach, oromgohning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati Balansda saqlovchi va kasaba uyushmasi qoʻmitasi tomonidan taftish qilinadi hamda oromgohning mol-mulki toʻliq xatlovdan oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Yakuniy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Oromgohni qayta tashkil etish yoki tugatish Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Oʻzbekiston Fermyerlari kengashi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vaziri R. AZIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2014-yil 10-mart
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2014-yil 6-mart

Ichki ishlar vaziri A. AXMEDBOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2014-yil 6-mart
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Madaniyat va sport ishlari vaziri M. XODJIMATOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2014-yil 5-mart
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NARBAYEVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2014-yil 4-mart
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Fermyerlari kengashi raisi S. TURDIYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2014-yil 3-mart

Savdo-sanoat palatasi raisi A. ShAYXOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2014-yil 3-mart
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 15-son, 171-modda)