Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 19.12.2000 yildagi 485-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 19.12.2000 yildagi 485-son
Date of entry into force
19.12.2000
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fargʻona viloyati Rishton tumanidagi sugʻoriladigan yerlarning meliorativ xolatini yaxshilashga doir kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fargʻona viloyati Rishton tumanidagi sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, qishloq aholi yashash joylari va Rishton shahridagi ekologik vaziyatni yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Rishton tumani va Rishton shahrida yerlarning meliorativ holatini yaxshilash hamda yer osti suvlari sathini pasaytirishga doir chora-tadbirlar 1-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-ilovada koʻrsatilgan chora-tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda Fargʻona viloyati hokimligi uchun har yili nazarda tutiladigan kapital qoʻyilmalarning umumiy limitlari hisobiga amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Fargʻona viloyati hokimligi 1-ilovada koʻrsatilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Fargʻona viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi bilan birgalikda Rishton shahrida yer osti suvlari sathini pasaytirish, uylar va inshootlar tagidan suv chiqib ketishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha aniq tadbirlarni ikki hafta muddatda ishlab chiqsin va 2001-yildan boshlab ularni amalga oshirishga kirishsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Burgandi massivi taʼsir koʻrsatadigan hududdagi sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini tubdan yaxshilashning texnik-iqtisodiy asoslarini ikki oy muddatda ishlab chiqsin, bunda drenajning samarali turlarini qoʻllashga alohida eʼtibor bersin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Yer resurslari davlat qoʻmitasi, Fargʻona viloyati hokimligining Burgandi massivining sugʻorishlar salbiy taʼsir koʻrsatadigan hududidagi xoʻjaliklarning 2-ilovaga muvofiq meliorativ holati gʻoyat yomon boʻlgan ekin maydonlarini irrigatsiya-meliorativ tayyorlash bosqichida boʻlgan yerlar toifasiga istisno tariqasida oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.H.Joʻrabekov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari T.Xoltoyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. Karimov
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2000-yil 19-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
485-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-dekabrdagi 485-sonli qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Burgandi massivi taʼsir koʻrsatadigan hududdagi yerlarning meliorativ holatini yaxshilash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chora-tadbirlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻrsatkichlar nomi‎‏ Oʻlchov birligi‎‏ Hammasi shu jumladan yillar boʻyicha‎‎
2001‎ 2002‎ 2003‎
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi‎‎

Magistral kollektorlar qurish va ularni rekonstruksiya qilish‎

km.‎ 65‎ 10‎ 30‎ 25‎

Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash‎

ga‎ 5690‎ 1864‎ 1863‎ 1963‎

Kollektorlar tizimini tozalash (xoʻjaliklar mablagʻlari hisobiga)‎

mln kub m‎ 4,9‎ 1,6‎ 1,6‎ 1,7‎

Tik drenaj quduqlarini tiklash‎

ta‎ 110‎ 55‎ 55‎

Suvni tutib qoluvchi tik drenaj quduqlarini qazish‎

ta‎ 30‎ 10‎ 10‎ 10‎
Fargʻona viloyati xokimligi‎

Rishton shahrida suv sathini pasaytirish uchun quduqlar qazish‎

ta‎ 18‎ 6‎ 6‎ 6‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-dekabrdagi 485-sonli qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Irrigatsiya-meliorativ tayyorlash bosqichiga oʻtkaziladigan yerlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r‎ Tumanlar va xoʻjaliklar nomi‎ Meliorativ holati yomon boʻlgan ‎ekin ‎maydonidan irrigatsiya-meliorativ ‎tayyorlash ‎bosqichiga oʻtkaziladigan yerlar (ga)‎
1.‎ Rishton tumani‎ 406‎
shu jumladan, shirkatlar:‎
Keldiyev nomidagi 198‎
Oʻzbekiston 5 yilligi nomli‎ 154‎
“Rishton”‎ 54‎
2.‎ Oltiariq tumani 700‎
shu jumladan, shirkatlar
“Oq boʻyra”‎ 100
“Nurobod”‎ 40‎
Oxunboboyev nomidagi‎ 40
Amir Temur nomidagi‎ 200‎
“Tong” boʻrdoqichilik korxonasi‎ 200‎
“Ittifoq”‎ 50‎
“Joʻrak”‎ 70‎
3‎ Bogʻdod tumani‎ 427‎
shu jumladan, shirkatlar:‎
Usmonxoʻjayev nomidagi‎ 107‎
“Namuna”‎ 10‎
Oxunboboyev nomidagi‎ 42‎
Haziniy nomidagi‎ 17‎
“Oʻzbekiston”‎ 22‎
“Paxtakor”‎ 73‎
“Bogʻdod”‎ 21‎
“Hamzaobod”‎ 50‎
“Mirzaobod”‎ 10‎
“Uch uy”‎ 55‎
Boʻrdoqichilik korxonasi‎ 20‎
Hammasi‎ 1533‎