Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 30.11.2004 yildagi 560-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 30.11.2004 yildagi 560-son
Date of entry into force
30.11.2004
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining 2005-yilgi investitsiya dasturi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika yalpi ichki mahsulotining barqaror oʻsishini taʼminlash, iqtisodiyotdagi tarkibiy qayta oʻzgartirishlarni chuqurlashtirish, strategik ijtimoiy dasturlarni toʻliq koʻlamda amalga oshirish, yangi ish oʻrinlari tashkil etish, shuningdek toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalarning jalb etilishini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi hamda manfaatdor vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2005-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturi kapital qoʻyilmalarining asosiy parametrlari va ijtimoiy soha obyektlarini ishga tushirish prognozi 1 va 2-ilovalarga* muvofiq maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2005-yil uchun davlat budjeti mablagʻlari hisobiga markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar limitlari 3-ilovaga* muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2005-yil uchun budjetdan tashqari Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar limitlari 3a-ilovaga* muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2005-yil uchun budjetdan tashqari Maktab taʼlimi jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar limitlari 3b-ilovaga* muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolati ostida xorijiy kreditlarni jalb etgan holda amalga oshiriladigan 2005-yil uchun investitsiya loyihalarining aniq dasturi 4-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etgan holda amalga oshiriladigan 2005-yil uchun investitsiya loyihalarining aniq yoʻnaltirilgan dasturi 5-ilovaga* muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ustuvor investitsiya takliflarining yigʻma roʻyxati 6-ilovaga* muvofiq maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi komplekslari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi, 6-ilovaga* kiritilgan investitsiya loyihalari tashabbuskorlari bilan birgalikda ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun potensial investorlarni tanlov asosida qidirib topishni taʼminlasinlar;
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 34-36-son, 264-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya loyihalari ijrochilari bilan birgalikda, keyinchalik ushbu qarorga 4 va 5-ilovalarga* oʻtkazish uchun 6-ilovaga* kiritilgan investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslashlarini oʻz vaqtida koʻrib chiqish va tasdiqlash boʻyicha ishlarni tashkil etsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar hamda buyurtmachi xoʻjalik birlashmalari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlar boʻyicha 2005-yil uchun qurilishlarning moʻljallanayotgan aniq roʻyxatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligiga kelishish uchun bir hafta muddatda taqdim etsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2005-yil 15-yanvargacha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi bilan birgalikda qurilishi yangidan boshlanadigan obyektlar boʻyicha tanlov savdolari oʻtkazishni va yildan-yilga oʻtuvchi obyektlar boʻyicha qurilishning qoldiq qiymatini 2005-yil 1-yanvardagi holatiga koʻra qayta hisoblab chiqishni tugallasinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov savdolari natijalari tasdiqlangandan keyin bir hafta muddatda qurilishlarning titul roʻyxatlarini tasdiqlasinlar, qurilishi yangidan boshlanayotgan obyektlar boʻyicha pudrat shartnomalari tuzilishini taʼminlasinlar hamda ularni rasmiylashtirish va moliyalashtirishni ochish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga va uning joylardagi organlariga, shuningdek xizmat koʻrsatuvchi banklarga taqdim etsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlar boʻyicha 2005-yil uchun qurilishlarning aniq roʻyxatlarini buyurtmachilar tomonidan taqdim etilgandan keyin oʻn kun muddatda belgilangan tartibda kelishib olsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tuzilgan shartnomalarga hamda moliyalashtirishning kelishilgan jadvallariga muvofiq moliyalashtirishning rasmiylashtirilishini va avans toʻlovlarining oʻtkazilishini 2005-yil 1-fevralgacha amalga oshirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida bitta oʻquvchi oʻrniga xarajatlarni:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
namunaviy loyihalarda oʻquv sinflari, oʻquv ustaxonalari va laboratoriyalaridan foydalanishni maqbullashtirish, oʻquv va yordamchi quvvatlarning oqilona yuklamasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yotoqxonalarni blok metodi bilan qurishga oʻtish, zaruriyatga qarab keyinchalik ularning quvvatini bosqichma-bosqich koʻpaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini loyihalashtirish va qurishda qimmat turadigan qurilish materiallari, shu jumladan pardozlash materiallari qoʻllashni taqiqlash hisobiga qisqartirish boʻyicha taklifi qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi bilan birgalikda xarajatlarni qisqartirishga doir yuqorida koʻrsatib oʻtilgan chora-tadbirlarni hisobga olgan holda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini qurish va rekonstruksiya qilish uchun bazaviy loyihalarning amaldagi normativ hujjatlarini uch oy muddatda qayta koʻrib chiqsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, tasdiqlangan loyiha yechimlaridan barcha chekinishlar, xarajatlarni belgilangan tartibni buzgan tomon hisobiga oʻtkazgan holda, ishlarning bajarilgan hajmidan chiqarib tashlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, vakolatli banklar obyektlar va qurilishlarni moliyalashtirishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-sentabrdagi 395-son qarori bilan tasdiqlangan Markazlashtirilgan manbalar hisobiga qurilishni tashkil etish, moliyalashtirish va kreditlash tartibi toʻgʻrisida Nizomga amal qilsinlar.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 42-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 63-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Belgilab qoʻyilsinki, markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar hisobiga amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish jarayonida loyihalash va ekspert tashkiloti aybi bilan yoʻl qoʻyilgan qoʻshimcha ishlar va xarajatlar hajmi aniqlangan taqdirda ushbu loyihani ishlab chiqish yoki ekspertizadan oʻtkazish uchun toʻlangan summaning hammasi koʻrsatib oʻtilgan tashkilotlardan davlat budjeti daromadiga olib qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Quyidagilarga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xorijiy investitsiyalar va kreditlar ishtirokida yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengashga Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining birgalikdagi taqdimnomasi boʻyicha tasdiqlangan Investitsiya dasturining umumiy parametrlari doirasida investitsiya loyihalarining aniq dasturiga va alohida buyurtmachilar boʻyicha kapital qoʻyilmalar limitlariga 2005-yil mobaynida aniqlashtirishlar kiritish, shu jumladan investitsiya loyihalarini yigʻma roʻyxatdan dasturning aniq qismiga yoki aniq qismdan yigʻma roʻyxatga oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga Moliya vazirligi bilan kelishgan holda, oʻtkazilgan tanlov savdolarini hamda alohida qurilishlar va obyektlar boʻyicha mablagʻlarning amalda oʻzlashtirilishini hisobga olgan holda buyurtmachilar qurilishlarining aniq yoʻnaltirilgan roʻyxatiga tasdiqlangan limitlar doirasida tuzatishlar kiritish huquqi berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi bilan birgalikda foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida tanlov savdolari oʻtkazishning belgilangan tartibiga rioya etilishini taʼminlasin hamda ikkinchi va keyingi yillarda qurilishning shartnomaviy joriy narxlarini aniqlashtirsin;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-avgustdagi 196-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 32-33-son, 251-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya loyihalarini amalga oshirishning butun davri mobaynida loyiha va qurilish ishlari sifati va obyektlar qurilishi muddatlariga rioya etilishi ustidan doimiy nazoratni amalga oshirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yilning har choragida Vazirlar Mahkamasiga shartnoma majburiyatlarining bajarilishi, loyiha va qurilish ishlari sifati monitoringi natijalari toʻgʻrisida hisobot taqdim etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi va Moliya vazirligi bilan birgalikda markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar hisobiga amalga oshiriladigan kapital qurilishda narxlar shakllantirilishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-avgustdagi 196-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 32-33-son, 251-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2004-yil 30-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
560-son