Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.03.2000 17.07.1991 yildagi 192-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarori, 17.07.1991 yildagi 192-son
Date of entry into force
17.07.1991
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.03.2000
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston SSJ Davlat oʻrmon qoʻmitasi haqidagi Nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 20-martdagi 98-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston SSJ Davlat oʻrmon qoʻmitasi haqidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston SSJ Vitse-Prezidenti Sh. MIRSAIDOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1991-yil 17-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
192-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 17-iyuldagi 192-sonli qarori bilan
TASDIQLANGAN
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston SSJ Davlat oʻrmon qoʻmitasi haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat oʻrmon qoʻmitasi respublika boshqaruv organi hisoblanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 21-iyuldagi 356-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-y., 7-son, 41-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston SSJ Davlat oʻrmon qoʻmitasi oʻrmon xoʻjaligining ahvoli va uni yanada rivojlantirish, tarmoqda fan-texnika taraqqiyoti, oʻrmonlardan oqilona foydalanish, ularni koʻpaytirish, muhofaza va himoya qilish, ovchilik xoʻjaligi va qoʻriqxona ishlarini, oʻrmon fondi hududida milliy parklarning ishlarini yuritishni tashkil etish, oʻrmonlarning ekologik va boshqa foydali funksiyalarini kuchaytirish, shuningdek, Qoʻmita tizimi korxonalari, tashkilotlarini ijtimoiy rivojlantirish uchun javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat oʻrmon qoʻmitasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining boshqa qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga va mazkur Nizomga amal qiladi.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 21-iyuldagi 356-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-y., 7-son, 41-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston SSJ Davlat oʻrmon qoʻmitasi oʻrmon xoʻjaligini, oʻrmonni koʻpaytirish, muhofaza va himoya qilish davlat boshqaruvini bevosita va oʻz tasarrufidagi oʻrmon xoʻjaligi organlari va korxonalari orqali amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston SSJ Davlat oʻrmon qoʻmitasining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrmonlardan foydalanish, ularni koʻpaytirish, muhofaza va himoya qilish, oʻrmon fondi hududida qoʻriqxona va milliy parklar ishini yoʻlga qoʻyish sohasida davlat boshqaruvini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ovchilik xoʻjaliklarini idoraviy boshqarish va nazorat qilish, oʻrmon fondi hududida ovchilik qoidalariga rioya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrmon xoʻjaligida oʻrmon fondining ekologik va meliorativ ahamiyatini oshirish, xalq xoʻjaligining va aholining oʻrmon mahsulotlariga boʻlgan talablarini toʻlaroq qondirish maqsadida oʻrmon boyliklarini har tomonlama kengaytirish va undan oqilona foydalanishga, ularni koʻpaytirishga va oʻrmon fondining holatini yaxshilashga qaratilgan yagona texnika siyosatini oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrmon fondini, hayvonot va oʻsimlik dunyosini hisobga olib borish va oʻrganish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrmon xoʻjaligiga fan yutuqlari va ilgʻor tajribani joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jumhuriyatda oʻrmonlarni qayta tiklash va ihota daraxtzorlarini koʻpaytirish, oʻrmon urugʻchiligini seleksiya-genetika asosida olib borish, jumhuriyatning yogʻoch-taxtaga boʻlgan ehtiyojini oʻrmonlarni qayta tiklash va kallaklash hisobiga qisman qondirish uchui yongʻoq mevali va boshqa tez oʻsuvchi daraxt navlaridan iborat boʻlgan oʻrmonlar yaratish, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, jumhuriyatning boshqa idoralari va tashkilotlari bilan birgalikda shartnoma asosida ihota daraxtzorlarini koʻpaytirish; togʻ yonbagʻirlarida, jarliklarda, oʻrmon chiqindilari uyulib yotgan va tashlandiq yerlarda eroziyaga qarshi daraxtzorlar barpo etish ishlarini olib borish;
(2-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 21-iyuldagi 356-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-y., 7-son, 41-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrmonlarni yongʻindan, oʻzboshimchalik bilan kesishdan va boshqa oʻrmon qoidalarini buzishdan himoya qilishni taʼminlash, oʻrmonlarni zararkunandalar) va kasalliklardan asrash, oʻrmonlarni aviatsiya yordamida va erda qoʻriqlash tizimini takomillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻriqxona ishlarini, davlat ovchilik xoʻjaligini yuritish, oʻsimlik dunyosini idora yoʻli bilan muhofaza qilishni, ovchilik qoidalari, normalari, muddatlarini, ovchilik xoʻjaligini yuritish tartibini hamda hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanishning boshqa idoraviy talablarini nazorat qilishni, hayvonlarning yashash muhitini, koʻpayish sharoitini va koʻchib yurish yoʻllarini saqlash tadbirlarini toʻgʻri va oʻz vaqtida ishlab chiqish hamda oʻtkazishni taʼminlash, oʻrmon fondi hududida yovvoyi hayvonlarning davlat kadastrini yuritish;
(2-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 8-iyundagi 278-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shifobaxsh va ovqatbop oʻsimliklar, yordamchi qishloq xoʻjaligi, bogʻdorchilik mahsulotlarini tayyorlash va ishlab chiqarish tadbirlarini amalga oshirish, shu maqsadda ovchilik mahsulotini oʻstirish, qayta ishlash va qadoqlash boʻyicha ixtisoslashtirilgan boʻlinmalar tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtisodiy ahvolni sogʻlomlashtirish maqsadida iqtisodiy mexamizmni takomillashtirish, korxonalar. va tashkilotlarni rivojlantirishni prognozlash, ularni xoʻjalik yuritishning yangi shakllariga oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrmon qonunchiligiga rioya qilish, barcha oʻrmondan foydalanuvchilar uchun majburiy boʻlgan oʻrmon va ovchilik xoʻjaligini yuritish yuzasidan normativ-texnika hujjatlarining bajarilishini nazorat qilib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kapital mablagʻlardan oqilona foydalanish va ularning samaradorligini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston SSJ Davlat oʻrmon qoʻmitasi korxonalarini, tashkilotlarini malakali kadrlar bilan taʼminlash, ishchi va xizmatchilarning uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaxshilash, xavfsiz mehnat sharoitini yaratish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston SSJ Davlat oʻrmon qoʻmitasi oʻrmon xoʻjaligi Qoraqalpogʻiston MSSJ Davlat oʻrmon qoʻmitasi va viloyat oʻrmon xoʻjaligi boshqarmalari orqali rahbarlik qiladi va oʻziga bevosita boʻysunadigan korxonalarni, tashkilotlarni boshqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston SSJ Davlat oʻrmon qoʻmitasi, unga qarashli oʻrmon xoʻjaliklari, oʻrmon-melioratsiya stansiyalari, davlat qoʻriqxonalari, zakazniklar, oʻrmon-ovchilik xoʻjaliklari, milliy parklar, Qoraqalpogʻiston MSSJ Davlat oʻrmon qoʻmitasi, viloyat oʻrmon xoʻjaligi boshqarmalari hamda tabiatni muhofaza qilish korxonalari hisoblangan unga qarashli boshqa korxonalar, tashkilotlar Oʻzbekiston SSJ oʻrmon xoʻjaligining yagona tizimini tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston SSJ davlat oʻrmon qoʻmitasi oʻrmon fondi hududida oʻziga berilgan huquqlar doirasida oʻrmon, ovchilik xoʻjaligi va qoʻriqxona, milliy parklar ishlarini olib borish bilan bogʻliq boʻlgan hamma masalalarni hal etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston SSJ Davlat oʻrmon qoʻmitasi Qoraqalpogʻiston MSSJ Davlat oʻrmon qoʻmitasi, viloyat oʻrmon xoʻjaligi boshqarmalari huquqlariga, shuningdek oʻrmon xoʻjaligi korxonalari, tashkilotlarining “Oʻzbekiston SSJda korxonalar haqida”gi Oʻzbekiston SSJ Qonunida hamda amaldagi boshqa qonunchilik aktlarida nazarda tutilgan huquqlariga rioya qilishga, ularning xoʻjalik mustaqilligi va tashabbuskorligining rivojlanishiga butun choralar bilan koʻmaklashishga majburdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston SSJ Davlat oʻrmon qoʻmitasi oʻrmon xoʻjaligi tarmogʻida qonunchilikning qoʻllanish tajribasini umumlashtiradi, uni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi hamda koʻrib chiqish uchun ularni Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuriridagi Vazirlar Mahkamasiga va SSJI Davlat oʻrmon qoʻmitasiga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston SSJ Davlat oʻrmon qoʻmitasi oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston SSJ Davlat oʻrmon qoʻmitasi ixtiyorida boʻlgan oʻrmon, oʻrmon-ovchilik xoʻjaliklarini, davlat qoʻriqxonalarini, milliy parklarni, zakazniklarni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi, belgilangan tartibda oʻrmon xoʻjaligi ishlarini rejalashtiradi, Oʻzbekiston SSJ, Qoraqalpogʻiston MSSJning manfaatdor vazirliklari va idoralari hamda viloyat ijroiya qoʻmitalari ishtirokida jumhuriyat oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirishning bosh rejalari (sxemalari)ni ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrmon xoʻjaligini toʻgʻri yuritishni, oʻrmon resurslaridan oqilona foydalanish, oʻrmonlarni qayta tiklash, parvarish qilish va ularning samaradorligini oshirish, ihota va eroziyaga bardoshli daraxtzorlar barpo etishni taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrmonning suvlarni asrash, ihota, sanitariya-gigiyenik, sogʻlomlashgirish, qoʻriqxona hamda boshqa foydali funksiyalarini kuchaytirish tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kolxozlar, sovxozlar va boshqa yerdan foydalanuvchilar hududida shartnoma asosida ihota daraxtzorlari barpo etish, togʻ yonbagʻirlarini terrasalash, jarliklarda, qiyaliklarda, yaroqsiz qazilmalar boʻlgan joylarda, tashlandiq yerlarda daraxtzorlar barpo etish ishlarini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrmonlarni yongʻindan, daraxtlarni oʻzboshimchalik bilan kesishdan hamda oʻrmonga zarar yetkazadigan boshqa xatti-harakatlardan muhofaza qilishni tashkil etadi, oʻrmon xoʻjaligi korxonalarida oʻrmonlarni qoʻriqlaydi, oʻrmon patalogiyasini nazorat qilishni hamda oʻrmon zararkunandalari va kasalliklarini hisobga olish va ularga qarshi kurashni amalga oshiradi;
(6-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 21-iyuldagi 356-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-y., 7-son, 41-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suvni asrovchi oʻrmonlarni, qimmatbaho daraxtzor yerlarni, aholi yashaydigan joylar atrofidagi koʻkalamzor zonalarni hamda iqlimni tartibga solish, sanitariya-gigiyenik, sogʻlomlashtirish va boshqa himoya funksiyalarini bajaruvchi boshqa daraxtzorlarni saqlash va ularning holatini yaxshilash choralarini koʻradi, oʻrmon fondi yerlarida joylashgan davlat tabiat yodgorliklarini muhofaza qilishni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
choʻl, togʻ va togʻ oldi yaylovlarining holatini yaxshilash, boyitish, mahsuldorligini oshirish, bu yerlarni daraxtzorlarga aylantirish, koʻchma qumlarni mustahkamlash tadbirlarini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrmon fondini hisobga olib boradi, oʻrmon xomashyosi va boshqa resurslarni oʻrganadi, ulardan samarali foydalanish choralarini koʻradi, belgilangan tartibda oʻrmon barpo etish tadbirlarini amalga oshiradi va uni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrmonlarni guruhlarga, ihota kategoriyalariga kiritish, shuningdek oʻrmonlarni bir guruhdan boshqa guruhga oʻtkazish haqidagi takliflarni Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrmon xoʻjaligini yuritish masalalari, oʻrmon daraxtlarini kesish qoidalari boʻyicha asosiy nizomlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda koʻrib chiqish uchun kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrmon xoʻjaligining toʻgʻri yuritilishini, oʻrmon resurslaridan foydalanishni tekshiradi, oʻrmonlarni oʻzboshimchalik bilan kesishdan va oʻrmonga zarar yetkazadigan boshqa xatti-harakatlardan qoʻriqlashni jumhuriyat oʻrmon xoʻjaligi hamda boshqa oʻrmon fondi boʻlgan korxonalar va tashkilotlar tomonidan oʻrmonni zararkunandalar va kasalliklardan himoya qilishni tashkil etadi, oʻrmon fondi boʻlgan korxonalar va tashkilotlarga oʻrmon xoʻjaligini yuritishda metodik yordam koʻrsatadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston SSJ oʻrmonlarida oʻrmondan foydalanish (qancha yogʻoch kesilishi) hajmlarini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ov qilish qoidalari va muddatlariga rioya etishni, oʻrmon fondi hududida hayvonot olamidan foydalanishni idora yoʻli bilan nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻriqxonalar, milliy parklarning hayvonot va oʻsimlik dunyosini ilmiy asosda saqlash va koʻpaytirish qoidalariga rioya etilishini idora yoʻli bilan nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrmon urugʻchiligi va oʻrmon koʻchatzorlarini tashkil etadi va rivojlantiradi, daraxt va buta navlari urugʻlari tayyorlashni, oʻz ehtiyojlari va boshqa isteʼmolchilarning talablarini qondirish uchun daraxtlar va butalar oʻstirishni taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yogʻoch-taxta tayyorlashni, shuningdek yogʻochdan, yogʻoch chiqindilaridan xalq isteʼmoli mollari va ishlab chiqarish maqsadlaridagi mollar ishlab chiqarishni, oʻrmonlarda qoʻshimcha ravishda foydalaniladigan mahsulotlar tayyorlashni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrmon fondi hududida shifobaxsh, texnika va ovqatbop oʻsimliklarni yigʻish va tayyorlash borasidagi hamma ishlarni tashkil etadi, ilmiy-tadqiqot institutlari bilan birgalikda yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning tarqalishi va mavjud resurslarini oʻrganadi, ularni yigʻish va tayyorlashning maqbul miqdorini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chorvani boqish normasi, ularning yaylovlarda joylashishi va oʻrmon fondi yerlaridan foydalanishning boshqa turlari, toʻlanadigan haq miqdori haqida belgilangan tartibda takliflar ishlab chiqadi va ularn Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tizimda ishlab chiqarishning koʻp ukladli shakllarini rivojlantirishga koʻmaklashadi va eksport-import operatsiyalarini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bogʻlar, tokzorlar, qishloq xoʻjaligi ekinlari, yongʻoq, mevali oʻsimliklarning hosildorligini oshirishni taʼminlaydi, mevalarni topshirish boʻyicha shartnomalarning oʻz vaqtida tuzilishi va bajarilishini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dasturga muvofiq asosiy boʻgʻin xodimlarining kadrlar rezervini yaratadi, rahbar xodimlar va mutaxassislarni tayyorlaydi hamda ularning malakasini oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishini kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, yuqori samarali texnologik usullarni joriy etish tadbirlarini oʻtkazishni taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz tasarrufidagi korxonalarning, tashkilotlarning materiallar va asbob-uskunalardan toʻgʻri foydalanishlarini taʼminlaydi, belgilangan tartibda moddiy resurslarning ortiqchasini va foydalanilmay qolgan qismini sotish choralarini koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kapital mablagʻlardan samarali foydalanishni va yangi ishlab chiqarish quvvatlarini, uy-joy fondini, ijtimoiy-madaniy obyektlarni oʻz vaqtida ishga tushirishni taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan tartibda oʻz tasarrufidagi korxonalar va tashkilotlarga mablagʻ ajratadi, moliyaviy ahvolni yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz tasarrufidagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning buxgalteriya hisobotlarini va balanslarini koʻrib chiqadi, qoʻshma balanslar tuzib, ularni tegishli organlarga topshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz tasarrufidagi korxonalarning, tashkilotlarning moliya-xoʻjalik faoliyatini hujjatli taftish qilishni tashkil etadi, hisobga olish va hisobot ishlarini takomillashtiradi, oʻziga qarashli korxonalarda, tashkilotlarda hisobot ishlarining ahvolini, ularning mol-mulkining saqlanishini nazorat qilib boradi, yetkazilgan moddiy zararni undirish choralarini koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli organlarga Qoʻmitaning ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyati haqida belgilangan muddatlarda, hisobga olish va hisob-kitobning amaldagi shakllari boʻyicha hisobot beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz tasarrufidagi korxonalarning, tashkilotlarning ishchilari, xizmatchilari mehnatiga haq toʻlash toʻgʻrisida takliflar, shuningdek mehnatni ilmiy tashkil etish va normalash boʻyicha tadbirlar ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarning xatlarini (arizalarini, shikoyatlarini) birgalikda koʻrib chiqishni tashkil etadi va xatlarda maʼlum qilingan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini koʻradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Idoralarga qarashli davlat qoʻriqxonalari, milliy tabiiy bogʻlar va zakazniklar toʻgʻrisidagi nizomlarni belgilangan tartibda tasdiqlaydi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 30-avgustdagi 436-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Hukumat qarorlari toʻplami, 1993-y., 8-son, 33-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston SSJ Davlat oʻrmon qoʻmitasiga quyidagi huquqlar beriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli vazirliklar, jumhuriyat davlat qoʻmitalari va idoralari bilan kelishilgan holda oliy oʻquv yurtlarini, ilmiy-tadqiqot, loyihalash va loyiha-konstruktorlik tashkilotlarini, shuningdek ilmiy xodimlarni va mutaxassislarni oʻrmon xoʻjaligi, oʻrmon-ovchilik va qoʻriqxona ishlari, milliy parklar, zakazniklar va ekspertizalar oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan alohida masalalarni ishlab chiqishga jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita kollegiyasi majlislarida oʻrmonlar birkitilgan yoki oʻrmonlarda ish olib boruvchi jumhuriyat vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari, korxonalari, muassasalari, tashkilotlari vakillarining oʻrmon xoʻjaligini yuritish, oʻrmonni muhofaza va himoya qilish hamda oʻrmon resurslaridan toʻgʻri foydalanish masalalari yuzasidan axborotlarini tinglash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrmonlar birkitilgan yoki oʻrmonlarda ish olib boruvchi korxonalar, muassasalar va idoralarning mansabdor shaxslariga oʻrmon xoʻjaligini yuritish qoidalari, nizomlari va yoʻriqnomalarining buzilish hollarini, oʻrmonlarni muhofaza va himoya qilish, oʻrmon resurslaridan foydalanishdagi kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan majburiy koʻrsatmalar berish va bu haqda yuqori tashkilotlarning rahbarlariga xabar qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jumhuriyatning oʻrmonlar birkitilgan yoki oʻrmonlarda ish olib boruvchi vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralari, korxonalari, muassasalari va tashkilotlaridan oʻrmon xoʻjaligini yuritish, oʻrmonlarni muhofaza va himoya qilish hamda oʻrmon resurslaridan toʻgʻri foydalanish masalalari boʻyicha tegishli materiallar olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrmon xoʻjaligi korxonalari va tashkilotlarini tashkil etish hamda tugatish toʻgʻrisida belgilangan tartibda takliflar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chorvani boqishdan tushadigai mablagʻlarni oʻtkazish, oʻrmon qonunchiligi talablarini buzganlik sababli zararni undirish uchun bank muassasalarida hisob-kitob va maxsus schyotlar ochish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vakolati doirasida SSJIda ham, chet mamlakatlarda ham xalqaro tashkilotlar, muassasalar, organlar, korxonalar, mansabdor va xususiy xorijiy shaxslar bilan aloqalarni amalga oshirish, qoʻshma korxonalar tashkil etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston SSJ Davlat oʻrmon qoʻmitasi va uning joylardagi organlarining mansabdor shaxslari oʻz xizmat burchlarini bajarish uchun belgilangan tartibda oʻz tasarruflaridagi korxonalarda, tashkilotlarda boʻlish huquqiga egadirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston SSJ Davlat oʻrmon qoʻmitasi oʻz ishini oʻrmon, ovchilik xoʻjaligi, qoʻriqxona ishlari, milliy parklarga rahbarlik qilishga taalluqli hamma masalalarni muhokama qilish va hal qilishda kollegiallik va yakkaboshchilikni uygʻunlashtirish asosida olib boradi, topshirilgan ish sohasidagi ishlarning ahvoli uchun masʼul boʻlgan mansabdor shaxslarni belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston SSJ Davlat oʻrmon qoʻmitasiga Oʻzbekiston SSJ Konstitutsiyasiga muvofiq Oʻzbekiston SSJ Prezidentining Farmoni bilan tayinlanadigan va keyinchalik Oʻzbekiston SSJ Oliy Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan Rais boshchilik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston SSJ Davlat oʻrmon qoʻmitasi Raisining Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadigan oʻrinbosarlari boʻladi. Rais oʻrinbosarlari oʻrtasida vazifalar Oʻzbekiston SSJ Davlat oʻrmon qoʻmitasi Raisi tomonidan taqsimlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston SSJ Davlat oʻrmon qoʻmitasi Raisi Qoʻmita zimmasiga yuklatilgan vazifalar va burchlarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi, Rais oʻrinbosarlari, boʻlim boshliqlarining Qoʻmita faoliyatining alohida sohalariga rahbarlik uchun, shuningdek oʻrmon xoʻjaligi korxonalari va tashkilotlarining ish uchun masʼuliyat darajasini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat oʻrmon qoʻmitasi Raisi qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari asosida va ularni bajarish yuzasidan qoʻmita vakolatlari doirasida buyruqlar va yoʻriqnomalar chiqaradi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat oʻrmon qoʻmitasi tizimi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar beradi va ularning bajarilishini tekshiradi.
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 21-iyuldagi 356-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-y., 7-son, 41-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston SSJ Davlat oʻrmon qoʻmitasi Raisi zarur hollarda Oʻzbekiston SSJning boshqa vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining rahbarlari bilan birgalikda buyruqlar va yoʻriqnomalar chiqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston SSJ Davlat oʻrmon qoʻmitasida lavozimiga koʻra Rais, shuningdek Qoʻmitaning rahbar xodimlaridan iborat tarkibda kollegiya tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston SSJ Davlat oʻrmon qoʻmitasi kollegiyasi aʼzolari Oʻzbekistun SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston SSJ Davlat oʻrmon qoʻmitasi kollegiyasi oʻzining muntazam oʻtkazib turiladigan majlislarida oʻrmon xoʻjaligini, ovchilik xoʻjaligini, qoʻriqxona ishlarini rivojlantirishning asosiy masalalarini hamda Qoʻmita ishlab chiqarish faoliyatining boshqa masalalarini koʻrib chiqadi, korxonalar va tashkilotlarga amaliy rahbarlik, ijroni tekshirish, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish masalalarini, eng muhim qarorlar, buyruqlar, nizomlar va yoʻriqnomalarning loyihalarini muhokama qiladi, Qoʻmitaning boʻlim boshliqlari, shuningdek Qoraqalpogʻiston MSSJ Davlat oʻrmon qoʻmitasi va viloyat oʻrmon xoʻjaligi boshqarmalari boshliqlarining oʻrmon xoʻjaligi korxonalari va tashkilotlari rahbarlarining hisobotlarini tinglaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kollegiya qarorlari qoidaga koʻra Raisning buyruqlari asosida amalga oshiriladi. Rais va kollegiya oʻrtasida kelishmovchilik kelib chiqqan hollarda Rais oʻz qarorlarini amalga oshiraveradi va mazkur kelishmovchiliklar haqida Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Maqkamasini xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Fan va texnikani rivrjlantirishning asosiy yoʻnalishlari boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish, tarmoqda yagona texnika siyosatini belgilash, vatanimiz va chet mamlakatlarning fani, texnikasi va ilgʻor tajribasi eng yangi yutuqlaridan foydalanish va ularni ishlab chiqarishga joriy etish yuzasidan tavsiyalarni ishlab chiqish uchun taniqli olimlar yuqori malakali mutaxassislar, ishlab chiqarish novatorlaridan, shuningdek ilmiy-texnika jamiyatlari va boshqa tashkilotlarning vakillaridan iborat ilmiy-texnika kengashi tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ilmiy-texnika kengashining tarkibi va uning toʻgʻrisidagi nizom Oʻzbekiston SSJ Davlat oʻrmon qoʻmitasi Raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻzbekiston SSJ Davlat oʻrmon qoʻmitasining tuzilishi va markaziy apparati xodimlarining soni Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita markaziy apparatining shtat jadvali belgilangan tartibda Oʻzbekiston SSJ Davlat oʻrmon qoʻmitasining Raisi tomonidan OʻzSSJ Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Oʻzbekiston SSJ Davlat oʻrmon qoʻmitasi Oʻzbekiston SSJ Davlat gerbi tasvirlangan hamda nomi oʻzbek va rus tillarida yozilgan muhrga ega boʻladi.