17.01.2014 yildagi 8-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 17.01.2014 yildagi 8-son
Date of entry into force
27.01.2014
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Temir yoʻl transporti xodimlarining intizomi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Temir yoʻl transporti toʻgʻrisida”gi Qonuni 36-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-iyundagi 317-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 09/26/317/0617-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Temir yoʻl transporti xodimlarining intizomi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2014-yil 17-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-yanvardagi 8-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Temir yoʻl transporti xodimlarining intizomi toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Temir yoʻl transporti Oʻzbekiston Respublikasining transport tizimiga kiradi hamda umumiy foydalanishdagi hamda umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻl transportidan iborat boʻlib, jismoniy va yuridik shaxslarning temir yoʻlda tashishga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish uchun moʻljallangan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Poyezdlar harakati va manyovr ishlari xavfsizligini, tashiladigan bagaj, yuk bagaji, yukni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarining saqlanishini, shuningdek, yoʻlovchilarning hayoti va sogʻligʻiga xavf soluvchi vaziyatlarning oldini olish maqsadida temir yoʻl transporti korxonalari, muassasalari va tashkilotlari xodimlaridan ishda uygʻunlik, yuksak uyushqoqlik va mehnat majburiyatlarini benuqson bajarish talab etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Temir yoʻl transportida intizomning buzilishi odamlarning hayoti va sogʻligʻiga, poyezdlar harakati va manyovr ishlarining xavfsizligiga, tashiladigan bagaj, yuk bagaji, yukni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarining saqlanishiga xavf tugʻdiradi, shuningdek, shartnoma majburiyatlari bajarilmasligiga olib keladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-iyundagi 317-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 09/26/317/0617-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizom mehnat qonunchiligiga asoslanib, temir yoʻl transporti xodimlari tomonidan intizomga rioya qilishning alohida shartlarini va bunday shartlar buzilgan taqdirda, intizomiy jazo qoʻllash tartibini belgilaydi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-iyundagi 317-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 09/26/317/0617-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ushbu Nizom umumiy foydalanishdagi va umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻl transporti xodimlariga tatbiq etiladi. Poyezdlar harakati bilan bevosita bogʻliq boʻlgan va temir yoʻlda tashishlar xavfsizligini taʼminlaydigan temir yoʻl transporti xodimlari lavozimlarining, shuningdek, mehnat shartnomasi kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishilmasdan bekor qilinadigan xodimlar toifalarining roʻyxati ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi tashkiloti yoki xodimlarning vakillik organi bilan kelishilgan holda qabul qilinadigan Ichki mehnat tartibi qoidalarida, jamoa shartnomasida belgilanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-iyundagi 317-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 09/26/317/0617-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Temir yoʻl transporti xodimlarining intizomi ular tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartib, qoidalar va normalarga rioya qilishdan, temir yoʻl transporti korxonalari va tashkilotlari rahbarlarining (keyingi oʻrinlarda — rahbarlar) buyruqlari (farmoyishlari), shuningdek, mehnat shartnomalarida (kontraktlarda) va lavozim yoʻriqnomalarida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarishdan iborat.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-iyundagi 317-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 09/26/317/0617-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Temir yoʻl transporti xodimlari quyidagilarga majburdir:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) temir yoʻl transportining barqaror va samarali ishlashini, temir yoʻl transporti infratuzilmasining yaxlitligi va uzluksiz ishlashini, tashishlar xavfsizligini taʼminlash, yoʻlovchilar, bagaj, yuk bagaji, yuklar, pochta va kuryerlik joʻnatmalari oʻz vaqtida yetkazilishini taʼminlash, poyezdlar harakati jadvallariga rioya qilish, harakatdagi temir yoʻl tarkibining bekor turib qolishini qisqartirish, ilgʻor texnologiyalarni va menejmentning zamonaviy usullarini keng joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) temir yoʻl transporti obyektlarini, shuningdek, temir yoʻl transportining asbob-uskunalari, materiallari va texnik vositalarini asrash, tashilayotgan bagaj, yuk bagaji, yuklar, pochta va kuryerlik joʻnatmalarining saqlanishini taʼminlash, ularning talon-toroj qilinishi, yoʻqotilishi va yaroqsiz holga kelib qolishining oldini olish va barham berish choralarini koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) temir yoʻl transportidan xavfsiz foydalanish, yongʻin va ekologik xavfsizlik, mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) yoʻlovchilar toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilish, ularga xizmat koʻrsatishning yuksak madaniyatini taʼminlash, temir yoʻl transportida koʻrsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) ushbu Nizom talablarini bilish va bajarish.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-iyundagi 317-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 09/26/317/0617-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Rahbarlar quyidagilarga majburdir:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) poyezdlar harakati va manyovr ishlari xavfsizligini tashkil etish masalalariga alohida eʼtibor bergan holda oʻziga boʻysunuvchilar ishini toʻgʻri tashkil etish, buyruqlarni (farmoyishlar) aniq berish, ularning aniq va oʻz vaqtida bajarishni tekshirish, ilgʻor texnologiyalar va boshqaruvning zamonaviy usullari keng joriy etilishini taʼminlash;
(6-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-iyundagi 317-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 09/26/317/0617-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) temir yoʻl transporti infratuzilmasi faoliyat koʻrsatishining yaxlitligi va uzluksizligini, temir yoʻl transportining barqaror va samarali ishlashini, tashishlar xavfsizligini, koʻrsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirishni, tejamkorlik rejimiga rioya qilinishini taʼminlash, moliyaviy intizomga va shartnoma majburiyatlarini bajarish, moddiy resurslardan oqilona va samarali foydalanish, tashiladigan bagaj, yuk bagaji, yuklar, pochta va kuryerlik joʻnatmalari saqlanishi, shuningdek, ularning yoʻqotilishi, yaroqsiz holga kelishi va talon-toroj qilinishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish;
(6-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-iyundagi 317-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 09/26/317/0617-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) xodimlar orasida mehnat intizomiga va texnologik intizomga rioya etilishini taʼminlash, sogʻlom va xavfsiz mehnat shart-sharoitlarini yaratish, odamlarga, ularning ehtiyojlari va soʻrovlariga sezgirlik bilan munosabatda boʻlish, xizmatda oʻrnak koʻrsatgan xodimlarni ragʻbatlantirish va intizomni buzuvchilardan qatʼiy talab qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) xizmat burchini bajarishga vijdonan munosabatda boʻlish namunasini koʻrsatish, shuningdek xizmatda va uning tashqarisida munosib xulq-atvorni namoyish qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) oʻziga boʻysunuvchilarni ushbu Nizom bilan tilxat ostida tanishtirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Temir yoʻl transporti xodimlari mehnat majburiyatlarini bajarish chogʻida, basharti, ular uchun maxsus ishlab chiqarish kiyim-boshi belgilanmagan boʻlsa, forma boʻyicha kiyinishlari kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Ragʻbatlantirish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Temir yoʻl transporti xodimlari mehnat majburiyatlarini namunali bajargani, ish sifati yaxshilangani, mehnat unumdorligini oshirgani, novatorlik, tashabbus koʻrsatganligi, tashiladigan yuk bagaji, yuklar, pochta va kuryerlik joʻnatmalari saqlanishi taʼminlanganligi, ishonib topshirilgan boshqa mol-mulkka ehtiyot bilan munosabatda boʻlgani, temir yoʻl transportida uzoq vaqt va nuqsonsiz ishlagani uchun ragʻbatlantiriladilar.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-iyundagi 317-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 09/26/317/0617-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Xodimlar uchun ragʻbatlantirishlarning quyidagi turlari qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) tashakkurnoma eʼlon qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) mukofot berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) qimmatli sovgʻa bilan taqdirlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) Faxriy yorliq bilan taqdirlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) esdalik belgisini topshirgan va pul mukofoti bilan taqdirlagan holda ishdagi muvaffaqiyatlar uchun kasb boʻyicha eng yaxshi xodim unvonini yoki boshqa unvonlarni berish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xodimlar uchun tarmoq bitimlarida, kollektiv shartnomalarda, ichki mehnat tartibi qoidalarida nazarda tutilgan boshqa ragʻbatlantirishlar ham qoʻllanilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xodimlar mehnat sohasidagi alohida xizmatlari uchun belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofotlariga taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ragʻbatlantirishning bir vaqtning oʻzida bir necha turlari qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish haqi, mukofotlar, qoʻshimcha toʻlovlar, ustamalar va mehnat haqi tizimida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlar ragʻbatlantirish turlariga kirmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Ragʻbatlantirish buyruq bilan eʼlon qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Intizomiy jazo amal qilib turgan muddat mobaynida xodimga nisbatan ragʻbatlantirish choralari qoʻllanilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Intizomiy javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Xodimning mehnat majburiyatlarini bajarayotganda intizomni aybli buzishi intizomiy nojoʻya xatti-harakat hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Xodim tomonidan intizomiy qilmish sodir etilgani uchun ish beruvchi unga nisbatan intizomiy jazo qoʻllash huquqiga ega.
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-iyundagi 317-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 09/26/317/0617-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Har bir intizomiy nojoʻya xatti-harakat uchun faqat bitta intizomiy jazo qoʻllanilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Rahbar intizomiy jazo qoʻllanilgunga qadar yoʻl qoʻyilgan qoida buzilishining sabablari va motivlarini har tomonlama va xolisona aniqlashga, ushbu qoida buzilishini sodir etgan xodimdan oldin yozma tushuntirish talab qilishga majburdir.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yozma tushuntirish berish rad etilishi bevosita boshliq hamda tegishli temir yoʻl transporti korxonasi va tashkilotining ikki xodimi tomonidan imzolangan dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi va aybdorni intizomiy javobgarlikdan ozod etmaydi.
(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-iyundagi 317-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 09/26/317/0617-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Intizomiy jazo turini aniqlashda ish beruvchi sodir etilgan nojoʻya xatti-harakatning ogʻirligini, u sodir etilishi holatlarini, oldingi xatti-harakatini va nojoʻya ishni sodir etgan xodimning xulq-atvorini hisobga olishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Intizomiy jazoni qoʻllashda rahbar xizmat odob-ahloqi qoidalariga rioya qilishi va intizomiy nojoʻya xatti-harakatni sodir etgan xodimning qadr-qimmati kamsitilishiga yoʻl qoʻymasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Xodim tomonidan intizomiy qilmish sodir etilgani uchun unga nisbatan intizomiy jazolarning quyidagi turlari qoʻllaniladi:
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-iyundagi 317-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 09/26/317/0617-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) hayfsan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) oʻrtacha oylik ish haqining oʻttiz foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda jarima. Ichki mehnat tartibi qoidalarida xodimga oʻrtacha oylik ish haqining ellik foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda jarima solish hollari ham nazarda tutilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) mehnat shartnomasini bekor qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehnat shartnomasining toʻxtatilishi xodim tomonidan oʻz mehnat majburiyatlari muntazam buzilishi yoki xodim tomonidan oʻz mehnat majburiyatlari bir marta qoʻpol ravishda buzilishi uchun qoʻllanilishi mumkin. Xodim tomonidan mehnat majburiyatlari oldin buzilganligi uchun xodim intizomiy yoki moddiy javobgarlikka tortilgan kundan boshlab bir yil mobaynida sodir etilgan oʻz mehnat majburiyatlarini takroran buzish muntazam buzish deb hisoblanadi. Xodimning poyezdlar harakati, manyovr ishlari xavfsizligiga, odamlarning hayoti va sogʻligʻiga xavf soluvchi yoki yuklar, bagaj va unga ishonib topshirilgan mol-mulkning saqlanishi taʼminlanmasligiga olib kelgan xatti-harakati mehnat majburiyatlarini bir marta qoʻpol ravishda buzish hisoblanadi.
(15-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-iyundagi 317-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 09/26/317/0617-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik yoki toksik modda taʼsiridan mastlik holatida ishga kelgan xodim shu kuni (smenada) ishga qoʻyilmaydi. Xodimni asossiz ravishda ishdan chetlatish qonunchilik hujjatlariga muvofiq aybdor mansabdor shaxsni javobgarlikka tortishga olib keladi.
(15-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-iyundagi 317-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 09/26/317/0617-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Xodimning mehnat shartnomasini bekor qilishga olib kelishi mumkin boʻlgan oʻz mehnat majburiyatlarini bir marta qoʻpol ravishda buzilishi roʻyxati tegishli temir yoʻl transporti korxona, tashkilotning Ichki mehnat tartibi qoidalarida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rahbarning mehnat majburiyatlari muntazam ravishda yoki bir marta qoʻpol ravishda buzilgani uchun xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini toʻxtatishga rozilik berish toʻgʻrisidagi taqdimnomasini kasaba uyushmasi qoʻmitasi oʻn kun muddatda koʻrib chiqadi va qabul qilingan qaror toʻgʻrisida yozma shaklda maʼlum qiladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-iyundagi 317-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 09/26/317/0617-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Intizomiy jazo nojoʻya xatti-harakat aniqlangan kundan boshlab bir oydan kechikmay beriladi, bunga xodimning kasalligi yoki taʼtilda boʻlish vaqti, shuningdek komissiya tekshirgan vaqt va u yoki bu nojoʻya xatti-harakatda aybdor shaxslar doirasini aniqlash vaqti bunga kirmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Barcha hollarda intizomiy jazo olti oydan kechikmay berilishi kerak, moliya-xoʻjalik faoliyatini taftish qilish natijalari boʻyicha esa — nojoʻya xatti-harakat sodir etilgan kundan boshlab ikki yildan kechikmay berilishi kerak. Jinoyat tartibida ishni koʻrib chiqish vaqti ushbu muddatga kiritilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Intizomiy jazoning amal qilish muddati u qoʻllanilgan kundan boshlab bir yildan ortiq boʻlmasligi kerak. Agar ushbu muddat mobaynida xodim yangi intizomiy jazoga duchor qilinmasa, u holda u intizomiy jazo olmagan deb hisoblanadi. Intizomiy jazoni qoʻllagan rahbar intizomiy jazo amal qilish muddati tamom boʻlgunga qadar uni oʻz tashabbusi bilan, mehnat jamoasining iltimosnomasiga koʻra yoki aybdor xodimning murojaati munosabati bilan bekor qilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Ish beruvchining xodimga nisbatan intizomiy jazo chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi buyrugʻi sabablari koʻrsatilgan holda buyruq qabul qilingan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida xodimga imzo qoʻydirib eʼlon qilinadi, bunda xodimning ishda boʻlmagan vaqti hisobga olinmaydi. Xodim oʻziga nisbatan qoʻllanilgan intizomiy jazo chorasi haqidagi buyruq bilan tanishib, imzolashni rad etgan taqdirda, ushbu holatda hozir boʻlgan guvohlar — tegishli temir yoʻl transporti korxonasi, tashkiloti xodimlari tomonidan imzolangan dalolatnoma tuziladi. Bunday holda xodim buyruq bilan tanishgan hisoblanadi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-iyundagi 317-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 09/26/317/0617-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Xodimni intizomiy javobgarlikka tortish tartibining buzilishi buyruq (farmoyish)ning bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishiga olib keladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Intizomiy jazoning qoʻllanishi intizomiy qilmish, aybli harakat (harakatsizlik) sodir etgan xodimni qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa javobgarlikdan ozod qilmaydi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-iyundagi 317-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 09/26/317/0617-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Intizomiy jazo ustidan yakka tartibdagi mehnat nizolarini koʻrib chiqish uchun belgilangan tartibda shikoyat qilish mumkin. Intizomiy jazolar masalalari boʻyicha xodimlarning mehnat nizolari qonunchilik hujjatlariga muvofiq mehnat nizolari boʻyicha komissiyalar va sudlar tomonidan koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xodim mehnat nizosi hal etilishi uchun oʻz tanloviga koʻra mehnat nizolari boʻyicha komissiyaga yoki bevosita sudga murojaat qilishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish beruvchining temir yoʻl transporti xodimiga nisbatan intizomiy jazo qoʻllanishi toʻgʻrisidagi buyrugʻi ustidan shikoyat qilish intizomiy jazoning ijro etilishini toʻxtatmaydi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-iyundagi 317-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 09/26/317/0617-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 4-son, 46-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 23.06.2026-y., 09/26/317/0617-son)