Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 21.08.1998 yildagi 360-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 21.08.1998 yildagi 360-son
Date of entry into force
21.08.1998
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1998-yil paxta hosilini yigʻishtirib olishni ragʻbatlantirish va uni uyushqoqlik bilan oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Koʻchirma]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1998-yil paxta hosili oʻz vaqtida va sifatli yigʻishtirib olinishini taʼminlash, paxta mahsuloti hajmlarini koʻpaytirish va sifatini yaxshilashda qishloq xoʻjaligi xodimlarining moddiy manfaatdorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Paxta yigʻim-terimi mavsumini uyushqoqlik bilan oʻtkazishga doir masalalarni tezkorlik bilan hal etish uchun 1-ilovaga muvofiq tarkibda Respublika komissiyasi tuzilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi va “Oʻzqishloqxoʻjalikmashxolding” kompaniyasi xoʻjaliklarning yigʻim-terimga tayyorligini puxta oʻrganib chiqsinlar va moddiy-texnika bazaning yigʻim-terimga va paxta tayyorlashga 1-sentabrgacha tayyorlab qoʻyilishini va yigʻim-terim mavsumi qisqa muddatlarda oʻtkazilishini taʼminlovchi qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Paxta yetishtirish va 1998-yil hosilidan paxta tolasi davlat xaridi hajmi Vazirlar Mahkamasining “1998-yilda yetishtiriladigan paxta xom ashyosi uchun avans berish toʻgʻrisida” 1998-yil 4-fevraldagi 57-son qaroriga muvofiq belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. 1998-yil hosili paxta xom ashyosiga oʻrtacha xarid narxlari xarid bozorida paxta tolasiga narx konyunkturasidan kelib chiqib paxtani qayta ishlash va tolani transportda tashish xarajatlarini hisobga olib 1 tonnasi uchun 24 300 soʻm miqdorida belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1998-yil hosili paxta xom ashyosining yalpi xarid narxlari preyskurantini bir hafta muddatda ishlab chiqsin hamda manfaatdor vazirliklar va idoralarga yetkazsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi topshirilgan paxta xom ashyosi uchun xoʻjaliklar bilan uning qiymatining 90 foizi hisobidan kelib chiqib hisob-kitob qilsin, uzil-kesil hisob-kitoblar qayta ishlash yakunlari boʻyicha qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 31-yanvardagi 32-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Hosilni yigʻishtirib olishda moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish maqsadida xoʻjaliklarga paxta terganlik uchun quyidagi chegaralangan miqdorlarda haq toʻlash tavsiya etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki qatorli vertikal shpindelli paxta terish mashinasida terilgan konditsion ogʻirligi 1 tonna boʻlgan paxta uchun — kamida 135 soʻm, toʻrt qatorli mashinada terilganda — 85 soʻm, ikki qatorli gorizontal shpindelli mashinada terilganda — kamida 45 soʻm;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻlda terilgan 1 kilogramm oʻrta tolali paxta uchun — kamida 5 soʻm, ingichka tolali paxta uchun kamida 6,5 soʻm.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yigʻim-terim ishlarida band boʻlganlar bilan paxta tayyorlash toʻgʻrisidagi statistika maʼlumotlariga muvofiq har besh kunda hisob-kitob qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjaliklar rahbarlarining eʼtibori yuqori navli paxta terib olinishi uchun terimchilarni ragʻbatlantirishni nazarda tutgan holda yigʻim-terim mavsumining dastlabki kunlaridan boshlab paxta terimi uchun eng yuqori haq belgilanishi zarurligiga qaratilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pul-kredit siyosati boʻyicha respublika komissiyasi (Mullajonov) agrosanoat kompleksida mehnatga haq toʻlashning bazaviy darajasini mazkur bandga muvofiq qayta koʻrib chiqsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Markaziy bank, “Paxta-bank”, “Oʻzsanoatqurilishbank”, “Oʻztadbirkorbank”, “Mevasabzavotbank” terimchilar va paxta terish mashinalarining mexanik-haydovchilari bilan, shuningdek paxtani yuklash, tushirish, tayyorlash, transportda tashish va joylashtirish hamda ishlov berish, paxta terish texnikasiga texnik xizmat koʻrsatish va tuzatish bilan band boʻlgan xodimlar bilan mehnatga haq toʻlashning idora ichki normativlari boʻyicha oʻz vaqtida hisob-kitob qilish uchun xoʻjaliklarni, mashina-traktor parklarini va tayyorlov punktlarini, paxta tozalash zavodlarini naqd pul bilan taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi (Bobojonov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari gʻoʻza bargini toʻkish 2-ilovaga muvofiq hajmlarda va muddatlarda oʻtkazilishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi (Roʻzmetov) Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda “Oʻzagrokimyotaʼminot” davlat-aksiyadorlik birlashmasining buyurtmanomalari boʻyicha gʻoʻza bargini toʻkish uchun zarur miqdorda samolyotlar va vertolyotlar ajratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasi (Matchonov), “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi (Olimjonov), Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi (Bobojonov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shu yil 10-sentabrgacha mashinalarni traktorlarga tirkagan holda, paxta terish texnikasini, yuklash-transportda tashish vositalarini toʻliq tayyor holga keltirsinlar, terish-transport otryadlarini mexanizatorlar bilan butlasinlar. Dvigatellar, uzellar va agregatlarni, boshqa zarur materiallarni almashtirish fondlari tashkil etsinlar. Paxtani mashinada terishni tashkil etish va oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining tavsiyalariga muvofiq amalga oshirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta terish mashinalarini paxta yigʻim-terimiga 3-ilovaga muvofiq miqdorlarda chiqarsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta terish mashinalaridan unumli foydalanish maqsadida ularni terim-transport otryadlari tarkibida jamlasinlar va ishlashini tashkil etsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasi (Matchonov) paxta yigʻim-terimi mavsumi boshlanishiga qadar 500 ta vertikal shpindelli, 141 ta gorizontal shpindelli paxta terish mashinasi, shuningdek “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq traktorlar, pritseplar, koʻrak terish mashinalari, koʻsak chuviydigan mashinalar va ehtiyot qismlar yetkazib berilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi “Keys-2022” gorizontal shpindelli paxta terish mashinalari qiymatini “Oʻz Keysmash” qoʻshma korxonasiga toʻlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda Fargʻona vodiysi viloyatlaridan hosilni yigʻib-terib olishga paxta terish texnikasi va mehnat resurslarini safarbar qilish yuzasidan shartnomalar tuzilishini tashkil etsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasi va “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi paxta terish texnikasini mavsumga tayyorlashni tugallashda xoʻjaliklarga va mashina-traktor parklariga texnikaviy yordam koʻrsatish hamda ularning uzluksiz ishlashini taʼminlash uchun sanoat korxonalarini viloyatlarga 4-ilovaga muvofiq biriktirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasi (Tojiyev) yonilgʻi-moylash materiallari, “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi (Yusupbekov) esa defoliantlar 1998-yil sentabr — noyabr oylarida xoʻjaliklarga, mashina-traktor parklariga va paxta tozalash korxonalariga yigʻim-terim ishlarini, tayyorlov punktlarida paxtaga ishlov berishni, kuzga shudgorlashni va boshoqli don ekishni uzluksiz oʻtkazish uchun zarur boʻlgan hajmlarda, ular qiymatining 15 foizini oldindan undirmagan holda, hisob-kitoblarni paxta xom ashyosining paxta tozalash zavodlariga sotilishiga qarab birinchi navbatda amalga oshirish sharti bilan, yetkazib berilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi (Ermetov) neft, gaz kondensati va neft mahsulotlari ular qiymatining 15 foizi oldindan undirilmagan holda yetkazib berilishini taʼminlasin hamda 1998-yil sentabr — dekabr oylari davrida “Oʻzbekneftgaz” milliy koporatsiyasi korxonalariga penya hisoblamasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻzbekbirlashuv, “Oʻzbeksavdo” kompaniyasi, “Yogʻmoytamakisanoat” uyushmasi, “Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasi qishloq aholisini va paxta terimi qatnashchilarini oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash masalalarini oʻz vaqtida hal etsinlar, joylarda koʻchma savdo tashkil etsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi paxta yigʻim-terimida band boʻlgan xodimlarga tibbiy xizmat koʻrsatish chora-tadbirlarini belgilasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi hosilni yigʻishtirib olish davrida terimchilarga madaniy xizmat koʻrsatishni tashkil etsin, sanʼat va adabiyot ustalarining xoʻjaliklarga borishlarini nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1998-yil 21-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
360-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
1998-yil 21-avgustdagi
360-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1998-yil paxta yigʻim-terimi mavsumini uyushqoqlik bilan oʻtkazishga doir masalalarni koʻrib chiqish boʻyicha Respublika komissiyasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARKIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Joʻrabekov I.H. ‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, komissiya raisi‎
Alimov T.A.‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi (kelishuv boʻyicha)‎
Barnoyev G.L.‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi (kelishuv boʻyicha)‎
Bobojonov I.O.‎ —‎ Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari‎
Gʻaniyev E.M.‎ —‎ Tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri‎
Olimjonov B.M.‎ —‎ “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi raisi‎
Zikriyoyev E.‎ —‎ “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi raisi‎
Mahmudxoʻjayev N.‎ —‎ Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi bosh direktori‎
Matchonov R.D.‎ —‎ “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasi raisi‎
Yusupbekov N.R.‎ —‎ “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi raisi‎
Toshmatov.‎ —‎ “Paxta-bank” boshqaruvi raisi‎
Jumageldiyev M.R.‎ —‎ Markaziy bank boshqaruvi raisining oʻrinbosari‎
Roʻzmetov A.Gʻ.‎ —‎ “Oʻzbekiston havo yoʻllari” aviakompaniyasi bosh direktori‎
Zinin V.I.‎ —‎ Moliya vazirining oʻrinbosari‎
Muhamadaliyev Sh.‎ —‎ Oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyoviy tadqiqotlar markazi direktori‎
Tojiyev E.‎ —‎ “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasi bosh direktori‎
Xoliyorov Y.‎ —‎ Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti direktori‎
Ermetov N.E.‎ —‎ “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi raisi‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
1998-yil 21-avgustdagi
360-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1998-yilda gʻoʻza bargini toʻkishning hisoblab chiqilgan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hajmlari va muddatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Respublika va ‎viloyatlar

Defoliatsiya qilinadigan maydon,
‎ming gektar‎

Gʻoʻza bargini toʻkishning
‎ taxminiy muddatlari ‎‎‎

boshlanishi‎

tugallanishi‎

Qoraqalpogʻiston Respublikasi ‎

100‎

1998.10.09‎ 1998.25.09‎

viloyatlar:‎

Andijon ‎ 70‎ 1998.10.09‎ 1998.25.09‎
Buxoro ‎ 104‎ 1998.10.09‎ 1998.25.09‎
Jizzax ‎ 88‎ 1998.15.09‎ 1998.25.09‎
Qashqadaryo‎ 133‎ 1998.10.09‎ 1998.20.09
Navoiy‎ 30‎ 1998.10.09‎ 1998.20.09‎
Namangan‎ 65‎ 1998.15.09‎ 1998.25.09‎
Samarqand‎ 58‎ 1998.15.09‎ 1998.25.09‎
Surxondaryo‎ 92‎ 1998.15.09‎ 1998.20.09‎
Sirdaryo‎ 113‎ 1998.15.09‎ 1998.25.09‎
Toshkent ‎ 84‎ 1998.10.09‎ 1998.20.09‎
Fargʻona‎ 87‎ 1998.15.09‎ 1998.25.09‎
Xorazm‎ 65‎ 1998.10.09‎ 1998.20.09‎
Respublika boʻyicha‎ 1089‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
1998-yil 21-avgustdagi
360-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1990-yil paxta hosilini yigʻib-terib olishga paxta terimi mashinalarini chiqarish boʻyicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TOPSHIRIQ
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Respublika va viloyatlar

Paxta terimida qatnashadigan
‎paxta terish mashinalari, dona ‎‎

Mashinalar bilan paxta terishning hisoblab chiqilgan hajmi, ming tonna‎

hammasi

sh.j. gorizontal
‎shpindelli mashinalar ‎
Qoraqalpogʻiston Respublikasi ‎ 1016‎ 4‎ 79‎

viloyatlar: ‎

Andijon‎ 243 4‎ 26‎
Buxoro‎ 282 9‎ 35‎
Jizzax‎ 1516 42‎ 114‎
Qashqadaryo‎ 1737 13‎ 140‎
Navoiy‎ 220 8‎ 25‎
Namangan‎ 414 4‎ 41‎
Samarqand‎ 405 6‎ 39‎
Surxondaryo‎ 567‎ 7‎ 61‎
Sirdaryo‎ 1770‎ 45‎ 131‎
Toshkent‎ 1051‎ 41‎ 91‎
Fargʻona‎ 202‎ 4‎ 23‎
Xorazm‎ 448‎ 4‎ 48‎

Jami:‎

9871‎ 191‎ 853‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
1998-yil 21-avgustdagi
360-son qaroriga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasi va “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi zavodlarining paxta terish texnikasini tayyorlashni tugallash va ularning uzluksiz ishlashini taʼminlashda yordam koʻrsatish uchun viloyatlarga
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
BIRIKTIRILISHI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston
Respublikasi ‎
“Toshkent traktor zavodi” ishlab chiqarish
‎birlashmasi‎
Nukus “Dauit” aksiyadorlik jamiyati ‎
Jizzax viloyati‎ Chirchiq qishloq xoʻjaligi mashinasozligi zavodi‎
Asaka taʼmirlash zavodi‎
Toshkent agregat zavodi‎
Oʻrtaovul “Oʻzgidravlika” aksiyadorlik jamiyati‎
Oʻzbekiston stanoksozlik zavodi‎
Qashqadaryo viloyati ‎ Toshkent qishloq xoʻjaligi mashinasozligi ishlab chiqarish birlashmasi ‎
Toshkent kimyo-qishloq xoʻjaligi mashinasozligi zavodi‎
Qarshi taʼmirlash zavodi
Toshkent tajriba-tuzatish mexanika zavodi‎
Sirdaryo viloyati ‎ Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi mashinasozligi ishlab chiqarish birlashmasi ‎
Dalvarzin taʼmirlash zavodi ‎
Qoʻqon taʼmirlash zavodi ‎