Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 03.05.1994 yildagi 235-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 03.05.1994 yildagi 235-son
Date of entry into force
03.05.1994
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent davlat universitetining 75 yilligi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taʼlim fan tizimini rivojlantirishda, respublika uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashda Toshkent davlat universiteti katta hissa qoʻshganligini hisobga olib hamda jamiyatning maʼnaviy hayotida, yoshlar tarbiyasida, mustaqil Oʻzbekistonning aql-zakovat imkoniyatlari shakllanishida universitetning tutgan oʻrniga katta ahamiyat berib, shuningdek, 1995-yil sentyabr oyida universitet tashkil topganligiga 75 yil toʻlishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 1995-yil sentyabr oyida respublika va xorijiy mamlakatlarning ilmiy jamoatchiligi, taʼlim xodimlari, madaniyat arboblari jalb qilingan holda Toshkent davlat universiteti tashkil topganligining 75 yilligiga bagʻishlangan yubiley tadbirlari oʻtkazilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Toshkent davlat universitetining 75 yillik yubileyini tayyorlash va oʻtkazish boʻyicha tashkilot qoʻmitasining tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Tashkilot qoʻmitasi bir oy muddatda Toshkent davlat universitetining 75 yilligiga bagʻishlangan yubiley tadbirlari dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin, unda quyidagilar nazarda tutilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent, Nukus shaharlarida, viloyat markazlarida universitetlar negizida Toshkent davlat universitetining yetakchi olimlari va ijodkor ziyolilar ishtirokida tantanali yigʻilishlar va ilmiy konferensiyalar oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fanlar akademiyasi bilan birgalikda universitet taʼlimi va fanining mustaqil Oʻzbekiston davlati hayotidagi ahamiyatiga bagʻishlangan xalqaro ilmiy konferensiya oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabalarda masʼuliyat hissini, oʻz Vatanidan gʻururlanish va unga muhabbat tuygʻularini shakllantirish maqsadida ularning taniqli olimlar, ustoz — muallimlar, madaniyat va sanʼat arboblari bilan uchrashuvlarini oʻtkazishga oid tadbirlar majmui;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent davlat universitetining 75 yillik yubileyiga bagʻishlangan maxsus rasmli kitob chiqarish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Toshkent davlat universiteti tashkil topganligining 75 yilligiga bagʻishlangan esdalik nishoni taʼsis etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bir oy muddatda esdalik nishonining eskizi va modelini tayyorlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mahalliy sanoat” davlat korporatsiyasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining buyurtmanomasi boʻyicha esdalik nishonini tayyorlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Tashkilot qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining buyurtmanomalariga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi, Oʻrta Osiyo Temir yoʻl boshqarmasi yubiley tadbirlari qatnashchilariga transport xizmati koʻrsatilishini taʼminlasinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi yubiley tadbirlari qatnashchilari boʻlgan delegatsiyalarga xizmat koʻrsatish uchun avtomobil transporti ajratilishini nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Toshkent shahar hokimligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yubiley tadbirlari qatnashchilari joylashtirilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent davlat universitetining smetasi va mablagʻlari hisobiga universitet oʻquv binolarining old tomonini tuzatish, universitetga tutashib ketgan hududni obodonlashtirish boʻyicha ishlar bajarilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. “Oʻzbekmebel” davlat-aksionerlik birlashmasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining buyurtmanomasi boʻyicha Toshkent davlat universiteti uchun 1994-1995-yillarda oʻquv-laboratoriya mebeli yetkazib berilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga 1995-yildan boshlab Toshkent davlat universiteti biologiya fakulteti binosining ikkinchi navbati qurilishiga 2-ilovaga muvofiq sarmoya qoʻyilmalari ajratilishini va uning mablagʻ bilan taʼminlanishini nazarda tutsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1995-yilgi budjet istiqbolini belgilashda Toshkent davlat universitetining yubiley tadbirlarini tayyorlash va oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga zarur mablagʻlar ajratilishini nazarda tutsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1994-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga Toshkent davlat universitetining oʻquv binolari va yotoqxonalarini mukammal tuzatish va jihozlashga aniq maqsadlarga moʻljallangan 1 mlrd soʻm kupon ajratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika valyuta fondi xarajatlari prognozlarida 1995-1996-yillarda Toshkent davlat universitetiga kompyuter texnikasi sotib olish uchun 300 ming AQSh dollari ajratishni nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 1995-yilda Toshkent davlat universitetiga oʻquv-ilmiy uskunalar va davriy ilmiy jurnallar xarid qilish uchun Rossiya rubllarini ajratish toʻgʻrisidagi takliflarini koʻrib chiqsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat televideniye va radioeshittirish kompaniyasi, gazetalar va jurnallar tahririyatlari Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Toshkent davlat universiteti rektorati bilan birgalikda Toshkent davlat universiteti yubileyga tayyorgarlik koʻrishning qanday borayotganligini va yubiley tadbirlari oʻtkazilishini keng yoritsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi yubiley tadbirlariga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish hamda Toshkent davlat universiteti obyektlari qurilishining borishi toʻgʻrisida yilning har choragida Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari M.Q. Qoraboyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1994-yil 3-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
235-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-maydagi 235-sonli qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent davlat universitetining 75 yillik yubileyiga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish boʻyicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TAShKILOT QOʻMITASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O.U. Salimov‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri, tashkilot qoʻmitasi raisi‎
T.J. Joʻrayev‎ —‎ Toshkent davlat universiteti rektori, tashkilot qoʻmitasi raisining oʻrinbosari‎

‎‎Tashkilot qoʻmitasi aʼzolari

Sh.Y. Abdullayev‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining oʻrinbosari‎
A. Oripov‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi xalq shoiri‎
Sh. Bolabekov‎ —‎ “Yoshlik” talabalar shaharchasi hokimi‎
X.G. Joʻrayev‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi‎
P.X. Nosirov‎ —‎ “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari‎
M.S. Salohitdinov‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Prezidenti‎
T.A. Sarimsoqov‎ —‎ akademik‎
U.A. Usmonov‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining oʻrinbosari‎
A.I. Fozilbekov‎ —‎ Toshkent shahar hokimi‎
E.H. Hayitboyev‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vaziri‎
Y.Sh. Shodimetov‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijtimoiy masalalar, fan va madaniyat boʻlimi mudiri‎
G.Sh. Shogʻulomov‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi raisi‎
J.G. Yoʻldoshev‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri‎
G.N. Yusupbekov‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasi raisi‎
Sh.G. Yahyoyev‎ —‎ “Oʻzdavteleradio” kompaniyasi raisi‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-maydagi 235-sonli qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent davlat universitetining 1994 — 2000-yillarda quriladigan obyektlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

‎‎(mln soʻm-kupon)

Obyektning nomi‎

Qurilishning boshlanish va tugallanish yili‎

Qurilishning 1991-yil narxlaridagi smeta qiymati‎

Loyiha quvvati‎

Smeta qiymatining 1991-yil narxlaridagi qoldigʻi‎

Buyurtmachi‎

Biologiya faqulteti binosining ikkinchi navbati‎

1995
‎1997‎

3,2‎

5,5
‎ming kv. m.‎

3,2‎

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi‎