Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
04.05.2026
14.03.2025
19.07.2023
28.07.2021
30.12.2013
View
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.06.00 Avtomobil transporti;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.13.00 Avariyaga qarshi kurash. Yoʻl harakati xavfsizligi. Texnik koʻrik (shuningdek, 16.04.02.00ga qarang)]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Oʻzbekiston Respublikasining “Yoʻl harakati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 15-son, 197-modda) hamda Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-martdagi 118-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 10-son, 120-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq buyuraman:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 25-fevraldagi 3-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3612, 14.03.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2025-y., 10/25/3612/0248-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Avtomobilda tashuvchining yoʻl harakati xavfsizligi xizmati toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshliq V. ISMAILOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2013-yil 23-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20-son

Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining 2013-yil 23-dekabrdagi 20-sonli buyrugʻiga ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtomobilda tashuvchining yoʻl harakati xavfsizligi xizmati toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

Mazkur Nizom avtomobilda tashuvchining yoʻl harakati xavfsizligi xizmatini tashkil etish tartibini, shuningdek uning vazifalari, funksiyalari va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlari (bundan buyon matnda DYHXX organlari deb yuritiladi) bilan oʻzaro munosabatlarini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 25-fevraldagi 3-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3612, 14.03.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2025-y., 10/25/3612/0248-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomobilda tashuvchi — mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida avtotransport vositasiga ega boʻlgan, tijorat asosida yoʻlovchi, bagaj va yuk tashish xizmatini koʻrsatadigan hamda bunga maxsus ruxsatnomasi (litsenziyasi) boʻlgan yuridik shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtotransport vositalari — avtomobilda tashuvchiga tegishli boʻlgan, yoʻlovchi, bagaj va yuk tashishga hamda maxsus ishlarni bajarishga moʻljallangan avtomobillar, shatakchi avtomobillar, tirkama va yarim tirkamalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoʻl harakati xavfsizligi xizmati — avtomobilda tashuvchining avtotransport vositalari orqali tashishlarni amalga oshirishda yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash vazifasi yuklatilgan tarkibiy boʻlinmasi (bundan buyon matnda YHX xizmati deb yuritiladi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoʻl-transport hodisasi — transport vositasining yoʻlda harakatlanish jarayonida va uning ishtirokida sodir boʻlgan, fuqarolar vafot etgan yoki ularning sogʻligʻiga zarar yetkazilgan, transport vositalari, inshootlar, yuklar shikastlangan yoxud boshqa moddiy zarar yetkazilgan hodisa;
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2025-yil 25-fevraldagi 3-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3612, 14.03.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2025-y., 10/25/3612/0248-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoʻl harakati qoidalarining buzilishi — avtotransport vositalari haydovchilari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 172-son qarori bilan tasdiqlangan Yoʻl harakati qoidalarida belgilangan talablarning buzilishi.
(1-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 26-iyundagi 18-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2545-1, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/2545-1/0494-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq, ellikta va undan ortiq avtotransport vositalari mavjud boʻlgan avtomobilda tashuvchilarda YHX tashkil etiladi yoki yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 26-iyundagi 18-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2545-1, 19.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/2545-1/0494-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. YHX xizmatlari kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishilgan normativ hujjatlar asosida faoliyat yuritadi va oʻz maqomiga koʻra avtomobilda tashuvchining asosiy xizmatlariga tenglashtiriladi hamda uning rahbariga boʻysunadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. YHX xizmatlarining mutaxassislari ularning xizmat vazifalariga taalluqli boʻlmagan ishlarni bajarishga jalb etilishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. YHX xizmati avtomobilda tashuvchining faoliyati tugatilgan taqdirdagina tugatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II bob. YHX xizmatining tuzilishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Avtotransport vositalarining soni 50 tadan kam boʻlgan avtomobilda tashuvchilarda YHX xizmatining vazifalari avtomobilda tashuvchining rahbarlaridan biriga yuklatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Avtotransport vositalarining soni 50 tadan 150 tagacha boʻlgan avtomobilda tashuvchilarda YHX xizmatining vazifalarini bajaruvchi mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Avtotransport vositalarining soni 151 tadan ortiq boʻlgan avtomobilda tashuvchilarda quyidagicha shtat birliklaridan iborat boʻlgan YHX xizmati tashkil etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtotransport vositalarining soni 151 tadan 300 tagacha boʻlgan avtomobilda tashuvchilarda — 2 ta xodim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtotransport vositalarining soni 301 tadan 500 tagacha boʻlgan avtomobilda tashuvchilarda — 3 ta xodim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtotransport vositalarining soni 501 tadan 750 tagacha boʻlgan avtomobilda tashuvchilarda — 4 ta xodim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Avtotransport vositalarining soni 750 tadan ortiq boʻlgan avtomobilda tashuvchilarning YHX xizmatida har 250 ta avtotransport vositalari uchun qoʻshimcha ravishda yana 1 ta xodim lavozimi joriy etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Avtotransport vositalarining soni 500 tadan ortiq boʻlgan avtomobilda tashuvchilarda yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha rahbar oʻrinbosari lavozimi joriy etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. YHX xizmatida mazkur Nizomga asosan belgilangan xodimlar soni doirasida xizmat (boʻlim) boshligʻi, katta muhandis, muhandis lavozimlari joriy etiladi. YHX xizmati xodimlarining vazifalari mazkur Nizom, xodimlarning lavozim yoʻriqnomalari va avtomobilda tashuvchining boshqa lokal normativ hujjatlari bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi “Yoʻl harakati toʻgʻrisida”gi Qonunining 41-moddasiga asosan, YHX xizmatlari xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan tasdiqlangan maxsus dasturlar boʻyicha vaqti-vaqti bilan, uch yilda kamida bir marta oʻz malakasini oshirib, malaka imtihoni topshirishi kerak.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2026-yil 23-apreldagi 2-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2545-2, 02.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2026-y., 10/26/2545-2/0446-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III bob. YHX xizmatining asosiy vazifalari va funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. YHX xizmati quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtotransport vositalari haydovchilarining ishini yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlovchi talablarga muvofiq tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtotransport vositalari haydovchilarining qonunchilik hujjatlarida belgilangan mehnat qilish va dam olish tartibiga rioya etilishini taʼminlaydi;
(13-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtotransport vositalari haydovchilarining malakasini oshirish uchun zarur sharoitlar yaratadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoʻl harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi texnik nosozliklar mavjud boʻlganda, transport vositalaridan foydalanishga yoʻl qoʻymaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtoransport vositalari ishtirokida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisalarining va yoʻl harakati qoidalari buzilishlarining sabablarini tahlil qiladi hamda ularni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlarni koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtoransport vositalari haydovchilarining tibbiy koʻriklarini, ularning yoʻl-transport hodisalarida jabrlanganlarga birlamchi shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha koʻnikmalarini takomillashtirishga doir tadbirlarni tashkil etadi va oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomobilda tashuvchining fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish boʻyicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan majburiyatlarning bajarilishini taʼminlaydi;
(13-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtotransport vositalarining but saqlanishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. YHX xizmati oʻziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtotransport vositalari haydovchilariga haydovchilik guvohnomasiga muvofiq boshqarish huquqi berilgan avtotransport vositalarini boshqarish uchun ruxsat berilishini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomobilda tashuvchining barcha xodimlari tomonidan yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilinishini nazorat qiladi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni amalga oshiradi, xizmat tekshiruvlarini oʻtkazishda ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
katta hajmli va ogʻir vaznli yuklarni ixtisoslashtirilgan avtotransport vositalarida tashishning qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibiga rioya qilinishini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashishlarni amalga oshirishda avtotransport vositalari haydovchilarining qonunchilik hujjatlarida belgilangan mehnat qilish va dam olish tartibiga rioya qilinishini nazorat qiladi;
(14-bandning uchinchi — beshinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtotransport vositalari haydovchilariga yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha: ishga qabul qilishda (dastlabki), reys oldidan (reys oldi), maxsus, mavsumiy va qoʻshimcha (navbatdan tashqari) yoʻl-yoʻriqlar koʻrsatilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtotransport vositalari haydovchilarining malakasini oshirish maqsadida yoʻl harakati xavfsizligi xonasini tashkil qiladi va uning faoliyatiga uslubiy rahbarlik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtotransport vositalarining yoʻnalishga chiqish oldidan texnik jihatdan sozligi va koʻrinishi talab darajasida boʻlishini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoʻl harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi sharoitlar aniqlanganda avtotransport vositalarining harakatlanishini taqiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoʻl-transport hodisalari va yoʻl harakati qoidalari buzilishlarini bartaraf etish boʻyicha choraklik dasturlarni ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun avtomobilda tashuvchining rahbariga taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
DYHXX organlaridan olingan maʼlumotlar asosida avtomobilda tashuvchining xodimlariga yuz bergan yoʻl-transport hodisalari va ularning oqibatlari haqida muntazam ravishda maʼlumot berib boradi va ularning yuzaga kelish sabablari haqida tushuntirishlar beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi Avtomobilda tashuvchi tomonidan yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha tadbirlarni hisobga olish kitobini, 2-ilovasiga muvofiq shakldagi Yoʻl-transport hodisalarini va ular haqidagi maʼlumotlarni qayd etish kitobini, 3-ilovasiga muvofiq shakldagi Avtotransport vositalari haydovchilari tomonidan yoʻl harakati qoidalari buzilishini hisobga olish kitobini hamda 4-ilovasiga muvofiq shakldagi Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining koʻrsatmalarini qayd qilish kitobini yuritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtotransport vositalari haydovchilarining majburiy ravishda dastlabki va davriy tibbiy koʻrikdan, shu jumladan reys oldidan tibbiy koʻrikdan oʻtishlarini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtotransport vositalari ishtirokidagi sugʻurta hodisalarini tekshirishda ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish vaqti tugagandan soʻng avtotransport vositalarining saqlash joyiga oʻz vaqtida qaytishi va qabul qilib olinishini nazorat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV bob. YHX xizmatining huquqlari va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. YHX xizmati oʻz zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoʻl harakati xavfsizligi masalalari boʻyicha boshqa tashkilotlar bilan munosabatlarda avtomobilda tashuvchining vakili boʻlish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomobilda tashuvchining boshqa tarkibiy boʻlinmalaridan oʻz vakolatiga doir maʼlumotlarni talab qilib olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha avtomobilda tashuvchining barcha tarkibiy boʻlinmalari uchun majburiy boʻlgan va faqat avtomobilda tashuvchining birinchi rahbari tomonidan bekor qilinishi mumkin boʻlgan koʻrsatmalar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashishlarni amalga oshirish bilan bogʻliq hujjatlarning toʻgʻri rasmiylashtirilganligini nazorat qilish, aniqlangan kamchiliklarning oʻz vaqtida bartaraf etilishi uchun zarur choralarni koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoʻl harakati xavfsizligiga xavf tugʻdiruvchi jiddiy kamchiliklar aniqlanganda avtotransport vositalari harakatlanishini taqiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ahvoli yoki harakatlari yoʻl harakati xavfsizligiga tahdid soladigan avtotransport vositalari haydovchilarini mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ishdan chetlatish, ularga nisbatan tegishli choralarni qoʻllash yuzasidan avtomobilda tashuvchining rahbariyatiga taklif kiritish;
(15-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
namunali avtotransport vositalari haydovchilarini mehnat uchun ragʻbatlantirish yuzasidan avtomobilda tashuvchining rahbariyatiga taklif kiritish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Avtotransport vositalarining soni 50 tadan ortiq boʻlgan avtomobilda tashuvchilarda yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan joyga yetib borish, yoʻnalishdagi avtotransport vositalari ishini monitoring qilish, avtomobil yoʻllari ahvolini tekshirish, avtokolonnalarni kuzatib borish uchun YHX xizmati maxsus yengil avtomobil bilan taʼminlanadi. Ushbu avtomobil ishtirokida amalga oshirilgan tadbirlar mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shaklda Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatiga biriktirilgan avtomobil ishtirokida amalga oshirilgan tadbirlarni qayd etish kitobiga kiritib borilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz harakatlari bilan yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzmasligi;
(17-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomobilda tashuvchining boshqa xizmatchilari va avtotransport vositalari haydovchilari tomonidan yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablarining buzilishi holatlariga befarq boʻlmasligi;
(17-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomobilda tashuvchining rahbari hamda vakolatli davlat organlarining qonuniy koʻrsatmalari va talablarini bajarishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V bob. YHX xizmatining DYHXX organlari bilan oʻzaro hamkorligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. YHX xizmati DYHXX organlarining soʻroviga muvofiq avtotransport vositalari va avtotransport vositalari haydovchilari toʻgʻrisidagi hamda avtotransport vositalari ishtirokida yuz bergan yoʻl-transport hodisalari natijasida yetkazilgan zararni aniqlash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. DYHXX organlari YHX xizmatining soʻroviga muvofiq avtotransport vositalari ishtirokida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisalari va yoʻl harakati qoidalarining buzilish holatlari haqidagi maʼlumotlarni taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zarur hollarda, YHX xizmati va DYHXX organlari avtotransport vositalari kolonnalarini kuzatib borish ishlarini hamkorlikda amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI bob. Yakuniy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Avtomobilda tashuvchilarning rahbarlari mazkur Nizomga muvofiq YHX xizmatining tashkil etilishi uchun javobgardir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. YHX xizmati xodimlari mazkur Nizomga muvofiq YHX xizmatining zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning oʻz vaqtida hamda toʻliq amalga oshirilishi uchun javobgardir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki ishlar vaziri A. AXMEDBAYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2013-yil 23-dekabr

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2013-yil 23-dekabr
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NARBAYEVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2013-yil 23-dekabr
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtomobilda tashuvchining yoʻl harakati xavfsizligi xizmati toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtomobilda tashuvchi tomonidan yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha tadbirlarni hisobga olish kitobi
t/r
Tadbirning nomi
Tadbirni oʻtkazish sanasi
Ishtirokchilar
Tadbirni oʻtkazgan shaxs
Tadbirni oʻtkazgan shaxsning imzosi
1
2
3
4
5
6
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtomobilda tashuvchining yoʻl harakati xavfsizligi xizmati toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoʻl-transport hodisalarini va ular haqidagi maʼlumotlarni qayd etish kitobi
T/r
YTH haqida tushgan xabar (yil, oy, kun, soat)
YTH haqida xabar bergan shaxslar haqidagi toʻliq maʼlumotlar
YTH sodir boʻlgan shahar, tuman va avtomobil yoʻli va koʻchaning nomi va km
YTHning qisqacha bayoni (vaqti), dastlabki sababi va turi
YTH oqibatida tan jarohati olgan va vafot etgan shaxslar toʻgʻrisidagi toʻliq maʼlumotlar (F.I.O., yoshi, jinsi va hokazolar)
YTHda ishtirok etgan transport vositalari toʻgʻrisidagi toʻliq maʼlumotlar (rusumi, davlat raqami belgisi, tegishliligi va hokazolar)
YTH toʻgʻrisida berilgan xabarni qabul qilib olgan ichki ishlar organi nomi, navbatchisi (F.I.O., lavozimi, unvoni) toʻgʻrisida maʼlumot
Shikastlangan holda qaytgan transport vositalari haqida hududiy ichki ishlar organiga xabar berilgan vaqt va xabarni ichki ishlar organida qabul qilib olgan navbatchi (F.I.O., lavozimi, unvoni)
1
2
3
4
5
6
7
8
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: Kitob raqamlangan, ip oʻtkazib tikilgan, muhrlangan boʻlishi, oxirgi yozuv yozilgan vaqtdan boshlab uch yil mobaynida saqlanishi shart
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtomobilda tashuvchining yoʻl harakati xavfsizligi xizmati toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtotransport vositalari haydovchilari tomonidan yoʻl harakati qoidalari buzilishini hisobga olish kitobi
t/r
Haydovchi toʻgʻrisida maʼlumotlar: F.I.O., yoshi, ish staji, haydovchilik toifasi
Avtotransport vositasining modeli va davlat raqami
Yoʻl harakati qoidalari buzilgan sana va vaqt
Yoʻl harakati qoidalari buzishining xususiyati
Yoʻl harakati qoidalari buzilgan holat
Yoʻl harakati qoidalari buzilganligini aniqlagan shaxs
Haydovchiga nisbatan qoʻllanilgan huquqiy taʼsir chorasi
Huquqiy taʼsir chorasi tayinlangan vaqt va tayinlagan mansabdor shaxs
Haydovchi bilan olib borilgan tushuntirish ishlari
Tegishli yozuv kiritgan mansabdor shaxsning imzosi
Izoh
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtomobilda tashuvchining yoʻl harakati xavfsizligi xizmati toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining koʻrsatmalarini qayd qilish kitobi
t/r
Tekshiruv oʻtkazilgan sana
Aniqlangan kamchilik va qoida buzishlar
Bartaraf etish muddati
Tavsiya va takliflar
Tekshirilayotgan va tekshirayotgan shaxslarning imzosi
Bajarilganligi toʻgʻrisidagi belgi, sana, imzo
1
2
3
4
5
6
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtomobilda tashuvchining yoʻl harakati xavfsizligi xizmati toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatiga biriktirilgan avtomobil ishtirokida amalga oshirilgan tadbirlarni qayd etish KITOBI
Tadbir oʻtkazishga chiqayotgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi
Tadbir nomi
Oʻtkazilgan tadbirning natijasi
Tadbirni oʻtkazgan shaxsning imzosi
Izoh
1
2
3
4
5
6
7
8
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 52-son, 710-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 19.07.2023-y., 10/23/2545-1/0494-son; 17.03.2025-y., 10/25/3612/0248-son; 04.05.2026-y., 10/26/2545-2/0446-son)