Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 01.06.1995 yildagi 201-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 01.06.1995 yildagi 201-son
Date of entry into force
01.06.1995
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

1995-1996-yillarda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati ishini barqarorlashtirish, texnika bilan qayta jihozlash va rekonstruksiyalash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati ishini barqarorlashtirish, obyektlarini texnika bilan qayta jihozlash va rekonstruksiyalash, mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarish, ekologik vaziyatni yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 1995-1996-yillarda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatini texnika bilan qayta jihozlash, rekonstruksiyalash va ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish, uy-joy va madaniy-maishiy maqsadlardagi obyektlar qurilishi boʻyicha tadbirlar 1-ilovaga* muvofiq maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzsanoatxoʻjalikqurilish” davlat korporatsiyasi, “Oʻzmontajmaxsusqurilish”, “Oʻzolmosoltin” uyushmalari va Olmalik kon-metallurgiya kombinati shartnoma asosida koʻrsatib oʻtilgan obyektlarda qurilish-montaj ishlari bajarilishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Olmalik kon-metallurgiya kombinatiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-ilovaga* muvofiq materiallar va asbob-uskunalar sotib olish uchun Respublika valyuta fondidan 1995-yil iyun oyida shu yilning oxirigacha qaytarish sharti bilan 20 mln AQSh dollari va 1996-yil yanvar oyida 1996-yil dekabr oyida qaytarish sharti bilan 20,3 mln AQSh dollari miqdorida kredit;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir yil muddatda qaytarish sharti bilan oborot mablagʻlarini toʻldirish uchun 400 mln soʻm ajratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati har chorakda ushbu qarorning bajarilishi toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosarlari Y. Paygin va B. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1995-yil 1-iyun,

201-son