Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document element1. Vazirlar Mahkamasining “Respublika xalq xoʻjaligini 1996/97 yil kuz-qish davrida ishlashga tayyorlashning borishi toʻgʻrisida” 1996-yil 12-sentabrdagi 313-son
qarorining bajarilishi haqidagi axborot maʼlumot uchun qabul qilinsin va amaliy chora-tadbirlar koʻrish uchun vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, uyushmalar, konsernlar, tashkilotlarga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuborilsin.
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document elementoʻzlariga qarashli xoʻjaliklarni 1996/97 yil qish davrida ishlashga tayyorlashda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar va nuqsonlarni tanqidiy tahlil qilsinlar. Yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni hisobga olgan holda shaharlar, tumanlar, korxonalar, uy-joylarni, jamoa xoʻjaliklarini, sogʻliqni saqlash, xalq taʼlimi, madaniy va maishiy, savdo va umumiy ovqatlanish, transport muassasalarini, qurilish tashkilotlarini, bugʻ qozonxonalarni va muhandislik inshootlarini 1997/98 yilning boʻlajak kuz-qish davriga tayyorlash yuzasidan 20 kun muddatda tadbirlar ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document elementVazirlar Mahkamasining 1996-yil 12-sentabrdagi 313-son
qaroriga muvofiq kommunal-maishiy obyektlarni gazni hisobga olish asboblari bilan jihozlashni tugallash va gazdan yakka tartibda foydalanuvchilarni (aholini) ular bilan taʼminlashni jadallashtirish yuzasidan kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar koʻrsinlar. Hisobga olish asboblari boʻlmagan sanoat va kommunal-maishiy korxonalarga gaz yetkazib berish toʻxtatilsin;
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document element8. Toshkent shahar hokimligi, Energetika va elektrlashtirish vazirligi, Moliya vazirligi issiqlik quvvatlarini ishga tushirish, issiqlik manbalaridagi suv tayyorlash qurilmalari ish unumini oshirish boʻyicha 1997-yilga moʻljallangan ish hajmlarining hamda Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 1-apreldagi 167-son
qaroriga muvofiq issiqlik energiyasi isrofgarchiligini qisqartirish tadbirlarining soʻzsiz bajarilishini taʼminlasinlar. Nazarda tutilgan ishlarni mablagʻ bilan taʼminlash masalalarini oʻz vaqtida hal etsinlar.
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document element14. Respublika xalq xoʻjaligi tarmoqlarini 1997/98 yilning kuz-qish davrida ishlashga tayyorlash masalalari boʻyicha komissiya tarkibi
ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document elementVazirlar Mahkamasining 1997-yil 5-iyundagi 283-sonli
qarorigaILOVA
Suggestion to the document
Listen to audio
Get a link from a document element
|
Joʻrabekov I. H. |
— |
Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari, komissiya raisi |
|
Haqqulov Q. J. |
— |
Bosh vazir oʻrinbosari, komissiya raisining oʻrinbosari |
|
Yunusov R. R. |
— |
Bosh vazir oʻrinbosari, komissiya raisining oʻrinbosari |
|
Oripov O. O. |
— |
“Oʻzsanoatxoʻjalikqurilish” davlat korporatsiyasi raisi |
|
Otayev V. Y. |
— |
Energetika va elektrlashtirish vaziri |
|
Axmetov L. A. |
— |
“Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi raisi |
|
Ahmadboyev A. Gʻ. |
— |
“Oʻzsanoatkontexnazorat” davlat qoʻmitasi raisi |
|
Bobomurodov L. M. |
— |
“Oʻzdavzaxira” bosh boshqarmasi boshligʻi |
|
Guskova T. N. |
— |
Moliya vazirining birinchi oʻrinbosari |
|
Julin N. I. |
— |
“Oʻzgazuzatish” davlat birlashmasi raisi |
|
Zaynutdinov I. A. |
— |
“Oʻzbekneftgaz” milliy korporatsiyasi raisining oʻrinbosari |
|
Ibobekov A. S. |
— |
“Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi raisi |
|
Hasanov B. V. |
— |
“Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasi raisining birinchi oʻrinbosari |
|
Karimov Sh. I. |
— |
Sogʻliqni saqlash vaziri |
|
Leleko A. I. |
— |
“Koʻmir” aksiyadorlik birlashmasi bosh direktori |
|
Mixaylov V. K. |
— |
Kommunal xizmat koʻrsatish vaziri |
|
Salimov O. U. |
— |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri |
|
Normurodov M. B. |
— |
Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari |
|
Ahmedov X. A. |
— |
Toshkent viloyati hokimining oʻrinbosari |
|
Tojiyev E. T. |
— |
“Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasining bosh direktori |
|
Doroxov V. N. |
— |
Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari |
|
Jumaniyozov M. J. |
— |
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri |
|
Sharonov Y. G. |
— |
“Oʻzulgurjibirjasavdo” uyushmasi raisi |
|
Ermetov N. E. |
— |
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi raisi |
|
Yoʻldoshev J. Gʻ. |
— |
Xalq taʼlimi vaziri |