Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 31.05.1999 yildagi 275-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 31.05.1999 yildagi 275-son
Date of entry into force
31.05.1999
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

A. S. Pushkin tavalludining 200 yilligini nishonlash toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rus shoiri Aleksandr Sergeyevich Pushkinning jahon madaniyati rivojiga qoʻshgan buyuk hissasini nazarda tutib, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi va ijodiy uyushmalarning A. S. Pushkin tavalludining 200 yilligiga bagʻishlab 1999-yil iyun oyida yubiley tadbirlari oʻtkazish haqidagi taklifi qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Yubiley tadbirlariga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Fanlar akademiyasi Madaniyat ishlari vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, Baynalmilal madaniy markazi, “Maʼnaviyat va maʼrifat” jamoatchilik markazi bilan birga A. S. Pushkin yubileyiga bagʻishlangan ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Toshkent shahar hokimligi tashkiliy qoʻmita bilan birgalikda yubileyni oʻtkazish bilan bogʻliq tadbirlar rejasini ishlab chiqsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston davlat matbuot qoʻmitasi A. S. Pushkinning bir jildli asarlar toʻplamini nashr etishni taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Ommaviy axborot vositalariga A. S. Pushkin yubileyiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishni keng yoritish tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari H. S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1999-yil 31-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
275-son

Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 31-maydagi 275-sonli qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
A.S. Pushkin tavalludining 200-yilligiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha respublika Tashkiliy qoʻmita
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARKIBI

Karomatov H. S.‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Tashkiliy qoʻmita raisi‎
Joʻrayev N. Q.‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi (kelishuv asosida)‎
Oripov A.‎ —‎ Yozuvchilar uyushmasi raisi‎
Joʻrayev T. J.‎ —‎ Fanlar akademiyasi prezidenti‎
Boliyev A.‎ —‎ Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori‎
Joʻrayev X. R.‎ —‎ Madaniyat ishlari vaziri‎
Gʻulomov S. S.‎ —‎ Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri‎
Yoʻldoshev J. Gʻ.‎ —‎ Xalq taʼlimi vaziri‎
Shogʻulomov R. Sh.‎ —‎ Davlat matbuot qoʻmitasi raisi‎
Zinin S. I.‎ —‎ Rus madaniy markazi raisi‎
Aminov N.‎ —‎ Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” jamoatchilik markazi rahbari‎
Abdullayev Sh. Y.‎ —‎ Moliya vazirining oʻrinbosari‎
Abdullayev R.‎ —‎ Bastakorlar uyushmasi raisi‎
Koʻchimov A.‎ —‎ “Oʻzteleradio” kompaniyasi raisi‎
Qoʻziyev A.‎ —‎ Badiiy akademiya raisi‎
Pukemov A.‎ —‎ “Pravda Vostoka” gazetasi bosh muharriri‎
Yunusov T.‎ —‎ “Oʻzbekkino” kompaniyasi raisi‎
Abduqunduzov M.‎ —‎ “Oʻzbekteatr” bosh direktori‎
Rasulov K. R.‎ —‎ Baynalminal milliy-madaniy markaz direktori‎