Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 30.04.1999 yildagi 206-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 30.04.1999 yildagi 206-son
Date of entry into force
30.04.1999
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jizzax viloyati tarkibida Yangiobod maʼmuriy-hududiy tumanini tuzishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Jizzax viloyati tarkibida Yangiobod maʼmuriy-hududiy tumani tuzish toʻgʻrisida” 1999-yil 15-apreldagi 774-1-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Hokimiyat ijroiya organlarining alohida oʻziga xos tuzilmasiga ega boʻlgan Yangiobod maʼmuriy-hududiy tumanini tuzishning tashkiliy masalalarini hal etish boʻyicha 1-ilovaga muvofiq Respublika komissiyasi tuzilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Yangiobod maʼmuriy-hududiy tumani hokimligi apparati tuzilmasi va uning xodimlarining cheklangan soni, mehnatga haq toʻlash boʻyicha razryadlar 2 va 3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Sirdaryo va Jizzax viloyatlari hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 15 kun muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻshimcha ajratiladigan va Sirdaryo viloyatining Xovos va Boyovut tumanlaridan beriladigan shtat birliklarini hisobga olgan holda davlat boshqaruv organlarining yangidan tashkil etilayotgan har bir tuman boʻlinmasi xodimlari sonini belgilangan tartibda belgilasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1999-yilda koʻrsatib oʻtilgan tumanning boshqaruv apparatini moliyaviy taʼminlash uchun joriy yilda nazarda tutilgan budjet koʻrsatkichlari doirasida zarur mablagʻlar ajratsin, 2000-yildan boshlab esa, har yili budjetni shakllantirishda ularning taʼminotiga mablagʻlarni nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi Sirdaryo va Jizzax viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda keyinchalik statistika bazasi qiyosiyligini taʼminlash uchun Sirdaryo va Jizzax viloyatlarining statistika koʻrsatkichlariga bir oy muddatda tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Jizzax (Sh. M. Mirziyoyev) va Sirdaryo (Oʻ. Q. Ismoilov) viloyatlari hokimliklari 15 kun muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yangiobod maʼmuriy-hududiy tumani tuzilishi bilan bogʻliq barcha zarur tashkiliy-texnik tadbirlarning amalga oshirilishini taʼminlasinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tegishli tuman boʻlinmalarining ishlashini tashkil etsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Jizzax viloyati hokimligi (Sh. M. Mirziyoyev):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika komissiyasi bilan birgalikda Yangiobod maʼmuriy-hududiy tumanini Jizzax viloyati tarkibiga uzviy ravishda kiritishning tashkiliy masalalarini tezroq hal etish uchun zarur chora-tadbirlar koʻrsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Agrosanoat kompleksi (B. M. Olimjonov) va Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi (A. Jalolov) bilan birgalikda tuman qishloq xoʻjaligi rivojlantirilishini, shu jumladan, yangi sugʻoriladigan yerlarni oʻzlashtirish maqsadida qurilayotgan (Yangiyer — Balandchaqir) nasos stansiyasi oʻz vaqtida ishga tushirilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Yoʻl-transport kommunikatsiyalarini qurish va rivojlantirish kompleksi (R. R. Yunusov), “Oʻzavtoyoʻl” davlat konserni bilan birgalikda Yangiobod maʼmuriy-hududiy tumanini Jizzax va Sirdaryo viloyatlari, shuningdek Xovos tumani markazlari bilan tutashtiruvchi yoʻllar tuzatilishini va ular tegishli toifaga keltirilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Isteʼmol bozori kompleksi (M. Z. Usmonov) va “Oʻzbekneftgaz” kompaniyasi (I. A. Zaynutdinov) bilan birgalikda tuman aholisi oziq-ovqat mahsulotlari bilan, xoʻjalik yurituvchi subyektlar — moddiy-texnika va yonilgʻi-moylash materiallari bilan uzluksiz ravishda taʼminlanishini tashkil qilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Kommunikatsiyalar kompleksi (L. A. Axmetov), “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi (Q. M. Sidiqnazarov) bilan birgalikda Yangiobod maʼmuriy-hududiy tumanining iqtisodiyoti va aholisining transport xizmatlariga boʻlgan talablarini toʻliq qondirish uchun yuk va uzluksiz harakat qiluvchi yangi yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlarini tashkil etsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi (V. A. Chjen), Oʻzbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi (M. A. Sobirov), Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi (A. Bobomirzayev) bilan birgalikda Yangiobod maʼmuriy-hududiy tumanida kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi (Oʻ. T. Komilov) va Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmita (Gʻ. Q. Teshayev) bojxona va chegara postlari joylashuviga tegishli oʻzgartirishlar kiritsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B. M. Olimjonov va Jizzax viloyati hokimi Sh. M. Mirziyoyev hamda Sirdaryo viloyati hokimi Oʻ. Q. Ismoilov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1999-yil 30-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
206-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-apreldagi 206-sonli qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jizzax viloyati tarkibida Yangiobod maʼmuriy-hududiy tumanini tuzishning tashkiliy masalalarini hal etish boʻyicha Respublika komissiyasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARKIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Olimjonov B. M.‎ —‎ Bosh vazir oʻrinbosari, komissiya raisi‎
Jalolov Y. J.‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari, komissiya raisining oʻrinbosari (kelishuv boʻyicha)‎
Yoʻldoshev A. R.‎ —‎ Vazirlar Mahkamasi Axborot-tahlil boshqarmasining shuʼba mudiri, komissiya kotibi‎
Abduazizov A. A.‎ —‎ “Oʻzgeodezkadastr” bosh boshqarmasining boshligʻi‎
Yoʻldoshev J. Gʻ.‎ —‎ Xalq taʼlimi vaziri‎
Obidov O. O.‎ —‎ Ijtimoiy taʼminot vaziri‎
Mirsafoyev S. M.‎ —‎ Adliya vaziri‎
Qurbonov E.‎ —‎ Yer resurslari davlat qoʻmitasi raisi‎
Ismoilov Oʻ. Q.‎ —‎ Sirdaryo viloyati hokimi‎
Mirziyoyev Sh. M.‎ —‎ Jizzax viloyati hokimi‎
Akbarov A.‎ —‎ Mehnat vazirining birinchi oʻrinbosari‎
Nazirov F. Gʻ.‎ —‎ Sogʻliqni saqlash vaziri‎
Qudratov Gʻ. S.‎ —‎ Makroiqtisodiyot va statistika vazirining birinchi oʻrinbosari, statistika departamenti boshligʻi‎
Jalolov A. A.‎ —‎ Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari‎
Olimjonov O. O.‎ —‎ Makroiqtisodiyot va statistika vaziri oʻrinbosari
Parpiyev B. R.‎ —‎ Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari‎
Ibrohimov Sh. Gʻ.‎ —‎ Moliya vaziri oʻrinbosari‎
Xoʻjayev B. A.‎ —‎ Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari‎
Oripov S. O.‎ —‎ Davlat bojxona qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari‎
Abdullayev M. A.‎ —‎ “Oʻzavtoyoʻl” davlat konserni raisining birinchi oʻrinbosari‎
Sidiqnazarov Q.‎ —‎ “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi raisi‎
Turdiyev R.‎ —‎ Xovos tumani hokimi‎
Maʼmurov T.‎ —‎ Boyovut tumani hokimining birinchi oʻrinbosari‎
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-yanvardagi 2-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 1-2-son, 11-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-apreldagi 206-sonli qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yangiobod tumani hokimligi apparati xodimlarining yagona tarif setkasi boʻyicha tarif
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
RAZRYaDLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Lavozimi‎

2-guruh‎
Hokim‎ 16‎
Hokim oʻrinbosari‎ 14‎
Bosh mutaxassis‎ 10‎
1-toifali mutaxassis‎ 9‎