Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.02.2019 03.12.2013 yildagi 315-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 03.12.2013 yildagi 315-son
Date of entry into force
09.12.2013
Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.02.2019
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika aholi punktlarida sanitariya jihatidan tozalash tizimini rivojlantirish va takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-fevraldagi 95-sonli “Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika shaharlari va aholi punktlarining zamonaviy qiyofasini shakllantirish, ularni zamonaviy shaharsozlik normalariga muvofiqlashtirish hamda sanitariya-ekologik vaziyatni yaxshilash maqsadida respublikada aholi yashashi uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratish, yangi qulay uy-joylar qurish, yoʻl-transport hamda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish, aholini ichimlik suv bilan taʼminlash, aholi punktlarini, ayniqsa qishloq joylarda obodonlashtirish boʻyicha izchil chora-tadbirlar koʻrilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, respublika shaharlari va tumanlarida aholining qattiq maishiy chiqindilarini tashib ketishni tashkil etish ishlari qoniqarsiz holatdadir, deyarli barcha shaharlarda aholining qattiq maishiy chiqindilarini tashib ketish tizimli asosda amalga oshirilmayapti, sanitariya jihatidan tozalash boʻyicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlarning moddiy-texnika bazasi maxsus texnika bilan zarur miqdorda taʼminlanmagan, mavjud poligonlar sanitariya qoidalari va normalariga javob bermaydi, bir qator joylarda tartibsiz tashkil etilgan axlatxonalardan foydalanilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ularga qattiq maishiy chiqindilarni yoʻqotish sohasidagi tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish hamda qattiq maishiy chiqindilarni yigʻish va utilizatsiya qilish tashkilotlarini barpo etishga koʻmaklashish boʻyicha “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq berilgan vakolatlar toʻliq darajada roʻyobga chiqarilmayapti.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholi turmush darajasi va sifatini oshirish chora-tadbirlari kompleksini bajarish, joylarda sanitariya va ekologik vaziyatni tubdan yaxshilash, aholining qattiq maishiy chiqindilarini tashib ketish va joylashtirish boʻyicha sanitariya jihatidan tozalash borasida oʻz vaqtida va sifatli xizmatlarni samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar respublika mintaqalarida aholining qattiq maishiy chiqindilarini tashib ketish boʻyicha sanitariya jihatidan tozalashni tashkil qilishning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaharlar va aholi punktlarining tashqi qiyofasiga boʻlgan zamonaviy shaharsozlik talablarini hisobga olgan holda, qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish va ularni sanitariya qoidalari va normalariga qatʼiy muvofiq holda joylashtirish ishlarining tashkil etilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barcha bosqichlarda, shu jumladan poligonlarda qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash, sortlarga ajratish, tashish, poligonlarda koʻmib tashlashda sanitariya jihatidan tozalash obyektlaridan foydalanish va saqlash hamda ularni sanitariya va ekologiya talablariga muvofiq holda utilizatsiya qilish ishlarini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholi bandligini oshirish, sanitariya jihatidan tozalash sohasidagi ishlarni samarali tashkil etish uchun qoʻshimcha ish oʻrinlari va shart-sharoitlar yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish boʻyicha xizmatlar koʻrsatadigan tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qattiq maishiy chiqindilar bilan ishlash obyektlarining sanitariya va ekologik holati yuzasidan jamoatchilik nazoratini taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2014-2015-yillarda respublika shaharlarida sanitariya jihatidan tozalash boʻyicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni maxsus texnika bilan jihozlash dasturi 1-ilovaga* muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2014-2015-yillarda tumanlarning obodonlashtirish boshqarmalarini maxsus texnika bilan jihozlash dasturi 2-ilovaga* muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2014-2015-yillarda respublika aholi punktlarida axlatlarni toʻplash shoxobchalarini qurish va ularni konteynerlar bilan jihozlash dasturi 3-ilovaga* muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2014-2015-yillarda obodonlashtirish boshqarmalarining faoliyat koʻrsatayotgan qattiq maishiy chiqindilar poligonlarini tartibga solish va ularni maxsus texnika bilan jihozlash dasturi 4-ilovaga* muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2014-2015-yillarda sanitariya jihatidan tozalash boʻyicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlarning faoliyat koʻrsatayotgan qattiq maishiy chiqindilar poligonlarini tartibga solish va ularni maxsus texnika bilan jihozlash dasturi 5-ilovaga* muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2014-2015-yillarda respublika mintaqalarida obodonlashtirish boshqarmalarining qattiq maishiy chiqindilar yangi poligonlarini qurish va ularni maxsus texnika bilan jihozlash dasturi 6-ilovaga* muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu qaror bilan tasdiqlangan dasturlarni moliyalashtirish manbalari 7-ilovaga* muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*1 — 7-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2014-2015-yillarda respublika shaharlarida, tumanlar markazlarida, shahar posyolkalarida va qishloq aholi punktlarida sanitariya jihatidan tozalashni tashkil etishga doir kompleks tadbirlar (keyingi oʻrinlarda Kompleks tadbirlar deb ataladi) 8-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari darajasida Kompleks tadbirlarni bajarish boʻyicha ishchi guruhlar tarkiblari 9 va 10-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, “Oʻzkommunxizmat” agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot vazirligi quyidagilarni belgilangan tartibda taʼminlasinlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uch oy muddatda — axlatlarni toʻplash shoxobchalari va qattiq maishiy chiqindilar poligonlari qurish uchun shaharlar, tumanlar va qishloq aholi punktlarida yer uchastkalarini tanlash va ajratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axlatlarni toʻplash shoxobchalari va qattiq maishiy chiqindilar poligonlari qurishning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish hamda manzilli roʻyxatlarini tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har yili 1-yanvargacha — tanlov savdolari oʻtkazish, pudrat shartnomalarini belgilangan tartibda tuzish hamda axlatlarni toʻplash shoxobchalari va qattiq maishiy chiqindilar poligonlari qurishning yakuniy manzilli roʻyxatlarini tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tasdiqlangan dasturlarning, Kompleks tadbirlarning va ajratilayotgan mablagʻlardan maqsadli foydalanishning amalga oshirilishi yuzasidan tizimli monitoring olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kelgusida tashib ketish xarajatlarini kamaytirish maqsadida, chiqitsiz qayta ishlashni hisobga olgan holda, qattiq maishiy chiqindilarni sortlarga ajratish va utilizatsiya qilishni tashkil etishga doir tadbirlar kompleksini ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ular oʻrtasida kooperatsiya aloqalarini oʻrnatgan holda qattiq maishiy chiqindilarni sortlarga ajratish va qayta ishlash boʻyicha tijorat tashkilotlari tashkil etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilansinki, qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish xizmatlari koʻrsatish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaharlarda — sanitariya jihatidan tozalash boʻyicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tumanlar markazlarida, shahar posyolkalarida va qishloq aholi punktlarida — obodonlashtirish boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Belgilab qoʻyilsinki, shaharlarda axlatlarni toʻplash shoxobchalari qurilishi tugallangach va ular konteynerlar bilan jihozlangach axlatlarni toʻplash shoxobchalari, kelgusida ulardan foydalanish uchun, sanitariya jihatidan tozalash boʻyicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan tekin foydalanish uchun beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi qattiq maishiy chiqindilarni koʻmib tashlash boʻyicha yangidan tashkil etilayotgan poligonlarni davlat ekologiya ekspertizasidan oʻtkazishni hamda qattiq maishiy chiqindilarni koʻmib tashlash va utilizatsiya qilish joylarining davlat kadastrini yuritishni taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan kelishuv boʻyicha, yetkazib berish jadvallarini tasdiqlagan holda, 1, 2, 4, 5 va 6-ilovalarga muvofiq maxsus avtotransport (axlat tashigichlar, agʻdarma mashinalar)ning oʻz vaqtida ishlab chiqarilishini va yetkazib berilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanitariya jihatidan tozalash boʻyicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar hamda obodonlashtirish boshqarmalari maxsus avtotransportni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi organlarida roʻyxatdan oʻtkazishda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasiga yigʻim toʻlashdan ozod qilinsin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 26-martdagi 68-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 12-son, 138-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Tijorat banklariga, maxsus texnika sotib olish, qattiq maishiy chiqindilar poligonlarini tartibga solish va jihozlash uchun sanitariya jihatidan tozalash boʻyicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlarga 1 va 5-ilovalarga muvofiq imtiyozli kreditlar ajratish tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi amalga oshirilgan ishlarning yakunlari boʻyicha, bajarilgan ishlarning hajmlari, sifati va obyektlarni ishga tushirish muddatlarining tasdiqlangan dasturlarga, manzilli roʻyxatlarga hamda loyiha-smeta hujjatlarga muvofiqligini tekshiruvdan oʻtkazsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Vazirlar Mahkamasining “Respublika aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 10-yanvardagi 4-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 1-son, 2-modda) 11-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I.Zakirov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2013-yil 3-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
315-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 3-dekabrdagi 315-son qaroriga
8-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2014-2015-yillarda respublika shaharlari, tumanlar markazlari, shahar posyolkalari va qishloq aholi punktlarida sanitariya jihatidan tozalashni tashkil etishga doir
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kompleks tadbirlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r Tadbirlar nomi Bajarish muddati Masʼul bajaruvchilar
I. Qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish va koʻmishni tashkil etish uchun maxsus texnika bilan jihozlash
1.‎

Maxsus avtotransport (axlat tashigichlar, agʻdarma mashinalar)ni oʻz vaqtida ishlab chiqarish va yetkazib berishni taʼminlash, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan kelishgan holda yetkazib berish jadvallarini tasdiqlash.

2014-2015-yillar “Oʻzavtosanoat” AK, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari
2.‎

Sanitariya jihatidan tozalashning ixtisoslashtirilgan korxonalariga maxsus texnika sotib olish uchun qaytarish muddati kamida 5 yil boʻlgan imtiyozli kreditlar ajratilishini tijorat banklari tomonidan taʼminlash.

2014-2015-yillar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklari
3.‎

Tumanlar va shaharlarda maxsus avtotransport vositalari (axlat tashigichlar, buldozerlar, yuk ortgichlar, agʻdarma mashinalar) va asbob-uskunalar (avtotarozilar) xarid qilinishini taʼminlash.

2014-2015-yillar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, tijorat banklari, sanitariya jihatidan tozalash boʻyicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar, obodonlashtirish boshqarmalari
II. Respublika shaharlarida — tuman markazlari, shahar posyolkalari va qishloq aholi punktlarida qattiq maishiy chiqindilar bilan ishlash infratuzilmasini tashkil etish‎‎
4.‎

2014-2015-yillarda axlat toʻplash shoxobchalari, qattiq maishiy chiqindilarning yangi poligonlarini tashkil etish va ularni tegishli ravishda jihozlash dasturlariga muvofiq qattiq maishiy chiqindilar bilan ishlashning quyidagilarni nazarda tutuvchi sxemalarini ishlab chiqish:
‎1) axlat toʻplash maydonchalari va konteynerlarni joylashtirish;
‎2) yangidan tashkil etiladigan poligonlarni joylashtirish;
‎3) quyidagilarda:
‎tuman markazlarida, tuman markazidan 25 kilometrgacha radiusda joylashgan shahar posyolkalari va qishloq aholi punktlarida, bir haftada kamida ikki marta;
‎tuman markazidan 25 kilometrdan 80 kilometrgacha masofadagi qishloq aholi punktlarida — bir haftada kamida bir marta aholi punktlari hududlarini izchil qamrab olish va maxsus avtotransport harakatlanishi yoʻnalishlari hisobga olingan holda shaharlarda sanitariya jihatidan tozalash boʻyicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan va tumanlarda obodonlashtirish boshqarmalari tomonidan tuzilgan qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketishning kundalik reja- jadvalini tuzish.
‎Yaqin joylashgan qishloq aholi punktlarida, biroq tuman markazidan 80 kilometrdan ortiq uzoqlikda yashaydigan aholiga xizmat koʻrsatish uchun ayrim tumanlarda (asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Navoiy, Qashqadaryo, Jizzax va Toshkent viloyatlarida) tuman obodonlashtirish boshqarmalarining qattiq maishiy chiqindilar filiallarga biriktirilgan hududlarga tashib ketilishini taʼminlaydigan filiallari tashkil etiladi.

2014-yil 1-yanvar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, “Oʻzkommunxizmat” agentligi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining hududiy boshqarmalari, davlat sanitariya-epidemiologiya nazoratining hududiy markazlari, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining hududiy boshqarmalari
5.‎

Quyidagilarni taʼminlash:
‎axlat toʻplash maydonchalari va qattiq maishiy chiqindilar poligonlari uchun yer ajratish;
‎poligonlar uchun tegishli sanitariya-ekologiya xulosalarini va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish;
‎tegishli texnik talablarga javob beradigan maxsus avtotransport vositalarini saqlash joylarini (garajlarni) tashkil etish (transport vositalari uchun yopiq toʻxtash joylari, haydovchilarni har kuni koʻrikdan oʻtkazish uchun tibbiyot punktlari, transportni texnik koʻrikdan oʻtkazish, qoʻriqlash joylari, taʼmirlash ustaxonalari);
‎sanitariya jihatidan tozalash boʻyicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlarining sanitariya jihatidan tozalash xizmati va obodonlashtirish boshqarmalarining xodimlarini maxsus kiyim-bosh (rasmiy kiyim) bilan taʼminlash.

2014-yil 1-yanvar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining hududiy boshqarmalari, davlat sanitariya-epidemiologiya nazoratining hududiy markazlari, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining hududiy boshqarmalari
6.‎

Quyidagi hisob-kitoblardan kelib chiqib qoʻshimcha axlat toʻplash shoxobchalari qurish:
‎shaharlarda — 5 ta koʻp kvartirali uy uchun 1 ta axlat toʻplash shoxobchasi, har bir punktni 4 ta konteyner bilan jihozlagan holda (hisoblab chiqilgani boʻyicha 1480 ta axlat toʻplash shoxobchasi, 8389 ta konteyner);
‎tuman markazlarida — 5 ta koʻp kvartirali uy uchun bitta axlat toʻplash shoxobchasi, har bir punktni 2 ta konteyner bilan jihozlagan holda (hisoblab chiqilgani boʻyicha 2044 ta axlat toʻplash shoxobchasi, 4088 ta konteyner);
‎shahar posyolkalari va qishloq aholi punktlarida — 100 ta uy xoʻjaligiga bitta axlat toʻplash shoxobchasi (hisoblab chiqilgani boʻyicha 49268 ta axlat toʻplash shoxobchasi).

2014-2015-yillar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining hududiy boshqarmalari, davlat sanitariya-epidemiologiya nazoratining hududiy markazlari, sanitariya jihatidan tozalash boʻyicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar va obodonlashtirish boshqarmalari
7.‎

Ishlab turgan qattiq maishiy chiqindilar poligonlarini:
‎145,5 ming p.m uzunlikdagi perimetr boʻyicha atrofini oʻrash;
‎ularni buldozerlar, avtoyuklagichlar, agʻdarma mashinalar (469 ta) va avtotarozilar (175 ta) bilan jihozlash.

2014-2015-yillar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining hududiy boshqarmalari, davlat sanitariya-epidemiologiya nazoratining hududiy markazlari, sanitariya jihatidan tozalash boʻyicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar va obodonlashtirish boshqarmalari
8.‎

Qattiq maishiy chiqindilarning yangi poligonlarini qurish:
‎Buxoro shahri ehtiyojlari uchun 10 ga maydonda 1 ta poligon;
‎Andijon, Buloqboshi, Zafarobod, Yangiobod, Muborak, Namangan, Oqoltin, Xovos, Boʻstonliq, Oqqoʻrgʻon, Ohangaron, Chinoz, Qoʻshtepa, Toshloq, Uchkoʻprik va Hazorasp tumanlari ehtiyojlari uchun har birining maydoni 2 ga boʻlgan 16 ta poligon;
‎tuman markazlaridan (80 kilometrdan 300 kilometrgacha) va qattiq maishiy chiqindilarni koʻmish poligonlaridan (40 kilometrdan ortiq) ancha yiroq masofada joylashgan qishloq aholi punktlarida sanitariya qoidalari va normalari yoʻl qoʻyadigan minimal masofada (0,5 — 1,0 km) 0,5-1 ga maydonli 107 ta mini-poligon (1-ilova*);
‎tashkil etilayotgan yangi poligonlarning 30,5 ming p.m uzunlikda perimetr boʻyicha atrofini oʻrash; shaharlar va tumanlar ehtiyojlari uchun tashkil etilayotgan yangi poligonlarni buldozerlar, avtoyuklagichlar va agʻdarma mashinalar (51 ta) va avtotarozilar bilan jihozlash.

2014-2015-yillar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining hududiy boshqarmalari, davlat sanitariya-epidemiologiya nazoratining hududiy markazlari, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining hududiy boshqarmalari
9.‎

Buxoro shahrida (Buxoro viloyati) va Buloqboshi (Andijon viloyati), Boʻstonliq va Ohangaron (Toshkent viloyati) tumanlarida qattiq maishiy chiqindilarning toʻlgan poligonlarini toʻliq yopish.

2014-yil 1-iyul Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining hududiy boshqarmalari, davlat sanitariya-epidemiologiya nazoratining hududiy markazlari
10.‎

Qattiq maishiy chiqindilarning egasiz poligonlarini tuman obodonlashtirish boshqarmalariga berish (2-ilova*).

2014-yil 1-yanvar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining hududiy boshqarmalari, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining hududiy boshqarmalari
11.‎

Qattiq maishiy chiqindilarni sortlarga ajratish va qayta ishlash boʻyicha tijorat tuzilmalarini tashkil etishni, ular oʻrtasida kooperatsiya aloqalari oʻrnatilishini nazarda tutuvchi transportda tashish xarajatlarini qisqartirish maqsadida qattiq maishiy chiqindilarni, keyinchalik chiqitsiz qayta ishlashni hisobga olgan holda, sortlarga ajratish va utilizatsiya qilish boʻyicha kompleks tadbirlarni ishlab chiqish.

2014-yil 1-aprel Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari
12.‎

Sanitariya jihatidan tozalash boʻyicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar, obodonlashtirish boshqarmalarining xoʻjalik hisobidagi uchastkalari va poligonlar foydalanishga topshirilishiga qarab qoʻshimcha ish oʻrinlari tashkil etish (boshqaruv va ishlab chiqarish xodimlari: uchastkalar boshliqlari, operatorlar, mexaniklar, chilangar-taʼmirlovchilar, haydovchilar, yuk ortuvchilar va shu kabilar) (hisoblab chiqilgani boʻyicha 4 853 nafar).

2014-2015-yillar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, sanitariya jihatidan tozalash boʻyicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar va obodonlashtirish boshqarmalari
‎‎III. Sanitariya jihatidan tozalash boʻyicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni va obodonlashtirish boshqarmalarini institutsional mustahkamlash
13.

Sanitariya jihatidan tozalash boʻyicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni va obodonlashtirish boshqarmalari xizmatlaridan foydalanuvchi jismoniy va yuridik shaxslarni quyidagi bosqichlarda yalpi xatlovdan oʻtkazish:

‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Davlat statistika qoʻmitasining hududiy boshqarmalari, Ichki ishlar vazirligi hududiy boshqarmalari, Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari uyushmasi, sanitariya jihatidan tozalash boʻyicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar, obodonlashtirish boshqarmalari

1-bosqich. Qarorga 9-10-ilovalarga muvofiq tegishli mutaxassislar tarkibida viloyat hokimining alohida qarori asosida ishchi guruhlar tashkil etish.

2013-yil 10-dekabr

2-bosqich. Qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish xizmatlaridan amalda foydalanuvchi aholi sonini aniqlash.

3-bosqich. Xatlov natijasida aniqlangan aholi sonini shahar va tuman ichki ishlar boshqarmalarining fuqarolarning kirishi-chiqishi va rasmiylashtirish boʻlimlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, statistika boshqarmalari, oilaviy poliklinikalar hamda suv, issiqlik, gaz va elektr taʼminoti boʻyicha kommunal xizmat koʻrsatish korxonalarining maʼlumotlari bilan taqqoslash.

2014-yil 10-yanvar

4-bosqich. Shahardagi mavjud yuridik shaxslarni xatlovdan oʻtkazish va xatlov natijasida olingan maʼlumotlarni statistika boshqarmalari va soliq organlarining maʼlumotlari bilan taqqoslash.

2014-yil 20-yanvar

5-bosqich. Sanitariya jihatidan tozalash boʻyicha ixtisoslashtirilgan korxonalar va obodonlashtirish boshqarmalarining xatlov natijasida aniqlangan isteʼmolchilar bilan shartnomalar tuzishi.

2014-yil 10-yanvar

6-bosqich. Sanitariya jihatidan tozalash boʻyicha tashkilotlarning abonent bazasini shakllantirish.

2014-yil 1-fevral
14.‎

Shartnomaviy-huquqiy ishlarni takomillashtirish:
‎jismoniy va yuridik shaxslar uchun sanitariya jihatidan tozalash boʻyicha xizmatlar koʻrsatish uchun namunaviy shartnomani ishlab chiqish;
‎mavjud qarzdorlikni fuqarolik sudlari va xoʻjalik sudlari orqali undirib olish yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrish.

2014-yil 1-fevral doimo “Oʻzkommunxizmat” agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, sanitariya jihatidan tozalash boʻyicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar, obodonlashtirish boshqarmalari
15.‎

“Billing” kompyuterlashtirilgan dasturini joriy etish yoʻli bilan sanitariya jihatidan tozalash boʻyicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar va obodonlashtirish boshqarmalarining xoʻjalik hisobidagi boʻlinmalari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar hajmini va ularning abonentlarini hisobga olish tizimini avtomatlashtirish.

2014-yil 1-iyul Qoraqalpogʻiston Respublika�i Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Moliya vazirligi, sanitariya jihatidan tozalash boʻyicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar, obodonlashtirish boshqarmalari
16.‎

Maxsus avtotransport vositalarini “GPS” uzoqda turib nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi bilan jihozlash hisobiga ulardan samarali foydalanishni taʼminlash.

2014-yil 1-iyul Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, sanitariya jihatidan tozalash boʻyicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar, obodonlashtirish boshqarmalari
17.‎

Sanitariya jihatidan tozalash boʻyicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar va obodonlashtirish boshqarmalarining xoʻjalik hisobidagi boʻlinmalari tomonidan qoʻllaniladigan amaldagi tariflarning iqtisodiy asoslanganligini oʻrganish va oʻrganib chiqish yakunlari boʻyicha tuman (shahar) hokimliklari tomonidan qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish xizmatlariga tariflarning yangi darajalarini tasdiqlash toʻgʻrisida takliflar kiritish.

2014-yil 1-yanvar, soʻngra zaruriyatga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, hududiy moliya organlari, sanitariya jihatidan tozalash boʻyicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar, obodonlashtirish boshqarmalari
18.‎

Obodonlashtirish boshqarmalarining xoʻjalik hisobidagi boʻlinmalari uchun Gʻaznachilikning hududiy boʻlinmalarida alohida shaxsiy hisob raqamlari ochish. Obodonlashtirish boshqarmalarining xoʻjalik hisobidagi boʻlinmalari tomonidan daromad va xarajatning alohida hisobi yuritilishini, yuqori moliya organiga hisobotlar topshirilishini taʼminlash.

2014-yil 1-yanvar Hududiy moliya organlari, Gʻaznachilikning hududiy boshqarmalari, sanitariya jihatidan tozalash boʻyicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar, obodonlashtirish boshqarmalari
19.‎

Obodonlashtirish boshqarmalarining sanitariya jihatidan tozalash boʻlinmalari uchun xodimlarning maqbul sonini aniqlash va shtat jadvalini belgilangan tartibda kelishish.

2014-yil 1-yanvar Hududiy moliya organlari, obodonlashtirish boshqarmalari
20.‎

Sanitariya jihatidan tozalash boʻyicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar va obodonlashtirish boshqarmalarining xoʻjalik hisobidagi boʻlinmalari tomonidan abonentlar toʻliq qamrab olinishi, daromadlar tushishi toʻliqligi, debitorlik-kreditorlik qarzlarning holati, hisob va hisobot yuritilishi ustidan doimiy ravishda monitoring olib borish.

doimo Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, hududiy moliyaviy organlar, hududiy soliq organlari

IV. Qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketishning tashkil etilishini nazorat qilish va monitoringini olib borish

21.‎

Quyidagilar yoʻli bilan chiqindilar bilan ishlash masalalarida aholining huquqiy va sanitariya-ekologik savodxonligini oshirish maqsadida aholi oʻrtasida keng koʻlamli tushuntirish ishlarini tashkil etish:
‎chiqindilarni toʻgʻri toʻplash va tashib ketishning sanitariya-ekologik ahamiyatini ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritish;
‎sanitariya jihatidan tozalash hamma joyda tashkil etilishini ommaviylashtiruvchi radioeshittirishlar va telekoʻrsatuvlarni, respublika matbuotida va mahalliy matbuotda maqolalar eʼlon qilinishini muntazam ravishda tashkil etish;
‎sanitariya jihatidan tozalash tashkilotlariga reklama roliklarini joylashtirish uchun imtiyozli efir daqiqalarini belgilangan tartibda berish, qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish xizmatlari koʻrsatish tartibi va qoidalarini namoy�sh qilish.

2014-yil 1-yanvargacha har kuni, soʻngra muntazam ravishda har haftada Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, sanitariya jihatidan tozalash boʻyicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar, obodonlashtirish boshqarmalari, MTRK
22.‎

Qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish va koʻmib tashlashni tashkil etish va nazorat qilish modeliga (3-ilova) muvofiq har bir shahar va tuman boʻyicha aholi punktlarini sanitariya jihatidan tozalashni tashkil etish tadbirlari rejasini ishlab chiqish.

2014-yil 1-yanvar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlari hokimliklari
23.‎

Mintaqalarda sanitariya jihatidan tozalashni tashkil etish masalalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining va viloyatlar hokimlari oʻrinbosarlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va “Oʻzavtosanoat” AK rahbarlarining hisobotlarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Prezidiumi majlislarida koʻrib chiqish.

har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*1 va 2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2014-2015-yillarda respublika shaharlari, tumanlar markazlari, shahar posyolkalari va qishloq aholi punktlarida sanitariya jihatidan tozalashni tashkil etishga doir kompleks tadbirlarga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish va koʻmib tashlashni tashkil etish va nazorat qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
modeli
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketishni tashkil etish sxemasi

Masʼullar

Nazorat

I. Ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni va tuman obodonlashtirish boshqarmalarini tashkil etish va jihozlash

Shaharlar va tumanlar hokimliklari,

“Oʻzavtosanoat” AK,

tijorat banklari,

ixtisoslashtirilgan tashkilotlar,

tuman obodonlashtirish boshqarmalari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

“Oʻzavtosanoat” AK,

“Oʻzkommunxizmat” agentligi

Shaharlarda:

Quyidagilar:

“GPS” uzoqdan turib nazorat qilish avtomatlashtirilgan tizimini oʻrnatgan holda maxsus texnikaning zarur soni;

garaj;

avtoustaxona va avtoyuvish;

tibbiyot punkti;

maʼmuriy bino mavjud boʻlgan holda sanitariya jihatidan tozalash boʻyicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar infratuzilmasini tashkil etish.

Tuman markazlari, shahar posyolkalari va qishloq aholi punktlarida yashovchi aholiga xizmat koʻrsatish uchun tuman markazlarida:

Tuman obodonlashtirish boshqarmalarida qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish boʻyicha alohida xoʻjalik hisobidagi uchastkani tashkil et ish va uni jihozlash:

maxsus texnikaning zarur soni;

garaj;

avtoustaxona va avtoyuvish;

tibbiyot punkti;

maʼmuriy bino.

II. Qattiq maishiy chiqindilar bilan ishlash obyektlarini tashkil etish va joylashtirish

1. Har bir shaharda sanitariya jihatidan tozalash boʻyicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar va tuman markazlari, shahar posyolkalari va qishloq aholi punktlarida tuman obodonlashtirish boshqarmalarining qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish boʻyicha alohida xoʻjalik hisobidagi uchastkalari tomon�dan xizmat koʻrsatiladigan hududni aniq taqsimlash.

2. Aholi punktlarida zarur boʻlgan konteynerlar va axlat toʻplash maydonchalari sonini aniqlash va joylashtirish.

3. Yangi tashkil etiladigan poligonlar uchun yer uchastkalari ajratish va ularni joylashtirish.

4. Aholi punktlari hududlari izchil qamrab olinishi hisobga olingan holda tuzilgan qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketishning kundalik reja-jadvalini ishlab chiqish.

5. Maxsus avtotransport vositalari harakati yoʻnalishini ishlab chiqish.

Shaharlar va tumanlar hokimliklari,

“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining;

Sogʻliqni saqlash vazirligining;

“Davarxitektqurilish” qoʻmitasining hududiy organlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari,

“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi;

Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi;

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Davarxitektqurilish” qoʻmitasi

“Oʻzkommunxizmat” agentligi

III. Axlatlarni toʻplash shoxobchalari qurish va ularni ilova qilinayotgan maketlarga muvofiq konteynerlar bilan jihozlash

Shaharlar va tumanlar hokimliklari,

ixtisoslashtirilgan tashkilotlar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari

IV. Qattiq maishiy chiqindilarning yangi poligonlarini qurish, ishlab turgan va yangi qattiq maishiy chiqindilar poligonlarini maxsus texnika bilan jihozlash

Shaharlar va tumanlar hokimliklari, “Oʻzavtosanoat” AK,

Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, ixtisoslashtirilgan tashkilotlar hamda shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari,

Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari

V. Qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish boʻyicha xizmatlarga tariflarni tasdiqlash

Hududiy moliya boshqarmalari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Moliya vazirligi

VI. Qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash, transportda tashish va koʻmishni tashkil etish

1. Sanitariya jihatidan tozalash boʻyicha tashkilotlarning xizmatlaridan foydalanuvchi jismoniy va yuridik shaxslarni xatlovdan oʻtkazish.

2. Sanitariya jihatidan tozalash boʻyicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar va tuman obodonlashtirish boshqarmalarining qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish boʻyicha xoʻjalik hisobidagi uchastkalari tomonidan xatlov natijasida aniqlangan isteʼmolchilar bilan shartnomalar tuzish.

3. Qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish boʻyicha sifatli xizmatlar koʻrsatish.

Shaharlar va tumanlar hokimliklari, ixtisos-lashtirilgan tashkilotlar va tumanlar obodonlashtirish boshqarmalari, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining;

Davlat statistika qoʻmitasining;

Sogʻliqni saqlash vazirligining;

Davlat soliq qoʻmitasining;

Ichki ishlar vazirligining hududiy boshqarmalari;

fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi

VII. Qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish boʻyicha xizmatlar koʻrsatilganligi uchun mablagʻlarning oʻz vaqtida yigʻilishini tashkil etish

Shaharlar va tumanlar hokimliklari,

ixtisoslashtirilgan tashkilotlar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari,

fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

VIII. Qattiq maishiy chiqindilar bilan ishlash masalalarida huquqiy va sanitariya-ekologik savodxonlikni oshirish boʻyicha aholi oʻrtasida tushuntirish ishlari olib borish

Shaharlar va tumanlar hokimliklari, ixtisos-lashtirilgan tashkilotlar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari,

Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, ommaviy axborot vositalari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi,

MTRK

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaharlarda axlat toʻplash shoxobchasining
NAMUNAVIY MAKETI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tuman markazlarida axlatlarni toʻplash shoxobchasining
NAMUNAVIY MAKETI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shahar tipidagi posyolkalarda va qishloq aholi punktlarida axlatlarni toʻplash shoxobchasining
NAMUNAVIY MAKETI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konteynerning namunasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Konteynerlar 2 mm qalinlikdagi poʻlatdan tayyorlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qattiqlik qovurgʻasi mavjudligi konstruksiyaning mustahkamligini oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gabarit oʻlchamlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uzunligi — 900 mm;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kengligi — 900 mm;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
balandligi — 1005 mm;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sigʻimi — 750 l (0,75 m kub);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuk koʻtarishi — koʻpi bilan 210 kilogramm;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konteyner massasi — koʻpi bilan 70 kilogramm;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korroziyaga qarshi qoplama tipi — emal;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rangi — yashil.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 3-dekabrdagi 315-son qaroriga
9-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2014-2015-yillarda respublika shaharlari, tuman markazlari, shahar posyolkalari va qishloq aholi punktlarida sanitariya jihatidan tozalashni tashkil etish kompleks tadbirlarini bajarish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari darajasidagi ishchi guruh
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARKIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar hokimlari — Hududiy ishchi guruh rahbarlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vaziri, viloyatlar moliya boshqarmalari boshliqlari — ishchi guruh rahbarining oʻrinbosarlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hududiy boshqarmalari boshliqlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati hududiy markazlari boshliqlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi hududiy boshqarmalari boshliqlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Davlat raqobat qoʻmitasi hududiy boshqarmalari boshliqlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Davlat statistika qoʻmitasi hududiy boshqarmalari boshliqlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. “Mahalla” fondi hududiy organlari raislari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari uyushmalari raislari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston MTRK va boshqa ommaviy axborot vositalari hududiy boʻlinmalari rahbarlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 3-dekabrdagi 315-son qaroriga
10-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2014-2015-yillarda respublika shaharlari, tuman markazlari, shahar posyolkalari va qishloq aholi punktlarida sanitariya jihatidan tozalashni tashkil etish kompleks tadbirlarini bajarish boʻyicha shaharlar va tumanlar hokimliklari darajasidagi ishchi guruh
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARKIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Shahar va tuman hokimlari — Ishchi guruh rahbarlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Shahar va tuman moliya boʻlimlari mudirlari — Ishchi guruh rahbarining oʻrinbosarlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati shahar va tuman markazlari boshliqlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi shahar va tuman inspeksiyalari boshliqlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Davlat statistika qoʻmitasi shahar va tuman boʻlinmalari boshliqlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Shahar va tuman ichki ishlar boʻlimlari boshliqlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. “Mahalla” fondi shahar va tuman boʻlinmalari raislari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Shahar va tuman xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari uyushmalari raislari hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari raislari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Sanitariya jihatidan tozalash va obodonlashtirish boshqarmasi ixtisoslashtirilgan tashkilotlari rahbarlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 3-dekabrdagi 315-son qaroriga
11-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “Respublika aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 10-yanvardagi 4-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 2-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“qattiq maishiy chiqindilarni yigʻish, tashish va koʻmib tashlash”
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“qattiq maishiy chiqindilarni yigʻish, tashish va koʻmib tashlash”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi oʻn yettinchi va oʻn sakkizinchi xatboshilar qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“jismoniy va yuridik shaxslarga shartnoma asosida qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish boʻyicha pulli sanitariya-tozalash xizmatlari koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
obodonlashtirish boshqarmalarining axlatlarni yigʻish shoxobchalarini va qattiq maishiy chiqindilar poligonlarini sanitariya normalari va qoidalariga muvofiq saqlash va ulardan foydalanish”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻn yettinchi xatboshi oʻn toʻqqizinchi xatboshi deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. 3-ilova matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Viloyatlarga (Qoraqalpogʻiston Respublikasida — respublikaga) boʻysunuvchi shaharlar va tumanlar obodonlashtirish boshqarmalarining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 49-son, 632-modda; 2015-y., 12-son, 138-modda)