Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 26.08.2003 yildagi 369-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori , 26.08.2003 yildagi 369-son
Date of entry into force
26.08.2003
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2003-yil paxta hosilini yigʻishtirib olishning tashkiliy chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2003-yil paxta hosilini oʻz vaqtida va uyushqoqlik bilan yigʻishtirib olish, tuzilgan kontraktatsiya shartnomalari bajarilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Paxta xomashyosi yetishtirishda bozor prinsiplarini amalga oshirish va uni yetishtirishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 19-fevraldagi 93-son qaroriga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi korxonalarining paxta xomashyosi yetishtirishni koʻpaytirishdan manfaatdorligini ragʻbatlantirish maqsadida belgilangan prognoz hajmlaridan ortiqcha yetishtirilgan paxta xomashyosi uchun joriy hisob-kitoblar yagona xarid narxlaridan 20 foiz ortiq boʻlgan shartnomaviy narxlar boʻyicha amalga oshirilishi belgilab qoʻyilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yetishtirilgan paxta xomashyosi uchun yakuniy hisob-kitoblar uni paxta tolasiga qayta ishlashda tola chiqishi va ishlab chiqarilgan paxta tolasining sifatiga qarab hamda jahon bozorida shakllanayotgan narxlar konyunkturasi hisobga olingan holda amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxta narxini shakllantirish mexanizmi toʻgʻrisida” 2002-yil 20-avgustdagi PF-3114-son Farmonini bajarish yuzasidan joriy yilning 27-avgustiga qadar jahon bozorida paxta tolasi uchun shakllanayotgan narxlar konyunkturasini hisobga olgan holda xarid narxlarini belgilasin va bir hafta muddatda paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklarga xarid narxlari preyskurantini va hisob-kitob qilish tartibini yetkazsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻlda va mashinada terilgan paxta uchun haq toʻlash paxta hosilini yigʻishtirib olish uchun oʻtgan yil toʻlangan haq darajasidan kamida 10 foiz ortiq boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Paxta yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi korxonalari texnologiya kartalariga muvofiq paxta xomashyosi yetishtirish xarajatlarini va yigʻim-terim shartlarini hisobga olgan holda, shuningdek paxta hosildorligi va moliyaviy imkoniyatlarga qarab terimchilarga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan eng kam narxlardan kelib chiqib, biroq undan kam boʻlmagan miqdorlarda tabaqalashtirilgan haq toʻlanishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Oʻzkimyosanoat”, “Oʻzqishloqxoʻjalikkimyo” kompaniyalari va “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda paxta yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi korxonalarini defoliantlar bilan taʼminlashda, texnika vositalarini tayyorlashda va gʻoʻzani oʻz vaqtida defoliatsiya qilish uchun zarur miqdorda samolyotlar ajratishda amaliy yordam koʻrsatsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta yigʻim-terimida va paxta tayyorlashda qatnashayotgan texnikaning uzluksiz ishlashini taʼminlash hamda yerni shudgorlashni tugallash uchun viloyatlarning taqdim etilgan hisob-kitoblari boʻyicha yonilgʻi-moylash materiallarining zarur zaxirasini yaratsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligi korxonalariga, mashina-traktor parklariga, paxta tozalash sanoati korxonalariga va paxta xomashyosini yigʻishtirib olish, tashish va unga ishlov berishda band boʻlgan boshqa tashkilotlarga ushbu ishlarni bajarish uchun zarur miqdorlarda yonilgʻi-moylash materiallari uzluksiz yetkazib berilishini tashkil etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. 2003-yil paxta xomashyosini oʻz vaqtida va sifatli yigʻishtirib olishga koʻmaklashish uchun ilovaga muvofiq tarkibda ishchi guruh tashkil etilsin, unga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yigʻim-terimga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq masalalarni tezkorlik bilan hal qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta xomashyosi yetishtiruvchilar bilan kelishgan holda defoliatsiyani oʻtkazish muddatlarini belgilash huquqi berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.H. Joʻrabekov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2003-yil 26-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
369-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 26-avgustdagi 369-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2003-yil hosili paxta xomashyosini uyushqoqlik bilan oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarkibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Joʻrabekov I.H.‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi, guruh rahbari ‎
Azimov R.S.‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, guruh rahbari oʻrinbosari ‎
Kalibekov I.J.‎ —‎ Vazirlar Mahkamasi Agrosanoat kompleksi kotibiyati mudiri, guruh kotibi ‎


‎Guruh aʼzolari: ‎

Mullajonov F.M.‎ —‎ Markaziy bank raisi ‎
Joʻrayev A.M. ‎ —‎ Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri ‎
Nurmuratov M.B.‎ —‎ Moliya vaziri ‎
Polvon-zoda A.A.‎ —‎ Adliya vaziri ‎
Nazirov F.Gʻ.‎ —‎ Sogʻliqni saqlash vaziri ‎
Yusupov M.Y.‎ —‎ ‎‎ Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari ‎
Salimov A.H.‎ —‎ Iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari ‎
Usmanov A.T.‎ —‎ ‎‎ Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari ‎
Bobojonov P.R.‎ —‎ ‎‎ Bosh prokuror oʻrinbosari ‎
Gadoyev E.F.‎ —‎ ‎‎ Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari ‎
Zikriyoyev E.Z.‎ —‎ ‎‎ “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi raisi ‎
Nishonov Sh.N.‎ —‎ ‎‎ “Oʻzagromashservis” uyushmasi raisi ‎
Qobulov S.Sh.‎ —‎ ‎‎ Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi raisi ‎
Majitov Sh.X.‎ —‎ ‎‎ “Oʻzbekneftgaz” kompaniyasi raisi‎
Hasanov Oʻ.X.‎ —‎ ‎‎ “Oʻzkimyosanoat” kompaniyasi raisi‎
Yusupov F.O.‎ —‎ ‎‎ “Oʻzqishloqxoʻjalikkimyo” kompaniyasi raisi ‎
Matchanov R.D.‎ —‎ ‎‎ “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasi raisi‎
Axmetov A.A.‎ —‎ ‎‎ “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” kompaniyasi raisi ‎
Koʻchimov A.K.‎ —‎ ‎‎ “Oʻzteleradio” kompaniyasi raisi‎
Toshmatov Q.F.‎ —‎ ‎‎ “Paxta-bank” boshqaruvi raisi‎
Abdullayev S.S.‎ —‎ ‎‎ Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi direktori ‎