1-ILOVA
| T/r | Tadbirlar nomi | Bajarish muddati | Bajarish uchun masʼullar |
|
I. Yoʻnalish tarmogʻini maqbullashtirish va harakatlanadigan tarkibdan samarali foydalanishni taʼminlash | |||
| 1. |
Yoʻlovchilar tashishni tashkil etish samaradorligini oshirish, avtobus yoʻnalishlarini yanada maqbullashtirish maqsadida Toshkent shahar jamoat transportining barcha turlarida yoʻlovchilar oqimini oʻrganib chiqishni tizimli asosda amalga oshirish, rusumi va sigʻimi boʻyicha harakat tarkibining oqilona sonini va ish rejimini aniqlash, shahar yoʻlovchi tashish yoʻnalishlarining pasportlarini tasdiqlagan holda tashuvlarni tashkil etish samaradorligini oshirish. |
2014-yil II chorak |
Toshkent shahar hokimligi Yoʻlovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti, “Toshshahartransxizmat” AK |
| 2. |
Quyidagilarni nazarda tutuvchi harakatlanadigan tarkibdan foydalanishning prinsipial jihatdan yangi tizimini joriy etish: |
2014- 2015-yillar |
Toshkent shahar hokimligi, Toshkent shahar hokimligi Yoʻlovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti, “Toshshahartransxizmat” AK |
| 3. |
Shahar atrofi yoʻnalishlarining oxirgi toʻxtash joylarini Toshkent halqa avtomobil yoʻli boʻylab joylashtirgan holda shahar va shahar atrofi yoʻnalishlari sxemalarini maqbullashtirish: |
2014-yil | Toshkent shahar va Toshkent viloyati hokimliklari, Toshkent shahar va Toshkent viloyati hokimliklari Yoʻlovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamentlari, Ichki ishlar vazirligi |
| 4. |
Oxirgi yoʻnalishlarda transport vositalari kelishi va ketishi vaqtini qayd etadigan elektron terminallar, shuningdek har bir toʻxtash punktida avtobus yoʻnalishlarining ish rejimini, aniq jadvalini va harakatlanish oraliqlarini aks ettiruvchi maʼlumot beruvchi tablo oʻrnatgan holda jadvalga va harakatlanish oraliqlariga rioya qilish intizomini kuchaytirish. |
2015-yil | Toshkent shahar hokimligi, Toshkent shahar hokimligi Yoʻlovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti, “Toshshahartransxizmat” AK |
| 5. |
Tashuvchilar tomonidan litsenziya bitimlari shartlari va talablariga, yoʻlovchilar va bagaj tashish qoidalariga rioya etilishi, shuningdek tashuvlarni ruxsat beruvchi hujjatlarsiz amalga oshirish holatlarini aniqlash yuzasidan muntazam ravishda qoʻshma reydlar oʻtkazish. |
Muntazam ravishda | Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Toshkent shahar hokimligi Yoʻlovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti |
| 6. |
1994 —1998-yillarda sotib olingan, 100 foiz eskirgan, foydalanish muddati 15 yildan ortiq va yoʻl bosish masofasi 1,25 mln km boʻlgan “Mercedes-Benz O405” rusumli 78 ta avtobusni belgilangan tartibda hisobdan chiqarish. |
2013-yil IV chorak |
“Toshshahartransxizmat” AK |
| II. Yoʻlovchilar tashishni tashkil etishni yanada takomillashtirish, shahar jamoat transporti korxonalarining samaradorligini va moliya-xoʻjalik faoliyati rentabelligini oshirish | |||
| 7. |
Avtobus saroylari tarkibida yoʻlovchilarni yoʻnalishli taksilarda tashish boʻyicha ixtisoslashtirilgan avtokolonnalar tashkil etish, ularni malakali haydovchilar va yoʻlovchilar tashish xavfsizligi talablariga javob beradigan zamonaviy harakatlanadigan tarkib bilan butlash. |
2014-2015-yillar | “Toshshahartransxizmat” AK |
| 8. |
Toshkent shahar yoʻlovchi tashish transporti korxonalarida tovar-moddiy boyliklarni hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini tashkil etish yoʻli bilan xarajatlarni hisobga olish va tahlil qilishni takomillashtirish. |
2014-yil III chorak |
“Toshshahartransxizmat” AK, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi |
| 9. |
Belgilangan tartibda tender savdolari oʻtkazish yoʻli bilan “Toshavtotaʼmirxizmat” UK orqali harakatlanadigan tarkib uchun ehtiyot qismlar va materiallarni markazlashtirilgan tartibda xarid qilish mexanizmini joriy etish yoʻli bilan shahar yoʻlovchi tashish transporti korxonalarining ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish. |
2014-yil II chorak |
Toshkent shahar hokimligi, “Toshshahartransxizmat” AK |
| 10. |
Yoʻlovchilar tashish xarajatlarini qisqartirish va tannarxini pasaytirish maqsadida avtobus saroylari, tramvay deposi va tegishli xizmatlarning boshqaruv xodimlari sonini maqbullashtirish. |
2014-yil I chorak |
“Toshshahartransxizmat” AK |
| 11. |
Aholiga va tashkilotlarga, shu jumladan xususiy tashuvchilarga pulli xizmatlar koʻrsatishni kengaytirish yoʻli bilan (harakatlanadigan tarkibni saqlash uchun ishlab chiqarish binolari va hududlar ijarasi, avtotransportni qatnovdan oldin texnika koʻrigidan va haydovchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, tantanali tadbirlarga va boshqa tadbirlarga xizmat koʻrsatish, reklama va boshqa xizmatlar) shahar jamoat transporti korxonalarining moliya-xoʻjalik faoliyati rentabelligini oshirish, foydani shaharda yoʻlovchilar tashishdan koʻrilgan zararlarni qisman qoplashga yoʻnaltirish. |
Doimo | “Toshshahartransxizmat” AK |
| 12. |
Liniyadan pul tushumi tushishining real prognozini aniqlash maqsadida shahar yoʻlovchi tashish transportining har bir yoʻnalishi boʻyicha xronometrajni tizimli asosda oʻtkazish. |
Tizimli ravishda | Davlat soliq qoʻmitasi, Toshkent shahar hokimligi Yoʻlovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti, “Toshshahartransxizmat” AK |
| 13. |
Axborot-telekommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllagan holda aholi uchun koʻrsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish, transport vositalari harakati oraliqlariga va yoʻnalishlar harakati jadvallariga rioya qilinishi ustidan nazoratni taʼminlaydigan harakatlanadigan tarkibni uzoqdan nazorat qilish tizimini (GPS) joriy etish yoʻli bilan shahar yoʻlovchi tashish transporti ishi ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, fuqarolarning shahar yoʻlovchilar tashish transporti ishlari bilan bogʻliq boʻlgan murojaatlari, shikoyatlari va takliflari boʻyicha tezkor chora-tadbirlar koʻrish uchun SMS xabarlarini qabul qilish xizmatini tashkil etish. |
2014-2015-yillar | Toshkent shahar hokimligi, Toshkent shahar hokimligi Yoʻlovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti, “Toshshahartransxizmat” AK, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
| 14. |
Keyinchalik belgilangan tartibda realizatsiya qilish uchun “3-son tramvay-trolleybus deposi” DUK (sobiq trolleybus kompleksi) va “Shahar elektr transportlariga xizmat koʻrsatish shuʼbasi”ning mulkiy komplekslarini xatlovdan oʻtkazish va konservatsiyalash. |
2014-yil I chorak |
Davlat raqobat qoʻmitasi, Toshkent shahar hokimligi, “Toshshahartransxizmat” AK |
| III. Transport korxonalari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tizimini takomillashtirish, avtobus saroylarining malakali haydovchilar tarkibi bilan toʻldirilganligini taʼminlash | |||
| 15. |
Quyidagilarni kuchaytirishga yoʻnaltirilgan “Toshshahartransxizmat” AK tizimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha Nizomni tasdiqlash: |
2013-yil IV chorak |
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi, “Toshshahartransxizmat” AK |
| 16. |
“Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik kompaniyasi, uning tarkibiy boʻlinmalari va tashkilotlarining boshqaruv va ishlab chiqarish xodimlarini malakali, kasbiy tayyorlangan kadrlar bilan toʻliq butlashni taʼminlash. |
2014-yil I chorak |
Toshkent shahar hokimligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, “Toshshahartransxizmat” AK |
| 17. |
Shtatlarni malakali haydovchilar bilan butlashni taʼminlash uchun Toshkent shahar yoʻlovchi tashish transporti avtobuslari haydovchilarini maxsus tayyorlash dasturini ishlab chiqish. |
2014-yil II chorak |
Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar hokimligi Yoʻlovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, “Toshshahartransxizmat” AK |
| IV. Shahar yoʻlovchi tashish transporti korxonalari faoliyatining normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish | |||
| 18. |
Avtotransport vositalarini qatnovdan oldin texnik koʻrikdan hamda yoʻlovchilar, bagaj va yuklarni avtomobilda tashiydigan haydovchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash. |
2014-yil II chorak |
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi |
| 19. |
Ishdan tashqari vaqtda transport vositalarini saqlash joylari, haydovchilarni qatnovdan oldin tibbiy koʻrikdan va avtotransport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish punktlari mavjudligi shartligini nazarda tutuvchi yoʻlovchilar tashish turlari boʻyicha namunaviy litsenziya bitimini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash. |
2014-yil II chorak |
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar hokimligi Yoʻlovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti |
| 20. |
Shahar yoʻlovchi tashish transportida chiptasiz yurganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish, shu jumladan chiptasiz yurganlik uchun jarima summasini ikki baravar koʻpaytirish boʻyicha takliflar kiritish. |
2014-yil II chorak |
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar hokimligi Yoʻlovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti |
2-ILOVA
| T/r | Tadbirlarning nomi | Bajarish muddatlari | Moliyalashtirish manbalari | Baholash xarajatlari (mln soʻm)* |
Masʼul bajaruvchilar |
| 1. Kompyuterlashtirishni va AT-infratuzilmani rivojlantirish | |||||
| 1.1. |
Markaziy apparatda va tarkibiy boʻlinmalarda kompyuter texnikasini yangilash |
2013 — 2015-yillar | Oʻz mablagʻlari |
380,0 | “Toshshahartransxizmat” AK |
| 1.2. |
Markaziy apparat va tarkibiy boʻlinmalarning oʻzaro hamkorligi zarur darajasini taʼminlash maqsadida korporativ tarmoqni, shuningdek texnik va dasturiy infratuzilmani yaratish |
2014-yil II chorak |
Tijorat banklari kreditlari |
450,0 |
“Toshshahartransxizmat” AK, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi |
| | Jami | | | 830,0 | |
| 2. Ishlab chiqarish va moliya resurslarini boshqarish boʻyicha axborot tizimlarini yaratish va joriy etish | |||||
| 2.1. |
Markaziy apparat va tarkibiy boʻlinmalarda elektron hujjatlar aylanishi tizimini joriy etish |
2014-yil III chorak |
Oʻz mablagʻlari |
95,0 |
“Toshshahartransxizmat” AK, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi |
| 2.2. |
Moliya resurslarini boshqarish boʻyicha yagona avtomatlashtirilgan dasturiy taʼminotni joriy etish |
2014-yil II chorak |
Oʻz mablagʻlari |
50,0 |
“Toshshahartransxizmat” AK, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi |
| 2.3. |
Texnik vositalarni, shu jumladan transport vositalari soni, ularning holati, zaxira qismlar va boshqa moddiy boyliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni hisobga olish boʻyicha avtomatlashtirilgan tizimni yaratish va joriy etish |
2014-yil III chorak |
Oʻz mablagʻlari |
50,0 | “Toshshahartransxizmat” AK, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi |
| | Jami | | | 195,0 | |
| 3. Harakatlanadigan tarkibni boshqarish va uning harakatini nazorat qilish boʻyicha avtomatlashtirilgan vositalarni va dasturiy komplekslarni yaratish va joriy etish | |||||
| 3.1. |
Navigatsiya tizimlarini joriy etishni va transport vositalari haydovchilarini aloqa vositalari bilan taʼminlashni hisobga olgan holda harakatlanadigan tarkibning harakatini uzoqdan nazorat qilish tizimini (GPS) joriy etish |
2013-2014-yillar | Tijorat banklari kreditlari | 0,54 mln. doll. |
Toshkent shahri hokimligining Yoʻlovchi tashish |
| Oʻz mablagʻlari |
150,0 | ||||
| 3.2 |
Yoʻl varaqalarini hisobga olish va avtomatik qayta ishlash boʻyicha dasturiy taʼminot joriy etilishini hisobga olgan holda Toshkent shahrida yoʻlovchi tashuvlarini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish |
2014-2015-yillar |
Tijorat |
0,4 mln dollar | |
| |
Jami |
| | 150,0 | mln soʻm |
| | | 0,94 | mln AQSH dollari | ||
| 4. Axborot resurslari va axborot tizimlarini rivojlantirish | |||||
| 4.1. |
Yoʻlovchilarga interaktiv xizmatlar koʻrsatishni hisobga olgan holda veb-saytni takomillashtirish |
2013-yil IV chorak |
Oʻz mablagʻlari |
15,0 | “Toshshahartransxizmat” AK, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi |
| 4.2. |
Yozib olish funksiyasiga ega boʻlgan “ishonch telefoni”ga qoʻngʻiroqlarni hisobga olish xizmatlarini joriy etish |
2014-yil IV chorak |
Oʻz mablagʻlari |
20,0 | “Toshshahartransxizmat” AK, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi |
| 4.3. |
Shahar transporti yoʻlovchilari uchun tegishli yoʻnalishlar transport vositalarining qayerdaligini kuzatib borish funksiyasiga ega boʻlgan mobil aloqani tashkil etish |
2015-yil III chorak |
Oʻz mablagʻlari |
15,0 | “Toshshahartransxizmat”, AK, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
| |
Jami |
| | 50,0 | |
| 5. Axborot xavfsizligini taʼminlash | |||||
| 5.1. |
Axborot xavfsizligining zarur darajasini taʼminlash boʻyicha ichki normativ hujjatlarni (axborot xavfsizligining korporativ siyosati, axborot xavfsizligi tavakkalchiliklarini boshqarish toʻgʻrisidagi, axborot xavfsizligining noxush hodisalarini boshqarish toʻgʻrisidagi nizomlar va boshqalarni) ishlab chiqish va tasdiqlash |
2013-2014-yillar | Oʻz mablagʻlari |
45,0 | “Toshshahartransxizmat” AK, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi |
| 5.2. |
Ichki normativ hujjatlarni (korporativ tarmoqdan va kompyuter texnikasidan foydalanish qoidalari, elektron shakllar va hisobot berish muddatlari boʻyicha nizomlar va boshqalarni) takomillashtirish |
2014-yil I chorak |
Oʻz mablagʻlari |
- | “Toshshahartransxizmat” AK, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi |
| |
Jami |
| | 45,0 | |
| |
Hammasi ulardan: |
|
|
1270,0 0,94 |
mln soʻm |
| | oʻz mablagʻlari | | | 820,0 |
mln soʻm |
| | tijorat banklarining kreditlari | | | 450,0 0,94 |
mln soʻm |
3-ILOVA
| 1. | Qodirov R.H. | — | Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori, muvofiqlashtiruvchi guruh rahbari |
| 2. | Usmonov R.J. | — | Toshkent shahar hokimi, muvofiqlashtiruvchi guruh rahbarining oʻrinbosari |
| 3. | Mamatov R.T. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari |
| 4. | Mirzamaxmudov J.T | — | Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari |
| 5. | Abdullayev M.R. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining oʻrinbosari |
| 6. | Rustamov O.B. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisining oʻrinbosari |
| 7. | Gaffarov S.X. | — |
Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni |
| 8. | Fayzullayev A.N. | — | Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari |
| 9. | Shovahobov Sh.Sh. | — | Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining oʻrinbosari |
| 10. | Odilov M.A. | — | Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻi |
| 11. | Saydaliyev X.A. | — | Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshligʻi |
| 12. | Sodiqov B.G. | — | “Toshkent metropoliteni” DUK boshligʻi |
| 13. | Aytubayev Z.S. | — | Toshkent shahar hokimligi Yoʻlovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamentining boshligʻi |
| 14. | Abrarov Z.Z. | — | “Toshshahartransxizmat” uyushmasi raisi v.b. |
| 15. | Xanov N.M. | — | Vazirlar Mahkamasi Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamentining mudiri, muvofiqlashtiruvchi guruh kotibi |
4-ILOVA
| T/r | Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga keladigan yoʻlovchi tashish transportining harakat yoʻnalishi |
Shahar atrofi yoʻnalishlarining taklif etilayotgan avtostansiyalari | ||
| mavjud oxirgi punktlardan foydalanish |
yangidan qurish |
rekonstruksiya qilish –mavjud oxirgi punktlarni kengaytirish | ||
| 1. | Bekobod (Bekobod shahri, Oqqoʻrgʻon, Bekobod, Boʻka, Quyi Chirchiq, Piskent, Oʻrta Chirchiq tumanlari) |
| | Qoʻyliq M-1 |
| 2. | Olmaliq (Olmaliq, Angren shaharlari, Ohangaron, Parkent, Oʻrta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlari) |
| Baxt | |
| 3. | Tuzel (Qibray tumani) | | Tuzel | |
| 4. | Chirchiq (Chirchiq shahri, Boʻstonliq, Qibray, Yuqori Chirchiq tumanlari) | TTZ | | |
| 5. | Oʻnqoʻrgʻon (Qibray, Yuqori Chirchiq tumanlari) | | Agrar universiteti | |
| 6. | Chimkent (Zangiota, Qibray tumanlari) | | Uch qahramon | |
| 7. | Keles (Zangiota tumani) | | Keles | |
| 8. | Toshkent mineral suvi (Zangiota tumani) | Tibbiyot shaharchasi | | |
| 9. | Nazarbek (Zangiota tumani) | | Beshqayragʻoch | |
| 10. | Chinoz (Zangiota, Chinoz, Yangiyoʻl tumanlari) | | Erkin | |
| 11. | Yangiyoʻl (Zangiota, Chinoz, Yangiyoʻl tumanlari) | | Choshtepa | |
| 12. | Yangiyoʻl (Yangiyoʻl tumani, Toshkent shahrining Sirgʻali tumani tomonidan) |
Doʻstlik-2 | | |
5-ILOVA
Yoʻnalishli taksilarda yoʻlovchi tashish turlari va ularni tashkil etish
6-ILOVA
| Rozuqulov U.U. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, komissiya raisi |
| Xanov N.M. | — | Vazirlar Mahkamasining Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri, komissiya raisining oʻrinbosari |
| Kamalov A.S. | — | Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirining birinchi oʻrinbosari |
| Gafarov S.X. | — | Davlat raqobat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari |
| Ikramov M.M. | — | Adliya vazirining birinchi oʻrinbosari |
| Abdullayev M.R. | — | Moliya vazirining oʻrinbosari |
| Mirzamaxmudov J.T. | — | Iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari |
| Shovaxobov Sh.Sh. | — | Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining oʻrinbosari |
| Rustamov O.B. | — | Davlat soliq qoʻmitasi raisining oʻrinbosari |
| Raxmanov B.S. | — | Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosari |
| Yakubov Sh.I. | — | “Oʻzsanoatqurilishbank” boshqaruvi raisining oʻrinbosari |
| Gʻanixoʻjayev B.F. | — | Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi ijro etuvchi direktorining oʻrinbosari |
| Abrarov Z.Z. | — | “Toshshahartransxizmat” uyushmasi raisi v.b. |
| Axmedova A.N. | — | “Toshshahartransxizmat” uyushmasining bosh buxgalteri |
7-ILOVA
| T/r |
Tashkilotning nomi |
Davlat ulushlari (aktivlari) % |
| 1 | “Birinchi avtokorxona” OAJ | 95,30 |
| 2. | “2-avtobus saroyi” OAJ | 93,68 |
| 3. | “3-avtobus saroyi” OAJ | 98,35 |
| 4. | “4-avtobus saroyi” OAJ | 96,01 |
| 5. | “5-son avtokorxona” OAJ | 96,84 |
| 6. | “7-avtokorxona” OAJ | 96,52 |
| 7. | “8-sonli avtosaroy” OAJ | 94,45 |
| 8. | “Oʼninchi avtosaroy” MCHJ | 100,00 |
| 9. | “12-avtobus saroyi” OAJ | 93,24 |
| 10. | “18-avtobus saroyi” OAJ | 96,99 |
| 11. | “Mersedes-Bens” markaziy xizmat koʻrsatish stansiyasi shuʼba korxonasi | 100,00 |
| 12. | “Birinchi avtotaʼmir servis” shuʼba korxonasi | 100,00 |
| 13. | “Ikkinchi avtotaʼmir servis” shuʼba korxonasi | 100,00 |
| 14. | “Uchinchi avtotaʼmir servis” shuʼba korxonasi | 100,00 |
| 15. | “Transport xizmatlari sifati ustidan nazorat qilish boshqarmasi” DUK | 100,00 |
| 16. | “Yoʻlovchitransservis” yagona xoʻjalik hisobidagi markaz” DUK | 100,00 |
| 17. | “2-tramvay deposi” DUK, “3-son tramvay-trolleybus deposi” DUK, “Toshtatraservis texnik markazi” DUK, “Yoʻl xizmati” DUK, “Shahar elektr transportiga xizmat koʻrsatish shuʼbasi” DUKning mulkiy komplekslari | 100,00 |
| 18. | Qayta tashkil etilayotgan “Toshshahartransxizmat” uyushmasining mulkiy kompleksi (bino va boshqa mol-mulki) | 100,00 |
| 19. |
Qayta tashkil etilayotgan “Toshavtobustrans” aksiyadorlik kompaniyasining mol-mulki |
100,00 |
| 20. |
Qayta tashkil etilayotgan “Toshyoʻlovchitaʼmirservis” aksiyadorlik kompaniyasining mol-mulki |
100,00 |
| 21. | Qayta tashkil etilayotgan “Toshelektrotrans” davlat kompaniyasining mol-mulki | 100,00 |
8-ILOVA
| T/r | Korxonaning nomi | Mulkiy kompleks joylashgan manzil |
Hududning maydoni, ga |
Foydalanishga topshirilgan yili |
Faoliyat turi |
| 1. |
“3-son tramvay-trolleybus |
Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Temur Malik koʻchasi, 3a (sobiq trolleybus kompleksi) |
7,15 | 1975 | Tramvayda yoʻlovchilar tashish |
| 2. |
“Shahar elektr transportiga xizmat |
Toshkent shahri, Mirobod tumani, Yangi Qoʻyliq, 40-uy |
1,20 | 1953 | Tramvay yoʻllarida ulash tarmoqlariga xizmat koʻrsatish |