Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 13.08.2001 yildagi 337-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 13.08.2001 yildagi 337-son
Date of entry into force
13.08.2001
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2001-yil paxta hosilini uyushqoqlik bilan yigʻishtirib olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2001-yil paxta hosilini uyushqoqlik bilan yigʻishtirib olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzpaxtasanoat”, “Oʻzagromashservis” uyushmalari, manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, qishloq xoʻjaligi korxonalari paxta terish mashinalari, transport traktorlari, tirkamalar, maxsus jihozlangan yuk avtomobillari, paxta tozalash zavodlari, paxta tayyorlash punktlari hamda quritish-tozalash sexlarining 2001-yil 20-avgustgacha hozirlab qoʻyilishini, shuningdek yigʻim-terimni qisqa muddatlarda hamda nobudgarchiliksiz oʻtkazish uchun zarur boʻlgan boshqa moddiy-texnika resurslari xoʻjaliklarga talab qilingan miqdorda yetkazib berilishini taʼminlovchi zarur kompleks tashkiliy va iqtisodiy chora-tadbirlarni amalga oshirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi (Begaliyev), “Oʻzagromashservis” uyushmasi (Nishonov), “Oʻzkimyosanoat” (Hasanov), “Oʻzqishloqxoʻjalikkimyo” (Yusupov) kompaniyalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjaliklarga zarur miqdorda defoliantlar yetkazib berilishini taʼminlasinlar. Gʻoʻza bargini toʻkish 2001-yil 10-sentabrdan kechiktirmasdan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida esa 15-sentabrdan kechiktirmasdan, respublika mintaqalarida 1-ilovaga muvofiq tugallagan holda eng qulay muddatlarda sifatli oʻtkazilishini tashkil etsinlar, gʻoʻza bargini toʻkishni yerda olib borish usuli bilan oʻtkazish uchun texnika vositalari va apparatlar tayyorlab qoʻyilishiga alohida eʼtibor bersinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta terish mashinalari bilan 2-ilovaga muvofiq hajmda paxta yigʻishtirib olinishini taʼminlasinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir “Keys” gorizontal shpindelli mashinalar uchun kamida 140 gektardan dala ajratsinlar. Gorizontal shpindelli mashinalardan samarali foydalanilishi uchun shaxsiy javobgarlik Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari, “Oʻzagromashservis” uyushmasi hamda uning hududiy boʻlinmalari rahbarlari zimmasiga yuklansin. “Keys-2022” paxta terish mashinalari past hosilli dalalarda, ikkinchi terimda foydalanilishiga yoʻl qoʻyilmasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-dekabrdagi 497-son qarori bilan 2001-yilda paxta tolasining davlat xaridi uni ishlab chiqarishning hisoblab chiqilgan miqdorining 30 foizi darajasida saqlab qolinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “Oʻzagromashservis” uyushmasi, “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” Xolding kompaniyasi va ularning hududiy organlari paxta terish mashinalari, shuningdek paxta yigʻim-terimida va tayyorlashda band boʻlgan boshqa texnika uchun dvigatellar, uzellar, agregatlar va boshqa materiallarning almashtirish fondlarini tashkil etsinlar, ularning belgilangan joylarga zudlik bilan yetkazib berilishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi buyurtmanomalari boʻyicha gʻoʻza bargini toʻkish uchun zarur boʻlgan miqdorda samolyotlar ajratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Paxta yigʻim-terimi qatnashchilarini moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish maqsadida xoʻjaliklarga paxta terimi uchun dalalardagi mavjud hosilga qarab tabaqalashtirilgan haq toʻlash tavsiya qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻl terimida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
terilgan 1 kilogramm oʻrta tolali nav paxta uchun — oʻrtacha 22 soʻm, ingichka tolali paxta uchun — 24 soʻm;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
terilgan 1 kilogramm oʻrta tolali urugʻlik paxta uchun — oʻrtacha 24 soʻm, ingichka tolali paxta uchun — 26 soʻm haq toʻlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mashina-traktor parklari va xoʻjaliklar ikki qatorli vertikal shpindelli paxta terish mashinasida terilgan bir tonna paxta uchun mexanik-haydovchilarga — kamida 420 soʻm, toʻrt qatorli mashinada terilgan paxta uchun — 280 soʻm, ikki qatorli gorizontal shpindelli mashinada terilgan paxta uchun — kamida 210 soʻm miqdorida haq toʻlaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Terimchilar va paxta terish mashinalarining mexanik-haydovchilari bilan har 5 kunda hisob-kitob qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi, Markaziy bank, “Paxta-bank” va boshqa tijorat banklari xoʻjaliklar, fermyerlar, tayyorlov punktlari, transport tashkilotlari, paxta tozalash zavodlariga terimchilar va paxta terish mashinalarining mexanik-haydovchilari bilan, shuningdek paxtani yuklash, tushirish, tayyorlash, transportda tashish, joylashtirish hamda unga ishlov berish, paxta terish texnikasiga texnika xizmati koʻrsatish va tuzatishda band boʻlgan xodimlar bilan oʻz vaqtida hisob-kitob qilish uchun yetarli miqdorda naqd pul ajratgan holda ularni mehnatga haq toʻlashning ichki idoraviy normativlari boʻyicha, mashina-traktor parklarini esa paxtani mexanizatsiya vositasida yigʻishtirib olish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar hajmi uchun oʻz vaqtida mablagʻ bilan taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari qishloq xoʻjaligi shirkat xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari har bir oila pudrati va xoʻjalik ichki boʻlinmalari bilan topshirilgan paxta xomashyosining amaldagi hajmi va sifati asosida oʻz vaqtida hisob-kitob qilinishini taʼminlashi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oilaviy pudratchilar va boshqa xoʻjalik ichki boʻlinmalari bilan tuzilgan xoʻjalik ichki shartnomalariga qatʼiy rioya qilinishi taʼminlansin. Xoʻjalik ichki pudrati ayrim boʻlinmalari zararlari boshqa boʻlinmalar mablagʻi hisobiga qoplanishi qatʼiy taqiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. “Paxtasanoat” uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 12-iyundagi 252-son qarori bilan belgilangan tartibga qatʼiy muvofiq holda paxtaning miqdor va sifat koʻrsatkichlarining ishonchliligi, uni tayyorlash, saqlash va qayta ishlashda qoʻshib yozishlarga hamda statistika va buxgalteriya hisobotlari buzilishiga yoʻl qoʻymaslik ustidan kundalik nazoratni taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari “Paxtasanoat” hududiy birlashmalari bilan avtotransport korxonalari oʻrtasida tuzilgan shartnomalar asosida paxta xomashyosini tashishda zarur miqdordagi yuk avtomashinalari safarbar etilishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” Xolding kompaniyasi va “Oʻzagromashservis” uyushmasi paxta yigʻim-terimi mavsumida qatnashuvchi paxta terish mashinalari va boshqa texnikaning uzluksiz ishlashini tashkil etishda paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklarga va mashina-traktor parklariga amaliy yordam koʻrsatish uchun viloyatlarga 3-ilovaga muvofiq sanoat korxonalarini biriktirib qoʻysinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi yonilgʻi-moylash materiallarining xoʻjaliklarga, fermyerlarga, mashina-traktor parklariga va paxta tozalash sanoati korxonalariga, boshqa tashkilotlar va korxonalarga yigʻim-terim, tashish va paxtaga ishlov berish ishlarini bajarish uchun zarur boʻlgan miqdorda uzluksiz yetkazib berilishini taʼminlasinlar, ularning zarur zaxirasini barpo etsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. “Oʻzbekbirlashuv”, “Oʻzbeksavdo” kompaniyalari, “Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasi, “Yogʻmoytamakisanoat” uyushmasi qishloq aholisini, ayniqsa paxta yigʻim-terimi qatnashchilarini oziq-ovqat va boshqa xalq isteʼmol tovarlari bilan taʼminlash masalalarini tezkorlik bilan hal qilsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi paxta yigʻim-terimida band boʻlgan xodimlarga zarur tibbiy yordam koʻrsatilishi tashkil etilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi hosil yigʻim-terimi davrida terimchilarga madaniy xizmat koʻrsatishni tashkil etsin, sanʼat ustalari va adabiyot namoyandalarining xoʻjaliklarga borishlarini nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. “Oʻzteleradio” kompaniyasi paxta yigʻim-terimining borishi radio va televideniyeda muntazam ravishda yoritib borilishini taʼminlasin, paxta yetishtirish va uni terib olishda yuqori natijalarga erishgan ishlab chiqarish ilgʻorlari — terimchilar, mexanik-haydovchilar, fermyerlar, xoʻjaliklar rahbarlariga alohida eʼtiborni qaratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I. Joʻrabekov va Bosh vazir oʻrinbosari T. Xoltoyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2001-yil 13-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
337-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 13-avgustdagi
337-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2001-yilda gʻoʻza bargini toʻkish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
JADVALI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
‎‏

Gʻoʻza bargi toʻkiladigan va desikatsiya qilinadigan maydon, hammasi, ming gektar‎‏

Gʻoʻza bargini toʻkish muddatlari‎

boshlanishi‎

tugallanishi‎

Qoraqalpogʻiston Respublikasi ‎

40‎

1-sentabr‎

15-sentabr ‎

viloyatlar:‎

Andijon ‎

80‎

20-avgust‎

5-sentabr‎

Buxoro ‎

45‎

29-avgust‎

10-sentabr‎

Jizzax ‎

110‎

1-sentabr‎

10-sentabr‎

Qashqadaryo ‎

110‎

1-sentabr‎

10-sentabr‎

Navoiy ‎

20‎

1-sentabr‎

10-sentabr‎

Namangan ‎

70‎

22-avgust‎

8-sentabr‎

Samarqand ‎

100‎

1-sentabr‎

10-sentabr‎

Surxondaryo ‎

65‎

20-avgust‎

5-sentabr‎

Sirdaryo‎

110‎

29-avgust‎

8-sentabr‎

Toshkent ‎

130‎

27-avgust‎

10-sentabr‎

Fargʻona‎

60‎

22-avgust‎

10-sentabr‎

Xorazm ‎

60‎

1-sentabr‎

15-sentabr‎

Jami:‎

1000‎

20-avgust‎

15-sentabr‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 13-avgustdagi
337-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2001-yil paxta hosilini yigʻishtirishga qoʻyiladigan paxta terish mashinalari boʻyicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TOPShIRIQ
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
‎‏

Ekin maydoni, ming ga‎‏

Mashinada teriladigan maydon, ming ga‎‏

Paxta terish mashinalarining qatnashishi, ta‎

Mashinada paxta terish hajmi, ming tonna‎‏

hammasi‎

shu jumladan, gorizontal shpindelli mashinalar ‎

ulardan 2001-yilda olinganlari‎

Qoraqalpogʻiston Respublikasi ‎

83,4‎

0,4‎

3‎

3‎

0,8‎

viloyatlar:‎

Andijon ‎

109,4‎

1,4‎

10‎‎

10‎‎

3,6‎‎

Buxoro ‎

128,7‎‎

2,7‎

19‎

19‎

7,6‎

Jizzax ‎

113,5‎

30,7‎

262‎

202‎

30‎

64,9‎

Qashqadaryo ‎

172,5‎

17,8‎

184‎

104‎

30‎

39,1‎

Navoiy ‎

41,1‎

1,6‎

11‎

11‎

4‎

Namangan ‎

99,3‎

1,1‎

8‎

8‎

2,8‎

Samarqand ‎

102‎

1,7‎

12‎

12‎

3,7‎

Surxondaryo ‎

125,5‎

1,5‎

11‎

11‎

4,3‎

Sirdaryo ‎

136,4‎

32,2‎

316‎

196‎

20‎

65,3‎

Toshkent ‎

106,1‎

29,8‎

231‎

206‎

20‎

73,2‎

Fargʻona ‎

125,4‎

Xorazm ‎

109,7‎

1,4‎

10‎

10‎

3,7‎

Jami:‎

1452,8‎

122,3‎

1077‎

792‎

100‎

273‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 13-avgustdagi
337-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” Xolding kompaniyasi va “Oʻzagromashservis” uyushmasi zavodlarining paxta terish texnikasini tayyorlashni tugallash va ularning uzluksiz ishlashini taʼminlashda yordam koʻrsatish uchun viloyatlarga
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
BIRIKTIRILIShI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jizzax viloyati ‎ “Toshkent traktor zavodi” davlat-aksiyadorlik jamiyati ‎
“Chirchiq qishloq xoʻjaligi mashinasozligi zavodi” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati‎
“Asaka taʼmirlash zavodi” aksiyadorlik jamiyati‎
“Toshkent agregat zavodi” aksiyadorlik jamiyati‎
“Oʻzgidravlika” aksiyadorlik jamiyati ‎
Qashqadaryo viloyati ‎ “Toshkent qishloq xoʻjaligi mashinasozligi ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksiyadorlik jamiyati ‎
“Kimyoqishloqmash” aksiyadorlik jamiyati‎
“Qarshitaʼmir” aksiyadorlik jamiyati‎
“Toshkent tajriba-tuzatish mexanika zavodi” aksiyadorlik jamiyati ‎
Sirdaryo viloyati ‎ “Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi mashinasozligi ishlab chiqarish birlashmasi” aksiyadorlik jamiyati ‎
“Dalvarzin taʼmirlash zavodi” aksiyadorlik jamiyati‎
“Qoʻqon taʼmirlash” aksiyadorlik jamiyati‎
“Uskunaquruvchi” aksiyadorlik jamiyati‎
“Kugaytaʼmirlash” aksiyadorlik jamiyati ‎