10.10.2013 yildagi PQ-2050-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 10.10.2013 yildagi PQ-2050-son
Date of entry into force
14.10.2013
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni amalga oshirilishini taʼminlash, shuningdek fuqarolar yigʻinlari xodimlarining kasbiy va boshqaruv malakalarini yanada oshirish, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga tizimli metodik yordamni tashkil etish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida davlat taʼlim muassasasi shaklida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish toʻgʻrisida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari va Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondining taklifi qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish boʻyicha oʻquv kurslari (keyingi oʻrinlarda Oʻquv kurslari deb yuritiladi) tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar Oʻquv kurslarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlari oldida turgan vazifalar, shu jumladan yoshlarni maʼrifatli qilish va maʼnaviy-axloqiy tarbiyalash, kasbga yoʻnaltirish, kichik va xususiy tadbirkorlikni, oilaviy biznesni rivojlantirish, aholini manzilli ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va ijtimoiy faolligini oshirish, jamoatchilik nazoratini, tabiatni muhofaza qilishni tashkil etish, hududlarni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash sohalaridagi vazifalarni amalga oshirishda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish xodimlarining malakasini, kasbiy va boshqaruv koʻnikmalarini, huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy bilimlarini oshirishni tashkil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolar yigʻinlarining nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan ijtimoiy sheriklik mexanizmlarini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan faoliyatini takomillashtirishga koʻmaklashish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻquv kurslari faoliyatiga tashkiliy rahbarlikni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi esa oʻquv-metodik rahbarlikni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻquv kurslariga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan lavozimga tayinlanadigan va ozod qilinadigan direktor rahbarlik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻquv kurslari yuridik shaxs hisoblanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻquv kurslarida fuqarolar yigʻinlari raislari, ularning oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-maʼnaviy masalalar boʻyicha hamda obodonlashtirish, tomorqa va tadbirkorlik masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari, oila va xotin-qizlar masalalari boʻyicha mutaxassislar, shuningdek, profilaktika (katta) inspektorlarining jamoat tartibini saqlash boʻyicha yordamchilari (keyingi oʻrinlarda tinglovchilar deb yuritiladi) malaka oshiradilar.
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PF-6188-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi:
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PF-6188-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda malaka oshirish boʻyicha oʻquv rejalari va dasturlarini doimiy ravishda yangilanib turilishini taʼminlasin;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-fevraldagi PF-5668-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 06/19/5668/2652-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda oʻqitishning zamonaviy shakl va metodlaridan, ilgʻor pedagogik, axborot-kommunikatsiya va innovatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda oʻquv jarayoni tashkil etilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlari malakasini oshirishning tashkiliy tuzilmasi va tizimi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin, unda malaka oshirishning yagona huquqiy asoslari, umumiy va maxsus talablari, asosiy yoʻnalishlari, shuningdek taʼlim sifatini nazorat qilish va baholash mexanizmlari belgilab qoʻyilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Quyidagilar belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻquv kurslarining xodimlariga oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish mintaqaviy markazlarining xodimlari uchun oʻrnatilgan mehnatga haq toʻlash shartlari tatbiq etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka oshirish boʻyicha mehnatga soatbay haq toʻlash shartlarida oʻqituvchilik faoliyatini amalga oshirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yetakchi taʼlim, tadqiqot va ilmiy muassasalarning xodimlari, shuningdek amaliyotchi mutaxassislar jalb etiladilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka oshirishning tasdiqlangan jadvaliga kiritilgan va Oʻquv kurslariga oʻqishga yoʻllangan tinglovchilarning asosiy ish joyi boʻyicha oʻrtacha ish haqi oʻqish davrida saqlanib qolinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka oshirish uchun Oʻquv kurslariga yuborilgan boshqa shaharlik tinglovchilarga toʻlanadigan sutkalik pul va taʼlim olish joyiga bir marta borib kelish boʻyicha sarflangan xarajatlar ularni yuborayotgan tomon hisobidan respublika doirasida xizmat safarlari uchun oʻrnatilgan tartib va miqdorlarda qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi bepul asosda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻquv kurslarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutlarida joylashtirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻquv kurslariga oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish uchun zarur xonalar va tinglovchilarning yashashi uchun joy ajratilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi bilan birgalikda Oʻquv kurslarining yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻquv kurslari uchun ajratilgan xonalarning oʻquv jarayonining oʻziga xos xususiyatini inobatga olgan holda taʼmirdan chiqarilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutlarining yotoqxonalarida joylar yetishmagan (mavjud boʻlmagan) taqdirda taʼlim muassasalarining yotoqxonalarida joy ajratilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2013-yilda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti parametrlarida ijtimoiy sohaga yoʻnaltirish koʻzda tutilgan mablagʻlar doirasida mazkur Qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishga, shu jumladan binolarni mukammal taʼmirlashga, idora mebeli, tashkiliy-texnika vositalari bilan jihozlashga, oʻquv-metodik va ilmiy adabiyotlar nashr etishga zarur budjet mablagʻlari ajratsin, 2014-yildan boshlab esa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida ularni nazarda tutsin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PF-4631-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 29-son, 356-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2013-yil 10-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-2050-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 10-oktabrdagi PQ–2050-sonli qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish boʻyicha Oʻquv kurslarining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TUZILMASI

Izoh: yordamchi xodimlarning soni normativlar boʻyicha belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Professor-oʻqituvchilar tarkibi va mutaxassis-amaliyotchilar shartnoma asosida jalb etiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 41-son, 546-modda; 2014-y., 29-son, 356-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son; 23.02.2019-y., 06/19/5668/2652-son; 30.05.2019-y., 06/19/5732/3212-son; 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)