Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.06.2020 30.09.2013 yildagi 267-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 30.09.2013 yildagi 267-son
Date of entry into force
07.10.2013
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.06.2020
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashini tashkil etish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-iyundagi 391-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, mahalla institutini yanada qoʻllab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 18-fevraldagi PF-5938-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga muvofiq hamda mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, mahallalarda maʼnaviy muhit barqarorligini, millatlararo doʻstlik va hamjihatlikni mustahkamlash, yoshlarni ona Vatanga va milliy istiqlol gʻoyasiga sadoqat ruhida tarbiyalash, aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash borasidagi ishlarning samaradorligini yanada oshirishga koʻmaklashish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Oʻzbekiston faxriylarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari, koʻp sonli mahalla faollarining Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashini 1-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, ularga qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlarining amalga oshirilishiga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini tahlil qilish, ularning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan aniq asoslangan takliflar hamda taʼsirchan mexanizmlar ishlab chiqish, fuqarolar yigʻinlarining ilgʻor tajribalarini ommalashtirish, ular tomonidan ishlab chiqilgan istiqbolli gʻoyalar va loyihalarni amalga oshirishda koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolar ijtimoiy faolligini oshirishda mahalla institutining ahamiyati va rolini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish, ularda zamonaviy boshqaruv koʻnikmalarini shakllantirishga koʻmaklashish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi bir oy muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda tumanlar va shaharlar Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha hududiy kengashlari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomlarni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A. I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2013-yil 30-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
267-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 30-sentabrdagi 267-sonli qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARKIBI

A. Aripov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Respublika kengashi raisi

J. Inogʻomov

“Mahalla” xayriya jamoat fondi respublika boshqaruvi raisi, Respublika kengashi raisi oʻrinbosari

D. Allayev

“Mahalla” xayriya jamoat fondi respublika boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari, Respublika kengashi masʼul kotibi

A. Saidov

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotl�r va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi raisi (kelishuv asosida)

B. Matmuratov

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi raisi (kelishuv asosida)

O. Soliyev

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining Fuqarolarni oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan ishlash shoʻbasi mudiri (kelishuv asosida)

M. Aliyev

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori (kelishuv asosida)

J. Qoʻchqorov

Oʻzbekiston Respublikasi M�liya vazirining oʻrinbosari

D. Turdiyev

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari

Y. Tursunov

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari

M. Saliyev

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining oʻrinbosari

B. Nizamov

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirining oʻrinbosari

U. Salimov

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi direktori

D. Kenjayev

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirining oʻrinbosari

L. Tuychiyev

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari

M. Xodjimatov

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari

(lavozimiga koʻra)

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari

A. Usmanov

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining oʻrinbosari

O. Yusupov

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi

R. Aminov

Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari

R. Fayziyev

Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari

(lavozimiga koʻra)

“Oʻzkommunxizmat” agentligi bosh direktorining oʻrinbosari

I. Djurayev

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining oʻrinbosari

A. Xodjayev

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi

M. Hazratqulov

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligining Bosh direktori

A. Abdullayev

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq banki boshqaruvi raisi

Gʻ. Abdukarimov

Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti direktori oʻrinbosari

O. Parpiboyeva

Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisining oʻrinbosari

T. Narbayeva

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi

B. Yusupov

Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi

Q. Quranbayev

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi

Sh. Usmonov

Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi raisi

A. Shayxov

Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi

R. Niyazov

Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti raisi

A. Qodirov

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari

T. Axmedov

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy tadqiqotlar instituti direktori

R. Ubaydullayeva

“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik markazi direktori

N. Muxammadiyev

Oʻzbekiston Respublikasi Baynalmilal madaniyat markazi direktori

H. Mamadaliyeva

“Oila” ilmiy-amaliy markazi direktori

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 30-sentabrdagi 267-sonli qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga muvofiq, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi (keyingi oʻrinlarda Kengash deb ataladi) faoliyatini tartibga soladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatining tashkiliy asoslarini yanada takomillashtirish, qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlarining amalga oshirilishiga koʻmaklashish, ular faoliyatidagi muammolarni kompleks oʻrganish va tizimli hal qilish yuzasidan aniq asoslangan takliflar hamda taʼsirchan mexanizmlar ishlab chiqish maqsadida tashkil etilgan kollegial organ hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Kengash oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, ushbu Nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Kengash oʻz faoliyatida qonuniylik, oshkoralik, teng huquqlilik va kollegiallik tamoyillariga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar va shaharlarda Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha hududiy kengashlar (keyingi oʻrinlarda Hududiy kengashlar deb ataladi) faoliyat koʻrsatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hududiy kengashlarning asosiy vazifalari, huquqlari, ularning faoliyatini tashkil etish tartibi hamda hududiy kengashlarning oʻzaro hamkorligi Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda tuman va shaharlar kengashlari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomlarda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Kengashning asosiy vazifalari va huquqlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Kengashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, ularga qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlarning amalga oshirilishiga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini tahlil qilish, ularning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan aniq asoslangan takliflar hamda taʼsirchan mexanizmlar ishlab chiqish, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari ilgʻor tajribalarini ommalashtirish, ular tomonidan ishlab chiqilgan istiqbolli gʻoyalar va loyihalarni amalga oshirishda koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolar ijtimoiy faolligini oshirishda mahalla institutining ahamiyati va rolini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish, ularda zamonaviy boshqaruv koʻnikmalarini shakllantirishga koʻmaklashish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Kengash oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar ijro etilishi monitoringini olib boradi va ularni yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalar faoliyatini takomillashtirishga doir takliflar tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari eng munosib fuqarolar orasidan saylanishini taʼminlash chora-tadbirlarining amalga oshirilishiga koʻmaklashadi, uslubiy tavsiyalar ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining oʻzaro munosabatlarini rivojlantirishga oid tavsiyalar ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli), uning oʻrinbosarlari (fuqarolar yigʻini raisining keksalar va faxriylar ishlari hamda yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchilari), masʼul kotib, diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchi faoliyatini ragʻbatlantirishga doir takliflar tayyorlaydi va ularning ishlarini muvofiqlashtiradi;
(6-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-apreldagi 346-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2019-y., 09/19/346/2994-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyati uchun zarur boʻlgan oʻquv-uslubiy adabiyotlar, qoʻllanmalarning mazmun-mohiyati, ularni nashr etish hamda tirajlarini belgilash boʻyicha tavsiyalar tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatining tashkiliy asoslarini yanada takomillashtirish, ularning vazifalari koʻlamini kengaytirish, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan davlat organlari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va boshqa tashkilotlar oʻrtasidagi ijtimoiy sheriklik munosabatlarini rivojlantirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi hamda amalga oshirilishiga koʻmaklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha takliflar tayyorlaydi va bu borada aniq chora-tadbirlarning amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahallani aniq yoʻnaltirilgan asosda aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, xususiy tadbirkorlik va oilaviy biznesni rivojlantirish markaziga aylantirishga koʻmaklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududda keksalar va nogironlarning ijtimoiy, shu jumladan pensiya va tibbiy taʼminoti sifatini yaxshilash masalalarida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatish hamda ularning roli va taʼsirini kengaytirishga doir takliflar ishlab chiqadi va amalga oshirilishiga koʻmaklashadi;
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 9-iyuldagi 185-sonli qaroriga asosan oʻn birinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 27-son, 357-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyilini joylarda izchillik bilan tatbiq etish, fuqarolarning faolligini, jamiyatda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini oshirish, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan jamoatchilik nazoratini olib borish tizimidagi vazifalar koʻlamini yanada kengaytirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahallalarda tarixan tarkib topgan milliy va maʼnaviy qadriyatlarni eʼzozlash va izchil targʻib qilish, xalqimizning eng yaxshi udum va anʼanalarini asrash va ommalashtirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy axborot vositalari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi, mahalla institutining faoliyatini yoritishga doir tadbirlarning amalga oshirilishiga koʻmaklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolar ijtimoiy faolligini kuchaytirishda mahallaning roli va taʼsirini oshirish, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faollarining tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash ishlarini tashkil etadi, shuningdek ularning bilim va malakasini hamda huquqiy madaniyatini oshirish, zamonaviy boshqaruv koʻnikmalarini shakllantirishga oid chora-tadbirlarga koʻmaklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barkamol avlodni tarbiyalashda “Oila — mahalla — taʼlim muassasasi” hamkorlik mexanizmini kuchaytirishga doir takliflar tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalla institutining dolzarb masalalari boʻyicha xalqaro va respublika konferensiyalari hamda seminarlarini tashkil etishda va oʻtkazishda muvofiqlashtirishni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Kengash oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarishda quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirishga yoʻnaltirilgan qarorlar qabul qilish va ularning ijrosini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolar yigʻinlarining raislari, rais oʻrinbosarlari (fuqarolar yigʻini raisining keksalar va faxriylar ishlari hamda yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchilari), masʼul kotiblari, diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchilari malakasini oshirish yuzasidan takliflar kiritish;
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-apreldagi 346-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2019-y., 09/19/346/2994-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari manfaatlarini koʻzlab sudga daʼvo qilish, shuningdek, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari, ularning mansabdor shaxslari harakatlari (harakatsizligi) ustidan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari manfaatlarini koʻzlab sudga shikoyat qilish;
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-fevraldagi 134-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2018-y., 09/18/134/0809-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlardan va boshqa tashkilotlardan, mansabdor shaxslardan kengash vakolatiga taalluqli zarur maʼlumot va materiallarni soʻrash va olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatiga taalluqli masalalar boʻyicha davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning axborotlarini eshitish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha taklif va tavsiyalarni tayyorlash uchun ishchi komissiyalar va ekspert guruhlar tashkil etish, shuningdek olimlar va amaliyotchi-mutaxassislarni ushbu komissiyalar va guruhlar ishiga jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha Hududiy kengashlarning taklif va tavsiyalarini Kengash majlislarida muhokama qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatiga doir uslubiy qoʻllanmalarni tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari raislari va faollari uchun oʻquv seminarlari va davra suhbatlari tashkil etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Kengash faoliyatini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Kengash uning raisi, rais oʻrinbosari, masʼul kotibi va aʼzolaridan iborat tarkibda tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi respublika boshqaruvi Kengashning ishchi organi (keyingi oʻrinlarda Ishchi organ deb ataladi) hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Kengashga Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri jamoatchilik asosida raislik qiladi va Kengashga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun masʼuldir
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-fevraldagi 134-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2018-y., 09/18/134/0809-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash raisining vakolatiga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash majlislari kun tartibini belgilash va majlislarni chaqirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishi yuzasidan nazorat tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash aʼzolarining Kengashga yuklangan vazifalarning bajarilishi boʻyicha ishlarini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash ishchi organi faoliyatini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengashning samarali ishlashini taʼminlashga doir boshqa ishlarni bajarish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Kengash aʼzolari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikdagi faoliyati samarali yoʻlga qoʻyilishiga koʻmaklashadilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatiga taalluqli masalalar yuzasidan Kengashga takliflar kiritadilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash majlislarida koʻrib chiqiladigan masalalarni muhokama qilishda va hal etishda qatnashadilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash muhokamasiga kiritilgan masalalar boʻyicha yozma xulosalar va ogʻzaki tushuntirishlar beradilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash majlislarida qabul qilingan qarorlar ijrosini oʻz vakolatlari doirasida taʼminlaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Ushbu Nizomda belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Kengash har yili oʻz ish rejasini tasdiqlaydi, shuningdek rais oʻrinbosari, masʼul kotib va Kengashning boshqa aʼzolari vazifalarini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Kengash faoliyati bilan bogʻliq yozishmalarni yuritishda xatlar Kengash raisi yoki uning oʻrinbosari tomonidan imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash oʻz blankasiga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Kengash oʻz faoliyatini doimiy asosda, oʻz ish rejasiga muvofiq amalga oshiradi va majlislarini zaruriyatga koʻra, lekin har chorakda kamida bir marta oʻtkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash raisi qarori bilan, Kengash raisining oʻrinbosari yoki Kengash aʼzolari yarmidan koʻpining tashabbusiga koʻra navbatdan tashqari majlis oʻtkazilishi mumkin. Kengashning navbatdan tashqari majlisini oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklif zarur hujjatlar bilan birgalikda ishchi organga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Kengash majlisini uning raisi boshqaradi. Kengash raisi boʻlmagan taqdirda majlisni uning oʻrinbosari boshqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash majlisi aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi hozir boʻlganda vakolatli hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash qarorlari majlisda qatnashganlarning koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda Kengash raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. Kengashning har bir aʼzosi qabul qilinayotgan qarorlar boʻyicha oʻz fikr-mulohazasini yozma ravishda bayon qilish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Majlisni oʻtqazish uchun kvorum boʻlmaganda, Kengashning yangi majlisi oʻtkaziladigan sana eʼlon qilinadi. Yangi majlisni oʻtkazishda kun tartibini oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Kengash raisining ruxsati bilan majlisda uning uzrli sabablarga koʻra qatnashmayotgan aʼzolari oʻrniga ularning vakillari ovoz berish huquqisiz qatnashishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Kengash majlisiga unda koʻrib chiqilayotgan masalalarning mohiyatiga koʻra davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari, mutaxassislar, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha tuman va shaharlar kengashlari hamda fuqarolar yigʻinlari vakillari taklif etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Kengash qarorlari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi, uni rais yoki uning oʻrinbosari, shuningdek masʼul kotib imzolaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Kengash qarorlari Kengashning barcha aʼzolariga va manfaatdor shaxslarga yetkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengashning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari tegishli davlat organlari va tashkilotlar tomonidan bajarilishi majburiydir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Ishchi organ:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash majlislariga tayyorgarlikni va tashkiliy-texnik jihatdan taʼminlash ishlarini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash faoliyati uchun zarur barcha hujjatlarni (tahliliy maʼlumotlar, jadvallar va h. k.) shakllantiradi va qarorlar loyihalari boʻyicha kelishuvni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
faoliyat yoʻnalishlariga taalluqli materiallarni toʻplaydi, tahlil qiladi, qarorlar va chora-tadbirlar rejalari loyihalarini tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish ishlarini tahlil qiladi va umumlashtiradi, muvofiqlashtirish natijalari boʻyicha hisobot va axborot materiallarini tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hududiy kengashlar ishchi organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishchi organ Kengash qaroriga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Kengash qarorlarining bajarilishi natijalari haqida Ishchi organ har chorakda Kengashga tegishli zarur materiallarni ilova qilgan holda tahliliy maʼlumotlarni taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Ishchi organ rahbari tayyorlangan materiallar va majlis kun tartibi boʻyicha Kengash raisiga axborot beradi, rais tomonidan maʼqullangan taqdirda, kengash majlisi boʻlib oʻtadigan kun va vaqtni, shuningdek taklif etiladigan shaxslarni belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Kengash masʼul kotibi Kengash majlisi materiallarini bayon loyihasi bilan birgalikda majlisni oʻtkazish sanasidan kamida besh kun oldin Kengashning har bir aʼzosiga, zarur hollarda majlisga taklif etilgan boshqa shaxslarga taqdim etilishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Majlis kun tartibi oʻzgargan taqdirda, Kengash masʼul kotibi Kengashning har bir aʼzosini hamda majlisga taklif etilgan shaxslarni majlis boshlanishidan oldin uch kundan kechikmay bunday oʻzgarishlar toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Ishchi organ Kengash ishiga tayyorgarlik koʻrish maqsadida uning vakolatlari doirasida zarur materiallarni davlat organlari va tashkilotlardan soʻrash hamda olish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Kengash Hududiy kengashlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi hamda Hududiy kengashlar faoliyatiga tashkiliy hamda uslubiy jihatdan rahbarlikni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hududiy kengashlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, ularga qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlarning amalga oshirilishiga koʻmaklashish, Hududiy kengashlar faoliyatini muvofiqlashtirib borish va uni monitoring qilish Kengash tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Hududiy kengashlari yilning har choragida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida Kengashga hisobot beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Hududiy kengashlarining tarkibi hamda ularning nizomlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha hududiy kengashlari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomlar asosida Kengash tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Yakunlovchi qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 40-son, 527-modda; 2015-y., 26-son, 338-modda, 27-son, 357-modda; 2016-y., 42-son, 489-modda; 2017-y., 8-son, 120-modda, 19-son, 345-modda, 37-son, 996-modda, 38-son, 1040-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1021/0465-son, 22.02.2018-y., 09/18/134/0809-son, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son, 23.04.2019-y., 09/19/346/2994-son)