13.08.2013 yildagi 223-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 13.08.2013 yildagi 223-son
Date of entry into force
19.08.2013
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida landshaft dizaynini rivojlantirish dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida landshaft dizaynini yanada rivojlantirish, aholi punktlari va qishloqlararo hududlarning arxitekturaviy-badiiy qiyofasini yaxshilash, landshaft dizayni mutaxassislarini tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasida landshaft dizaynini rivojlantirish dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 21-iyundagi 386-f-son farmoyishi bilan tuzilgan Oʻzbekiston Respublikasida landshaft dizaynini rivojlantirish dasturini tayyorlash boʻyicha Ishchi guruhga quyidagilar yuklansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli vazirliklar va idoralarning, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlarining Dasturni belgilangan muddatlarda sifatli bajarish boʻyicha faoliyati yuzasidan tizimli monitoringni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har chorak yakunlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga Dasturni bajarish borasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida axborot kiritish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2013-yil 13-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
223-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-avgustdagi 223-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida landshaft dizaynini rivojlantirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
DASTURI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r‎

Tadbirlar‎

Amalga oshirish shakli‎ Muddatlari‎ Mablagʻlar
‎ hajmlari‎
Moliyalashtirish manbalari‎ Bajarish uchun
‎masʼullar‎
I. Tashkiliy tadbirlar
1.1‎

Toshkent shahar hokimligi Obodonlashtirish bosh boshqarmasining, Nukus shahri va viloyat markazlari boʻlgan shaharlar obodonlashtirish boshqarmalarining landshaft dizayni guruhlarini malakali kadrlar bilan taʼminlash.‎

Tegishli
‎obodonlashtirish
‎ boshqarmalarining
‎ buyruqlari‎
2013-yil
‎ III chorak‎
-‎ -‎ Qoraqalpogʻiston
‎Respublikasi Vazirlar
‎Kengashi, viloyatlar va
‎ Toshkent shahar
‎hokimliklari ‎
1.2‎

Loyihalash tashkilotlarini oliy taʼlim muassasalari va kasb-hunar kollejlarini “landshaft dizayni” mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan landshaft dizayni mutaxassislari bilan taʼminlash.‎

Loyihalash tashkilotlari
‎ va boshqa tegishli
‎tashkilotlarning
‎buyruqlari‎
2013-yil
‎IV chorak‎
- Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti
‎ va tashkilotlar mablagʻlari‎
“Davarxitektqurilish”
‎ qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar
‎Kengashi, viloyatlar va
‎Toshkent shahar hokimliklari, Oliy va oʻrta maxsus
‎taʼlim vazirligi ‎
1.3‎

2014-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda Toshkent shahar hokimligi Obodonlashtirish bosh boshqarmasining, Nukus shahri va viloyat markazlari boʻlgan shaharlar obodonlashtirish boshqarmalarining landshaft dizayni guruhlari taʼminotiga, shuningdek landshaft dizaynini rivojlantirish uchun zarur texnika, asbob-uskunalar va materiallar sotib olishga zarur mablagʻlar kiritish.‎

2014-yil va kelgusi
‎yillar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat
‎budjeti parametrlari
‎ loyihasi‎
2013-yil
‎III chorak

‎Har yili‎
2013-yil uchun
‎ 411,0 mln soʻm
‎Hisob-kitoblar
‎va buyurtmanomalar
‎boʻyicha‎
Obodonlashtirish maqsadlari uchun nazarda tutiladigan mablagʻlar doirasida‎ Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston
‎Respublikasi Vazirlar
‎Kengashi, viloyatlar va
‎ Toshkent shahar
‎hokimliklari ‎
II. Kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish
2.1‎

Toshkent arxitektura-qurilish instituti (keyingi oʻrinlarda TAQI deb ataladi) va Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti (keyingi oʻrinlarda SDAQI deb ataladi)ning mavjud kafedralari negizida “Landshaft dizayni va interyeri” kafedralarini tashkil etish.‎

Oliy va oʻrta maxsus
‎taʼlim vazirligining
‎ buyrugʻi‎
2013-yil
‎ IV chorak‎
Oliy va oʻrta maxsus
‎taʼlim vazirligi,
‎“Davarxitektqurilish”
‎ qoʻmitasi, boshqa
‎manfaatdor vazirliklar
‎va idoralar‎
2.2‎

TAQI huzuridagi qurilish sohasida Menejerlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash markazi negizida Arxitektorlar, dizaynerlar, quruvchilar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash markazi tashkil etish.‎

Oliy va oʻrta maxsus
‎taʼlim vazirligining
‎ buyrugʻi‎
2013-yil
‎IV chorak‎
Oliy va oʻrta maxsus
‎ taʼlim vazirligi,
‎“Davarxitektqurilish”
‎ qoʻmitasi, boshqa
‎manfaatdor vazirliklar
‎ va idoralar‎
2.3‎

Oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga
‎“Landshaft dizayni” va “Interyer dizayni” yoʻnalishlari kiritilishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.‎

Vazirlar Mahkamasining
‎qarori‎
2013-yil oktabr ‎ - ‎ - ‎ Oliy va oʻrta maxsus
‎taʼlim vazirligi,
‎ “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, “Oʻzstandart”
‎agentligi ‎
2.4‎

“Landshaft dizayni” va “Interyer dizayni” taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha davlat taʼlim standartlari va oʻquv rejalarini ishlab chiqish.‎

Oliy va oʻrta maxsus
‎taʼlim vazirligining
‎ buyrugʻi‎
2014-yil
‎I chorak‎
- ‎ - ‎ Oliy va oʻrta maxsus
‎taʼlim vazirligi,
‎ “Davarxitektqurilish”
‎qoʻmitasi, ‎ “Oʻzstandart”
‎agentligi ‎
2.5‎

“Landshaft dizayni” va “Interyer dizayni” yoʻnalishlari boʻyicha mutaxassislar tayyorlashga boʻlgan ehtiyojni aniqlash.‎

Takliflar ishlab chiqish va
‎Vazirlar Mahkamasiga
‎ kiritish ‎
2013-yil dekabr‎ - ‎ - ‎ Iqtisodiyot vazirligi,
‎Oliy va oʻrta maxsus
‎ taʼlim vazirligi,
‎“Davarxitektqurilish”
‎qoʻmitasi, TAQI,
‎SamDAQI, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar
‎ Kengashi, viloyatlar va
‎Toshkent shahar hokimliklari‎
2.6‎

“Landshaft dizayni” va “Interyer dizayni” yoʻnalishlari boʻyicha TAQI va SamDAQI bakalavriat va magistraturasiga 2014-2015 oʻquv yilidan boshlab qabul qilish kvotalari ajratish. ‎

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori, Taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul
‎qilish boʻyicha davlat
‎komissiyasi protokoli ‎
2014-yil
‎ II chorak‎
- ‎ - ‎ Iqtisodiyot vazirligi,
‎Oliy va oʻrta maxsus
‎taʼlim vazirligi,
‎ “Davarxitektqurilish”
‎qoʻmitasi, TAQI,
‎SamDAQI ‎
2.7‎

TAQI va SamDAQI bakalavriat va magistraturasiga yangidan tashkil etilgan “Landshaft dizayni” va “Interyer dizayni” yoʻnalishlari boʻyicha talabalar qabul qilish.‎

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori‎ Oliy va oʻrta
‎maxsus taʼlim
‎ vazirligi, TAQI,
‎SamDAQI ‎
2.8‎

TAQI va SamDAQI negizlarida landshaft dizayni boʻyicha maket va keramika ustaxonalari, shuningdek texnoparklar tashkil etish, ularni qurish uchun 1,0 gektar qoʻshimcha yer uchastkasi ajratish. ‎

Oliy va oʻrta maxsus
‎taʼlim vazirligining
‎buyrugʻi, Toshkent shahar va Samarqand viloyati
‎ hokimlarining
‎ qarorlari ‎
2014-yil
‎ II chorak‎
TAQI va SamDAQI
‎hisob-kitoblari
‎va buyurtmanomalari boʻyicha‎
Oliy taʼlim muassasalarining oʻz mablagʻlari, grantlar va homiylar mablagʻlari‎ Oliy va oʻrta maxsus
‎taʼlim vazirligi,
‎Toshkent shahar
‎hokimligi, Samarqand
‎shahar hokimligi,
‎ “Davarxitektqurilish”
‎ qoʻmitasi ‎
2.9‎

TAQI va SamDAQIda taʼlim jarayoniga arxitektura dendrologiyasi va landshaft dizayni sohasi boʻyicha amaliyotchi mutaxassislarni, shu jumladan xorijiy mamlakatlardan soatbay mehnat haqi toʻlash shartlari bilan jalb etish.‎

Oliy va oʻrta maxsus
‎taʼlim vazirligining
‎buyrugʻi‎
2014-yil‎ -‎ Oliy taʼlim muassasalarining oʻz mablagʻlari ‎ Oliy va oʻrta maxsus
‎ taʼlim vazirligi‎
2.10‎

Ijodiy tanlovlardagi ishtirokini hisobga olgan holda oʻqituvchilarning reyting nazorati tizimini takomillashtirish.‎

Qoʻshma qaror‎ Har yili‎ -‎ -‎ Oliy va oʻrta
‎maxsus taʼlim vazirligi,
‎Davlat test markazi‎
III. Ilgʻor tajribani oʻrganish
3.1‎

Toshkent shahridagi obyektlar (Abdulla Qodiriy nomidagi, “Bolajon” va “Lokomotiv” (sobiq “Zafar Diyor” bogʻlari) negizida landshaft dizayni mutaxassislari, hududiy arxitektura organlari xodimlari, oliy taʼlim muassasalarining talabalari va kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari uchun seminarlar oʻtkazish.‎

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus,
‎kasb-hunar taʼlimi markazi
‎buyrugʻi, Toshkent shahar
‎ hokimi qarori‎
2013-yil
‎IV chorak‎
Madaniyat va sport
‎ishlari vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus,
‎kasb-hunar taʼlimi markazi hisob-kitoblari va buyurtmanomalari boʻyicha ‎
Bajaruvchilar
‎va homiylar mablagʻlari, grant mablagʻlari‎
Oliy va oʻrta maxsus
‎ taʼlim vazirligi, Oʻrta
‎maxsus, kasb-hunar
‎taʼlimi markazi, Toshkent
‎ shahar hokimligi,
‎“Davarxitektqurilish”
‎qoʻmitasi, Madaniyat va
‎ sport ishlari vazirligi ‎
3.2‎

Landshaft dizayni mutaxassislarining Angliyada va boshqa xorijiy mamlakatlarda oʻqishini, shuningdek TAQI va SamDAQI talabalarining arxitektura va landshaft dizayni boʻyicha sayyor tanishish amaliyotlarini tashkil etish.‎

Oliy va oʻrta maxsus
‎ taʼlim vazirligi,
‎“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi va loyihalash tashkilotlarining buyruqlari ‎
2013-yil
‎IV chorak‎
“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, loyihalash tashkilotlari, Oliy
‎va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining
‎hisob-kitoblari va buyurtmanomalari
‎ boʻyicha‎
Ajratilgan mablagʻlar, grant
‎va homiylar mablagʻlari doirasida‎
Oliy va oʻrta maxsus
‎ taʼlim vazirligi,
‎“Davarxitektqurilish”
‎qoʻmitasi, Tashqi ishlar
‎vazirligi, Tashqi
‎iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va
‎savdo vazirligi ‎
3.3‎

Tajriba almashish uchun landshaft dizaynining xorijiy mutaxassislarini Oʻzbekiston Respublikasiga taklif etish.‎

Oliy va oʻrta maxsus
‎ taʼlim vazirligi tomonidan Vazirlar
‎ Mahkamasiga takliflar kiritish‎
2014-yil
‎IV chorak‎
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda
‎“Davarxitektqurilish” qoʻmitasining
‎ hisob-kitoblari va
‎buyurtmanomalari
‎boʻyicha ‎
Ajratilgan mablagʻlar doirasida‎ Oliy va oʻrta maxsus
‎taʼlim vazirligi,
‎ “Davarxitektqurilish”
‎ qoʻmitasi, Tashqi ishlar
‎ vazirligi‎
IV. Landshaft muhitini arxitekturaviy-badiiy jihatdan tashkil etish yutuqlarini ommalashtirish
4.1‎

Respublika va viloyatlar telekanallarida landshaft dizayniga bagʻishlangan koʻrsatuvlar turkumini tashkil etish.‎

Tadbirlar rejasi‎ 2013-20‎14
‎ yillar‎
Milliy teleradiokompaniyaning
‎hisob-kitoblari va
‎buyurtmanomalari
‎boʻyicha‎
Ajratilgan mablagʻlar doirasida‎ Manfaatdor vazirliklar
‎ va idoralar,
‎ Oʻzbekiston‎ milliy
‎teleradiokompaniyasi ‎
4.2‎

Ixtisoslashtirilgan tashkilotlar, oliy taʼlim muassasalarining mutaxassislari va talabalari, kasb-hunar kollejlarining oʻquvchilari oʻrtasida tuman, viloyat va respublika darajasida landshaft dizayni boʻyicha mahorat darslari, ishlarning mavzuli koʻrgazmalari va tanlovlarini tashkil etish.‎

Oliy va oʻrta maxsus
‎taʼlim vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari buyruqlari va qarorlari‎
2013-2014-yillar‎ Oliy va oʻrta maxsus
‎ taʼlim vazirligi
‎hisob-kitoblari va buyurtmanomalari
‎boʻyicha ‎
Ajratilgan mablagʻlar doirasida, oliy taʼlim muassasalarining oʻz mablagʻlari‎ Oliy va oʻrta maxsus
‎taʼlim vazirligi,
‎“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi‎
V. Normativ-huquqiy bazani takomillashtirish
5.1‎

Daraxtlar, butalar, gullar va boshqa oʻsimliklar boʻyicha umumiy dendrologiya katalogini ishlab chiqish.‎

Katalog‎ 2014-yil
‎ I chorak‎
Bajaruvchilar
‎ hisob-kitoblari va
‎buyurtmanomalari
‎ boʻyicha‎
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti
‎va homiylar mablagʻlari‎
“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Oʻrmon xoʻjaligi bosh
‎boshqarmasi‎
5.2‎

Landshaft dizayni obyektlarini loyihalash va barpo etish ishlari qiymatini aniqlash boʻyicha normativ hujjatni ishlab chiqish.‎

“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi normativ hujjatini ishlab chiqishning manzilli roʻyxati‎ 2014-yil iyul‎ “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi hisob-kitoblari
‎ va buyurtmanomalari
‎boʻyicha ‎
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari‎ “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi ‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-avgustdagi 223-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Obodonlashtirish xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 1-apreldagi 91-son qaroriga 1-ilovada (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 4-son, 24-modda):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Lavozim nomi” ustunida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Bosh iqtisodchi, bosh agronom, bosh mexanik” soʻzlari “Bosh iqtisodchi, bosh agronom, bosh mexanik, landshaft boʻyicha dizayner” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yetakchi mutaxassislar: muhandis (barcha mutaxassisliklar boʻyicha), agronom, iqtisodchi, buxgalter, mexanik” soʻzlari “Yetakchi mutaxassislar: muhandis (barcha mutaxassisliklar boʻyicha), agronom, iqtisodchi, buxgalter, mexanik, landshaft boʻyicha bosh muhandis, vertikal rejalashtirish va yoʻl qoplamalari boʻyicha loyihalovchi, dendrolog, ishlab chiquvchi dizayner, loyihalovchi elektrik, suv taʼminoti boʻyicha loyihalovchi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrini obodonlashtirish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 11-noyabrdagi 251-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 4-ilova quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 11-noyabrdagi 251-son qaroriga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi apparati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TUZILMASI

b) 5-ilovadagi “Lavozim va kasblar nomi” ustunida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bandga “landshaft boʻyicha bosh dizayner (guruh boshligʻi)” soʻzlari qoʻshilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bandga “landshaft boʻyicha bosh muhandis, vertikal rejalashtirish va yoʻl qoplamalari boʻyicha loyihalovchi, dendrolog, ishlab chiquvchi dizayner, loyihalovchi elektrik, suv taʼminoti boʻyicha loyihalovchi” soʻzlari qoʻshilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining “Respublika aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 10-yanvardagi 4-son qaroriga 2-ilova quyidagi tahrirda bayon qilinsin (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 1-son, 2-modda):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 10-yanvardagi 4-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nukus shahar va viloyat markazlari boʻlgan shaharlar obodonlashtirish boshqarmalarining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NAMUNAVIY TUZILMASI

Xodimlarning cheklangan soni:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqaruv xodimlari (BX) — 13,5 kishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* muhandis-texnik xodimlar (MTX): shaharlarda — Andijonda — 15 kishi, Buxoroda — 17 kishi, Qarshida — 13 kishi, Navoiyda — 10 kishi, Namanganda — 17 kishi, Nukusda — 12 kishi, Samarqandda — 17 kishi, Fargʻonada — 17 kishi; Guliston, Jizzax, Termiz va Urganch shaharlarida — 10 kishidan; yordamchi xodimlar — 7 kishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: ishlab chiqarish xodimlari soni bajariladigan ishlar hajmiga koʻra belgilanadi.”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 33-son, 440-modda)