Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022 21.02.2002 yildagi 63-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 21.02.2002 yildagi 63-son
Date of entry into force
21.02.2002
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tezkor tibbiy yordam xizmatining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, sog‘liqni saqlashni isloh qilish, respublikada kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordam tizimini shakllantirish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga qaramay, tezkor tibbiy yordam xizmatini tashkil etish va uning faoliyati masalalariga ayniqsa Toshkent shahrida yetarlicha e’tibor berilmayapti.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahri tezkor tibbiy yordam stansiyasi, uning tuman bo‘linmalari ixtisoslashtirilgan avtotransport bilan yetarli miqdorda ta’minlanmagan, zamonaviy aloqa vositalariga ega emas. Tezkor tibbiy yordamning ko‘plab ixtisoslashtirilgan brigadalari zamonaviy tibbiy uskunalar, zarur dori-darmonlar bilan ta’minlanmagan. Bir qancha viloyatlarda keyingi yillarda ixtisoslashtirilgan avtotransport parki yangilanmadi. Bularning barchasi aholiga ko‘rsatilayotgan birinchi shoshilinch tibbiy yordam tezkorligi va sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishning sifat darajasini va tezkorligini oshirish, tezkor tibbiy yordam xizmatining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, chet el investitsiyalarini ushbu sohaga keng jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri F.G‘. Nazirovga tezkor tibbiy yordam xizmatlarini maxsus avtotransport va aloqa vositalari bilan jihozlash masalalarini hal etishda yetarlicha faollik ko‘rsatmayotganligi ko‘rsatib o‘tilsin. U tezkor tibbiy yordamning zamonaviy talablarga muvofiq tashkil etilishi, jihozlanishi va rivojlantirilishining ahvoli uchun shaxsan javobgar ekanligi to‘g‘risida ogohlantirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat dasturiga muvofiq Toshkent shahridagi Tez tibbiy yordam respublika markazidan hamda uning barcha viloyatlardagi va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi filiallaridan, markaziy tuman va shahar kasalxonalaridagi 167 tez tibbiy yordam bo‘limlaridan iborat zamonaviy tashxis uskunalari va tibbiy uskunalar bilan jihozlangan, sifat jihatidan yangi tez tibbiy yordam xizmati respublikada amalda tashkil etilganligi, oliy toifali tibbiyot hamshiralari tayyorlash tizimi tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda 2002-yilda tezkor tibbiy yordam shahar stansiyasi 1-ilovaga* muvofiq ixtisoslashtirilgan avtotransport va radiotelefon aloqasi uchun texnik uskunalar bilan jihozlanishini ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat budjeti parametrlarining 2002-yilga tasdiqlangan doiralarida ixtisoslashtirilgan avtotransport hamda radiotelefon aloqasi uchun asbob-uskunalar sotib olish yuzasidan xarajatlarni mablag‘ bilan ta’minlashga zarur miqdorda budjet mablag‘lari ajratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Pochta va telekommunikatsiyalar agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Toshkent shahridagi tezkor tibbiy yordam xizmatini 2-ilovaga* muvofiq xorijiy grantlar hisobiga zamonaviy aloqa vositalari bilan jihozlash chora-tadbirlari ma’qullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda 2003 — 2005-yillar davrida shoshilinch tibbiy yordam xizmati bilan o‘zaro hamkorlikda tezkor tibbiy yordam xizmatini rivojlantirish va jihozlashning o‘rta muddatli dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Unda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tezkor tibbiy yordam stansiyalarini rivojlantirish va mustahkamlash, ularni zarur ixtisoslashtirilgan avtotransport, aloqa vositalari, zamonaviy tibbiyot uskunalari va asboblari, dori-darmonlar bilan jihozlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tezkor tibbiy yordam xizmatiga yuqori malakali vrachlar va o‘rta tibbiyot xodimlarini jalb etishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mablag‘ bilan ta’minlashning zarur hajmlari va manbalarini, shu jumladan budjet mablag‘larini, jalb etilayotgan imtiyozli xorijiy kreditlarni, homiylik mablag‘larini aniq belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tezkor tibbiy yordam xizmatini qayta jihozlash uchun xorijiy mamlakatlar va xalqaro moliya institutlarining grantlarini jalb etish nazarda tutilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Toshkent shahar hokimligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda Toshkent shahar, Markaz-4 mavzesi, 17-a uyda joylashgan “03” markaziy dispetcherlik xizmati qisman egallab turgan binoni Toshkent shahar tezkor tibbiy yordam stansiyasi balansiga to‘liq o‘tkazish masalasini bir hafta muddatda ko‘rib chiqsin va belgilangan tartibda hal etsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahar tezkor tibbiy yordam stansiyasining kichik stansiyalari uchun alohida binolar ajratsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahar tezkor tibbiy yordam stansiyasi huzurida Toshkent shahar hokimligiga qarashli avtobazalarni qayta tashkil etish yo‘li bilan sanitariya avtomashinalari uchun avtobaza tashkil etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda Toshkent shahar tezkor tibbiy yordam stansiyalari va kichik stansiyalari egallab turgan binolarni rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash uchun 2003-yilga kapital qo‘yilmalar zarur limitlarini va budjet mablag‘larini nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari R.S. Azimov va H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2002-yil 21-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
63-son