05.06.2013 yildagi 156-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 05.06.2013 yildagi 156-son
Date of entry into force
10.06.2013
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Olib qoʻyilgan va davlat daromadiga oʻtkazilgan boyliklardan samarali foydalanilishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Koʻchirma]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2013-yil 5-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
156-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 5-iyundagi 156-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Ayrim korxonalar va mol-mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning baʼzi masalalari toʻgʻrisida” 1995-yil 4-dekabrdagi 448-son qaroriga 3-ilovadagi “Fonon” IICHB” soʻzlari “Fonon” DIICHK” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar qoʻmitasi tarkibidagi “Fonon” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasining faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 1997-yil 24-dekabrdagi 566-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) qarorning nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Fonon” davlat ilmiy-ishlab chiqarish korxonasining faoliyati masalalari toʻgʻrisida”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) kirish qismidagi “Fonon” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasining” soʻzlari “Fonon” davlat ilmiy-ishlab chiqarish korxonasining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 2-bandning birinchi xatboshidagi “Fonon” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasiga” soʻzlari “Fonon” davlat ilmiy-ishlab chiqarish korxonasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) 3-banddagi va 6-bandning ikkinchi xatboshidagi “Fonon” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi” va “Fonon” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasiga” soʻzlari tegishli ravishda “Fonon” davlat ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi” hamda “Fonon” davlat ilmiy-ishlab chiqarish korxonasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi tomonidan ekspertizadan oʻtgan zargarlik buyumlarining, qimmatbaho metallar, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar parchalarining taʼmirlash yoki yangi zargarlik buyumlari tayyorlash uchun belgilangan tartibda “Fonon” davlat ilmiy-ishlab chiqarish korxonasiga topshirilishiga”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi xatboshidagi “Fonon” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasiga” soʻzlari “Fonon” davlat ilmiy-ishlab chiqarish korxonasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchi xatboshidagi “Qimmatbaho metallar qoʻmitasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining “Yarmarka savdosini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 13-noyabrdagi 391-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 68-modda) 5-ilovaning 16-bandidagi “Fonon” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi” soʻzlari “Fonon” davlat ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining “Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2009-yil 15-iyuldagi 200-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 7-son, 56-modda) 1-ilovada:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 5-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan, har qanday turdagi va holatdagi qimmatbaho metallardan (oltin, kumush, platina va platina guruhidagi metallar — palladiy, iridiy, rodiy, ruteniy, osmiy), qayta ishlanmagan va qayta ishlangan tabiiy qimmatbaho toshlardan (olmoslar, brilliantlar, yoqutlar, zumradlar, sapfirlar, shuningdek tabiiy marvarid), yarim qimmatbaho toshlardan yasalgan olib qoʻyilgan zargarlik mahsulotlarini, tarkibida qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar, tabiiy marvaridlar mavjud boʻlgan mahsulotlarni (keyingi oʻrinlarda qimmatbaho metallar va toshlar deb ataladi) saqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligiga beriladi. Saqlash uchun maxsus shart-sharoitlarni talab qiladigan boshqa mol-mulk (avtotransport vositasi, dori vositalari va hokazolar) saqlash uchun binolar, maydonchalar va omborlarga joylashtirilishi mumkin”;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-oktabrdagi 819-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2017-y., 09/17/819/0104-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 10-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Soliq organlari davlat daromadiga oʻtkazilishi kerak boʻlgan, unga nisbatan olib qoʻyish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan mol-mulk hisobini olib qoʻyilgan qimmatbaho metallar va toshlarni alohida satrda ajratgan holda uni sotishdan pul mablagʻlari tushishigacha yoki mol-mulk yoʻq qilib tashlangungacha yuritadilar”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) 15-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Sud ijrochisi tasarrufiga oʻtadigan qimmatbaho metallar va toshlarning roʻyxatini tuzishda, qimmatbaho metallar va toshlarni sud ijrochisiga berish sanasida ularning qiymatini qayta baholash amalga oshiriladi. Qayta baholash Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Qimmatbaho metallar agentligi tomonidan ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan shkala boʻyicha ichki bozorda olib qoʻyilgan va davlat daromadiga oʻtkazilgan qimmatbaho metallar va toshlar qiymatini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Qayta baholash sud ijrochilari, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligining Davlat asillik darajasini belgilash palatasi, soliq va moliya organlari vakillarining majburiy ishtirokida qimmatbaho buyumlar qiymatini qayta baholash dalolatnomasini tuzgan holda oʻn kun muddatda amalga oshiriladi. Qayta baholangan qiymatdan sud ijrochisi qimmatbaho metallar va toshlarni sotish yuzasidan shartnomalar tuzish uchun foydalanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) 16-bandning birinchi xatboshi birinchi jumlasidagi “mol-mulk” soʻzlaridan keyin “(qimmatbaho metallar va toshlardan tashqari)” soʻzlari qoʻshilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) 18-bandning oltinchi xatboshidagi “zargarlik buyumlari” soʻzlari “qimmatbaho metallar va toshlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) 21-bandning birinchi xatboshi birinchi jumlasidagi “mol-mulkka” soʻzlaridan keyin “(narxi pasaytirilmaydigan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan davlat daromadiga oʻtkazilgan zargarlik buyumlaridan tashqari)” soʻzlari qoʻshilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) 23-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“23. Davlat daromadiga oʻtkazilgan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari ularni sotish huquqiga ega boʻlgan ixtisoslashtirilgan savdo korxonalari orqali sotiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat daromadiga oʻtkazilgan qoʻshimcha restavratsiya qilish talab qilinadigan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlari tayyorlaydigan ixtisoslashtirilgan davlat korxonalari tomonidan sotiladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“mol-mulk” soʻzlaridan keyin “(tarkibida qimmatbaho metallar va toshlar boʻlganlaridan tashqari)” soʻzlari qoʻshilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Davlat daromadiga oʻtkazilgan, tarixiy, ilmiy, badiiy va boshqa madaniy qimmatga ega boʻlgan mol-mulk Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligiga masʼuliyatli saqlashga tekin beriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
k) 38-banddagi “shakl boʻyicha” soʻzlaridan keyin “(davlat daromadiga oʻtkaziladigan qimmatbaho metallar va toshlarni alohida satrda ajratgan holda)” soʻzlari qoʻshilsin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
l) 62-bandning ikkinchi xatboshi “kelishilgan holda” soʻzlaridan keyin “alohida satrda qimmatbaho metallar va toshlarni ajratgan holda” soʻzlari qoʻshilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
m) 63-banddagi “belgilangan shaklda” soʻzlaridan keyin “qimmatbaho metallar va toshlarni alohida satrda ajratgan holda” soʻzlari qoʻshilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 23-son, 304-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2017-y., 09/17/819/0104-son; 23.11.2017-y., 09/17/926/0300-son)