Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.06.2017 06.06.2013 yildagi 161-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori , 06.06.2013 yildagi 161-son
Date of entry into force
10.06.2013
Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.06.2017
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2013 — 2018-yillar davrida koʻmir sanoati korxonalarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash hamda uni muvozanatli rivojlantirish dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-iyundagi PQ-3054-sonli “2017 — 2021-yillarda koʻmir sanoatini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish Dasturi toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiyot tarmoqlari va aholining koʻmir mahsulotlariga boʻlgan oʻsib borayotgan ehtiyojini qondirishga yoʻnaltirilgan ustuvor investitsiya loyihalarini amalga oshirish, resurs bazasini kengaytirish, kon ishlarini olib borish xavfsizligini taʼminlash, tarmoq korxonalari uchun mutaxassislar tayyorlash hisobiga koʻmir sanoatini yanada barqaror va muvozanatli rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzbekkoʻmir” ochiq aksiyadorlik jamiyati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat geologiya qoʻmitasi bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2013 — 2018-yillar davrida koʻmir sanoati korxonalarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash hamda uni muvozanatli rivojlantirish dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) maʼqullansin. Dastur:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2013 — 2018-yillar davrida koʻmir tarmogʻi korxonalarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash investitsiya loyihalarini 1-ilovaga* muvofiq amalga oshirishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasi korxonalari tomonidan bajariladigan koʻmir qazib olish uchun geologiya-razvedka ishlarining prognoz parametrlarini 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlashni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Angren” koni yon devorlarining xavfsizligi va barqarorligini taʼminlash boʻyicha birinchi navbatdagi tadbirlarni 3-ilovaga* muvofiq amalga oshirishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*3-ilova rus tilidagi matnda berilgan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2013 — 2018-yillar davrida koʻmir tarmogʻi korxonalari uchun 4-ilovaga* muvofiq mutaxassislar tayyorlashni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*4-ilova rus tilidagi matnda berilgan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kon yuzasini ochish, koʻmir qazib olish shu jumladan ochiq va yer osti usullari bilan koʻmir qazib olish, shuningdek qoʻshimcha foydali qazilmalarni qazib olish hajmlarining maqsadli parametrlarini 5-ilovaga* muvofiq taʼminlashni nazarda tutadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*5-ilova rus tilidagi matnda berilgan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Investitsiya loyihalari amalga oshirilishi ustidan amaliy nazoratni, Dastur bajarilishi monitoringini va maqsadli parametrlarga oʻz vaqtida erishishni taʼminlash maqsadida 6-ilovaga* muvofiq tarkibda idoralararo guruh tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*6-ilova rus tilidagi matnda berilgan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar Dastur amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish boʻyicha Idoralararo guruhning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarishning texnik darajasi va samaradorligini oshirish, zamonaviy yuqori samarali texnologiyalarni va boshqaruvning avtomatlashtirilgan tizimlarini joriy etish, koʻmir tarmogʻida ishlab turgan ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va yangilarini qurishga yoʻnaltirilgan ustuvor investitsiya loyihalari oʻz vaqtida amalga oshirilishiga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekkoʻmir” ochiq aksiyadorlik jamiyatining samarali ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish, moliyaviy va moddiy-texnika resurslaridan oqilona foydalanish, shuningdek koʻmir tarmogʻi korxonalarining kadrlar salohiyatini mustahkamlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kon ishlarini olib borishda sanoat xavfsizligi talablarini taʼminlashga yoʻnaltirilgan tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli bajarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda koʻmir tarmogʻini muvozanatli rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va aholi ehtiyojlari bilan bogʻliqlikda kon yuzasini ochish va koʻmir qazib olish boʻyicha maqsadli parametrlarga har yili erishish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “Oʻzbekkoʻmir” ochiq aksiyadorlik jamiyati, “Oʻzogʻirneftgazkimyoloyiha” instituti, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “Koʻmirloyiha” masʼuliyati cheklangan jamiyat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda loyiha hujjatlari oʻz vaqtida ishlab chiqilishi, kelishilishi va tasdiqlanishini, shuningdek ushbu qarorga 1-ilovaga kiritilgan loyihalar amalga oshirilishini taʼminlasinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun, zarurat boʻlganda, yetakchi xorijiy ixtisoslashtirilgan loyiha institutlarini jalb etsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “Oʻzbekkoʻmir” ochiq aksiyadorlik jamiyatiga ushbu qarorga 1-ilovaga kiritilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun kon transporti va texnologik asbob-uskunalar, avtotransport, texnika, ehtiyot qismlar va materiallar sotib olish uchun tanlov asosida aniqlangan ishlab chiqaruvchi zavodlar yoki ularning rasmiy dillerlari bilan, yuklashdan oldin tekshirish oʻtkazish sharti bilan, istisno tariqasida, toʻgʻridan toʻgʻrikontraktlar tuzishga ruxsat berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi ushbu qarorga 1-ilovaga kiritilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun tuzilgan kontraktlar boʻyicha xulosalarni belgilangan tartibda bersin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Koʻmir tarmogʻini texnik jihatdan qayta jihozlash va modernizatsiyalash jamgʻarmasining mablagʻlari, “Oʻzbekkoʻmir” ochiq aksiyadorlik jamiyatining oʻz mablagʻlari hamda tijorat banklarining kreditlari Dasturni amalga oshirishni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi har yili Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturini shakllantirishda ushbu qarorga 1-ilovada nazarda tutilgan investitsiya loyihalari unga kiritilishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi ushbu qarorga 3-ilovada nazarda tutilgan geologiya-razvedka ishlari geologiya-razvedka ishlarining yillik dasturiga kiritilishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi loyiha-smeta hujjatlari davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini hamda loyiha va qurilish-montaj ishlarining sifati ustidan zarur davlat arxitektura-qurilish nazorati amalga oshirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2013-yil 6-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
161-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 23-son, 307-modda; 2017-y., 25-son, 523-modda)