Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.02.2019 05.06.2013 yildagi 158-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 05.06.2013 yildagi 158-son
Date of entry into force
10.06.2013
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.02.2019
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2014 — 2018-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi suv xo‘jaligi tashkilotlarining nasos-kuch asbob-uskunalarini bosqichma-bosqich yangilash chora-tadbirlari to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Idoralararo kollegial organlarni tubdan qisqartirish va yanada optimallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 28-avgustdagi PF–5527-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2013-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2012-yil 25-dekabrdagi PQ-1887-son qarorini bajarish yuzasidan hamda suv xo‘jaligida zamonaviy energiyani tejaydigan texnologiyalar va asbob-uskunalarni joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda o‘tkazilgan suv xo‘jaligi tashkilotlarining nasos stansiyalari nasos-kuch asbob-uskunalarini yalpi xatlovdan o‘tkazish natijasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv xo‘jaligi tashkilotlari nasos stansiyalarining ma’naviy va fizik eskirgan, zamonaviy energiyani tejaydigan asbob-uskunaga almashtirilishi kerak bo‘lgan 3944 ta (81%) elektr dvigatellari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv xo‘jaligi tashkilotlari nasos stansiyalarining ma’naviy va fizik eskirgan, 2014 — 2018-yillar mobaynida birinchi navbatda almashtirilishi talab etiladigan 1297 ta (32,9%) elektr dvigatellari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nasos stansiyalarining eskirgan elektr dvigatellari tomonidan elektr energiyasining ortiqcha iste’moli zamonaviy energiyani tejaydigan asbob-uskunaga taqqoslaganda 10 — 15 foizgachani tashkil etishi aniqlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi suv xo‘jaligi tashkilotlarida nasos-kuch asbob-uskunalarini yangilash va elektr energiyasidan oqilona foydalanishga doir kompleks chora-tadbirlar 1-ilovaga muvofiq;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2014 — 2018-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi suv xo‘jaligi tashkilotlari nasos stansiyalarining elektr dvigatellarini bosqichma-bosqich almashtirishning prognoz parametrlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. 2014 — 2018-yillar davrida Suv xo‘jaligi vazirligi suv xo‘jaligi tashkilotlarida nasos-kuch asbob-uskunalarini yangilash va elektr energiyasidan oqilona foydalanishga doir kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha 3-ilovaga muvofiq muvofiqlashtiruvchi ishchi guruh tashkil etilsin.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muvofiqlashtiruvchi ishchi guruh:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har yili 1-aprelgacha suv xo‘jaligi tashkilotlarining nasos-kuch asbob-uskunalari texnik holati xatlovini tashkil etilishi va o‘tkazilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har yili 1-iyungacha O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi suv xo‘jaligi tashkilotlarining elektr dvigatellari zamonaviy energiyani tejaydigan asbob-uskunaga almashtirilishi kerak bo‘lgan ustuvor nasos stansiyalari ro‘yxatlari ko‘rib chiqilishi va tasdiqlanishini;
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suv xo‘jaligi vazirligi suv xo‘jaligi tashkilotlari rahbarlarining nasos-kuch asbob-uskunalarini yangilash va elektr energiyasidan oqilona foydalanish, elektr dvigatellarini bosqichma-bosqich almashtirishning prognoz parametrlarini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar bajarilishi to‘g‘risidagi hisobotlari har chorakda eshitilishini ta’minlasin.
(3-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi:
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har yili 1-dekabrgacha — suv xo‘jaligi tashkilotlari nasos stansiyalarining elektr dvigatellarini zamonaviy energiyani tejaydigan asbob-uskunaga almashtirish bo‘yicha batafsil tarmoq jadvallari ishlab chiqilishi va Moliya vazirligi bilan kelishilishini, tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2014 — 2018-yillar davrida Suv xo‘jaligi vazirligi suv xo‘jaligi tashkilotlari nasos stansiyalarining elektr dvigatellarini bosqichma-bosqich almashtirishning tasdiqlangan prognoz parametrlari doirasida zamonaviy energiyani tejaydigan asbob-uskunalar belgilangan tartibda sotib olinishini;
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv xo‘jaligi tashkilotlarining nasos stansiyalaridan foydalanish va elektr energiyasining ajratilgan limitlaridan oqilona foydalanish ustidan qat’iy monitoring olib borish rejimi “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlari hokimliklari bilan kelishgan holda har yili tasdiqlanishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har yili 1-fevralgacha — nasos-kuch asbob-uskunalarini yangilash uchun ajratilgan mablag‘lardan foydalanish, shuningdek suv xo‘jaligi tashkilotlarida elektr energiyasi limitlari to‘g‘risidagi ma’lumot O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga kiritilishini ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2014-yildan boshlab har yili O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti loyihasini tuzishda O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining asoslangan hisob-kitoblari bo‘yicha nasos-kuch asbob-uskunalarini bosqichma-bosqich yangilashga, shu jumladan elektr energiyasiga haq to‘lashga xarajatlar bo‘yicha bo‘shab qoladigan mablag‘larni hisobga olgan holda suv xo‘jaligi tashkilotlari nasos stansiyalarining elektr dvigatellarini almashtirish uchun zarur budjetdan ajratiladigan mablag‘larni nazarda tutsin;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanish nazorat qilinishini ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Qishloq va suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Sh.R. Xamrayev va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari G‘.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2013-yil 5-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
158-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 5-iyundagi 158-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi suv xo‘jaligi tashkilotlarida nasos-kuch asbob-uskunalarini yangilash va elektr energiyasidan oqilona foydalanishga doir kompleks chora-tadbirlar
(1-ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r‎

Chora-tadbirlar nomi‎

Bajarish muddati‎

Zarur mablag‘lar‎

Moliyalashtirish manbai‎

Mas’ul bajaruvchilar‎

‎I. Nasos-kuch asbob-uskunalari ishlashining ishonchliligini oshirish va elektr energiyasidan oqilona foydalanish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani takomillashtirish

1.‎

Ustuvor nasos stansiyalarini, energiyani tejaydigan asbob-uskunaga almashtirilishi kerak bo‘lgan elektr dvigatellarini tanlash bo‘yicha idoraviy tartibni ishlab chiqish va tasdiqlash.‎

2014-yil
‎1-avgustgacha ‎

xarajatlar talab qilinmaydi‎

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi (Xamrayev), “O‘zbekenergo” DAK (Raimov),
‎Moliya vazirligi (Abdullayev), Toshkent
‎irrigatsiya va melioratsiya instituti
‎(Xamidov), Fanlar akademiyasining
‎Energetika va avtomatika ilmiy-tadqiqot
‎instituti (Muratov)

2.‎

Suv xo‘jaligi tashkilotlarining nasos stansiyalarida energiyani tejaydigan asbob-uskunalarni joriy etish samaradorligini baholash metodikasini ishlab chiqish va tasdiqlash.‎

2014-yil
‎1-avgustgacha ‎

xarajatlar smetasiga muvofiq‎

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining budjet mablag‘lari ‎

3.‎

Nasos stansiyalaridan foydalanish va elektr energiyasidan oqilona foydalanish bo‘yicha amaldagi yo‘riqnomalarni to‘plash va tahlil qilish.‎

2013-yil
‎1-iyulgacha ‎

xarajatlar talab qilinmaydi‎

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi (Xamrayev), “O‘zbekenergo” DAK
‎(Raimov)‎

4.‎

Nasos stansiyalaridan ishonchli foydalanishni va ularni zamonaviy energiyani tejaydigan asbob-uskunaga almashtirish hisobga olingan holda suv xo‘jaligi tashkilotlarida elektr energiyasidan oqilona foydalanish bo‘yicha namunaviy yo‘riqnomalarni ishlab chiqish, tasdiqlash va bosqichma-bosqich yangilash.‎

2014 — 2018-yillar davrida jadvalga muvofiq ‎

xarajatlar smetasiga muvofiq‎

Suv
‎xo‘jaligi vazirligining budjet mablag‘lari ‎

Suv xo‘jaligi vazirligi (Xamrayev), “O‘zbekenergo” DAK
‎(Raimov)‎

5.‎

Suv xo‘jaligi tashkilotlarining har bir nasos stansiyasi uchun ularning aniq texnik parametrlarini hisobga olgan holda ishonchli foydalanishni ta’minlash va elektr energiyasidan oqilona foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomalarni tayyorlash va tasdiqlash.‎

2014 — 2018-yillar davrida tasdiqlangan jadvalga muvofiq ‎

xarajatlar smetasiga muvofiq‎

Suv xo‘jaligi vazirligining budjet mablag‘lari ‎

Suv xo‘jaligi vazirligi
‎(Xamrayev), hududiy nasos stansiyalari,
‎energetika va aloqa boshqarmalari ‎

II. Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi suv xo‘jaligi tashkilotlarining elektr dvigatellari zamonaviy energiyani tejaydigan asbob-uskunaga almashtirilishi kerak bo‘lgan ustuvor nasos stansiyalari ro‘yxatlarini tuzish va tasdiqlash

6.

Suv xo‘jaligi vazirligi suv xo‘jaligi tashkilotlarining nasos stansiyalari nasos-kuch asbob-uskunalarining texnik holatini xatlovdan o‘tkazish bo‘yicha hududiy ishchi guruhlar tashkil etish hamda ularni zamonaviy energiyani tejaydigan asbob-uskunaga almashtirish, shuningdek elektr energiyasidan oqilona foydalanish bo‘yicha aniq takliflarni tayyorlash.‎

har yili
‎1-fevralgacha ‎

vazirliklar va idoralarning o‘z mablag‘lari

Suv xo‘jaligi vazirligi (Xamrayev), “O‘zbekenergo” DAK
‎hududiy bo‘linmalari (Basidov),
‎Moliya vazirligi (Abdullayev) va
‎Iqtisodiyot vazirligi (Shermatov)
‎hududiy organlari, Fanlar
‎akademiyasining Energetika va
‎avtomatika ilmiy-tadqiqot instituti (Muratov), “O‘zsuvloyiha” OAJ
‎(Najimov) ‎

Nasos stansiyalarining nasos-kuch asbob-uskunalari texnik holatini xatlovdan o‘tkazish. ‎

har yili
‎1-aprelgacha ‎

Hududiy ishchi guruhlar ‎

Nasos-kuch asbob-uskunalarining foydalanish parametrlarini to‘plash va tahlil qilish.‎

har yili
‎10-aprelgacha ‎

Hududiy ishchi guruhlar‎

7.‎‏

Suv xo‘jaligi tashkilotlarining elektr dvigatellari bo‘lajak yilda energiyani tejaydigan asbob-uskunaga almashtirilishi kerak bo‘lgan nasos stansiyalari ro‘yxatini tayyorlash.

har yili
‎ 10-aprelgacha ‎

‎xarajatlar talab qilinmaydi

Hududiy ishchi guruhlar‎

Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalarining suv xo‘jaligi kengashida suv xo‘jaligi tashkilotlarining elektr dvigatellari bo‘lajak yilda energiyani tejaydigan asbob-uskunaga almashtirilishi kerak bo‘lgan nasos stansiyalari ro‘yxati taqdimotini o‘tkazish va ko‘rib chiqish uchun Suv xo‘jaligi vazirligiga kiritish.‎

har yili
‎1-maygacha ‎

Hududiy ishchi guruhlar, irrigatsiya
‎tizimlari havza boshqarmalari ‎

8.‎

Hududiy takliflarni tahlil qilish va suv xo‘jaligi tashkilotlarining elektr dvigatellari bo‘lajak yilda energiyani tejaydigan asbob-uskunaga almashtirilishi kerak bo‘lgan nasos stansiyalari ro‘yxatini tuzish. ‎

har yili
‎15-maygacha ‎

xarajatlar talab qilinmaydi

Suv xo‘jaligi vazirligi
‎(Xamrayev)‎

Suv xo‘jaligi tashkilotlarining elektr dvigatellari zamonaviy energiyani tejaydigan asbob-uskunaga almashtirilishi kerak bo‘lgan ustuvor nasos stansiyalari ro‘yxatlarini ko‘rib chiqish va muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhning bayonnomasi bilan tasdiqlash.‎

har yili
‎ 1-iyungacha ‎

Muvofiqlashtiruvchi ishchi guruh‎

Suv xo‘jaligi tashkilotlarining elektr dvigatellari bo‘lajak yilda energiyani tejaydigan asbob-uskunaga almashtirilishi kerak bo‘lgan ustuvor nasos stansiyalarining tasdiqlangan ro‘yxatini ko‘rib chiqish va belgilangan tartibda moliyalashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga kiritish.‎

har yili
‎10-iyungacha ‎

Suv xo‘jaligi vazirligi
‎(Xamrayev)‎

III. Suv xo‘jaligi tashkilotlari nasos stansiyalarining nasos-kuch asbob-uskunalarini zamonaviy energiyani tejaydigan asbob-uskunaga yangilash

9.‎

Su� xo‘jaligi tashkilotlari nasos stansiyalarining elektr dvigatellarini zamonaviy energiyani tejaydigan asbob-uskunaga almashtirish bo‘yicha batafsil tarmoq jadvallarini ishlab chiqish va Moliya vazirligi bilan kelishish hamda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.‎

har yili
‎1-dekabrgacha ‎

xarajatlar talab qilinmaydi‎

Suv xo‘jaligi vazirligi
‎(Xamrayev)‎

10.‎

Suv xo‘jaligi tashkilotlari nasos stansiyalarining zamonaviy energiyani tejaydigan asbob-uskunalarini yetkazib berish va shef-montaj ishlarini amalga oshirish uchun pudrat tashkilotlarini aniqlash yuzasidan tanlov savdolari tashkil etish.‎

tarmoq jadvallariga muvofiq‎

xarajatlar smetasiga muvofiq‎

Suv xo‘jaligi vazirligining budjet mablag‘lari ‎

Suv xo‘jaligi vazirligi (Xamrayev), “Davarxitektqurilish”
‎qo‘mitasi (Mirzabayev), Moliya
‎vazirligi (Abdullayev), Tashqi
‎iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va
‎savdo vazirligi (Tulyaganov), Turon
‎bank (Alimov)‎

11.‎

Zamonaviy energiyani tejaydigan asbob-uskunalarni yetkazib berish va ularning shef-montaj qilish bo‘yicha kontraktlar pudrat tashkilotlari tomonidan sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi ustidan qat’iy nazoratni amalga oshirish.‎

kontraktlar shartlariga muvofiq‎

xarajatlar talab qilinmaydi‎

Su� xo‘jaligi vazirligi (Xamrayev), nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi

12.‎

Suv olish limitlari bilan bog‘liqlikda suv xo‘jaligi tashkilotlari nasos stansiyalaridan foydalanish rejimini “O‘zbekenergo” DAK, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan kelishgan holda tasdiqlash.‎

har yili 10-oktabrgacha va 10-aprelgacha ‎

xarajatlar talab qilinmaydi‎

Suv xo‘jaligi vazirligi
‎(Xamrayev),
‎ “O‘zbekenergo” DAK (Basidov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari ‎

13.‎

Suv xo‘jaligi vazirligi suv xo‘jaligi tashkilotlari rahbarlarining nasos-kuch asbob-uskunalarini yangilash va elektr energiyasidan oqilona foydalanish, elektr dvigatellarini bosqichma-bosqich almashtirish, shuningdek ularning samaradorligi prognoz paramet�larini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar bajarilishi to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitish. ‎

yil choragi yakunlari bo‘yicha‎

xarajatlar talab qilinmaydi‎

Muvofiqlashtiruvchi ishchi guruh‎

14.‎‏

Suv xo‘jaligi tashkilotlarida nasos-kuch asbob-uskunalarini yangilash va elektr energiyasidan oqilona foydalanish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishi yuzasidan monitoring olib borish.

har o‘n kunda‎

xarajatlar talab qilinmaydi

Suv xo‘jaligi vazirligi (Xamrayev), nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi

Suv xo‘jaligi tashkilotlarida nasos-kuch asbob-uskunalarini yangilash va elektr energiyasidan oqilona foydalanish, nasos-kuch asbob-uskunalarini yangilashga ajratilgan mablag‘lardan, shuningdek elektr energiyasi limitlaridan maqsadli foydalanishni ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishi natijalarini tahlil qilish hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va Moliya vazirligiga axborot kiritish.

har yili
‎1-fevralgacha ‎

IV. Suv xo‘jaligi tashkilotlarining nasos stansiyalarida elektr energiyasidan tejab va oqilona foydalanish bo‘yicha
‎ ilmiy-ishlab chiqarish ishlari

15.‎

Nasos stansiyalarining o‘z ehtiyojlarini elektr bilan ta’minlash uchun energiyaning tiklanadigan manbalarini joriy etish. ‎

ilmiy-tadqiqot ishlari rejasiga muvofiq

xarajatlar smetasiga muvofiq

Suv xo‘jaligi vazirligining budjet mablag‘lari, xalqaro moliya, iqtisodiyot institutlarining grant mablag‘lari ‎‏

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi
‎(Xamrayev),
‎Fanlar akademiyasining Energetika
‎ va avtomatika ilmiy-tadqiqot instituti (Muratov), Quyosh fizikasi ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi (Lutpullayev), Toshkent davlat texnika universiteti (Saidaxmedov)

16.‎

Suv xo‘jaligi inshootlarida suv resurslarini boshqarishda energiyaning tiklanadigan manbalaridan foydalanish bo‘yicha ko‘rgazma uchastkalarini tashkil etish.‎

17.‎

Suv xo‘jaligi vazirligi suv xo‘jaligi tashkilotlarining nasos stansiyalaridan foydalanish bo‘yicha kadrlar malakasi muntazam ravishda oshirilishini tashkil etish. ‎

2014 — 2018-yillar davrida jadval bo‘yicha ‎

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 5-iyundagi 158-son qaroriga
2-ILOVA

2014 — 2018-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi suv xo‘jaligi tashkilotlari nasos stansiyalarining elektr dvigatellarini bosqichma-bosqich almashtirishning prognoz
(2-ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
parametrlari

‎‎dona

№‎‏

Suv xo‘jaligi tashkilotlari nomi‎‏

2014 — 2018
‎ yillarda jami

shu jumladan yillar bo‘yicha:

2014-y.‎

2015-y.‎

2016-y.‎

2017-y.‎

2018-y.

1.‎

Qoraqalpog‘iston NSvaEB*‎

83‎

13‎

15‎

16‎

18‎

21‎

2.‎

Beruniy NSvaEB

29‎

4‎

5‎

6‎

7‎

7‎

3.‎

Andijon NSvaEB

89‎

14‎

15‎

18‎

20‎

22‎

4.‎

Buxoro NSvaEB

42‎

5‎

12‎

5‎

12‎

8‎

5.‎

Jizzax NSvaEB‎

36‎

4‎

6‎

7‎

9‎

10‎

6.‎

Qashqadaryo NSvaEB

87‎

14‎

15‎

17‎

19‎

22‎

7.‎

Navoiy NSvaEB

64‎

13‎

18‎

19‎

14‎

0‎

8.‎

Namangan NSvaEB

157‎

24‎

27‎

30‎

34‎

42‎

9.‎

Samarqand NSvaEB

115‎

15‎

16‎

19‎

21‎

44‎

10.‎

Sirdaryo NSvaEB

31‎

5‎

6‎

6‎

7‎

7‎

11.‎

Surxondaryo NSvaEB

72‎

19‎

18‎

19‎

10‎

6‎

12.‎

Toshkent NSvaEB

65‎

10‎

11‎

13‎

15‎

16‎

13.‎

Farg‘ona NSvaEB

229‎

35‎

40‎

45‎

51‎

58‎

14.‎

Xorazm NSvaEB

145‎

22‎

25‎

29‎

32‎

37‎

15.‎

Amu-Buxoro mashina kanalini ishlatish boshqarmasi‎

25‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

16.‎

Qarshi mashina kanalidan foydalanish boshqarmasi‎

10‎

1‎

2‎

2‎

2‎

3‎

17.‎

“Mirzacho‘l” nasos stansiyalaridan foydalanish boshqarmasi‎

18‎

3‎

4‎

4‎

3‎

4‎

‎‎Jami

1297‎

204‎

239‎

260‎

280‎

314‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: * Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 5-iyundagi 158-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2014 — 2018-yillar davrida Suv xo‘jaligi vazirligi suv xo‘jaligi tashkilotlarida nasos-kuch asbob-uskunalarini yangilash va elektr energiyasidan oqilona foydalanishga doir kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi ishchi guruh
(3-ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarkibi

Xamrayev Sh.‎

—‎

Suv xo‘jaligi vaziri,muvofiqlashtiruvchi ishchi guruh rahbari‎

Abdullayev M.‎

—‎

Moliya vazirining o‘rinbosari‎

Shermatov S.‎

—‎

Iqtisodiyot vazirining o‘rinbosari ‎

Raimov R.‎

—‎

“O‘zbekenergo” davlat-aktsiyadorlik kompaniyasi raisining o‘rinbosari‎

Murodov X.‎

—‎

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Energetika
‎va avtomatika ilmiy-tekshirish instituti direktori‎

Mahmudov I.‎

—‎

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti huzuridagi Irrigatsiya va suv muammolari instituti direktori vazifasini bajaruvchi

Shomayramov M.‎

—‎

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi boshlig‘i‎

Toshpulotov N.‎

—‎

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining kafedra mudiri‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: muvofiqlashtiruvchi ishchi guruh a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalar yuklangan shaxslar kiritiladi.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 23-son, 305-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; 2017-y., 34-son, 899-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)