30.05.2013 yildagi PQ-1976-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori , 30.05.2013 yildagi PQ-1976-son
Date of entry into force
03.06.2013
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasining “Yoshlar” teleradiokanali” yopiq aksiyadorlik jamiyati huzuridagi “Bolajon” bolalar raqamli telekanalini tashkil etish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijtimoiy qadriyatlarni va odamlarda, ayniqsa bolalarda, ularning atrofdagi dunyoni bilishga, zamonaviy axborot texnologiyalarini hamda xorijiy tillarni oʻrganishga boʻlgan qiziqishlarini hisobga olgan holda dunyoqarashni shakllantirishda elektron ommaviy axborot vositalarining tobora ortib borayotgan rolini eʼtiborga olib hamda bolalarning intellektual, idrok qilishga boʻlgan va madaniy ehtiyojlarini qondirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining yetakchi jahon telekompaniyalarining ilgʻor tajribasini hisobga olgan holda 2013-yil 1-iyundan boshlab “Yoshlar” teleradiokanali” yopiq aksiyadorlik jamiyati huzuridagi “Bolajon” respublika bolalar raqamli telekanalini tashkil etish toʻgʻrisida respublikaning keng jamoatchiligi va pedagoglari tomonidan qoʻllab-quvvatlangan taklifi maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar tashkil etilayotgan “Bolajon” bolalar telekanali faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolalar atrof dunyoni idrok qilishni, milliy qahramonlar hamda oʻzbek xalqining va jahondagi boshqa xalqlarning dostonlari, eposlari va ertaklari personajlarining tarixi misolida bola ongida ezgulik va adolatni shakllantirib, qaror toptirishga yoʻnaltirilgan bilim doirasini kengaytiruvchi va intellektual jihatdan rivojlantiruvchi televizion dasturlarni tayyorlash va namoyish etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolalarning qiziquvchanligini, intellektual va ijodiy faolligini rivojlantirish, ularda bilim beradigan va koʻngilochar-oʻrgatuvchi televizion koʻrsatuvlarni, maktabgacha yoshdagi va kichik maktab yoshidagi bolalar uchun moʻljallangan intellektual oʻyinlar va viktorinalarni namoyish etish vositasida boshlangʻich mahoratlarni, aqliy va jismoniy mehnat koʻnikmalari va madaniyatini shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolalarning atrof dunyoni bilishga, yosh teletomoshabinlarning yoshga oid xususiyatlarini hisobga olgan holda translyatsiyalarning zamonaviy interaktiv shakllari va usullaridan, raqamli va multimedia texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalangan holda ularning oʻz atrofidagi barcha qiziqarli narsalar va yangiliklarni kashf etishga boʻlgan intilishlarini qoʻllab-quvvatlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bilim beradigan maxsus telekoʻrsatuvlarni tayyorlash va shu jumladan, oʻzbek tilidagi subtitrlari bilan xorijiy bolalar badiiy, multiplikatsion va koʻngilochar-oʻrgatuvchi filmlarni translyatsiya qilish yoʻli bilan bolalarning xorijiy tillarni oʻrganishga boʻlgan qiziqishlarini rivojlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolalarda tabiatga va atrof muhitga boʻlgan qiziqish va mehrni, ularning uy hayvonlari va parrandalarga, akvarium jonivorlari va xona oʻsimliklariga gʻamxoʻrlik bilan munosabatda boʻlish hamda ularni toʻgʻri parvarishlashga oʻrgatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolalarga jismoniy madaniyat asoslarini va sport bilan shugʻullanishga qiziqishni singdirish, ularda sport bahslariga muhabbat tuygʻusini tarbiyalash, bolalarda oʻz sogʻligʻiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlishni, zarur sanitariya-gigiyena koʻnikmalarini shakllantirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Bolajon” telekanali yuridik shaxs tashkil etmasdan, “Yoshlar” teleradiokanali” yopiq aksiyadorlik jamiyati xodimlarining umumiy soni doirasida tashkil etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Bolajon” telekanali xodimlariga Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasining faoliyat koʻrsatayotgan teleradiokanallari xodimlari uchun amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shart-sharoitlari tatbiq etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Bolajon” telekanali respublikaning butun hududida tarqatiladigan raqamli koʻrsatuvlarning umumiy foydalaniladigan ijtimoiy paketi tarkibiga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “Yoshlar” teleradiokanali” yopiq aksiyadorlik jamiyati huzuridagi “Bolajon” telekanali xodimlarining cheklangan umumiy soni 101 nafar boʻlgan tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Bolajon” telekanalining shtatlar jadvali va xarajatlari smetasining belgilangan tartibda ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2013-yil oxirigacha yangidan tashkil etilayotgan telekanalni yuqori malakali, ijodiy fikrlaydigan va tashabbuskor, shu jumladan bolalar pedagogikasi va psixologiyasi sohasidagi, xorijiy tillarni biladigan mutaxassislar bilan butlashni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Koʻrsatuvlarni raqamli formatiga oʻtish uchun Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasini zamonaviy multimedia asbob-uskunalari bilan jihozlash” investitsiya loyihasi amalga oshirilgungacha “Bolajon” telekanali telekoʻrsatuvlarini tayyorlash va efirga uzatish texnologiyasini Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasining mavjud texnika vositalari negizida vaqtinchalik sxema boʻyicha tashkil etishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2013-2014-yillarda har biri 10 daqiqadan iborat boʻlgan beshta bolalar badiiy filmlari va beshta multiplikatsion filmlar, shu jumladan 2013-yilda ikkitadan badiiy va multiplikatsion filmlar yaratishni taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2013-yilda yangidan tashkil etilayotgan “Yoshlar” teleradiokanali” yopiq aksiyadorlik jamiyati huzuridagi “Bolajon” telekanalini moliyalashtirishga mablagʻlarni ijtimoiy soha uchun Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida ajratsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2014-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida “Bolajon” telekanali faoliyatini moliyalashtirish uchun zarur mablagʻlarni nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Yangidan tashkil etilayotgan “Bolajon” telekanali Toshkent shahar, Navoiy koʻchasi, 69-uy manzilida joylashga Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi binolariga joylashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2013-yil 30-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ–1976-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 30-maydagi PQ–1976-sonli qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yoshlar” teleradiokanali” YAJ huzuridagi “Bolajon” telekanalining tuzilmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Bolajon” telekanalining shtatdagi xodimlari soni — 101 kishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(“Yoshlar” teleradiokanali” YAJ xodimlarining cheklangan umumiy soni — 438 kishi, shu jumladan maʼmuriy - boshqaruv xodimlari soni — 7 kishi)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 22-son, 280-modda)