Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 17.04.2013 yildagi PQ-1957-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 17.04.2013 yildagi PQ-1957-son
Date of entry into force
22.04.2013
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QARORI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2013 - 2016-yillarda qishloq joylarda xizmat koʻrsatish va servis sohasini jadal rivojlantirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq joylarda xizmat koʻrsatish va servis sohasini jadal va muvozanatlashgan tarzda rivojlantirish, qishloq aholisining zamonaviy yuqori texnologik va bozor xizmat turlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, buning asosida yangi ish joylarini yaratish va aholi daromadlari oshirilishini taʼminlash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan manfaatdor vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ishlab chiqilgan quyidagilarni oʻz ichiga olgan 2013 — 2016-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining qishloq joylarida xizmat koʻrsatish va servis sohasini yanada jadal rivojlantirish Dasturi maʼqullansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2013 — 2016-yillarda qishloq joylarda xizmat koʻrsatish va servis sohasini jadal rivojlantirishning asosiy xizmat turlari va hududlar boʻyicha maqsadli parametrlari 1 va 2-ilovalarga* muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*1 va 2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2013 — 2016-yillarda qishloq joylarda xizmat koʻrsatish va servis sohasini yanada rivojlantirish va oʻsish koʻlamini kengaytirish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksi 3-ilovaga* muvofiq.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 2013 — 2016-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining qishloq joylarida xizmat koʻrsatish va servis sohasini yanada jadal rivojlantirish Dasturining bajarilishini monitoring qilish boʻyicha Ishchi guruh 4-ilovaga* muvofiq tarkibda tuzilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*4-ilova berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishchi guruh (G.K. Saidova) mazkur qaror bilan tasdiqlangan Dasturning amalga oshirilishi ustidan tizimli asosda nazorat oʻrnatilishini va har yili, yarim yillik va umuman yil yakunlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasi yigʻilishlarida koʻrib chiqish uchun belgilangan vazifalar va parametrlarning soʻzsiz bajarilishi boʻyicha aniq takliflar bilan tahliliy materiallar kiritilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bir oy muddatda, hududlarning salohiyati va imkoniyatlaridan imkon qadar toʻliq foydalangan holda xizmat koʻrsatish sohasini kompleks ravishda jadal va muvozanatlashgan rivojlantirishni taʼminlash boʻyicha aniq maqsadga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni oʻz ichiga olgan 2013 — 2016-yillarda qishloq joylarda xizmat koʻrsatish va servis sohasini jadal rivojlantirish hududiy dasturlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari doimiy asosda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xizmat koʻrsatish va servis sohasi obyektlarini barpo etish uchun qishloq aholi punktlaridagi davlat mulki boʻlgan va foydalanilmayotgan binolar va xonalarni tadbirkorlik subyektlariga berishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“bir oyna” tartibi boʻyicha xizmat koʻrsatish sohasi obyektlarini barpo etish uchun tadbirkorlik subyektlariga yer uchastkalari ajratib berilishini va bunda hududlarni qurishning bosh rejalariga muvofiq loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishda, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishda koʻmaklashishni tezlashtirilgan holda xizmat koʻrsatish sohasi obyektlarini muhandislik kommunikatsiyalariga hamda ishlab chiqarish infratuzilmasiga ulashni taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilansinki, qishloq joylardagi davlat mulki boʻlgan foydalanilmayotgan binolar va xonalar xizmat koʻrsatish va servis sohasidagi korxonalar hamda obyektlarni tashkil etish uchun jismoniy va yuridik shaxslarga quyidagi shartlarda beriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2013 — 2016-yillar davrida qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tegishli koeffitsiyentlarni qoʻllamagan holda davlatning koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining minimal stavkasi boʻyicha ijaraga berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat mulkini xorijiy investorlarga sotishda tender savdolarini oʻtkazuvchi Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha investitsiya majburiyatlarini qabul qilgan holda nulinchi xarid qiymati boʻyicha sotish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq, 2013 — 2016-yillar davrida oʻz vaqtida soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlaydigan, soliq va statistika organlariga hisobotlarni topshiradigan, shuningdek oʻsish va rentabellikning barqaror surʼatlarini taʼminlaydigan qishloq joylarda xizmatlar koʻrsatadigan kichik tadbirkorlik subyektlarining moliya-xoʻjalik faoliyati tekshiruvlardan xoli etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Iqtisodiyot vazirligining 2013 — 2016-yillarda qishloq joylarda xizmat koʻrsatish sohasini rivojlantirishga tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlarning hududlar va tijorat banklari boʻyicha prognoz hajmlari toʻgʻrisidagi takliflari 5 va 5a-ilovalariga* muvofiq maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*5 va 5a-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi ikki oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi hamda Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi bilan birgalikda qishloq turistik yoʻnalishlarida yoʻl boʻyidagi infratuzilma va xizmat koʻrsatish sohasi obyektlarini qurish uchun tayyor tortib keltirilgan muhandislik kommunikatsiyalari mavjud boʻlgan yer uchastkalarining manzilli roʻyxatini tasdiqlasin va ularning tadbirkorlik subyektlariga tanlov asosida ajratib berilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekologik, tibbiy-sogʻlomlashtirish, sport turizmi, shuningdek yakka tartibdagi qishloq mehmonxona uylari negizida agroturizmni oʻz ichiga olgan zamonaviy turistik xizmatlar turlarini ustuvor rivojlantirish zonalarini belgilasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda turistlarga servis xizmati koʻrsatish uchun yoʻl boʻyidagi infratuzilma majmuasi qurilishi boʻyicha meʼmoriy-rejalashtirish talablarini ishlab chiqsin, bunda qurilish uchun maxsus ajratilgan hududda ularni ixcham joylashtirishni, shuningdek har bir majmuaning loyihasi va tashqi arxitektura koʻrinishining oʻziga xosligi va xilma-xilligini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
turistlarga servis xizmati koʻrsatish uchun yoʻl boʻyidagi infratuzilma obyektlarining loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazishni, shuningdek qurilish-montaj ishlarining sifatini belgilangan tartibda tizimli nazorat qilishni taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2012 — 2016-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatish sohasini rivojlantirish Dasturi toʻgʻrisida” 2012-yil 10-maydagi PQ-1754-sonli qarorining 5-ilovasiga qoʻshimchalar 6-ilovaga* muvofiq kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*6-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar haqidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2013-yil 17-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-1957-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 16-son, 216-modda; 2017-y., 2-son, 25-modda)