Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.04.2021 01.04.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1986-2
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining qarori, 01.04.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1986-2
Date of entry into force
08.04.2013
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.04.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

Toʻlov terminallari bilan jihozlash va aholi bilan pul hisob-kitoblarini amalga oshirishda ularni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 1-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1986-2]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 10-martdagi 28/17-sonli va Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 1-martdagi 2021-08-sonli ““Toʻlov terminallari bilan jihozlash va aholi bilan pul hisob-kitoblarini amalga oshirishda ularni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1986-4, 03.04.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) va “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 1-son, 1-modda) qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat soliq qoʻmitasining 2009-yil 20-iyundagi 18/1, 2009-20-son qarori (roʻyxat raqami 1986, 2009-yil 27-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 30-31-son, 351-modda) bilan tasdiqlangan “Toʻlov terminallari bilan jihozlash va aholi bilan pul hisob-kitoblarini amalga oshirishda ularni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,

2013-yil 2-mart,

5/2-son

Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2013-yil 2-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2013-18-son

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 2-martdagi 5/2, 2013-18-sonli qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toʻlov terminallari bilan jihozlash va aholi bilan pul hisob-kitoblarini amalga oshirishda ularni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 1-band quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Savdo kartasi — bank plastik kartochkalaridan toʻlovlarni qabul qilish boʻyicha toʻlov terminali, infokiosk (oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish toʻlov-maʼlumot terminali) va bankomat orqali naqd yoki naqd pulsiz toʻlovlarni amalga oshirish uchun ularga oʻrnatiladigan, amalga oshirilgan hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi tranzaksiyalarni inkassatsiya qilingunga qadar jamlab boruvchi, shu bilan bir vaqtda stop-list roʻyxatidagi soʻmli bank plastik kartochkalari roʻyxatini oʻzida saqlovchi mikroprotsessorli plastik karta;”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar tegishincha beshinchi va oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 2-bandning oltinchi xatboshisidan “kredit uyushmalari,” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. 10-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Savdo va xizmat koʻrsatish obyektlari rahbarlari toʻlov terminallarining uzluksiz ishlashini hamda obyektlarda “Oʻzkart” banklararo chakana toʻlov tizimi shartli belgisi boʻlishini taʼminlashlari shart.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagi mazmundagi 101-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“101. Savdo va xizmat koʻrsatish obyektlari faoliyatini toʻxtatgan hollarda, bir ish kunidan kechiktirmasdan toʻlov terminallari va ularning savdo kartalarini bergan tijorat banklariga bank plastik kartochkalari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshiruvchi tizimdan oʻzlarini chiqarish uchun murojaat qilishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat banklari bir ish kuni ichida toʻlov terminali savdo kartalaridagi mablagʻlarning toʻliq inkassatsiyasini amalga oshirib, barcha mablagʻlarni mijozning asosiy depozit hisobvaragʻiga oʻtkazadi hamda toʻlov terminallari va ularning savdo kartalarini bank plastik kartochkalari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshiruvchi tizimdan chiqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Faoliyatini toʻxtatgan savdo va xizmat koʻrsatish obyektlari toʻlov terminallari va ularning savdo kartalarini ijaraga bergan tijorat bankiga qaytarishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Savdo va xizmat koʻrsatish obyektlari tomonidan bank plastik kartochkalari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshiruvchi tizimga ulangan toʻlov terminallari va ularning savdo kartalarini boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarga foydalanish uchun berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzlariga tegishli boʻlgan (tizimga ulangan) toʻlov terminallari va ularning savdo kartalarini boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarga foydalanish uchun bergan savdo va xizmat koʻrsatish obyektlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Ushbu oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi A. ShAYXOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2013-yil 25-fevral
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 14-son, 187-modda)