Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.06.2026 19.03.2013 yildagi 82-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 19.03.2013 yildagi 82-son
Date of entry into force
25.03.2013
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.06.2026
Hujjat 27.12.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-iyundagi 317-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini bajarish yuzasidan hamda suv resurslaridan oqilona foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2013-yil 1-apreldan boshlab amalga kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda — oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini tasdiqlangan Nizomga muvofiqlashtirsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻn kun muddatda — tasdiqlangan Nizomni amalga oshirish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqsinlar hamda barcha suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari tomonidan uning talablariga izchil rioya etilishini taʼminlasinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida suvdan oqilona foydalanilishi va uning muhofaza qilinishi, shuningdek barcha suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari tomonidan suv olishning belgilangan limitlariga rioya etilishi, hisobga olish va hisobotlarning belgilangan tartibda yuritilishi yuzasidan nazoratni kuchaytirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin, shuningdek baʼzilariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2013-yil 19-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
82-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-martdagi 82-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududida suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suvdan foydalanish — yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan suv resurslarini suv obyektidan olmagan holda ulardan oʻz ehtiyojlari uchun foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suvdan foydalanuvchi — suv resurslarini suv obyektidan olmagan holda ulardan oʻz ehtiyojlari uchun foydalanuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv isteʼmoli (suvni isteʼmol qilish) — yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan oʻz ehtiyojlarini qondirish uchun suv resurslaridan ularni suv obyektidan belgilangan tartibda olgan holda foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv isteʼmolchisi — oʻz ehtiyojlarini qondirish uchun suv obyektidan suv resurslarini belgilangan tartibda oluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv isteʼmolchilari uyushmasi — yuridik shaxs boʻlgan suv isteʼmolchilari tomonidan suvga doir munosabatlar sohasidagi oʻz faoliyatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek umumiy manfaatlarini ifodalash va himoya qilish uchun ixtiyoriy asosda tashkil etiladigan nodavlat notijorat tashkiloti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv obyekti — suvlar doimiy ravishda yoki vaqtincha toʻplanadigan va suv rejimining oʻziga xos shakllari va belgilari boʻlgan tabiiy (jilgʻalar, soylar, daryolar va boshqalar) hamda sunʼiy (ochiq va yopiq kanallar, shuningdek kollektor-drenaj tarmoqlari) suv oqimlari, tabiiy (koʻllar, dengizlar, yer osti suvli qatlamlari) va sunʼiy (suv omborlari, sel suvlari toʻplanadigan joylar, hovuzlar va boshqalar) suv havzalari, shuningdek buloqlar va boshqa obyektlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv resurslari — foydalaniladigan yoki foydalanilishi lozim boʻlgan suv obyektlari suvlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Suvdan foydalanish sohasida davlat boshqaruvi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek suvdan foydalanishni bevosita yoki havza (hududiy) boshqarmalari orqali tartibga soluvchi maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi (yer usti suvlari), Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi (yer osti suvlari) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (yer osti issiq suvlari va mineral suvlar) oʻz vakolatlari doirasida suvdan foydalanishni tartibga solish sohasida maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organlari hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Suvdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini mahalliy davlat hokimiyati organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiradilar.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi va Orol dengizi havzasidagi boshqa davlatlar hududida joylashgan transchegaraviy suv obyektlaridan (Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon daryolari, Orol dengizi va boshqa transchegaraviy suv obyektlaridan) foydalanishni tartibga solish Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Transchegaraviy suv obyektlarida suvdan foydalanish va suv isteʼmoli, suv xoʻjaligi va suvni muhofaza qilish tadbirlarini oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi transchegaraviy suv obyektlarining Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida tartibga solinmagan qismida suvdan foydalanish yoki suv isteʼmoli Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Suvdan foydalanish va suv isteʼmoli turlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Suv obyektidan suv olish usuliga, suvlarning va suv obyektlarining holatiga taʼsir etishiga qarab suvdan foydalanish suvdan umumiy va maxsus foydalanishga boʻlinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy shaxslar tomonidan suvlarning va suv obyektlarining holatiga taʼsir etuvchi maxsus inshootlar va qurilmalarni qoʻllamagan holda oʻz ehtiyojlarini hamda boshqa ehtiyojlarni qondirish maqsadida suvdan foydalanish suvdan umumiy foydalanish hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan suvlarning va suv obyektlarining holatiga taʼsir etuvchi maxsus inshootlar va qurilmalarni qoʻllagan holda amalga oshiriladigan suvdan foydalanish suvdan maxsus foydalanish hisoblanadi. Suvdan maxsus foydalanishga, ayrim hollarda, maxsus inshootlar va qurilmalarni qoʻllamagan holda, ammo suvlarning va suv obyektlarining holatiga taʼsir etadigan suvdan foydalanish ham kiritilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suvdan umumiy va maxsus foydalanish turlari roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan oʻz vakolatlari doirasida, qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Maqsadli foydalanilishiga koʻra suv isteʼmoli ichimlik, kommunal-maishiy, davolash, kurort, rekreatsiya, baliqchilik xoʻjaligi, sanoat, energetika, qishloq xoʻjaligi suv isteʼmoliga va boshqa turlarga boʻlinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Suv obyektidan olinadigan suvning miqdoriga qarab suv isteʼmoli umumiy va maxsus suv isteʼmoliga boʻlinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy shaxslar tomonidan suvlarning va suv obyektlarining holatiga taʼsir etuvchi maxsus inshootlar va qurilmalarni qoʻllamagan holda oʻz shaxsiy ichimlik, maishiy, rekreatsiya, davolash ehtiyojlari, hayvonlarni sugʻorish va boshqa ehtiyojlarni qondirish maqsadidagi suv isteʼmoli umumiy suv isteʼmolidir. Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bir sutkada 5 kub metrgacha hajmda yer osti suvlarini yakka tartibda olish umumiy suv isteʼmoliga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan suvlarning va suv obyektlarining holatiga taʼsir etuvchi maxsus inshootlar va qurilmalarni qoʻllagan holda amalga oshiriladigan suv isteʼmoli maxsus suv isteʼmolidir. Maxsus suv isteʼmoliga ayrim hollarda maxsus inshootlar va qurilmalarni qoʻllamagan holda, ammo suvlarning va suv obyektlarining holatiga taʼsir etadigan suv isteʼmoli ham kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Suv resurslari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan talablar va shartlarga rioya qilingan holda isteʼmol uchun beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Suvdan foydalanish obyektlari va suv isteʼmoli manbalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Suv obyektlari yoki ularning qismlari suvdan foydalanish yoki suv isteʼmoli manbalari boʻlishi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydalanish yoki suv isteʼmoliga berilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Suv obyektlari tanho yoki birgalikda foydalanishda boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuridik yoki jismoniy shaxslarga butunlay yoki qisman foydalanishga berilgan suv obyekti tanho foydalaniladigan suv obyektidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tanho foydalanishga berilmagan suv obyekti birgalikda foydalaniladigan suv obyektidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Suv obyektlari doimiy yoki vaqtincha foydalanish uchun beriladi. Muddati avvaldan belgilanmagan holda foydalanish — doimiy foydalanish deb eʼtirof etiladi. Suvdan vaqtincha foydalanish muddati: qisqa — uch yilgacha va uzoq — yigirma yilgacha boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suv obyektlaridan vaqtincha foydalanish muddatlari suvdan foydalanuvchi manfaatdor tomonlar iltimosiga binoan, shu suv obyektini tanho foydalanish uchun berish toʻgʻrisida qaror chiqargan yoki suvdan maxsus foydalanish uchun ruxsatnoma bergan davlat organlari tomonidan uzaytirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Suv obyektlari suvdan foydalanuvchilarga suv isteʼmolchilarining qishloq xoʻjaligi, ichimlik, davolash va maishiy ehtiyojlarini, aholining kurort, rekreatsiya va oʻzga ehtiyojlarini, sanoat, energetika, transport, baliqchilik xoʻjaligi hamda boshqa davlat yoki jamoat ehtiyojlarini qondirish uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan talablar va shartlarga rioya qilingan holda foydalanishga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Tanho foydalanish uchun berilgan suv obyektlarida suvdan umumiy foydalanishga va umumiy suv isteʼmoliga shu suv obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlar tomonidan qishloq va suv xoʻjaligi, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat organlari bilan kelishilgan holda belgilangan shartlarga koʻra yoʻl qoʻyiladi, zarur hollarda esa, bunday suvdan foydalanish va suvni isteʼmol qilish qonun hujjatlariga muvofiq taqiqlab qoʻyilishi mumkin.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tanho foydalanish uchun berilgan suv obyektlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaytarib olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Birgalikda foydalaniladigan suv obyektlarida suvdan umumiy foydalanishga va suv isteʼmol qilishga mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilangan shartlarda, qishloq va suv xoʻjaligi organlari, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat organlari bilan kelishuv boʻyicha ruxsat etiladi, zarurat boʻlganda esa — qonun hujjatlariga muvofiq taqiqlab qoʻyilishi mumkin.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Suv olish limitlari va ularni belgilash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Suv olish limitlarini belgilash uchun suv resurslari hajmlari quyidagilardan iborat boʻladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlatlararo muvofiqlashtiruvchi suv xoʻjaligi komissiyasi (DMSK) yigʻilishi protokollari, shuningdek Hukumatlararo qarorlar bilan (kichik transchegaraviy daryolardan) belgilangan limitlar boʻyicha transchegaraviy suv obyektlarining (bir necha respublikalar hududidan oʻtuvchi Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon daryolari, ularning irmoqlari) suv resurslari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston hududidagi haqiqiy sersuvligidan, shuningdek qayta tartibga solinganligi va bir oʻzandan ikkinchi oʻzanga tashlanganligidan kelib chiqib kiritilgan tuzatishlar hisobiga olingan yer usti suv manbalari hajmidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer osti suvlarining foydalanilayotgan zaxirasidan olingan suv hajmidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oqova suvlardan, shuningdek qulay kollektor-drenaj suvlaridan qayta foydalanish hajmidan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Suv olish limitlari barcha suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilariga nisbatan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Suv olish limitlari quyidagi tartibdagi ustuvorligi bilan belgilanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichimlik, davolanish va kommunal-maishiy xoʻjalik uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanoat uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligi uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanitariya va tabiat muhofazasi maqsadlarida suv chiqarish uchun.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Koʻkalamzorlashtirish, sport va sogʻlomlashtirish obyektlari ehtiyojlari uchun belgilanadigan suv olish limitlari ustuvorligiga koʻra kommunal ehtiyojlarga tenglashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Oʻzbekiston Respublikasi hududida suv olish limitlari buning uchun vakolatli boʻlgan tashkilotlar tomonidan belgilanadi hamda barcha suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari uchun majburiy hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Suv olish limitlari qishloq va suv xoʻjaligi organlari tomonidan belgilanadi, fermer va dehqon xoʻjaliklari hamda suv isteʼmolchilari uyushmalari xizmat koʻrsatadigan boshqa suv isteʼmolchilari, shuningdek tegishli foydalanuvchi tashkilotlar tomonidan xizmat koʻrsatiladigan kommunal hamda maishiy xoʻjalik korxona va tashkilotlari bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Suv olish limitlari qishloq va suv xoʻjaligi organlari tomonidan suv manbalari (daryolar, kollektor-drenaj suvlari, shuningdek boshqa yer usti suvlari) boʻyicha, havza irrigatsiya tizimlari, magistral kanallar (tizimlar), irrigatsiya tizimlari, iqtisodiyot tarmoqlari, hududlar, suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari boʻyicha belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yer osti suvlaridan suv olish limitlari geologiya va mineral resurslar hamda yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda (yer osti issiq suvlari va mineral suvlar boʻyicha) ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish organlari bilan kelishgan holda qishloq va suv xoʻjaligi organlari tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Suv olish limitlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan — irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalariga, viloyatlararo va transchegaraviy ahamiyatga ega boʻlgan magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalariga, yirik va alohida muhim suv, energetika va kommunal-maishiy obyektlardan foydalanuvchi alohida korxonalar va tashkilotlarga — manbalar, hududlar va iqtisodiyot tarmoqlari boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari tomonidan — irrigatsiya tizimlari boshqarmalariga, shuningdek boshqa suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilariga — viloyat (Qoraqalpogʻiston Respublikasi) yoki tumanlararo ahamiyatga ega boʻlgan suv obyektlaridan manbalar, hududlar va iqtisodiyot tarmoqlari boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
irrigatsiya tizimlari boshqarmalari tomonidan — suv isteʼmolchilari uyushmalariga, shuningdek boshqa suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilariga — tuman ahamiyatiga ega boʻlgan suv obyektlaridan manbalar, hududlar va iqtisodiyot tarmoqlari boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv isteʼmolchilari uyushmalari tomonidan — fermer va dehqon xoʻjaliklariga, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga, ular xizmat koʻrsatadigan zonada joylashgan boshqa suv isteʼmolchilariga belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligidan tashqari ehtiyojlar uchun yer osti suvlaridan suv olish limiti suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma rasmiylashtirilgan holda ruxsatnoma amal qiladigan muddat davri uchun belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Kommunal suv taʼminoti tizimidan suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilarga suv olish limiti Uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda, ularga xizmat koʻrsatadigan tegishli foydalanish tashkiloti tomonidan belgilanadi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1019-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Suv olish limitlari suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari uchun manbalarning taxmin qilingan va haqiqiy suvliligi hisobga olingan holda qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun - bir yilda ikki marta hamda boshqa ehtiyojlar uchun - bir yilda bir marta belgilanadi va ular uchun majburiydir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Suvdan foydalanishni rejalashtirish va suv olish limitlarini belgilash, birinchi navbatda, aholining ichimlik suvga boʻlgan va maishiy ehtiyojlarini qondirishni, suvning suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari oʻrtasida ilmiy asosda taqsimlanishini, suvni muhofaza qilish shartlarini va suv yetkazadigan zararli taʼsirning oldini olishni taʼminlashi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda davlat suv kadastridagi maʼlumotlar, suv xoʻjaligi balanslari, suvdan kompleks foydalanish va suvni muhofaza qilish sxemalari hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari uchun suv olish limitlari ular tomonidan quyidagilar belgilangan tartibda taqdim etilgan taqdirda belgilanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnomalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suvdan foydalanish yoki suv isteʼmolining belgilangan tartibda tasdiqlangan rejalari (suv quvuri – kommunal suv taʼminoti tizimining suvdan foydalanuvchilari va suv isteʼmolchilari bundan mustasno).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilarining suv olish joylari pasportga ega boʻlishi, xizmat koʻrsatadigan foydalanish tashkilotida roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlishi kerak. Suv olish joylari suvni hisobga olish vositalari (gidropost) bilan jihozlanishi, ular belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtkazilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fermer va dehqon xoʻjaliklari, shuningdek aholi tomonidan qishloq xoʻjaligi uchun suvni isteʼmol qilishga olinadigan suvni hisobga olish ularning tegishli suv olish joylari suvni hisobga olish vositalari bilan jihozlangungacha, hajmiy, hisobiy va boshqa usullarda, haqiqiy sugʻoriladigan maydonlarni, sugʻorishlar sonini, qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorish rejimini, suv olish davomiyligi qancha va shu kabilarni hisobga olgan holda amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilarining suv olish joylarining pasportlarini roʻyxatdan oʻtkazish, shuningdek suvni hisobga olish vositalarini (gidropostlarni) attestatsiyadan oʻtkazish tartibi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining foydalanuvchi suv xoʻjaligi tashkilotlari balansidagi va boshqa korxonalar hisobida boʻlgan sunʼiy suv obyektlarida;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi (yer osti suvlari boʻyicha) bilan kelishgan holda — tabiiy suv obyektlarida;
(29-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan kelishgan holda — yer osti issiq va mineral suvlardan belgilanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi tomonidan – kommunal suv taʼminoti tizimida belgilanadi.
(29-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1019-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun suv olish limitlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan — har yili 15-sentabrgacha boʻlgan muddatda – kuz-qish davri uchun (1-oktabrdan 31-martgacha) hamda 15-martgacha — vegetatsiya davri uchun (1-apreldan 30-sentabrgacha);
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari tomonidan — har yili 20-sentabrgacha boʻlgan muddatda – kuz-qish davri uchun hamda 20-martgacha — vegetatsiya davri uchun;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
irrigatsiya tizimi boshqarmalari tomonidan — har yili 25-sentabrgacha boʻlgan muddatda — kuz-qish davri uchun hamda 25-martgacha — vegetatsiya davri uchun;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv isteʼmolchilari uyushmalari tomonidan — har yili 1-oktabrgacha boʻlgan muddatda — kuz-qish davri uchun hamda 1-aprelgacha — vegetatsiya davri uchun belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligidan boshqa ehtiyojlar uchun suvdan foydalanuvchilarga va suv isteʼmolchilariga suv olish limitlari yiliga bir marta – har yili 1-oktabrgacha belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligidan boshqa ehtiyojlar uchun suvdan foydalanuvchilarga va suv isteʼmolchilariga yer osti suvlaridan suv olish limitlari bir marta – maxsus ruxsatnoma amal qiladigan muddatga belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Suv olish limitlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi buyrugʻi bilan - Yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, irrigatsiyani rivojlantirish hamda tuproq unumdorligini oshirish boʻyicha kengash tavsiyasi asosida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi buyrugʻi bilan – Boshqarmaning suv xoʻjaligi kengashi tavsiyasi asosida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
irrigatsiya tizimi boshqarmasi buyrugʻi bilan – Boshqarmaning suv komissiyasi tavsiyasi asosida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv isteʼmolchilari uyushmalarining umumiy majlisi protokoli bilan – tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi bilan kelishuv boʻyicha tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Kommunal-maishiy xoʻjalik ehtiyojlari uchun suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilariga suv olish limitlari Uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda, ular xizmat koʻrsatadigan tegishli foydalanish tashkilotlarining buyruqlari bilan tasdiqlanadi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1019-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun suv limitlari olish uchun suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari kuz-qish va vegetatsiya davri boshlanishidan bir oy oldin, qishloq xoʻjaligidan boshqa ehtiyojlar uchun esa — har yili 1-sentabrgacha — ularga xizmat koʻrsatadigan tegishli foydalanish tashkilotlariga yozma ravishda murojaat qilishlari va ushbu Nizomning 28-bandiga muvofiq roʻyxat boʻyicha zarur hujjatlarni taqdim etishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Suv olish limitlari ruxsat etilgan jami suv olish miqdorini suv manbalari (daryo, soy, buloq suv havzasi, irrigatsiya tizimi, magistral kanal (tizim) va shu kabilar) boʻyicha aks ettirib, ular har oʻn kunliklar kesimida aniq suv olish joylariga taqsimlangan boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Suv olish limitlarini belgilashda tarmoqning ustuvorligiga hamda barcha suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilarining alohida manbalar va irrigatsiya tizimlari boʻyicha kutilayotgan suvlilikni hisobga olib suv bilan teng foizda taʼminlanishiga rioya etilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Suv olish limitlari suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari roziligisiz oʻzgartirilishi mumkin emas, manbalarning suvliligi kamaygan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Manbalarda suv hajmi kamaygan yoki koʻpaygan holatlarda suv olish limitlariga, yuqori vakolatli tashkilotning ruxsati bilan, suvdan foydalanish yoki suv isteʼmol qilish rejasi parametrlari oʻzgartirilmasdan, darhol tuzatishlar kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Suvdan foydalanish va suv isteʼmol qilishning belgilangan davri tugagandan keyin ikki oy muddatda vakolatli tashkilotlar tomonidan, manbalardagi suvning haqiqiy miqdori hisobga olingan holda, oʻtgan davr uchun suv olishning uzil-kesil limitlari tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Suvdan foydalanish va suv isteʼmolini rejalashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Suvdan foydalanish va suv isteʼmoli, har yilgi suv bilan haqiqiy taʼminlanganlik hisobga olingan holda, suvdan foydalanish va suv isteʼmoli rejalari asosida amalga oshiriladi. Suvdan foydalanish va suv isteʼmoli rejalari tasdiqlangan normativ hujjatlarga muvofiq ajratilgan suv olish limitlari doirasida suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari tomonidan tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kollektor-drenaj tarmoqlarida suvdan foydalanish va suv isteʼmolini rejalashtirish yerlarning meliorativ holatini hamda kollektor-drenaj suvi sifatini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Fermer va dehqon xoʻjaliklarining, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining va boshqa suv isteʼmolchilarining suv isteʼmoli rejalari ularga xizmat koʻrsatadigan suv isteʼmolchilari uyushmalari tomonidan tasdiqlanadi. Suv isteʼmolchilari uyushmalari suv taʼminoti rejalarini umumlashtiradilar va uyushmalarning suvdan foydalanish rejalarini tuzadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suv isteʼmolchilari uyushmalarining, shuningdek boshqa suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilarining suvdan foydalanish rejalari irrigatsiya tizimlari boshqarmalari hamda irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari tomonidan umumlashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Suvdan foydalanish va suv isteʼmolining tuzilgan va umumlashtirilgan rejalari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv isteʼmolchilari uyushmalari boʻyicha — tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi bilan kelishilgan holda irrigatsiya tizimi boshqarmasi tomonidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
irrigatsiya tizimi boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining tegishli hududiy organlari bilan kelishilgan holda, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tomonidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
havza irrigatsiya tizimi boʻyicha, katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlari boʻyicha - Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Suv xoʻjaligi bosh boshqarmasi tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Kommunal-maishiy xoʻjaliklar ehtiyojlari uchun suvdan foydalanish va suv isteʼmoli rejalari Uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq tuziladi va tasdiqlanadi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1019-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Suvdan foydalanish va suv isteʼmoli rejalari suvdan foydalanish va suv isteʼmoli toʻgʻrisidagi shartnomaning uzviy qismi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Suvdan foydalanish va suv isteʼmoli toʻgʻrisidagi shartnomalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Suv isteʼmolchilari uyushmasi va uning xizmat koʻrsatish zonasida joylashgan aʼzolari, shuningdek boshqa qishloq va suv xoʻjaligi organlari hamda oʻzga yuridik va jismoniy shaxslar oʻrtasidagi suvga doir munosabatlar shartnoma asosida tartibga solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Suvdan foydalanuvchilarning suvni yetkazib berish boʻyicha xizmatlari, shuningdek koʻrsatilgan boshqa suv xoʻjaligi xizmatlari uchun shartnoma asosida haq toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining foydalanuvchi suv xoʻjaligi tashkilotlari tomonidan suv yetkazib berish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun haq toʻlash shartlari va holatlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Suvdan foydalanish va suv isteʼmoli toʻgʻrisidagi shartnomalarning namunaviy shakllari Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan (kommunal suv taʼminoti tizimida suvdan foydalanish va suv isteʼmoli holatlaridan tashqari) Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bilan (tabiiy suv obyektlaridan suv olishda), Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi bilan (yer osti suvlarini olishda), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan (yer osti issiq suvlari va mineral suvlarni olishda) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishuv boʻyicha tasdiqlanadi.
(45-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kommunal suv taʼminoti tizimidagi suvdan foydalanish va suv isteʼmoli toʻgʻrisidagi shartnomalarning namunaviy shakllari Uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq tasdiqlanadi.
(45-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1019-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Yuridik va jismoniy shaxslar suvdan foydalanish va suv isteʼmoli toʻgʻrisidagi shartnomalarni ularga xizmat koʻrsatadigan tegishli foydalanish tashkilotlari bilan tuzadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Quyidagilarning mavjud boʻlishi suvdan foydalanish yoki suv isteʼmoli toʻgʻrisidagi shartnomani tuzishda majburiy talab hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv olish limitlari asosida suvdan foydalanish yoki suv isteʼmolining tasdiqlangan rejasi (kommunal-maishiy suv taʼminotidagi fuqarolar bundan mustasno);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun berilgan ruxsatnomalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Suvdan foydalanish va suv isteʼmoli toʻgʻrisida belgilangan tartibda tuzilgan shartnomalar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
viloyatlararo va transchegaraviy ahamiyatga ega boʻlgan, shuningdek yirik va alohida muhim obyektlardan foydalanuvchi ayrim tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Suv xoʻjaligi bosh boshqarmasida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tarkibiga kiradigan foydalanuvchi tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar — irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalarida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv isteʼmolchilari uyushmalari tomonidan fermer va dehqon xoʻjaliklari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda ular xizmat koʻrsatadigan zonadagi boshqa suv isteʼmolchilari va suvdan foydalanuvchilar bilan tuzilgan shartnomalar — tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimlarida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Suv xoʻjaligi bosh boshqarmasida, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalarida, tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimlarida hisobga olinadigan shartnomalar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suvdan foydalanish va suv isteʼmoli toʻgʻrisidagi shartnomalar reyestri Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining “Oʻzsuvnazorat” respublika suv inspeksiyasi va uning hududiy tarkibiy boʻlinmalariga (sunʼiy suv obyektlarida suvdan foydalanish va suv isteʼmolida) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining tegishli organlariga (tabiiy suv obyektlaridagi suvdan foydalanish va suv isteʼmolida) belgilangan tartibda nazoratni taʼminlash uchun beriladi.
(48-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kommunal suv taʼminoti tizimining foydalanuvchi tashkilotlari tomonidan suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari bilan tuzilgan suvdan foydalanish va suv isteʼmoli toʻgʻrisidagi shartnomalar Uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi tomonidan belgilangan tartibda hisobga olinadi.
(48-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1019-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Tomonlarning huquqlari va majburiyatlari “Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq shartnoma bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. Suv resurslarini olish, suvdan foydalanish va suv isteʼmolida hisobga olishni va hisobotni, shuningdek ularning monitoringini yuritish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Suvdan foydalanish va suv isteʼmoli uchun suv resurslarini olish faqat xizmat koʻrsatuvchi foydalanish tashkilotlari bilan kelishgan holda, belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan suvdan foydalanish va suv isteʼmoli toʻgʻrisidagi shartnoma mavjud boʻlgan taqdirdagina amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Suv obyektlaridan suv olish faqat suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilarining yozma buyurtmanomalari boʻyicha (kommunal suv taʼminoti tizimidagi, shuningdek yer osti suv havzalaridan suv olish holatlaridan tashqari), ularning suvdan foydalanish va suv isteʼmoliga tayyorligiga koʻra, suvdan foydalanish va suv isteʼmoli rejasi asosida, belgilangan suv olish limiti doirasida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suv resurslari olish yuzasidan buyurtmanomalar suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari tomonidan xizmat koʻrsatadigan foydalanish tashkilotiga yoki uning vakolatli shaxsiga suv olish boshlanishidan oʻn kun oldin belgilangan shaklda, suv olishning aniq joylari va muddatlari (suv olishning boshlanishi va tugashi), shuningdek olinadigan suv miqdori, undan foydalanish yoki uni isteʼmol qilishning maqsadi koʻrsatilgan holda beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suv manbaidan suv olish uchun buyurtmanomada koʻrsatilgan suv resurslari miqdori tasdiqlangan suv olish limitidan ortiq boʻlmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suv resurslarini olish hajmini kamaytirish yoki toʻxtatish zarur boʻlgan taqdirda suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari bu toʻgʻrida tegishli xizmat koʻrsatuvchi foydalanish tashkilotiga yoki uning vakolatli shaxsiga yozma ravishda (avariya holatlarida – telefon orqali) xabar qilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Suv resurslarini olish joylari ularni boshqarish va hisobga olishning tegishli vositalari bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Suv resurslarini boshqarish va hisobga olish vositalari doimo soz ish holatida boʻlishi zarur. Suv olish joylarini suv resurslarini boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash mansubligiga koʻra suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53. Suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari ajratilgan suv resurslaridan tejamli va oqilona foydalanishga, shuningdek suvni muhofaza qilishga yoʻnaltirilgan kompleks chora-tadbirlar koʻrishga majbur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54. Suvlarni davlat tomonidan hisobga olishni va ulardan foydalanishni taʼminlash, Davlat suv kadastrini yuritish hamda suv xoʻjaligi balanslarini tuzish maqsadida suvdan foydalanish va suv isteʼmoli hamda ularning monitoringini yuritishda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi (yer osti suvlari) hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (yer osti issiq suvlari va mineral suvlar) bilan, ularning vakolatlari doirasida kelishgan holda belgilanadigan tartibga muvofiq tizimli hisobga olish va hisobot yuritiladi.
(54-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kommunal suv taʼminoti tizimidagi suvdan foydalanish va suv isteʼmolida suv resurslarini olish, hisobini va hisobotini yuritish tartibi Uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi tomonidan belgilanadi.
(54-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1019-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55. Suvdan maxsus foydalanuvchilar va maxsus suv isteʼmolchilarining hammasi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan tartibga muvofiq, kommunal suv taʼminoti tizimidan suv olingan taqdirda esa — Uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq suvdan foydalanish va suv taʼminoti, shuningdek suv chiqarish toʻgʻrisida hisob va hisobotni yuritishlari, axborot taqdim etishlari shart.
(55-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-dekabrdagi 1019-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VIII. Suvdan foydalanish yoki suv isteʼmoli huquqini toʻxtatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56. Suvdan foydalanish yoki suvni isteʼmol qilish huquqi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suvdan foydalanishga, suv isteʼmoliga ehtiyoj qolmaganda yoki ulardan voz kechilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suvdan foydalanish yoki suv isteʼmoli muddati tugaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxona, muassasa, tashkilot, fermer xoʻjaligi tugatilganda, dehqon xoʻjaligi tugatilganda (faoliyati toʻxtatilganda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv xoʻjaligi inshootlari boshqa suvdan foydalanuvchilarga berilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanho foydalanilayotgan suv obyektlarini qaytarib olishga zarurat tugʻilganda bekor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suvdan foydalanish yoki suv isteʼmoli huquqi (ichish yoki maishiy isteʼmoldan foydalanish huquqidan tashqari) quyidagi holatlarda ham bekor qilinishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suvdan foydalanish yoki suv isteʼmoli va suvlarni muhofaza qilish qoidalari buzilganda (tegishli shartnoma tuzmasdan suvdan foydalanish va suvni isteʼmol qilish, suv olishga buyurtmanoma va ruxsatnoma boʻlmasdan turib suv resurslarini olish, roʻyxatdan oʻtkazilmagan joylardan suv olish, suvni boshqarish va hisobga olishning texnik jihatdan yaroqsiz vositalaridan foydalanish, suv xoʻjaligi inshootlari va qurilmalarini shikastlash, ulardan foydalanish qoidalarini buzish, suvdan foydalanish va suv isteʼmoli boʻyicha suv olish hisobini va hisobotini muntazam ravishda yuritmaslik, belgilangan normadan ortiqcha va past sifatli oqindi suvlarni suv obyektlariga tashlash va boshqalar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan maqsaddan tashqari suvdan foydalanganda yoki suvni isteʼmol qilganda (suvdan foydalanish va suv isteʼmoli yuzasidan shartnomalarda koʻrsatilmagan maqsadlarda suvdan foydalanish, sugʻorish suvini kollektor-drenaj tarmoqlariga oqizish, suv resurslaridan oqilona foydalanishning agrotexnika usullariga rioya etmaslik va boshqalar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suvni limitdan ortiqcha olganda (suv isteʼmoli boʻyicha shartnomada belgilangan suv olish limitidan ortiqcha suv olish);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv yetkazib berish va koʻrsatilgan boshqa suv xoʻjaligi xizmatlari uchun suvdan foydalanish va suv isteʼmoli boʻyicha shartnomada nazarda tutilgan haqni toʻlamaganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
57. Suvdan foydalanish yoki suvni isteʼmol qilish huquqi quyidagi yoʻllar bilan toʻxtatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun berilgan ruxsatnomani bekor qilish, shuningdek suvdan foydalanish va suv isteʼmoli yuzasidan shartnomani bekor qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanho foydalanish uchun berilgan suv obyektlarini qaytarib olish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish unga ruxsatnoma bergan organning qarori bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
58. Suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibi buzilgan taqdirda xizmat koʻrsatuvchi foydalanish tashkilotlari tomonidan suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilariga nisbatan shartnomada nazarda tutilgan choralar qoʻllanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tabiiy suv obyektlari suvidan foydalanish va isteʼmol qilish tartibiga rioya etilishi yuzasidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(58-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sunʼiy suv obyektlari suvidan foydalanish va suvini isteʼmol qilish tartibiga rioya etilishi yuzasidan nazorat “Oʻzsuvnazorat” respublika suv inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IX. Suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibini buzganlik uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
59. Suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibini buzganlik uchun fuqarolar va mansabdor shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga muvofiq maʼmuriy javobgarlikka tortiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
60. Suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilariga nisbatan ular tomonidan qishloq xoʻjaligi, baliqchilik xoʻjaligi, sanoat, energetika va kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun suv olish tartibi buzilgan taqdirda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv isteʼmolchilari tomonidan limitdan ortiqcha suv olinganligi uchun — limitdan ortiqcha olingan har ming kubometr suv uchun — belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdorining 10 foizi miqdorida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv olishga ruxsat etilmagan joylardan suv olganlik uchun, shuningdek suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari tomonidan suvni oʻzboshimchalik bilan egallaganlik uchun – olingan har ming kubometr suv uchun — belgilangan eng kam oylik ish haqining 20 foizi miqdorida jarima sanksiyalari qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bir yil mobaynida suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibi takroran buzilgan taqdirda ushbu bandda koʻrsatilgan jarima sanksiyalari oʻn baravar miqdorida qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi suv isteʼmolchilariga nisbatan limitdan ortiqcha suv olinganligi uchun jarima sanksiyalari bir yilda ikki marta (kuz-qish va vegetatsiya davrlari yakunlari boʻyicha), qolgan suv isteʼmolchilari uchun esa – kalendar yil yakuni boʻyicha bir marta qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suvdan foydalanish va suv isteʼmoli toʻgʻrisidagi shartnomalarda ushbu bandda koʻrsatilgan jarima sanksiyalaridan tashqari boshqa qoʻshimcha javobgarlik choralari ham nazarda tutilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
61. Ushbu Nizomning 60-bandida koʻrsatilgan jarima sanksiyalari, belgilangan tartibda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining “Oʻzsuvnazorat” respublika suv inspeksiyasi hamda uning mahalliy boʻlinmalari tomonidan – sunʼiy suv obyektlaridan suv olishda;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va uning hududiy organlari tomonidan – tabiiy suv obyektlaridan suv olishda qoʻllaniladi.
(61-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
62. Kommunal-maishiy xoʻjalikda suvdan foydalanish va suv isteʼmolining belgilangan tartibi buzilganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq choralar koʻriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
63. Suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilariga – tadbirkorlik subyektlariga nisbatan ushbu Nizomning 60-bandida koʻrsatilgan jarima sanksiyalari sud tomonidan qoʻllaniladi, ular aybiga iqror boʻlgan va jarima sanksiyalarini ixtiyoriy ravishda toʻlagan holatlar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qolgan holatlarda jarima sanksiyalarini qoʻllanish ushbu Nizomning 61-bandida koʻrsatilgan organlar tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(63-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
64. Oʻzboshimchalik bilan suv olish joyini tugatish va uni dastlabki holatiga keltirish qonunbuzuvchining oʻzi tomonidan yoki uning mablagʻi hisobiga amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
65. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkatlar), fermer va dehqon xoʻjaliklari va fuqarolar suv toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish natijasida yetkazilgan zararlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplashlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
X. Jarima sanksiyalarini qoʻllashdan tushadigan mablagʻlardan foydalanish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
66. Ushbu Nizomning 60-bandida koʻrsatilgan jarima sanksiyalarini qoʻllashdan tushgan pul mablagʻlari Davlat budjeti, “Oʻzsuvnazorat” respublika suv inspeksiyasining maxsus hisob raqami hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasi oʻrtasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqsimlanadi.
(66-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
67. “Oʻzsuvnazorat” respublika suv inspeksiyasi maxsus hisob raqamlariga tushgan mablagʻlardan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan kelishgan holda quyidagi tartibda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
60 foizi – suv isteʼmolchilari uyushmalarining sugʻorish tarmogʻini texnik holatini tiklash hamda suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlashga, ularning moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga hamda kadrlarni tayyorlashga, shuningdek ularning malakasini oshirishga, suv resurslaridan tejamli va oqilona foydalanganlik uchun suv isteʼmolchilarini moddiy ragʻbatlantirishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15 foizi – suv resurslarini oqilona boshqarganlik uchun suv xoʻjaligi foydalanuvchi tashkilotlari hamda suv isteʼmolchilari uyushmalari xodimlarini ragʻbatlantirishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25 foizidan — “Oʻzsuvnazorat” respublika suv inspeksiyasi va uning tarkibiy boʻlinmalari xodimlarini ragʻbatlantirishga, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga va shartnoma asosida mutaxassislar jalb etishga.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻrsatib oʻtilgan mablagʻlardan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishgan holda belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-martdagi 82-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan, shuningdek oʻzgartirish kiritilayotgan qarorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
roʻyxati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida suvdan cheklangan miqdorda foydalanish toʻgʻrisida” 1993-yil 3-avgustdagi 385-son qarori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2003-yil 24-sentabrdagi 411-son qaroriga 1-ilovaning 2-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 9-son, 88-modda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga ajratmalarni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 25-oktabrdagi 499-son qaroriga 3-ilovaning 3-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 10-son, 100-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga mablagʻ ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 2-apreldagi 62-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 4-son, 14-modda):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 1-ilova 20-bandining “Shakllantirish manbai” ustunidagi “Suv limiti ortiqcha olinganligi uchun jarimalar” soʻzlari “Suvni limitdan ortiqcha olganlik, suvni ruxsat etilmagan suv olish joylaridan olganlik, shuningdek suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari tomonidan suvni oʻzboshimchalik bilan egallab olganlik uchun jarimalar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 2-ilovaning 2-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 12-son, 155-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son), 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son, 10.10.2018-y., 09/18/813/2027-son, 13.07.2019-y., 09/19/575/3415-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 23.05.2020-y., 09/20/310/0638-son, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son; 03.04.2021-y., 09/21/174/0279-son; 12.04.2021-y., 09/21/200/0318-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 28.09.2023-y., 09/23/500/0732-son; 19.02.2024-y., 09/24/79/0136-son; 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)