Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 15.03.2013 yildagi PQ-1939-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 15.03.2013 yildagi PQ-1939-son
Date of entry into force
25.03.2013
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi budjetini xamda 2013-yilda bolalar sporti obyektlari, suzish havzalari va bolalar musiqa hamda sanʼat maktablarini qurish, rekonstruksiya qilish manzilli dasturlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bolalarni, ayniqsa qizlarni sport bilan shugʻullanishga yanada kengroq jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, oʻsib kelayotgan avlodni jismoniy rivojlantirish va sogʻligʻini mustahkamlashni taʼminlash, shuningdek ularning ijodiy qobiliyatlarini har tomonlama rivojlantirish hamda madaniy saviyasini oshirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Respublika va hududiy tashkilotlar hamda korxonalar, shuningdek xorijiy investorlarning Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasiga 1—3-ilovalarga* muvofiq prognoz hajmlarda ixtiyoriy xayriya yordamini yoʻllash toʻgʻrisidagi tashabbusi maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*1—3-ilovalar berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan 2013-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi daromadlari va xarajatlarining prognoz parametrlari 4- va 5- ilovalarga* muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*4 va 5-ilovalar berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda tayyorlangan 2013-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan bolalar sporti obyektlari, suzish havzalari va bolalar musiqa hamda sanʼat maktablarini qurish va rekonstruksiya qilish manzilli dasturlari 6- va 6a-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*6 va 6a-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, 2013-yilda bolalar sporti obyektlari, suzish havzalari va bolalar musiqa hamda sanʼat maktablarini qurish va rekonstruksiya qilish manzilli dasturlarida nazarda tutilgan barcha obyektlar boʻyicha tender savdolarini oʻtkazish nihoyasiga yetgan hamda pudrat tashkilotlari bilan shartnomalar tuzilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilar yuzasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga shaxsiy javobgarlik yuklansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tasdiqlangan namunaviy loyihalarga muvofiq tegishli sifatga ega boʻlgan qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish bilan mahkam bogʻliq holda obyektlarni ishga tushirish jadvalini oʻn kun muddatda ishlab chiqish va tasdiqlash hamda obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilishni moliyalashtirishni oʻz vaqtida ochish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolalar sporti obyektlari, suzish havzalari va bolalar musiqa hamda sanʼat maktablarini namunaviy loyihalarga qatʼiy muvofiq ravishda hamda tasdiqlangan qurilish normalari va qoidalariga, shuningdek ekspluatatsiya xavfsizligi talablariga rioya etgan holda qurish va rekonstruksiya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolalar sporti obyektlari, suzish havzalari va bolalar musiqa hamda sanʼat maktablarini qurish va rekonstruksiya qilishning tasdiqlangan parametrlarini belgilangan muddatlarda va sifatli bajarish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi bilan birgalikda, bolalar sporti obyektlarida, suzish havzalari va bolalar musiqa hamda sanʼat maktablarida tasdiqlangan namunaviy loyihalarga, qurilish normalari va qoidalariga muvofiq bajarilayotgan loyiha va qurilish-montaj ishlarining sifatiga nisbatan qoʻyilayotgan talablarga qatʼiy rioya etilishini hisobga olgan holda, buyurtmachilar bilan pudratchilar oʻrtasidagi shartnoma majburiyatlari bajarilishi ustidan tizimli monitoring oʻrnatsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi 2013-yilda ishga tushiriladigan bolalar sporti obyektlari, suzish havzalari va bolalar musiqa hamda sanʼat maktablarini belgilangan talablar va standartlarga muvofiq zarur sport uskunalari va anjomlar bilan oʻz vaqtida jihozlanishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2013-yilning har choragi yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasining hududiy filiallari tomonidan bolalar sporti obyektlari, suzish havzalari va bolalar musiqa hamda sanʼat maktablari qurilishiga ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi va smeta xarajatlariga rioya etilishi ustidan tekshiruvlar oʻtkazilishini taʼminlasin hamda bajarilgan ishlarning natijalari boʻyicha Jamgʻarmaning Vasiylik kengashiga axborot berib borsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi har chorakdagi yigʻilishlarida mazkur qaror bilan tasdiqlangan bolalar sporti obyektlari, suzish havzalari va bolalar musiqa hamda sanʼat maktablarini qurish va rekonstruksiya qilish manzilli dasturlari amalga oshirilishini koʻrib chiqsin, ularning oʻz vaqtida ishga tushirilishi va zarur uskuna hamda anjomlar bilan jihozlanishi ustidan qattiq nazorat oʻrnatsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2013-yil 15-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-1939-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 12-son, 152-modda)