Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2016 11.03.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2143-2
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining qarori , 11.03.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2143-2
Date of entry into force
18.03.2013
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2016
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona yuk deklaratsiyalariga tuzatish kiritish, qayta rasmiylashtirish va bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 11-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2143-2]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 14-apreldagi 01-02/15-22-sonli “Bojxona yuk deklaratsiyalariga tuzatish kiritish, qayta rasmiylashtirish va bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2143-3, 10.05.2016-y.) asosan 2016-yil 16-avgustadan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, 2-son, 36-modda), “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 230-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 18-iyuldagi PF–4455-son “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 29-son, 328-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-dekabrdagi 370-son “Tovarlarni elektron shaklda bojxona rasmiylashtiruvi tartibi toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 1-son, 9-modda) asosan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2010-yil 19-avgustdagi 01-02/15-17-son qarori (roʻyxat raqami 2143, 2010-yil 24-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 38-son, 339-modda) bilan tasdiqlangan Bojxona yuk deklaratsiyalariga tuzatish kiritish, qayta rasmiylashtirish va bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Z. DUSANOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2013-yil 8-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
01-02/15-17-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2013-yil 8-fevraldagi 01-02/15-17 -son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona yuk deklaratsiyalariga tuzatish kiritish, qayta rasmiylashtirish va bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Muqaddima “qoʻyilgandan soʻng” degan soʻzlardan keyin “qogʻoz yoki elektron shakldagi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 5-bandda “BYuDning birinchi nusxasini” degan soʻzlar “BYuDni” degan soʻz bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi xatboshida “hamda blank tipografik raqamlari” degan soʻzlar “raqami” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yettinchi xatboshida “BYuDning birinchi nusxasi (bojxona uchun nusxa)” degan soʻzlar “qogʻoz shakldagi BYuDning birinchi nusxasi (bojxona uchun nusxa) yoki elektron shakldagi BYuDning qogʻoz nusxasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. 16-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“BYuDning elektron nusxasiga oʻzgartirish kiritish mazkur Nizomning 18-bandi ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan tartibda amalga oshiriladi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. 18-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Komissiya tomonidan elektron shakldagi BYuDga oʻzgartirish kiritish yoki uni qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda yoki bojxona organi mansabdor shaxsining bildirgisiga hududiy bojxona organi boshligʻining rezolyutsiyasiga koʻra, mazkur elektron shakldagi BYuDni rasmiylashtirgan bojxona postida bojxona organi mansabdor shaxsi tomonidan, uch ish kuni davomida, boshlangʻich taqdim etilgan elektron shakldagi BYuD “roʻyxatga olingan rasmiylashtirilgan” maqomidan “qayta rasmiylashtirilgan” maqomiga oʻtkaziladi va uning oʻrniga maʼlumotlar bazasida toʻgʻrilangan elektron shakldagi BYuD roʻyxatga olinadi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. 20-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Elektron shakldagi BYuDni bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda mazkur elektron shakldagi BYuDni rasmiylashtirgan bojxona postida bojxona organi mansabdor shaxsi tomonidan, uch ish kuni davomida, boshlangʻich taqdim etilgan elektron shakldagi BYuD “roʻyxatga olingan rasmiylashtirilgan” maqomidan “bekor qilingan” maqomiga oʻtkaziladi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Ilovaning 2-bandi “yoki elektron shakldagi BYuDning yuk egasi yoki bojxona brokeri uchun tayyorlab berilgan qogʻoz nusxalari (“eksport” rejimida yuk moʻljallangan mamlakatga yuborish uchun tayyorlab berilgan nusxa bundan mustasno);” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 11-son, 146-modda)