O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-sentabrdagi 690-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Statistika ishlarini tashkil etishni boshqarish tuzilmasini yanada takomillashtirish, davlat statistika organlariga axborot-kommunikatsiya tizimlarini keng joriy etishni va tizimlarning samarali ishlashini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi raisining rejim bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini tugatib, raisning axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi joriy etilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi markaziy apparatining 1-ilovaga muvofiq yangi tuzilmasi tasdiqlansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 13-fevral,
36-son
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-fevraldagi 36-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi markaziy apparatining
tuzilmasi
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-fevraldagi 36-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2003-yil 8-yanvardagi 8-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. 1-bandning uchinchi xatboshi va qarorga 2-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. 2-bandda:
birinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar tegishli ravishda birinchi, ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 7-son, 86-modda)