31.01.2013 yildagi 22-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 31.01.2013 yildagi 22-son
Date of entry into force
04.02.2013
Hujjat 09.03.2015 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fermer xoʻjaligi yer maydonini maqbullashtirish va uni tugatish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 22-oktabrdagi PF-4478-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda fermer xoʻjaliklarining yer maydonlarini maqbullashtirish jarayonida ularning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini taʼminlash, fermer xoʻjaliklarini tugatishda qonunchilik normalariga rioya etish kafolatlarining ishonchli tizimini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Fermer xoʻjaligining yer maydonini maqbullashtirish va uni tugatish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va tumanlar (shaharlar) hokimlari zimmasiga fermer xoʻjaliklarining yer maydonlarini maqbullashtirish qonun hujjatlariga qatʼiy rioya qilingan holda amalga oshirilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2013-yil 31-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 31-yanvardagi 22-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fermer xoʻjaligining yer maydonini maqbullashtirish va uni tugatish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nizom
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I.Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom fermer xoʻjaligining yer maydonini maqbullashtirish va uni tugatish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Fermer xoʻjaligi davlat mulki boʻlgan yer maydonini ijara shartnomasi tuzish asosida uzoq muddatli ijaraga berish, fermer tomonidan tegishli majburiyatlar qabul qilish yoʻli bilan tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fermer xoʻjaligining yer maydonini maqbullashtirish — yer-suv resurslaridan yanada oqilona foydalanish va fermer xoʻjaligining moliyaviy barqarorligini taʼminlash maqsadida uning yer maydoni hajmini oʻzgartirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fermer xoʻjaligini tugatish — fermer xoʻjaligini ixtiyoriylik asosida yoki mazkur Nizom va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq tugatish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tugatuvchi — fermer xoʻjaligi rahbari yoki xoʻjalik sudi tomonidan tayinlanadigan tugatish komissiyasi yoki jismoniy shaxs;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya – yer maydonlarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha tuman (shahar)) komissiyasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Ixtiyoriylik asosida fermer xoʻjaligining yer maydonini maqbullashtirish va uni tugatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Fermer xoʻjaligi yer maydonini kamaytirishni nazarda tutgan holda ixtiyoriylik asosida uni maqbullashtirish fermer xoʻjaligi rahbarining tuman (shahar) hokimiga berilgan ariza asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzining yer maydonini kengaytirgan holda uni ixtiyoriylik asosida maqbullashtirishni xohlovchi fermer xoʻjaligi davlat mulki boʻlgan yer maydonlarini uzoq muddatli ijaraga berish tanlovida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qatnashishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tuman (shahar) hokimi ariza tushgandan soʻng uch kun muddatda hujjatlarni tegishli xulosa olish uchun Komissiyaga taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Komissiya taqdim etilgan hujjatlar asosida fermer xoʻjaligi yer maydonini ixtiyoriylik asosida maqbullashtirish masalasini bir hafta muddatda koʻrib chiqadi va tegishli xulosa chiqaradi. Bunda Komissiya fermer xoʻjaligiga birkitilgan yer maydonini yaxlit holda koʻrib chiqadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Tuman (shahar) hokimi Komissiyaning ijobiy xulosasi asosida bir hafta muddatda ixtiyoriylik asosida fermer xoʻjaligi yer maydonini maqbullashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Bunda boʻshab qolgan yer maydoni olib qoʻyiladi va kelgusida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda talabgorlarga tanlov asosida beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Ixtiyoriylik asosida amalga oshirilgan maqbullashtirishdan soʻng fermer xoʻjaligida qolgan yer maydoni “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan minimal miqdordan kam boʻlmasligi kerak, dehqonchilik mahsuloti yetishtirishga ixtisoslashtirilgan fermer xoʻjaligi uchun ijaraga beriladigan yer maydonining eng kam oʻlchami paxtachilik va gʻallachilik uchun — kamida 30 gektar, bogʻdorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik va boshqa ekinlar yetishtirish uchun — kamida 5 gektar boʻladi. Fermer xoʻjaligi yer maydonini maqbullashtirishda yer maydoni konturlarining yaxlitligi buzilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Tuman (shahar) hokimining ixtiyoriylik asosida fermer xoʻjaligi yer maydonini maqbullashtirish toʻgʻrisidagi qarori yer maydonlarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha viloyat (Qoraqalpogʻiston Respublikasi) komissiyasiga koʻrib chiqish uchun yuboriladi, Komissiya oʻn kun mobaynida tuman (shahar) hokimining qarorini tasdiqlaydi yoki uni rad etish toʻgʻrisida asoslangan qaror chiqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Tuman (shahar) hokimining fermer xoʻjaligi yer maydonini maqbullashtirish toʻgʻrisidagi qarori yer maydonlarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha viloyat (Qoraqalpogʻiston Respublikasi) komissiyasi tomonidan tasdiqlangandan soʻng, tuman (shahar) hokimi va fermer xoʻjaligi rahbari oʻrtasida tuzilgan yer maydonini uzoq muddatli ijaraga berish shartnomasiga oʻzgartirishlar belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Ixtiyoriylik asosida fermer xoʻjaligi yer maydonini maqbullashtirish ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Fermer xoʻjaligini ixtiyoriylik asosida tugatish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻxtatish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2007-yil 27-apreldagi PQ-630-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Fermer xoʻjaligi tomonidan shartnoma intizomi buzilishining hamda xoʻjalik faoliyati samarasiz yuritilishining aniqlangan holatlari asosida fermer xoʻjaligi yer maydonini maqbullashtirish va uni tugatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Fermer xoʻjaligi tomonidan shartnoma intizomi buzilishining hamda xoʻjalik faoliyati samarasiz yuritilishining aniqlangan holatlari asosida fermer xoʻjaligi yer maydonini maqbullashtirish mahalliy davlat hokimiyati organlari tashabbusi bilan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Yer maydonini uzoq muddatli ijaraga olish shartnomasini bekor qilish va fermer xoʻjaligini tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, mahalliy davlat hokimiyati organlari (tuman (shahar) hokimi) tomonidan taqdim etiladigan daʼvolar asosida, xoʻjalik sudi qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Fermer tomonidan oʻz zimmasiga olingan shartnoma majburiyatlari bajarilishining chuqur tahlili natijasida quyidagi holatlarning aniqlanishi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) yer maydonini ijaraga olish shartnomasi shartlarining qoʻpol ravishda buzilganligi, eng avvalo, fermer xoʻjaligiga ijaraga berilgan qishloq xoʻjaligi ekin maydonlaridan boshqa maqsadlarda foydalanilganligi — yer resurslari va davlat kadastri, qishloq va suv xoʻjaligi organlari hamda tuman fermerlari kengashi tomonidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) fermer xoʻjaligini shakllantirish chogʻida fermer xoʻjaligi ixtisoslashuvining buzilganligi — yer resurslari va davlat kadastri, qishloq va suv xoʻjaligi organlari hamda tuman fermerlari kengashi tomonidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) ijaraga berilgan qishloq xoʻjaligi ekin maydonlaridan oqilona foydalanmaslik, muntazam (ketma-ket uch yil mobaynida) normativ kadastr bahosidan past hosil olinganligi — qishloq va suv xoʻjaligi, yer resurslari va davlat kadastri organlari hamda tuman fermerlari kengashi tomonidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) fermer xoʻjaligi bilan tayyorlov tashkilotlari oʻrtasida, eng avvalo, davlat ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilish boʻyicha tuzilgan kontraktatsiya shartnomalari shartlarining muntazam (ketma-ket uch yil mobaynida) bajarilmaganligi (fors-major holatlarining vujudga kelishi holatlari bundan mustasno) — qishloq va suv xoʻjaligi organlari, tuman fermerlari kengashi, shuningdek tayyorlov tashkilotlari tomonidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) xoʻjalik faoliyatining samarasiz va past rentabellik bilan yuritilishi — qishloq va suv xoʻjaligi organlari, davlat soliq xizmati organlari, shuningdek tuman fermerlari kengashi tomonidan fermer xoʻjaligi yer maydonini maqbullashtirish va uni tugatish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha daʼvo arizalarini qoʻzgʻatish va xoʻjalik sudiga berish uchun asos hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Aniqlangan holatlar yuzasidan dalolatnoma tuziladi, unga yoʻl qoʻyilgan qonun buzilishlari holatini tasdiqlovchi zarur hujjatlar va materiallar ilova qilinadi, dalolatnoma mazkur Nizomning 14-bandida koʻrsatilgan organlar (tashkilotlar) vakillari va fermer xoʻjaligi rahbari tomonidan imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Fermer xoʻjaligi rahbari dalolatnomani imzolashdan bosh tortgan taqdirda, dalolatnomada bu toʻgʻrida yozuv qayd qilinadi, u tuman fermerlari kengashi raisi hamda ikki nafar jismoniy shaxs tomonidan tasdiqlanadi. Dalolatnoma ikki nusxada tuziladi, ulardan biri fermer xoʻjaligi rahbariga topshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Dalolatnoma asosida mazkur Nizomning 14-bandida koʻrsatilgan organlar (tashkilotlar) bir kun mobaynida tegishli taqdimnomani tuman fermerlari kengashi bilan kelishilgan dalolatnoma, shuningdek zarur hujjatlar va materiallar bilan birga tuman (shahar) hokimiga yuboradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Tuman (shahar) hokimi uch kun muddatda, barcha hujjatlar va materiallarni yer maydonlarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha tuman (shahar) komissiyasiga tegishli xulosa olish uchun taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Komissiya bir hafta muddatda, taqdim etilgan hujjatlar va materiallar tahlili asosida yer maydonini ijaraga berish shartnomasini bekor qilish yoxud yer maydonini maqbullashtirish toʻgʻrisida xulosa tayyorlaydi, xulosa tuman fermerlari kengashi bilan kelishilgan dalolatnoma va boshqa zarur hujjatlar bilan birgalikda tuman (shahar) hokimiga yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Dalolatnomada koʻrsatilgan holatlar tasdigʻini topmagan va (yoki) asoslanmaganligi aniqlangan taqdirda, Komissiya mazkur Nizomning 14-bandida koʻrsatilgan organlar (tashkilotlar)ning taqdimnomasini qaytarish toʻgʻrisida qaror qabul qilib, tuman (shahar) hokimiga va koʻrsatilgan organlar (tashkilotlar)ga bildirishnoma yuboradi va kiritilgan hujjatlarni qaytaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Tuman (shahar) hokimi Komissiyaning yer maydonini ijaraga berish shartnomasini bekor qilish yoxud yer maydonini maqbullashtirish toʻgʻrisidagi xulosasi asosida, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, Komissiyaning xulosasini, dalolatnoma va boshqa zarur hujjatlar hamda materiallarni ilova qilgan holda fermer xoʻjaligi rahbari bilan yer maydonini ijaraga berish shartnomasini bekor qilish yoxud uning yer maydonini maqbullashtirish toʻgʻrisida fermer xoʻjaligi rahbariga taklif kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartnomani bekor qilish toʻgʻrisidagi taklif fermer xoʻjaligi rahbari tomonidan rad etilganda yoki Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 384-moddasida belgilangan muddatda javob olinmaganda tuman (shahar) hokimi, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, Komissiyaning xulosasini, dalolatnoma va boshqa zarur hujjatlar va materiallarni ilova qilgan holda fermer xoʻjaligi bilan yer maydonini ijaraga berish shartnomasini bekor qilish yuzasidan xoʻjalik sudiga daʼvo arizasini yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Ijara shartnomasini bekor qilish yuzasidan daʼvo arizasi xoʻjalik sudi tomonidan rad etilgan taqdirda tuman (shahar) hokimi ushbu Nizomning 14-bandida koʻrsatilgan organlar (tashkilotlar)ning taqdimnomasini rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi hamda Komissiyaga va koʻrsatilgan organlar (tashkilotlar)ga bildirishnoma yuboradi va kiritilgan hujjatlarni qaytaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Daʼvo arizasi sud tomonidan qoniqtirilgan taqdirda sud qarori qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab tuman (shahar) hokimi bir hafta muddatda fermer xoʻjaligi yer maydonini zaxiraga olib qoʻyish va fermer xoʻjaligini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi, qarorga muvofiq fermer xoʻjaligi ishlarini boshqarish yuzasidan barcha vakolatlar tugatish komissiyasiga oʻtadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tugatilgan fermer xoʻjaligining yer maydoni olib qoʻyiladi va keyinchalik qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa talabgorlarga tanlov asosida beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Fermer xoʻjaligini tugatishda mulk huquqi bilan unga qarashli boʻlgan imoratlar, inshootlar yoki ekinlar joylashgan yer maydonini olib qoʻyishga faqat qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda yoʻl qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tuman (shahar) hokimining qarori asosida mulkdorga olib qoʻyilgan mol-mulkka teng qiymatli mol-mulk berish va uning koʻrgan zararlarini qoplash yoki mulk huquqi bekor qilinishi tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini toʻliq hajmda qoplash tegishli yer maydonini uni uzoq muddatli ijaraga berish tanlovi natijalari asosida olgan fermer xoʻjaligi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Fermer xoʻjaligi tomonidan shartnoma intizomining buzilishi va xoʻjalik faoliyatining samarasiz yuritilishi aniqlangan holatlar asosida fermer xoʻjaligi yer maydonini maqbullashtirish va uni tugatish ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Tugatilayotgan fermer xoʻjaligining qarzlarini toʻlash mexanizmi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Tugatilayotgan fermer xoʻjaligining qarzlarini toʻlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Fermer xoʻjaligi ixtiyoriylik asosida tugatilganda uning qarzlarini toʻlash tugatuvchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻxtatish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2007-yil 27-apreldagi PQ-630-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻxtatish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Kreditorlarning talablarini toʻliq qondirishning imkoni yoʻqligi aniqlangan taqdirda tugatuvchi fermer xoʻjaligini iqtisodiy nochor (bankrot) deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi ariza bilan xoʻjalik sudiga murojaat qilishi shart. Fermer xoʻjaligi bankrot deb eʼtirof etilgan vaqtdan boshlab ixtiyoriy tugatish toʻxtatiladi va bundan keyingi tartibot bankrotlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Tugatilayotgan fermer xoʻjaligining mablagʻlari va mol-mulki yetarli boʻlmagan taqdirda, uning budjetga va budjetdan tashqari jamgʻarmalarga majburiy toʻlovlar boʻyicha toʻlanmagan qarzlari davlat soliq xizmati organlari tomonidan umidsiz soliq qarzlarini hisobdan chiqarish uchun belgilangan tartibda hisobdan chiqariladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-martdagi 40-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 9-son, 100-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, soliqlar va majburiy toʻlovlar boʻyicha toʻlanmagan qarzlarning paydo boʻlishiga yoʻl qoʻygan tugatilayotgan fermer xoʻjaligining mansabdor shaxslariga nisbatan materiallar davlat soliq xizmati organlari va budjetdan tashqari jamgʻarmalar tomonidan aybdor shaxslarni qonunda belgilangan javobgarlikka tortish va davlatga yetkazilgan moddiy zararni qoplash uchun huquqni muhofaza qilish organlariga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Ushbu Nizomda tartibga solinmagan masalalar, shuningdek uni qoʻllashda yuzaga keladigan kelishmovchiliklar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fermer xoʻjaligining yer maydonini maqbullashtirish va uni tugatish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ixtiyoriylik asosida fermer xoʻjaligi yer maydonini maqbullashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fermer xoʻjaligining yer maydonini maqbullashtirish va uni tugatish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fermer xoʻjaligi tomonidan shartnoma intizomi buzilishining, shuningdek xoʻjalik faoliyati samarasiz yuritilishining aniqlangan holatlari asosida fermer xoʻjaligi yer maydonini maqbullashtirish va uni tugatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 5-son, 56-modda; 2015-y., 9-son, 100-modda; 2016-y., 6-son, 57-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1021/0465-son, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son; 21.12.2019-y., 09/19/1024/4183-son; 25.08.2020-y., 09/20/501/1205-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)