28.12.2012 yildagi 365-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 28.12.2012 yildagi 365-son
Date of entry into force
07.01.2013
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2012-yil 24-iyuldagi PF–4456-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini va Oliy attestatsiya komissiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2017-y., 21-son, 396-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2017-y., 21-son, 396-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi apparatining xodimlarning cheklangan umumiy soni 20 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 16 nafar bo‘lgan tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2017-y., 21-son, 396-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Fanlar akademiyasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Fan doktori ilmiy darajasini berish bo‘yicha ilmiy kengash to‘g‘risidagi nizom, Fan doktori ilmiy darajasini berish tartibi to‘g‘risidagi nizom hamda Ilmiy unvonlar berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ishlab chiqilganligi va belgilangan tartibda tasdiqlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilab qo‘yilsinki, ilmiy darajasi mavjudligi uchun lavozim maoshlariga qo‘shimcha haq va boshqa ustamalar 2013-yil 1-yanvardan boshlab to‘lanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining shaxsiy tarkibini tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi hamda Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, o‘z tarkibida oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlariga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2012-yil 28-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
365-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 21-son, 396-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 21-son, 396-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-dekabrdagi 365-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi apparatining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TUZILMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-dekabrdagi 365-son qaroriga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (keyingi o‘rinlarda OAK deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 31-martdagi PF–371-son Farmoni bilan tashkil etilgan va oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish masalalari bo‘yicha vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OAK o‘z faoliyati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. OAK o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga va ushbu Nizomga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. OAK o‘z faoliyatini davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Davlat budjeti mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar OAK faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. OAK yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga ega bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. OAKning asosiy vazifalari va funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Quyidagilar OAKning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish sohasida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning amalda bajarilishini ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, ushbu faoliyatni tashkil etish, nazorat qilish va muvofiqlashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dissertatsiya ishlariga hamda falsafa doktori (Doctor of Philosophy, bundan buyon — PhD), fan doktori (Doctor of Sciences, bundan buyon — DSc) ilmiy darajalari va ilmiy unvonlar talabgorlariga talablarning yagonaligini ta’minlash;
(6-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 21-son, 396-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarning sifat tarkibini yaxshilashga, jamiyat va davlat ehtiyojlarini, fan, ta’lim, texnika va texnologiyalarni rivojlantirish istiqbollarini hisobga olgan holda ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlardan foydalanish samaradorligini oshirishga ko‘maklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ortiqcha byurokratik jarayonlarni yo‘qotishga yo‘naltirilgan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini doimiy ravishda takomillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazishning barcha bosqichlarida OAK faoliyatining ochiqligi va oshkoraligini ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazishning barcha bosqichlarida xolislikni ta’minlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
falsafa doktori (PhD), fan doktori (DSc) ilmiy darajalari va ilmiy unvonlarga qo‘yiladigan malaka talablarining xalqaro standartlarga muvofiqligini ta’minlash.
(6-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 21-son, 396-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. OAK o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish va ilmiy kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish ishida xalqaro hamkorlik bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirish sohasida respublika Fanlar akademiyasi, vazirliklari, idoralari, oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 21-son, 396-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalarini olish uchun dissertatsiya tadqiqotlari mavzulari monitoringini olib boradi, shuningdek ularni ro‘yxatdan o‘tkazadi;
(7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 21-son, 396-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tayanch doktorantura va doktorantura hamda mustaqil izlanuvchi institutlari tomonidan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash sifatining tizimli monitoringini olib boradi;
(7-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 21-son, 396-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy darajalarni berish bo‘yicha ilmiy kengashlar va ekspert kengashlar ishini shakllantirish va tashkil etish tartibi bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni, fan doktori ilmiy darajasi va ilmiy unvonlar to‘g‘risidagi nizomni o‘z vakolatlari doirasida ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
(7-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 21-son, 396-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar va idoralar, Fanlar akademiyasining iltimosnomalari bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot muassasalari huzurida ilmiy darajalarni berish bo‘yicha ilmiy kengashlarni tashkil etadi, ularning shaxsiy tarkibini tasdiqlaydi, ilmiy kengashlarga dissertatsiyalarni himoyaga qabul qilish huquqini beruvchi ilmiy mutaxassisliklar ro‘yxatini belgilaydi;
(7-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 21-son, 396-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy darajalarni berish bo‘yicha ilmiy kengashlar faoliyati ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi va ular ishi monitoringini olib boradi, ekspert kengashlarning takliflari asosida ularning faoliyatini to‘xtatib turadi yoki to‘xtatadi;
(7-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 21-son, 396-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalarini olish uchun dissertatsiyalarning asosiy ilmiy natijalarini e’lon qilish uchun tavsiya etiladigan yetakchi ilmiy jurnallar va nashrlar, shu jumladan elektron ilmiy-texnik jurnallar ro‘yxatini belgilaydi;
(7-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 21-son, 396-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlar bilan birgalikda fan, texnika, ta’lim va madaniyatni rivojlantirish yo‘nalishlari bo‘yicha oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar mutaxassisliklari turlarini takomillashtirish ishlarini olib boradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalarini olish uchun himoya qilingan dissertatsiyalarning davlat ekspertizasini o‘tkazadi;
(7-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 21-son, 396-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli ilmiy kengashning falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalarini berish to‘g‘risidagi qarorini tasdiqlaydi, oliy ta’lim muassasalari kengashlari yoki ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy kengashlari taqdimnomasi bo‘yicha professor, dotsent va katta ilmiy xodim ilmiy unvonlarini beradi;
(7-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 21-son, 396-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga yoki O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan va ishlaydigan xorijiy mamlakatlar fuqarolariga xorijiy mamlakatlar attestatsiya organlari tomonidan berilgan ilmiy daraja ilmiy darajasi to‘g‘risidagi hujjatlarni nostrifikatsiya (ekvivalentlikni aniqlash) qiladi;
(7-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 21-son, 396-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat namunasidagi falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) diplomlarini, professor, dotsent va katta ilmiy xodim attestatlarini rasmiylashtiradi;
(7-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 21-son, 396-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OAKga tushadigan apellyatsiyalar, takliflar, arizalar va shikoyatlarni ko‘rib chiqadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning ustuvor vazifalariga muvofiq rejalashtiriladigan dissertatsiya tadqiqotlari mavzularini muvofiqlashtirish va dissertatsiya tadqiqotlarini muhokama qilish uchun fan tarmoqlari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashlar tashkil etadi;
(7-bandning o‘n beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 21-son, 396-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
himoya qilingan dissertatsiya ishlarini tahlil qiladi va respublika vazirliklariga, idoralariga natijalari dissertatsiya ishlarida bayon qilingan ilmiy tadqiqotlar bajarilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning dissertatsiya ishlari natijalarini amaliyotga joriy etish mumkinligi to‘g‘risidagi tegishli tavsiyalar bilan birgalikda yuborilishini ta’minlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OAK vakolatiga tegishli masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining boshqa davlatlar bilan xalqaro shartnomalari loyihalarini tayyorlashda qatnashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘ziga yuklangan vazifalar doirasida xorijiy mamlakatlarning attestatsiya organlari bilan o‘zaro hamkorlik o‘rnatadi va uni amalga oshiradi hamda belgilangan tartibda axborot ayirboshlashni tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. OAKning huquqlari va vazifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. OAK o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fanlar akademiyasi, vazirliklar, idoralar va tashkilotlardan o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan axborot va materiallarni belgilangan tartibda olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish masalalari bo‘yicha davlatlararo muzokaralarda ishtirok etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekspert kengashlarning qarorlari asosida falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini berish bo‘yicha bir martalik ilmiy kengashlar tashkil etish va ularning ishini nazorat qilish;
(8-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 21-son, 396-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OAK Rayosati majlislarida ish tajribasini o‘rganish va umumlashtirish maqsadida ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar va ekspert kengashlar raislarining hisobotlarini eshitish;
(8-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 21-son, 396-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dissertatsiya ishlarini ilmiy ekspertizadan o‘tkazish va ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar faoliyatini tekshirish uchun yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish. Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar faoliyatini tekshirishda qatnashish, opponent va taqrizchi funksiyalarini bajarish davrida jalb etiladigan olimlar va mutaxassislar doimiy ish joylaridagi ish haqi saqlangan holda o‘z xizmat vazifalarini bajarishdan ozod etiladi;
(8-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 21-son, 396-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka imtihonlari ro‘yxatini belgilash va ularning tashkil etilishi va saviyasini nazorat qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar ishlab turgan tashkilotlardan belgilangan tartibda har yilgi hisobotlarni hamda respublikada oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va tadbirlarni amalga oshirish uchun vazirliklar va idoralardan zarur axborotni olish;
(8-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 21-son, 396-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish, dissertatsiya tadqiqotlarining sifati ilmiy va amaliy ahamiyatini oshirish bilan bog‘liq muammolarni hal etish uchun idoralararo kengashlarni belgilangan tartibda chaqirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalar doirasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish masalalari bo‘yicha xalqaro tashkilotlar, kengashlar, konferensiyalar ishida qatnashish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dissertatsiyalarga qo‘yiladigan talablarga muvofiq fan va iqtisodiyot tarmoqlari uchun ahamiyati yuzasidan qo‘shimcha xulosa olish maqsadida dissertatsiya ishlarini zarur hollarda ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlarga yuborish;
(8-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 21-son, 396-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy ta’lim muassasalari yoki ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va tegishli kengashlarining tavsiyalariga binoan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni ilmiy darajalar va ilmiy unvonlardan belgilangan tartibda mahrum qilish yoki ularni tiklash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. OAK o‘z vakolatlari doirasida vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiy bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni belgilangan tartibda qabul qilish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. OAK zarur hollarda boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bilan birgalikda qo‘shma qarorlar va boshqa hujjatlarni chiqarish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. OAK o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni ushbu Nizomga muvofiq bajarishga majbur, respublikada oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimining holati va uni takomillashtirish yuzasidan javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. OAK faoliyatini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. OAKga Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan rais boshchilik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OAKning Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan bosh ilmiy kotibi bo‘ladi. Bosh ilmiy kotibning vazifalari OAK raisi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. OAKning apparati uning ijro etuvchi organi hisoblanadi, OAK apparatining tuzilmasi va xodimlarining cheklangan soni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. OAK raisi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OAK vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi hamda OAKga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi yuzasidan shaxsan javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OAKning ekspert kengashlari, bo‘limlari va boshqa bo‘linmalari faoliyatini yo‘naltiradi va nazorat qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish masalalari bo‘yicha o‘z vakolatlari doirasida OAK qarorlarini, ilmiy darajalar berish to‘g‘risidagi diplomlarni va ilmiy unvonlar berish to‘g‘risidagi attestatlarni imzolaydi;
(14-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 21-son, 396-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OAK apparatining xodimlari bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OAK apparati tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomni belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OAK apparati xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zaruriyat bo‘lganda xodimlarning belgilangan umumiy soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida apparat tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritadi, OAK apparatining shtat jadvalini, shuningdek OAK apparati xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga muvofiq o‘z vakolatlari doirasida boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. OAK raisi, bosh ilmiy kotib hamda fanning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha fan, texnika, ta’lim va madaniyat sohasidagi yetakchi olimlar va mutaxassislardan iborat bo‘lgan Rayosat OAKning rahbarlik qiluvchi ijro etuvchi organi hisoblanadi. Rayosatning shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rayosat ishiga OAK raisi rahbarlik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zaruriyat bo‘lganda OAK raisi Rayosat a’zolari tarkibini qisman o‘zgartirish bo‘yicha taklifni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OAK Rayosati rahbarlik qiluvchi ijro etuvchi organ sifatida quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar tashkil etish tartibini ishlab chiqadi, ilmiy kengashlar tuzishga ruxsatnomalar beradi, ularning shaxsiy tarkibini tasdiqlaydi, ularga tegishi mutaxassisliklar bo‘yicha dissertatsiya ishlarini ko‘rib chiqish huquqini beradi;
(15-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 21-son, 396-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekspert kengashlar tashkil etish to‘g‘risida qarorlar chiqaradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy kengashlarning ilmiy darajalar berish to‘g‘risidagi qarorlarini tasdiqlaydi hamda ilmiy unvon berish to‘g‘risida qaror qabul qiladi;
(15-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 21-son, 396-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar raislarining va ilmiy unvonlar berish bo‘yicha kengashlar raislarining ishlari to‘g‘risida hisobotlarini muntazam ravishda eshitib boradi;
(15-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 21-son, 396-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha bosh inspektorlarning ilmiy daraja berish, shu jumladan himoya qilingan dissertatsiyalar bo‘yicha attestatsiya yig‘majildlarining, shuningdek ilmiy unvonlar berish bo‘yicha attestatsiya yig‘majildlarining OAK talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitadi;
(15-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 21-son, 396-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘z vakolatlari doirasida normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish bilan bog‘liq boshqa masalalarni hal etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Bosh ilmiy kotib himoya qilingan dissertatsiyalarning OAK talablariga muvofiqligi yuzasidan javob beradi va quyidagi ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha tarkibiga 6 nafar bosh inspektorlar kiradigan Kotibiyat faoliyatiga rahbarlik qiladi:
(16-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 21-son, 396-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fizika-matematika fanlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kimyo, biologiya va geologiya-minerologiya fanlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnika fanlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xo‘jaligi fanlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy fanlar (tarix, iqtisodiyot, falsafa, filologiya, huquqshunoslik, pedagogika fanlari);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tibbiyot va psixologiya fanlari (tibbiyot, farmatsevtika, veterinariya, psixologiya fanlari).
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Har bir bosh inspektor tegishli ilmiy yo‘nalishlari bo‘yicha himoya qilingan dissertatsiyalarning OAK talablariga muvofiqligi yuzasidan javob beradi va OAK Rayosati majlisida belgilangan tartibda hisobot beradi.
(16-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 21-son, 396-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. OAK Rayosati a’zolari, shuningdek apparat xodimlari OAK ekspert kengashlari va ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar a’zolari bo‘lishi mumkin emas.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 21-son, 396-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. OAK Rayosatining majlisi uning faoliyatining tashkiliy shakli hisoblanadi. OAK Rayosati majlisi, agar unda uning a’zolarining oddiy ko‘pchiligi qatnashsa, huquqiy vakolatli hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. OAK Rayosati qarorlari ochiq ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi va, agar uning uchun majlisda qatnashuvchi OAK Rayosati a’zolarining oddiy ko‘pchiligi ovoz bersa qabul qilingan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. OAK Rayosati qarorlari qarorlar shaklida rasmiylashtiriladi hamda OAK raisi, bosh ilmiy kotib va OAK apparatining mas’ul xodimlari tomonidan imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. OAK Rayosati majlislari bayonnomalari rasmiylashtiriladi hamda OAK raisi va bosh ilmiy kotib tomonidan imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. OAK Rayosati a’zolari majlis boshlangunga qadar kun tartibi va majlisda ko‘rib chiqiladigan barcha materiallar bilan tanishishlari kerak. OAK Rayosatida ko‘rib chiqish uchun kiritilgan masalalar ekspert kengash fikri hisobga olingan holda har tomonlama va mohiyatiga ko‘ra muhokama qilinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. OAK Rayosati va ekspert kengashi fikri farq qilgan hollarda ko‘rib chiqilayotgan masala bo‘yicha materiallar takroran ko‘rib chiqish uchun ekspert kengashga qaytariladi. OAK Rayosati va ekspert kengashi fikri ikkinchi marta farq qilgan taqdirda masala OAK Rayosati tomonidan tashkil etiladigan kamida besh kishidan iborat kelishuv komissiyasida ko‘rib chiqiladi. Kelishuv komissiyasi tarkibiga OAK Rayosati, ekspert kengashi a’zolari va ushbu masalani ko‘rib chiqishning barcha bosqichlarida ilgari qatnashmagan mutaxassis olimlar kiradi. Kelishuv komissiyasining xulosasi OAK Rayosati tomonidan ko‘rib chiqiladi va uzil-kesil qaror qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. OAK Rayosati majlisi bir oyda bir marta o‘tkaziladi. Zarur hollarda OAK Rayosatining navbatdan tashqari majlislari o‘tkazilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazishga taalluqli attestatsiya yig‘majildlari va boshqa hujjatlar bo‘yicha qabul qilingan qarorlarning normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiqligini ta’minlash maqsadida , shuningdek OAK faoliyatining kollegial qarorni va uning bajarilishi yuzasidan nazoratni talab etadigan joriy masalalarini ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish uchun OAK raisi, bosh ilmiy kotib, ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha bosh inspektorlar, shuningdek OAK bo‘limlari boshliqlaridan iborat tarkibda OAKning Tartib-qoida komissiyasi tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Taqdim etilgan dissertatsiyalarni, ularning ilmiy va amaliy ahamiyatini ilmiy ekspertizadan o‘tkazish, ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar ishini va attestatsiya o‘tkazishda talablarning yagonaligi ta’minlanishini nazorat qilish, ilmiy darajalar va ilmiy unvonlar berish to‘g‘risidagi taqdimnomalarni ko‘rib chiqish, shuningdek OAK Rayosatiga tavsiyalar tayyorlash uchun fan, texnika, ta’lim va madaniyat sohalaridagi yetakchi olimlar va mutaxassislardan fan yo‘nalishlari bo‘yicha ekspert kengashlari tashkil etiladi.
(26-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 21-son, 396-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekspert kengashlar oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari, ilmiy va ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari, boshqa tashkilotlar, manfaatdor vazirliklar va idoralarning tavsiyalari hisobga olingan holda shakllantiriladi hamda keyinchalik tarkibining kamida uchdan bir qismi yangilangan holda OAK Rayosati tomonidan uch yil muddatga tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Olimlar va mutaxassislarning ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimi ishida qatnashishi ularning ijtimoiy-ilmiy faoliyatining muhim jihati sifatida qaraladi va hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekspert kengashlar a’zolari, opponentlar va taqrizchilar, shuningdek jalb etiladigan mutaxassislar mehnatiga haq to‘lash belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. OAK oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish masalalari bo‘yicha “OAK Byulleteni” jurnalini nashr etadi. “OAK ma’lumotnomasi” jurnalida izlanuvchilarning dissertatsiya tadqiqotlari mavzulari, dissertatsiya annotatsiyasi bilan birgalikda doktorlik dissertatsiyalari himoya qilinishi, talabgorlarga ilmiy darajalar berilishi hamda ilmiy unvonlar berilishi to‘g‘risidagi axborot va boshqa ma’lumotlar ham beriladi. “OAK Byulleteni” jurnali o‘z xarajatlarini o‘zi qoplash asosida nashr etiladi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 21-son, 396-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazishda ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash maqsadida OAK faoliyati masalalari OAK veb-saytida va “OAK Byulleteni” jurnalida yoritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bundan tashqari, OAK veb-saytida ilmiy darajalar va ilmiy unvonlar talabgorlarining attestatsiya yig‘majildlarining o‘tishi, shu jumladan ularning normativ-huquqiy ekspertizadan o‘tishi natijalari, keyinchalik ularning ilmiy ekspertizaga berilishi va uning tugallanishi, shuningdek OAK Rayosatida yakuniy qarorlar qabul qilish uchun attestatsiya yig‘majildlarini ko‘rib chiqish muddatlari to‘g‘risidagi axborotlar joylashtiriladi. Ushbu qaror shuningdek OAK veb-saytida Rayosat majlisidan keyin 7 kun mobaynida joylashtiriladi.
(29-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 21-son, 396-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OAK veb-sayti zaruriyatga qarab, lekin haftada kamida bir marta yangilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Bo‘lajak doktorlik dissertatsiyalari himoyalari, ularning ilmiy va amaliy ahamiyati to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari, OAK veb-sayti va “OAK ma’lumotnomasi” jurnali orqali, shuningdek avtoreferatning to‘liq matnini ilmiy darajalar berish bo‘yicha ilmiy kengashning veb-saytida va Internet tarmog‘ining boshqa axborot-resurs portallarida joylashtirish yo‘li bilan xabar beriladi.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 21-son, 396-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 21-son, 396-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 1-son, 5-modda; 2017-y., 21-son, 396-modda; 07.11.2020-y., 09/20/696/1481-son)