Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.06.2025 29.12.2012 yildagi 367-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 29.12.2012 yildagi 367-son
Date of entry into force
07.01.2013
Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.06.2025
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MUASSASALARI O‘QUVCHILARI O‘QISHINI KO‘CHIRISH, QAYTA TIKLASH VA O‘QISHDAN CHETLASHTIRISH TARTIBINI TAKOMILLASHTIRISH HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-iyundagi 362-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining ijrosini ta’minlash hamda ta’lim tizimida islohotlar doirasida belgilangan vazifalarni izchil va sifatli amalga oshirish, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Harbiy akademik litseylar o‘quvchilarini o‘qishdan chetlashtirish va boshqa ta’lim muassasasiga o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I.Ikramov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2012-yil 29-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
367-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-dekabrdagi 367- son qaroriga
1-ilova
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish masalalari O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining majburiy o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olish huquqini inobatga olgan holda hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. O‘quvchilarning o‘qishini bir o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasidan boshqasiga ko‘chirish, shuningdek ilgari o‘qishdan chetlashtirilgan o‘quvchilarni o‘qishga qayta tiklash, qoidaga ko‘ra, yozgi ta’til davrida, tegishli kurs (semestr)da o‘quv mashg‘ulotlari boshlanishiga qadar amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qishni ko‘chirish yoki qayta tiklash jarayoni bepul amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining tayyorlov yo‘nalishlari, kasblar va ixtisosliklar tasniflagichiga muvofiq (keyingi o‘rinlarda — Tasniflagich deb yuritiladi) bir tayyorlov yo‘nalishi doirasida o‘quvchilar o‘qishini bir ta’lim muassasasi doirasida ko‘chirish ushbu o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi direktorining buyrug‘i bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Bir mintaqa (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) doirasida o‘quvchilar o‘qishini O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tasarrufidagi bir o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasasidan Tasniflagichning bir bilim sohasi ichidagi boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirish o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tegishli hududiy boshqarmasining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Quyidagi hollarda o‘quvchilar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi ruxsati bilan amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) boshqa davlatlarning ta’lim muassasalarida tahsil olgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining o‘qishini respublika o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga ko‘chirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilarini ota-onalari bilan birgalikda doimiy yashash uchun O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga chiqib ketishi munosabati bilan o‘qishdan chetlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) o‘quvchilarni bir mintaqadagi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalaridan boshqa mintaqalarning (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga ko‘chirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) bir hudud doirasida o‘quvchilarni bir o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalaridan turli vazirliklar (idoralar) tasarrufidagi boshqa o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasiga ko‘chirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) o‘quvchilarni Tasniflagichga muvofiq bir bilim sohasidan boshqa bilim sohasiga ko‘chirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilarini boshqa vazirliklar (idoralar)ning o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalariga ko‘chirish va qayta tiklash O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan ko‘rsatib o‘tilgan vazirliklar (idoralar) bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. O‘quvchilarni ko‘chirish va qayta tiklash to‘g‘risidagi barcha arizalar bevosita o‘quvchilar o‘qiyotgan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasida qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘rib chiqish o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi direktori vakolatiga kiradigan arizalar 20-avgustga qadar qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi vakolati doirasida ko‘rib chiqiladigan arizalar 1-avgustga qadar qabul qilinadi va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi tomonidan hududiy viloyat boshqarmalariga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi vakolati doirasida ko‘rib chiqiladigan arizalar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy viloyat boshqarmalari tomonidan rasmiy xat bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markaziga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. O‘quvchilarning o‘qishini ko‘chirish yoki qayta tiklashda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi direktori tomonidan o‘quv rejalari va dasturlarga fanlar bo‘yicha farqlarni yoki qarzlarni topshirish tartibi va muddatlari (ikki oydan ortiq bo‘lmagan), shuningdek o‘quvchilarni o‘qitish kursi belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. O‘qishni ko‘chirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. O‘quvchilar o‘qishini bir o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasidan boshqasiga ko‘chirishda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) o‘quvchining yozma arizasi, o‘quvchi voyaga yetmagan bo‘lsa uning ota-onasidan birining (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning) arizasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) ta’lim muassasasining nomi, mutaxassislik, kurs, guruh ko‘rsatilgan holda ta’lim muassasasining gerbli muhri bilan tasdiqlangan reyting daftarcha nusxasi;
Oldingi tahrirga qarang.
(11-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 402-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y., 09/21/402/0618-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. O‘qishni ko‘chirish to‘g‘risidagi ariza ta’lim muassasasi direktori, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasi yoki O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan ariza berilgan kundan boshlab 15 kun mobaynida ko‘rib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining yozma javobi tegishli o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasiga yuboriladi. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasi olingan javob asosida ariza beruvchining va tegishli ta’lim muassasalarining manziliga xat yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tasniflagichga muvofiq o‘quvchining bilimlarning bir sohasi ichida, bir mintaqa doirasida joylashgan ta’lim muassasasiga o‘qishni ko‘chirish to‘g‘risidagi arizasi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasi tomonidan ko‘rib chiqiladi, natijalar haqida ariza beruvchiga va ta’lim muassasalariga yozma xabar beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘quvchining o‘qishini ko‘chirish to‘g‘risida ijobiy qaror chiqarilganda o‘quvchini qabul qiluvchi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi 3 kun muddatda o‘quvchi tahsil olgan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasiga o‘quvchining hujjatlarini jo‘natish to‘g‘risida so‘rovnoma yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘quvchi bungacha o‘qigan ta’lim muassasasi ushbu so‘rovnoma asosida 3 kun muddatda o‘quvchining hujjatlarini yangi o‘qish joyiga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘quvchining hujjatlar yig‘majildi o‘quvchining o‘ziga – ariza beruvchiga yoki uning ota-onalariga (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga) berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘quvchini qabul qiluvchi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi direktori qonunchilikda belgilangan tartibda 10 kun muddatda o‘quvchilarni o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida buyruq chiqarishi shart.
(12-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. O‘qishni qayta tiklash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. O‘quvchilarni o‘qishga qayta tiklash uchun o‘quvchi voyaga yetmagan bo‘lsa uning ota-onasidan biri (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) chetlashtirish sabablarini ko‘rsatgan holda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi direktori nomiga ariza berishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. O‘quvchining, o‘quvchi voyaga yetmagan bo‘lsa uning ota-onasidan birining (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning) o‘quvchini o‘qishga qayta tiklash haqidagi arizasi ariza berilgan kundan boshlab 15 kun muddatda ko‘rib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. O‘quvchini boshqa o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasiga o‘qishga qayta tiklashda u oldin o‘qigan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasining roziligi talab etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. O‘quvchi oldin o‘qigan tayyorlov yo‘nalishi to‘xtatilgan bo‘lsa, uning xohishiga ko‘ra turdosh tayyorlov yo‘nalishiga o‘qishni tiklash mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasasi belgilangan davlat ta’lim standartlariga muvofiq o‘qishning ta’lim dasturini bajargan, biroq yakuniy davlat attestatsiyasida ishtirok etmagan yoki undan o‘tmagan 3-bosqich o‘quvchilari Pedagogik kengash qarori asosida yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi faoliyat ko‘rsatayotgan davrda 3 yil mobaynida yakuniy davlat attestatsiyasini qayta topshirish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3 yil mobaynida yakuniy davlat attestatsiyasini topshirmagan o‘quvchilar ushbu Nizomga muvofiq 3-bosqichda qayta o‘qish uchun ariza berishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. O‘quvchilar safidan chetlashtirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi o‘quvchilari quyidagi hollarda o‘qishdan chetlashtirilishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma’lumotnomasi asosida) akademik ta’til olganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) o‘qishi boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirilishi munosabati bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) doimiy yashash uchun boshqa davlatga chiqib ketganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) sudning qarori bilan ozodlikdan mahrum etilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) vafot etganligi sababli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilarini bir yil takroran o‘qish uchun kursda qoldirish tartibi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi va Badiiy akademiya bilan kelishgan holda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan belgilanadi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. O‘qishi ko‘chirilgan yoki o‘qishga tiklangan o‘quvchilarning shaxsiy hujjatlar yig‘ma jildiga ariza, buyruq va belgilangan namunadagi reyting daftarcha nusxalari tikib qo‘yiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. O‘quvchilarning o‘qishini ko‘chirishda, ularni o‘qishga tiklash va o‘qishdan chetlashtirishda hujjatlarning ishonchliligi va to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi uchun javobgarlik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi direktoriga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilarining o‘qishini ko‘chirish, ularni o‘qishga tiklash va o‘qishdan chetlashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan barcha hujjatlar mansubligi bo‘yicha o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining tegishli hududiy boshqarmalarida, o‘z tasarrufida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralarda belgilangan tartibda saqlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. O‘quvchilar o‘qishini ko‘chirish, ularni o‘qishga qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish to‘g‘risidagi qarordan norozi bo‘lganlar belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markaziga yoki sud organlariga murojaat qilish huquqiga egadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-iyundagi PQ-4375-sonli qaroriga asosan 2019-yil 1-avgustdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2019-y., 07/19/4375/3424-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 1-son, 6-modda; 2017-y., 19-son, 345-modda, 25-son, 539-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son, 04.10.2018-y., 09/18/789/1993-son; 29.06.2019-y., 07/19/4375/3424-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y., 09/21/402/0618-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)