Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.04.2022 17.12.2012 yildagi O‘RQ-339-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 17.12.2012 yildagi O‘RQ-339-son
Date of entry into force
18.12.2012
Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.04.2022
Hujjat 01.01.2017 10 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiy bank va moliya institutlari hamda ular faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi tomonidan 2012-yil 8-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2012-yil 5-dekabrda maʼqullangan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekistan Respublikasining 2022-yil 20-apreldagi OʻRQ-765-sonli “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va asosiy vazifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunning maqsadi xususiy bank va boshqa xususiy moliya institutlari (bundan buyon matnda xususiy bank va moliya institutlari deb yuritiladi) hamda ular faoliyatining kafolatlari sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunning asosiy vazifalari xususiy bank va moliya institutlarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlashdan, bank-moliya sohasiga xususiy kapitalni jalb qilish uchun shart-sharoitlar yaratishdan, bank xizmatlari va boshqa moliyaviy xizmatlar bozorida raqobatni kengaytirishdan hamda mijozlarga xizmat koʻrsatish sifatini oshirishdan iboratdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Xususiy bank va moliya institutlari hamda ular faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiy bank va moliya institutlari hamda ular faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining xususiy bank va moliya institutlari hamda ular faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Xususiy bank va moliya institutlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiy bank va moliya institutlari ustav fondida (ustav kapitalida) muassislar (ishtirokchilar) boʻlgan jismoniy shaxslarning ulushi kamida ellik foizni tashkil etishi lozim boʻlgan banklar va boshqa kredit tashkilotlari, sugʻurta tashkilotlari, shuningdek faqat moliyaviy xizmatlar koʻrsatuvchi oʻzga yuridik shaxslardir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiy bank va moliya institutlari tadbirkorlik subyektlaridir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar xususiy bank va moliya institutlarining muassislari (ishtirokchilari) boʻlishi mumkin emas:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi boʻlgan yuridik shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari, shuningdek siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari, jamoat fondlari va diniy tashkilotlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlarining mansabdor shaxslari xususiy bank va moliya institutlarida haq toʻlanadigan lavozimni egallashi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Xususiy bank va moliya institutlari faoliyatining mulkiy asosi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiy bank va moliya institutlari faoliyati ularning oʻz mol-mulki va (yoki) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jalb etilgan mol-mulk asosida amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiy bank va moliya institutlarining oʻz faoliyatini amalga oshirishiga asos hamda vosita boʻlgan mol-mulk, shu jumladan mulkiy huquqlar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda huquq va majburiyatlarning belgilanishi, oʻzgartirilishi va (yoki) bekor qilinishi bilan bogʻliq oldi-sotdi, garov, ijara hamda boshqa bitimlar obyekti boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Xususiy bank va moliya institutlari faoliyatini tashkil qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiy bank va moliya institutlarining faoliyatini tashkil qilish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonun hujjatlariga muvofiq bank, sugʻurta, lizing xizmatlari yoki boshqa moliyaviy xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotlar faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish vazifalari zimmasiga yuklatilgan davlat organlari xususiy bank va moliya institutlarining faoliyatini tartibga solish hamda nazorat qilish boʻyicha maxsus vakolatli davlat organlaridir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus vakolatli davlat organlari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda faoliyatning tegishli sohasida xususiy bank va moliya institutlari rahbarlariga nisbatan malaka talablarini belgilashi, shuningdek, xususiy bank va moliya institutlari bajarishi uchun majburiy boʻlgan iqtisodiy normativlarni va jalb etilgan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladigan investitsiyalarning eng koʻp miqdorlarini belgilashi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiy bank va moliya institutlari faoliyatini tartibga solish hamda nazorat qilish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Xususiy bank va moliya institutlari faoliyatiga soliq solish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiy bank va moliya institutlari faoliyatiga soliq solish soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi hamda ular uchun soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar nazarda tutilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Xususiy bank va moliya institutlarining huquq hamda majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda. Xususiy bank va moliya institutlarining huquqlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiy bank va moliya institutlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mustaqil ravishda oʻz faoliyatini amalga oshirishga hamda bank xizmatlari va moliyaviy xizmatlar koʻrsatishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bank xizmatlari va moliyaviy xizmatlar bozorida rivojlanish strategiyasini hamda ishtirok etish dasturlarini tanlashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz faoliyatidan cheklanmagan miqdorda daromad (foyda) olishga va uni taʼsis hujjatlariga muvofiq oʻz xohishiga koʻra tasarruf etishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan tartibda tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiy bank va moliya institutlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda. Xususiy bank va moliya institutlarining majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiy bank va moliya institutlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzlari tuzgan shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat shartnomasi (kontrakt) boʻyicha ishlayotgan shaxslarning mehnat haqini qonun hujjatlarida Mehnatga haq toʻlash yagona tarif setkasining birinchi razryadi boʻyicha belgilangan miqdordan oz boʻlmagan miqdorda belgilashi, ular bilan oʻz vaqtida hisob-kitob qilishi, shuningdek ish beruvchi sifatida oʻz fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnatni muhofaza qilish hamda xavfsizlik texnikasi sohasidagi qonun hujjatlari va normativ hujjatlar talablariga rioya etishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
raqobat toʻgʻrisidagi va isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
joylashgan eri (pochta manzili) va boshqa rekvizitlari oʻzgarganligi haqida qonun hujjatlariga muvofiq tegishli davlat organlarini oʻz vaqtida xabardor qilishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buxgalteriya hisobi va hisobotini qonun hujjatlariga muvofiq yuritish talablariga rioya etishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlarni tegishli davlat organlariga belgilangan tartibda va muddatlarda taqdim etishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiy bank va moliya institutlari zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda. Xususiy bank va moliya institutlarining birlashmalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiy bank va moliya institutlari faoliyatini muvofiqlashtirish, oʻz huquq hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida qonun hujjatlariga muvofiq uyushmalarga (ittifoqlarga) va boshqa birlashmalarga birlashishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Xususiy bank va moliya institutlari faoliyatining kafolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda. Xususiy bank va moliya institutlarining huquqlari hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarining kafolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat xususiy bank va moliya institutlariga teng huquqlarni kafolatlaydi hamda moddiy-texnika, moliyaviy, mehnat, axborot resurslaridan va boshqa resurslardan foydalanish uchun teng imkoniyatlar yaratadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat xususiy bank va moliya institutlarining tadbirkorlik faoliyati erkinligini hamda huquqiy jihatdan muhofaza qilinishini kafolatlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiy bank va moliya institutlariga nisbatan kamsitishlarga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-modda. Xususiy bank va moliya institutlarining mulk huquqi kafolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiy bank va moliya institutlari, shuningdek ular muassislarining (ishtirokchilarining) mulk huquqi daxlsiz va davlat himoyasidadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-modda. Xususiy bank va moliya institutlari mol-mulki natsionalizatsiya, musodara va rekvizitsiya qilinmasligining kafolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiy bank va moliya institutlarining mol-mulki natsionalizatsiya, musodara va rekvizitsiya qilinmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiy bank va moliya institutlarining mulki boʻlgan mol-mulkni, shu jumladan yer uchastkasini ular natsionalizatsiya va rekvizitsiya qilingan hollarda olib qoʻyish, agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, xususiy bank va moliya institutlariga uning bozor qiymati, shuningdek bunday olib qoʻyish munosabati bilan xususiy bank va moliya institutlariga yetkazilgan zarar toʻliq qoplanishi sharti bilangina amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiy bank va moliya institutlari oʻz mulkidagi mol-mulkning natsionalizatsiya, musodara hamda rekvizitsiya qilinishi toʻgʻrisidagi qaror ustidan sud tartibida shikoyat qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-modda. Xususiy bank va moliya institutlarining faoliyatiga aralashmaslik kafolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlari, boshqa tashkilotlar hamda ularning mansabdor shaxslari xususiy bank va moliya institutlarining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirayotgan faoliyatiga aralashishga haqli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar davlat organlari, boshqa tashkilotlar hamda ularning mansabdor shaxslari xususiy bank va moliya institutlarining faoliyatida qonun hujjatlari buzilganligini aniqlasa, ular oʻz vakolatlari doirasida va aniq qoidabuzarlikni bartaraf etish bilan toʻgʻridan toʻgʻri bogʻliq chora-tadbirlarni koʻrishi mumkin. Davlat organlari, boshqa tashkilotlar hamda ularning mansabdor shaxslari qoidabuzarlik mavjudligi faktidan xususiy bank va moliya institutlarining boshqa qonuniy faoliyatiga aralashish yoki bunday faoliyatni cheklash uchun asos sifatida foydalanishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlari, boshqa tashkilotlar hamda ular mansabdor shaxslarining xususiy bank va moliya institutlari faoliyatiga, shu jumladan mazkur institutlar hamda ular filiallarining rahbar xodimlarini tayinlashga aralashishi, xususiy bank va moliya institutlarining mablagʻlari hisobidan turli toʻlovlar hamda badallar talab qilishi taqiqlanadi. Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlarning xususiy bank va moliya institutlarining tadbirkorlik tavakkalchiliklarini, shu jumladan kredit portfeli hamda aktivlarini shakllantirish bilan bogʻliq tadbirkorlik tavakkalchiliklarini boshqarishga doir faoliyatiga aralashishi taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-modda. Koʻrsatiladigan moliyaviy xizmatlar uchun haq toʻlash miqdorini mustaqil belgilash kafolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliyaviy xizmatlar koʻrsatganlik uchun haq toʻlash miqdori xususiy bank va moliya institutlari tomonidan mustaqil belgilanadi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-modda. Daromadni (foydani) tasarruf etish erkinligi kafolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiy bank va moliya institutlari barcha xarajatlarning, shu jumladan taʼsis hujjatlarida belgilangan xarajatlarning oʻrni qoplanganidan, shuningdek soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlanganidan keyin qolgan daromadni (foydani) oʻz xohishiga koʻra tasarruf etadi, sud tartibidagi majburiy undiruv hollari bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-modda. Axborotdan foydalanish kafolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlari va boshqa organlar, ularning mansabdor shaxslari xususiy bank va moliya institutlariga mazkur xususiy bank va moliya institutlarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga daxldor qonun hujjatlari, hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishish imkoniyatini taʼminlashi shart. Axborotdan foydalanish qonun hujjatlarini, hujjatlarni, qarorlarni va boshqa materiallarni ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻi orqali davlat organlari va boshqa organlarning rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilish va tarqatish yoʻli bilan taʼminlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Xususiy bank va moliya institutlarining huquqlarini himoya qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-modda. Xususiy bank va moliya institutlarining ishchanlik obroʻsini himoya qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiy bank va moliya institutlari oʻz ishchanlik obroʻsiga putur yetkazadigan maʼlumotlarga, agar bunday maʼlumotlarni tarqatgan shaxs ularning haqiqatga toʻgʻri kelishini isbotlay olmasa, raddiya berilishini sud tartibida talab qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar xususiy bank va moliya institutlarining ishchanlik obroʻsiga putur yetkazadigan maʼlumotlar ommaviy axborot vositalarida tarqatilgan boʻlsa, bu maʼlumotlarga raddiya ayni shu ommaviy axborot vositalarida berilishi lozim. Agar tashkilotdan olingan hujjatda shunday maʼlumotlar boʻlsa, bunday hujjat almashtirilishi yoki chaqirib olinishi kerak. Boshqa hollarda raddiya berish tartibi sud tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiy bank va moliya institutlari oʻz ishchanlik obroʻsiga putur yetkazadigan maʼlumotlar tarqatilganda, bunday maʼlumotlarga raddiya berilishi bilan bir qatorda ularning tarqatilishi oqibatida yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishini va maʼnaviy zarar kompensatsiya qilinishini talab etishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-modda. Xususiy bank va moliya institutlarining oshkor etilmagan axborotini muhofaza qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiy bank va moliya institutlarining tijorat siri boʻlgan, uchinchi shaxslarga maʼlum boʻlmagan axboroti (oshkor etilmagan axborot) uchinchi shaxslarga maʼlum boʻlmaganligi sababli haqiqiy yoki potensial tijorat qiymatiga ega boʻlgan, undan qonuniy asosda erkin foydalanish mumkin boʻlmagan hamda axborot egasi uning maxfiyligini saqlashga doir choralar koʻrgan taqdirda, muhofaza qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oshkor etilmagan axborotni undan qonunga xilof ravishda foydalanishdan muhofaza qilish huquqi ushbu axborotga nisbatan biron-bir rasmiyatchilikni bajarishdan (uni davlat roʻyxatidan oʻtkazishdan, guvohnomalar olishdan va hokazodan) qatʼi nazar vujudga keladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oshkor etilmagan axborotni muhofaza qilish qoidalari qonunga muvofiq xizmat yoki tijorat siri boʻla olmaydigan maʼlumotlarga (yuridik shaxslar, mol-mulkka boʻlgan huquqlar hamda uning xususida tuzilib, davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak boʻlgan bitimlar haqidagi maʼlumotlarga, davlat statistika hisoboti tariqasida taqdim etilishi kerak boʻlgan maʼlumotlarga va boshqalarga) nisbatan tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oshkor etilmagan axborotni qonuniy asoslarsiz olgan yoki tarqatgan yoxud undan foydalanayotgan shaxs axborotdan qonunga xilof ravishda foydalanganlik uchun bu axborotning qonuniy egasiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oshkor etilmagan axborot mazmunini tashkil etuvchi maʼlumotlarni mustaqil ravishda va qonuniy tarzda olgan shaxs, tegishli oshkor etilmagan axborot egasining huquqlaridan qatʼi nazar, bu maʼlumotlardan foydalanishga haqli va bunday foydalanganlik uchun uning oldida javob bermaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19-modda. Xususiy bank va moliya institutlariga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiy bank va moliya institutlariga yetkazilgan zararning oʻrni, shu jumladan boy berilgan foyda bu zararni yetkazgan shaxs tomonidan toʻla hajmda qoplanishi kerak. Zarar yetkazuvchi boʻlmagan shaxs zimmasiga qonunga binoan zararning oʻrnini qoplash majburiyati yuklatilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlari va boshqa organlarning qonunga xilof qarorlari yoki ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi), shu jumladan davlat organi va boshqa organning qonun hujjatlariga muvofiq boʻlmagan hujjat qabul qilishi natijasida xususiy bank va moliya institutlariga yetkazilgan zararning oʻrni davlat tomonidan va boshqa organ tomonidan sudning qarori asosida qoplanishi kerak. Davlat organlari va boshqa organlarning mansabdor shaxslari aybi bilan yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash sud qarori bilan mazkur mansabdor shaxslar zimmasiga yuklatilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiy bank va moliya institutlarining faoliyatini qonunga xilof ravishda tekshiruvlardan oʻtkazish, shuningdek davlat organlari va boshqa organlar xodimlarining, shu jumladan ular tomonidan tekshirishlar oʻtkazishga jalb qilingan shaxslarning qonunga xilof qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) natijasida xususiy bank va moliya institutlariga yetkazilgan zararning oʻrni, boy berilgan foydani hisobga olgan holda, zarar yetkazgan davlat organlari yoki boshqa organlar tomonidan toʻla hajmda qoplanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiy bank va moliya institutlariga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplagan davlat organlari va boshqa organlar mazkur organlar xodimlarining, shuningdek ushbu organlar tomonidan tekshirishlar oʻtkazishga jalb qilingan shaxslarning aybi bilan xususiy bank va moliya institutlariga yetkazilgan zarar boʻyicha ularga nisbatan regress talab qoʻyish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20-modda. Xususiy bank va moliya institutlarining faoliyatini tekshirishlarni cheklash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nazorat qiluvchi organlar tomonidan oʻtkaziladigan xususiy bank va moliya institutlarining faoliyatini tekshirishlar qonun hujjatlariga muvofiq nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha maxsus vakolatli organning qaroriga binoan rejali tartibda koʻpi bilan besh yilda bir marta amalga oshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiy bank va moliya institutlarining moliya-xoʻjalik faoliyati soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar moliya yili mobaynida muntazam ravishda toʻlanmagan taqdirda, rejali tekshirishlardan oʻtkazilishi mumkin.
(20-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-418-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 1-son, 1-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiy bank va moliya institutlarining faoliyatini tekshirishlar oʻttiz kalendar kundan moliya-xoʻjalik faoliyatiga bogʻliq boʻlmagan rejali tekshirishlar esa oʻn kalendar kundan oshmasligi hamda xususiy bank va moliya institutlarining toʻlaqonli faoliyat yuritishiga xalaqit qilmasligi lozim.
(20-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nazorat qiluvchi organ rejali tekshiruv oʻtkazishning boshlanishi haqida tekshiruvni oʻtkazish boshlanishidan kamida oʻttiz kalendar kun oldin xususiy bank va moliya institutlarini, tekshiruvdan oʻtkazish muddatlari va tekshiruv predmetini koʻrsatgan holda, yozma shaklda xabardor qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻzgʻatilgan jinoyat ishining mavjudligi prokuratura, ichki ishlar va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati organlari tomonidan xususiy bank va moliya institutlarining faoliyatini tekshiruvlardan oʻtkazish uchun asos boʻladi. Bunda xususiy bank va moliya institutlarining qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi bilan bogʻliq faoliyatigina tekshiruv bilan qamrab olinishi mumkin, bu haqda tekshiruv tayinlanganligi toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiy bank va moliya institutlari tekshiruv oʻtkazish uchun asoslarga ega boʻlmagan shaxslarning tekshiruv oʻtkazishiga yoʻl qoʻymaslik, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlarning vakolatiga kirmaydigan masalalar boʻyicha ularning talablarini bajarmaslik hamda ularni tekshiruv predmetiga taalluqli boʻlmagan materiallar bilan tanishtirmaslik huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiy bank va moliya institutlari faoliyatini tekshirishlar natijalari dalolatnoma (maʼlumotnoma) bilan rasmiylashtirilib, tekshirish tugagan kuni uning bir nusxasi tekshirilayotgan xususiy bank va moliya institutida qoldiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiy bank va moliya institutlari faoliyati tekshiruvlardan oʻtkazilayotganda qonun hujjatlari normalarining qoʻllanilishida yuzaga keladigan barcha bartaraf etib boʻlmaydigan kelishmovchiliklar va noaniqliklar xususiy bank va moliya institutlari foydasiga talqin qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiy bank va moliya institutlari faoliyatini tartibga soluvchi va nazorat qiluvchi maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan xususiy bank va moliya institutlari faoliyatini tekshirishlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlarning rahbarlari, xodimlari, shuningdek tekshirishlar oʻtkazishga jalb qilinadigan shaxslar xususiy bank va moliya institutlarining faoliyatini tekshirishlarni qonunga xilof ravishda amalga oshirganlik uchun, shu jumladan qonunga xilof qarorlar, harakatlar (harakatsizlik) uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21-modda. Xususiy bank va moliya institutlarining faoliyatini tekshirishlarni amalga oshiradigan mansabdor shaxslarga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiy bank va moliya institutlarining faoliyatini tekshirishlar huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarining xususiy bank va moliya institutlarining faoliyatini tekshirishga kirishishiga mazkur shaxslarda nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha maxsus vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan tekshiruvlar oʻtkazish rejasidan koʻchirma yoki qisqa muddatli tekshiruv oʻtkazish toʻgʻrisida ushbu organ tomonidan qabul qilingan qarorning koʻchirma nusxasi, shuningdek nazorat qiluvchi organning tekshirish maqsadlari, tekshiruvchi mansabdor shaxslar tarkibi va tekshiruv oʻtkazish muddatlari koʻrsatilgan buyrugʻining koʻchirma nusxasi, tekshiruvchi mansabdor shaxslarning tekshiruvlar oʻtkazishga ruxsat berilganligi toʻgʻrisidagi maxsus guvohnomasi hamda shaxsini tasdiqlovchi guvohnomasi boʻlgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.
(21-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-418-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 1-son, 1-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari xususiy bank va moliya institutlarining faoliyatini tekshiruvdan oʻtkazayotganda tekshirishlarni roʻyxatdan oʻtkazish kitobiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli yozuv kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari xususiy bank va moliya institutlarining faoliyatini tekshirayotganda xususiy bank va moliya institutlarining tijorat siri, xizmat siri va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirlari, shuningdek oshkor etilmagan axboroti sir saqlanishini taʼminlashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22-modda. Davlat organlari va boshqa organlarning qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiy bank va moliya institutlari davlat organlari hamda boshqa organlarning xususiy bank va moliya institutlari faoliyati bilan bogʻliq qonunga xilof qarorlari, ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) ustidan oʻz xohishiga koʻra boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoki mansabdor shaxsga yoxud bevosita sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoki mansabdor shaxsga shikoyat berilganligi shunday shikoyatni sudga berish huquqini istisno etmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiy bank va moliya institutlari davlat organlari hamda boshqa organlarning qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan xususiy bank va moliya institutlarining faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻgʻrisida sudga murojaat qilganida davlat boji toʻlashdan ozod etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23-modda. Nizolarni hal etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiy bank va moliya institutlari hamda ular faoliyatining kafolatlari sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda hal etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24-modda. Xususiy bank va moliya institutlari hamda ular faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiy bank va moliya institutlari hamda ular faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25-modda. Qonun hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2012-yil 17-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻRQ—339-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 51-son, 573-modda; 2015-y., 33-son, 439-modda; 2017-y., 1-son, 1-modda, 2019-y., 2-son, 47-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)